Soliq solish maqsadida tovar va xizmatlarning bozor narxini aniqlash tartibi eʼlon qilindi


Download 17.59 Kb.
Sana17.06.2022
Hajmi17.59 Kb.
#761476
Bog'liq
soliq
BANK APELSIN AJ HNUHNK2H 10-05-2022, AMALIY MASHG’ULOT №6 BPP NING O‘RNATILISH JOYINI ANIQLASH, 1, kasblar-klassifikatsiyasi mustaqil ish, 33584767, Тест (975), Тест (975), ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ, faylgaa

Soliq solish maqsadida tovar va xizmatlarning bozor narxini aniqlash tartibi eʼlon qilindi


Hujjat qoʻshilgan qiymat soligʻi, foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliq bazasini aniqlash maqsadida tovar (xizmat)larning bozor narxini aniqlash tartibini belgilaydi.

Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlari uchun teng raqobat muhitini yaratish va insofli soliq toʻlovchilar huquqlarini himoya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.


Soliq kodeksiga asosan transfert narxni belgilashda soliq nazorati joriy etilgan, soliq organlari tomonidan ayrim soliq turlari boʻyicha bitim narxi tovarlarning bozor narxidan past yoki yuqori boʻlsa soliq bazasiga tuzatish kiritish huquqiga ega.
Soliq solish maqsadida tovar (xizmat)larning bozor narxini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlanadi.
Belgilanishicha, qaror talablari:

  • 2022-yil 1-iyuldan boshlab, koʻchmas mulk obyektlariga, birjada va (yoki) davlat xaridlari uchun elektron platformalarda sotiladigan tovarlarga;

  • 2022-yil 1-oktyabrdan boshlab, raqamli identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovka qilinishi lozim boʻlgan tovarlarga;

  • 2023-yil 1-fevraldan boshlab, qurilish materiallariga hamda maishiy texnikalarga;

  • 2023-yil 1-iyuldan boshlab, barcha tovar (xizmat)larga qoʻllaniladi.

Soliq solish maqsadida tovar (xizmat)larning bozor narxini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra, hujjat qoʻshilgan qiymat soligʻi, foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliq bazasini aniqlash maqsadida tovar (xizmat)larning bozor narxini aniqlash tartibini belgilaydi.
Nizom talablari, soliq toʻlovchilar tomonidan aynan oʻxshash yoki bir turdagi tovar (xizmatlar)larni hisob hujjatlarida aks ettirilgan (bitim, elektron hisobvaraq-faktura, onlayn chek va boshqa hisob-hujjatlari) realizatsiya qilish narxi shunday tovar (xizmatlar)lar boʻyicha aniqlangan bozor narxidan 20% dan past yoki yuqori boʻlsa, ushbu tovarlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Tovar (xizmatlar)larning bozor narxi: soliq organlari axborot tizimlari maʼlumotlaridan; sotuvchilar narxnomalari (preyskurant)dagi maʼlumotlaridan; birjalar va xorijiy birjalar narxlari va kotirovkalari toʻgʻrisida maʼlumotlaridan; elektron platformalar kotirovkalari haqidagi maʼlumotlaridan (auksionlar va davlat xaridlari platformalar); tashqi savdo rasmiy statistikasi maʼlumotlaridan; axborot va narxlash agentliklari maʼlumotlaridan; notarial idoralar maʼlumotlaridan; OAVdan olingan maʼlumotlardan; qonunda nazarda tutilgan hollarda narxlarni belgilovchi vakolatli organlar maʼlumotlaridan foydalangan holda aniqlanishi mumkin.
Tovar (xizmatlar)larning bozor narxini aniqlashda quyidagi usullaridan foydalanish mumkin: taqqoslash (qiyoslash) usuli; keyingi realizatsiya qilish narxi usuli; xarajatlar usuli.
Agar toʻgʻridan toʻgʻri tuzilgan shartnomalar boʻyicha sotilgan tovarlar narxi, sotish sanasidagi birja savdolarida aynan oʻxshash yoki bir turdagi sotilgan tovarlar narxidan farq qilsa, birja savdosida sotilgan tovar narxi (kotirovka) bozor narxi deb hisoblanadi.


Начало формы
Download 17.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling