Soliq to’lovchilar quyidagi huquqlarga ega


Download 13.88 Kb.
Sana07.11.2019
Hajmi13.88 Kb.

Soliq to’lovchilar quyidagi huquqlarga ega:


1

Ma’lumot olish bilan bog’liq huquqlar

davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlardan amaldagi soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlaridagi o’zgarishlar haqida axborot olish;

o’z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan davlat soliq xizmati organlari hamda boshqa vakolatli organlardagi mavjud ma’lumotlarni olish;



2

Soliq majburiyatini bajarish bilan bog’liq huquqlar

Soliq Kodeksida, boshqa qonunlar va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilab qo’yilgan asoslar mavjud bo’lgan taqdirda hamda tartibda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlardan foydalanish;

soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar, penya va jarimalarning ortiqcha to’langan yoki undirilgan summalarini hisobga olish yoki qaytarib olish;

Soliq Kodeksda hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan shartlarda va tartibda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashni kechiktirish va (yoki) bo’lib-bo’lib to’lash;


3

Soliq tekshirishlari bilan bog’liq huquqlar

soliq tekshiruvlari materiallari bilan tanishish va tekshiruv dalolatnomalarini olish;

soliq tekshiruvlarini amalga oshirayotgan davlat soliq xizmati organlariga soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini bajarishga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish;




4

Soliq organlarida vakillik qilish bilan bog’liq huquqlar

soliq munosabatlari masalalari yuzasidan o’z manfaatlarini shaxsan yoki o’z vakili orqali ifoda etish; Soliq to’lovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega bo’lish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdek vakilning ishtirok etishi soliq to’lovchini bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi.

Soliq to’lovchi vakillarining mazkur soliq to’lovchining soliq munosabatlaridagi ishtiroki munosabati bilan sodir etilgan harakati (harakatsizligi) soliq to’lovchining harakati (harakatsizligi) deb e’tirof etiladi.




Download 13.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling