Soliq va soliqqa tortish fanidan


Download 2.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/23
Sana05.12.2019
Hajmi2.65 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23

Umumdavlat 
soliqlari 
asosan 
respublika 
byudjeti 
daromadlarini 
shakllantirishga  qaratilgan  bo‗lsa,  mahalliy  soliqlar  va  yig‗imlar  mahalliy 
byudjetlar daromadlarini shakllantiradi. 
Soliq  munosabatlari  mavjud  bo‗lishining  asosiy  shartlaridan  biri    davlatning 
mavjudligi  bo‗lsa,  ikkinchi  sharti  bo‗lib  soliqlarni  to‗lashga  qobil  bo‗lgan  soliq 
to‗lovchilarning  mavjudligidir.  O‗zbekiston  soliqlar  tizimi  manbaiga  qarab  soliqlar 
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga ajratiladi.  
Soliq  kodeksining  16-moddasida  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  quydagicha 
tarif berilgan  
YUridik shaxs deb quyidagilar e‘tirof etiladi:  
O‗zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, o‗z 
mulkida,  xo‗jalik  yuritishida  yoki  operativ  boshqaruvida  alohida  mol-mulkka  ega 
bo‗lgan hamda o‗z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, 
mustaqil  balansiga  yoki  smetasiga  ega  bo‗lgan,  o‗z  nomidan  mulkiy  va  shaxsiy 
nomulkiy  huquqlarga  ega  bo‗la  oladigan  hamda  ularni  amalga  oshira  oladigan, 
majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da‘vogar va javobgar bo‗la oladigan tashkilot
chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan hamda O‗zbekiston 
Respublikasida  fuqarolik  huquq  layoqatiga  ega  bo‗lgan  xorijiy  va  (yoki)  xalqaro 
tashkilot. 
O‗zbekiston  Respublikasi  fuqarolari,  chet  davlatlar  fuqarolari,  shuningdek 
fuqaroligi bo‗lmagan shaxslar jismoniy shaxslar deb e‘tirof etiladi. 
 

33 
 
Jismoniy shaxslar to‗laydigan soliqlarga daromadga soliq, er, mol-mulk soliqlari 
kiradi.Huquqiy  shaxslardan  olinadigan  soliqlar  davlat  byudjeti  daromadlarining  hal 
qiluvchi qismini tashkil etadi. Bu soliqlarning muhim xususiyati naqd pulsiz shaklda 
korxonalar hisob  (joriy) schyotlaridan byudjet schyotlariga ko‗chirib qo‗yiladi. Uni 
undirish oson va arzonga tushadi. Jismoniy shaxslardan olinadigan ba‘zi soliqlar naqd 
pulga undirilganligi uchun uni to‗lash qiyin kechadi. 
YUridik  va  jismoniy  shaxslarga  soliq  solishning  muhim  shart-sharoitlariga 
quyidagilar kiradi: 28-slayd-soliqlarni belgilash va amalga kiritish tartibi, soliqlarning 
turlari,  ularni  byudjet  darajalari  o‗rtasida  taqsimlash  tartibi,  soliq  nazoratini  amalga 
oshirish  shakllari  va  uslublari,  soliq  to‗lovchilarning  huquqlari,  majburiyatlari,  ular 
manfaatlarini  himoya  qilish  usullari,  soliq  munosabatlari  ishtirokchilarining 
javobgarligi.  
        Soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning elementlari quyidagilardir:  
-soliq solish ob‘ekti; 
-soliq solinadigan baza; 
-stavka; 
-hisoblab chiqarish tartibi; 
-soliq davri;  
-soliq hisobotini taqdim etish tartibi; 
-to‗lash tartibi. 
Umuman  olganda  soliq  tizimini  tarkiban  soliqqa  tortish  tamoyillari,  soliq 
siyosati,  soliqqa  tortish  tizimi,  soliq  mexanizmi  kabilarga  ajratish  mumkin.  Ushbu 
elementlar  bevosita  mamlakatda  amal  qilayotgan  soliqlarning  tarkibini  belgilab 
beradi.   
YUridik  shaxslar  o‗zlariga  yuklatilgan  soliqlarni  hisoblash  va  byudjetga  o‗z 
vaqtida,  to‗liq  to‗lash  javobgarligini  olganlar.Ularning  to‗laydigan  soliqlari  asosan 
naqd  pulsiz,  ya‘ni  korxona,  tashkilot,  birlashmaning  bankdagi  hisob  schyotlaridan 
mablag‗ni  ko‗chirib,  respublika  yoki  mahalliy  byudjet  schyotlariga  o‗tkazish  yo‗li 
bilan  amalga  oshiradi.Qoida  bo‗yicha  har  qanday  yuridik  shaxs  o‗z  soliq  va  boshqa 
majburiy  to‗lovlarni  belgilangan  vaqtda  byudjetga  to‗liq  o‗tkazishga  majburdirlar. 
Buning  uchun  ular  soliq  va  boshqa  to‗lovlarning  muddati  kelgan  kungacha  pullarni 

34 
 
o‗tkazish hujjatlari bo‗lmish to‗lov topshirig‗i, cheklarni yozib banklarga topshirgan 
bo‗lishlari kerak. 
Agar to‗lov topshiriqlari o‗z muddatida yozilib banklarga topshirilmagan bo‗lsa 
soliq idoralari o‗zlarining inkasso-to‗lov talabnomalari orqali undirib oladilar. Har bir 
o‗z  vaqtida  byudjetga  o‗tkazilmagan  kun  uchun  o‗tkazilishi  kerak  bo‗lgan  soliq 
summasi  hisobidan  penya  hisoblanib  soliqqa  qo‗shimcha  ravishda  byudjetga 
majburiy  undiriladi.  Albatta  penya  summasining  ko‗payishi  korxonaning  moliyaviy 
holatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi.  
SHuning uchun  har  qanday  xo‗jalik  sub‘ektlari  hisobchilari    soliqlar va boshqa 
majburiy  to‗lovlarni  ularda  belgilangan  to‗lov  muddatigacha  o‗z  vaqtida  to‗lab 
borishlari shart 
Umuman  olganda  mamlakatimiz  soliq  qonunchiligidan  kelib  chiqib  soliqqa 
tortish 
nuqtai-nazaridan 
yuridik 
shaxslarni 
shartli 
ravishda 
quyidagicha 
guruhlashimiz mumkin: 
1.  umumiy tartibda soliq to‗lovchi yuridik shaxslar; 
2.  mikrofirmalar va kichik korxonalar; 
3.  qishloq xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari
4.  savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari
5.  tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‗ullanuvchi yuridik va jismoniy 
shaxslar. 
6.  er,  mol-mulk solig‗ini to‗lovchi jismoniy shaxslar. 
Umumiy tartibda soliq to‗lovchi yuridik shaxslar quyidagi soliqlarni to‗laydi: 

 
Daromad (foyda) solig‗i; 

 
Qo‗shilgan qiymat solig‗i; 

 
Aksiz solig‗i; 

 
Mol-mulk solig‗i; 

 
Er solig‗i; 

 
Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; 

 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 

 
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‗i. 
YAgona  soliq  tizimiga  o‗tgan  kichik  korxonalar  va  mikrofirmalar  quyidagi 
soliqlarni to‗laydi: 

 
YAgona soliq to‗lovi; 

 
Aksiz osti tovarlarini ishlab chiqargan holda aksiz solig‗i. 
YUqorida  qayd  etilganlardan  xulosa  qilib  aytishimiz  mumkinki,  mamlakatimiz 
soliq qonunchiligiga muvofiq soliq to‗lovchilar ikki katta guruhga, ya‘ni yuridik va 
jismoniy  shaxslar  guruhiga  bo‗linadi  va  ularning  faoliyat  ko‗rsatish  xususiyatidan 

35 
 
kelib  tarkibiy  qismlarga  ajratish  mumkin.  Respublikamiz  davlat  byudjeti 
daromadlarini shakllantirishda yuridik shaxslar to‗laydigan soliqlar katta ahamiyatga 
egaligini yuqoridagi ma‘lumotlardan bevosita ko‗rishimiz mumkin. 
       3. Soliq tizimi haqida tushuncha va uning mohiyati . 
Prezident  I.A.  Karimov  tomonidan,  «avvalo  soliq  tizimi  o‗ziga  xos  vazifani-
fiskal,  qayta  taqsimlash  va  rag‗batlantirish  vazifasini  to‗la  darajada  bajarishi 
kerak»,
11
- degan fikr bildirilgan edi. 
Respublikamiz  mustaqilligining  dastlabki  yillarida  davlat  soliq  siyosatining 
asosiy  yo‗nalishi  bozor  munosabatlarini  qaror  toptirishga    qaratilgan  qator  ilmiy 
asoslangan  soliqlarni  joriy  etish  va  shu  orqali  mavjud  soliq  tizimini  tubdan  qayta 
tashkil  etishdan  iborat  bo‗ldi.  Soliq  siyosatining  keyingi  yo‗nalishi  esa  joriy  etilgan 
soliqlarning  samarali  amal  qilishini  ta‘minlash  maqsadida  soliq  munosabatlarini 
amalga  oshiruvchi  tegishli  muassasalarni  tashkil  etishga  qaratildi.  Xususan,  dastlab 
1992  yilda  Vazirlar  Mahkamasi  qoshida  Soliq  bosh  boshqarmasi  tashkil  etilgan 
bo‗lsa, 1994 yilga kelib bu boshqarma Davlat Soliq Qo‗mitasiga aylantirildi va uning 
hududiy bo‗linmalari tashkil etildi.DSK, DSBlar, DSIlar........ 
Bundan  ko‗rinadiki,  bozor  iqtisodiyotiga  o‗tishning  birinchi  bosqichida  soliq 
siyosatida  asosan  tashkiliy  jihatlarga  e‘tibor  qaratildi,  ya‘ni  soliqlarni  joriy  etish  va 
soliq siyosatini bevosita amalga oshiruvchi tegishli muassasalar shakllantirildi.  
Mustaqillik  yillarida  soliq  tizimi  islohoti  rivojlanishini  yaqqol  ko‗rsatish  uchun 
shu davrni to‗rt bosqichga bo‗lib ko‗rsatish mumkin. 30-slaydga qarang: 
Birinchi  bosqich  1991-1994  yillar  - 
O„zbekistonning  o„z  soliq  tizimini 
tashkil etish va soliqlarning xazinaviy ahamiyatini oshirish bosqichidir.  
Soliq  islohotlarining  ikkinchi  bosqichi  soliqlarni  bozor  iqtisodi  talablariga 
moslashtirish  va  korxonalarning  ishlab  chiqarishni 
rag„batlantirishga  qaratish 
davridir. Bu davrga 1995 
—1997 yillar to„g„ri keladi. 
Bu  davrda  soliqlar  ishlab-chiqarish  samaradorligini  oshirishga 
ta‟sirini 
kuchaytirishga 
bag„ishlandi.  Ularga  soliqlardan  xilma-xil  imtiyozlar  berildi. 
Ayniqsa yuridik shaxslarning foydaga (daromad) 
solig„idan imtiyozlar ko„p edi, 
1995 yildan boshlab korxonalar har bir foiz mahsulot ishlab chiqarish hajmini 
ko„paytirgani uchun 0,3 %dan foydaga soliq stavkasi kamaytirildi.  
Soliq  islohotining  uchinchi  bosqichi  1998  yildan  2007  yilning  oxirigacha 
davom  etdi.  Bu  bosqichni  soliq  tizimida  soliqlarni  ixchamlashtirish 
konsepsiyasining boshlanish davri deb atash mumkin. 
Bu  bosqichda  soliq 
to„lovchi  yuridik  shaxslarga  imkoni  boricha 
soddalashgan,  ixchamlashgan  soliq  tizimi  joriy  etilib,  ularning  soliq  hisoblari, 
hisobotlarini, soliq 
to„lash muddatlari ixchamlashtirildi. 
                                                           
11
 Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари.  –Т.: Ўзбекистон, 1998. 358-б.  

36 
 
Ixchamlashtirilgan  soliq 
to„lashga  o„tishning  huquqiy  asoslari  qishloq 
xo„jalik  tovar  ishlab  chiqaruvchilar  uchun  yagona  er  solig„i  O„zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining 
“qishloq  xo„jaligi  tovar  ishlab  chiqaruvchilar 
uchun yagona er 
solig„ini joriy etish to„g„risida”gi 1998 yil 10 oktyabrdagi PF-
2086-son Farmoni bilan 1999 yildan boshlab, kichik korxonalar uchun yagona 
soliq 
to„lash  O„zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “Kichik 
korxonalar  uchun  ixchamlashtirilgan  soliqqa  tortish  tizimiga 
o„tishni  qo„llash 
to„g„risida”gi  qarorga  asosan  (1998  yil  15  aprel  159—son)  1998  yildan 
boshlab  va 
O„zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “Savdo  va 
ijtimoiy  ovqatlanish  korxonalarini  soliqqa  tortish  tizimini  takomillashtirish 
to„g„risida”gi Farmoni (1153 — son 10 aprel 1998 yil) bilan savdo va umumiy 
ovkatlanish korxonalari 1998 yildan boshlab yalpi daromaddan soliq va mulk 
solig„ini to„laydigan bo„ldi. 
Soliq  tizimini  ixchamlashtirish  soliq  hisoblovchi  xodimlar,  davlat  soliq 
idoralari va bank  xodimlarining minglab soat vaqtlarini iqtisod qilishga, ularni 
korxonalar foaliyati tahliliga 
bag„ishlashga imkoniyat yaratmoqda. 
Mustaqillik  yillarida  soliq  tizimini  rivojlantirish  asta-sekin 
o„z  natijasini 
berib  bormoqda.  Kichik  korxonalarning  mamlakat  ichki  mahsuloti  ishlab 
chiqarishdagi  salmogi  ortib  bormoqda.  Mustaqillik  yillarida 
O„zbekiston 
o„zining  mustaqil  soliq  tizimiga  ega  bo„ldi  va  uni  takomillashtirish  borasida 
yangi izlanishlar davom etmoqda. 
 SHuni 
ta‟kidlab  o„tish  joizki,  respublika  iqtisodiyotida  soliqlarning  tutgan 
muhim 
o„rni  borligini  nazarga  olgan  holda  Respublikada  olib  borilayotgan 
soliq  islohotlariga  katta 
e‟tibor  berish  lozim.  Toki  bu  islohotlar  respublikamiz 
iqtisodiyoti  ravnaq  topishiga,  aholi  turmush  darajasini 
ko„tarishga  doimo 
xizmat qilsin.  
1997  yil  24  aprelida 
O„zbekiston  Respublikasi  Soliq  Kodeksining 
tasdiqlanishi  soliq  tizimini  isloh  qilishning  uchinchi  bosqichining  boshlanishi 
deb ifodalash mumkin.. 
Soliq  kodeksi  amalga  kiritilishi  bilan  soliqqa  tortishning  barcha  asos 
bo„luvchi  me‟yorlarini  yagona  hujjatga  jamlash;  soliq  imtiyozlarini 
tizimlashtirish;  foyda,  mol-mulk, 
qo„shilgan qiymatni hisobga olish va soliqqa 
tortishning xalqaro tizimini joriy etishga imkon yaratildi. 
Uchinchi  bosqichda  yuridik  shaxslarga,  birinchi  navbatda  kichik  va 
o„rta 
korxonalar 
uchun 
soliqqa 
tortish, 
hisobga 
olish 
va 
hisobotning 
soddalashtirilgan  tizimi  barpo  etildi.  Kichik  tadbirkorlik 
sub‟ektlari  ixtiyoriy 
asosda  umumdavlat  va  mahalliy  soliqlar  hamda 
yig„imlar jamlanmasi o„rniga 
yagona soliq 
to„lay boshladilar. Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 apreldagi 
159-son 
qarori  bilan 
kichik 
korxonalar 
uchun 
soliqqa  tortishning 
soddalashtirilgan tizimini 
qo„llash tartibi tasdiqlandi. 
To„rtinchi  bosqich  2008  yil  01  yanvardan  yani  O„zbekiston 
Respublikasining  Soliq  kodeksini  amalda  kuchga kiritilishi  bilan  boshlandi  va 
xozirgi kungacha davom etib kelmoqda.  

37 
 
Bu  bosqichda  soliq 
to„lovchi  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  imkoni 
boricha  soddalashgan,  ixchamlashgan  soliq  tizimi  joriy  etilib,  ularning  soliq 
hisoblari,  hisobotlarini,  soliq 
to„lash  muddatlari  ixchamlashtirilmokda  va  soliq 
yuki muntazam ravishda yildan yilga kamaytirilmokda. 
 
3-MAVZU: O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ KODEKSI VA 
UNDAGI MA‘MURCHILIK MASALALARI.   
REJA 
 1.  Soliq majburiyatlari.  
2.  Solq nazorati. 
3.  Soliqqa oid huqkqbuzarlik uchun javobgarlik. 
  Tayanch so‗zlar va iboralar: rezidentlar, norezidentlar, aksiz solig‗i,kameral 
nazorat,qo‗shilgan kiymat solig‗i, soliq obekti, soliq elementi. 
Adabiyotlar ro‗yxati: 
1
. SHavkat Mirziyoev. ―Erkin va farovon, demokratik O‗zbekiston                                                   
davlatini birkalikda barpo etamiz‖- T:  ―O‗zbekiston‖  2016. 
2.  SHavkat  Mirziyoev  ―Qonun  ustivorligi  va  inson  manfaatlarini    Ta‘minlash-  yurt 
taraqqiyoti  va  xalq    farovonligining    garovi‖  2016  yil  7  dekabr:  T,  ―O‗zbekiston‖ 
2017. 
3.SHavkat  Mirziyoev  ―Buyuk    kelajagimizni  mard  va  olijanob  xalqimiz                                          
bilan birga ko‗ramiz‖.  T., ―O‗zbekiston‖ 2017 .                                                                   
4.O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.‖Adolat‖ nashriyoti, 2010 yil. 
5.  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2015yil  30  dekabrdagi  ―O‗zbekiston 
Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozi va Davlat 
byudjeti parametrlari to‗g‗risida‖gi PQ-1675

son Qarori. Xalq so‗zi gazetasi, yanvar 
2016 y. 
6. ―Soliq info‖ ijtimoiy-iqtisodiy gazeta, 2013, 2014, 2015y.y. 
7.  Ekspress informatsiya. 1- son, Tosh.DSB, 2015y. 
 
     1.  Soliq majburiyatlari.  

38 
 
Soliq majburiyatini bajarishning umumiy qoidalarini ko‗rib chikamiz. 
Soliq  majburiyati.  Soliq  to‗lovchining  soliq  to‗g‗risidagi  qonun  hujjatlariga 
muvofiq yuzaga keladigan majburiyati soliq majburiyati deb e‘tirof etiladi. 
Soliq majburiyatini bajarish Soliq majburiyatini bajarish uchun soliq to‗lovchi: 
Soliq  Kodeksda  belgilangan  hollarda  davlat  soliq  xizmati  organlarida  hisobga 
turishi;  
soliq solish ob‘ektlari va soliq solish bilan bog‗liq ob‘ektlarni aniqlashi hamda 
ularning hisobini yuritishi; 
moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi hamda uni davlat soliq xizmati organlariga 
taqdim etishi; 
soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‗lovlarni  o‗z  vaqtida  hamda  to‗liq  miqdorda 
to‗lashi shart. 
Soliq  majburiyatini  bajarish  bevosita  soliq  to‗lovchi  tomonidan  amalga 
oshiriladi,  yoki  ushbu  soliq  majburiyatini  bajarish  boshqa  shaxsga  notarial 
ishonchnoma orkali yuklatilishi mumkin. 
YUridik  shaxsning  alohida  bo‗linmalari  bo‗yicha  soliq  majburiyati  mazkur 
alohida  bo‗linmalar  tomonidan,  agar  ularga  alohida  mol-mulk  ajratilgan  bo‗lsa  va 
ular mustaqil balansga ega bo‗lsa, mustaqil ravishda bajariladi. 
Soliq  solinadigan  mol-mulk  ishonchli  boshqaruvga  topshirilganda  boshqaruv 
muassisi  bo‗lgan  soliq  to‗lovchining  soliq  majburiyati,  agar  bu  majburiyat  unga 
boshqaruv muassisi tomonidan yuklatilgan bo‗lsa, ishonchli boshqaruvchi tomonidan 
bajarilishi mumkin. 
Soliq majburiyati bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, soliq 
to‗lovchiga  nisbatan  soliq    Kodeksda  nazarda  tutilgan  tartibda  uning  bajarilishini 
ta‘minlash choralari qo‗llaniladi. 
Soliq  majburiyatini  bajarish  muddatlari. 
Soliq  majburiyati  soliq  Kodeksda 
belgilangan muddatlarda soliq to‗lovchi tomonidan bajarilishi kerak. 
Soliq to‗lovchi soliq majburiyatini muddatidan ilgari bajarishga haqli.  
Soliq  majburiyatini  bajarish  muddatlari  kalendar  sana  yoki  vaqt  davri  (yil,  yil 
choragi, oy, o‗n kunlik va kun) o‗tishi bilan belgilanadi. 

39 
 
Muddatning  o‗tishi  kalendar  sanadan  yoki  muddatning  boshlanishi  belgilab 
qo‗yilgan  voqea  yuz  berganidan  keyingi  kundan  boshlanadi.  Soliq  majburiyati  bu 
majburiyatni bajarish muddatining so‗nggi kuni soat yigirma to‗rtga qadar bajarilishi 
kerak.  
Agar  soliq  majburiyatini  bajarish  muddatining  so‗nggi  kuni  dam  olish 
(ishlanmaydigan)  kuniga  to‗g‗ri  kelib  qolsa,  shundan  keyingi  birinchi  ish  kuni 
muddatning tugash kuni hisoblanadi. 
Soliq  majburiyatining  tugatilishi. 
Jismoniy  shaxsning  soliq  majburiyati 
quyidagi hollarda tugatiladi: 
uning vafot etishi bilan; 
uni vafot etgan deb e‘lon qilish to‗g‗risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirishi 
bilan. 
YUridik shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi: 
u tugatilganidan keyin;  
u  qo‗shib  olish  (qo‗shib  olingan  yuridik  shaxsga  nisbatan),  qo‗shib  yuborish, 
bo‗lish va o‗zgartirish orqali qayta tashkil etilganidan keyin. 
Soliq  majburiyati  bo‗yicha  da‘vo  qilish  muddati. 
Davlat  soliq  xizmati  organi 
soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni 
hisoblashi yoki ularning hisoblangan summasini qayta ko‗rib chiqishi mumkin. 
Soliq to‗lovchi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa 
majburiy  to‗lovlarning  ortiqcha  to‗langan  summalarini  hisobga  olishni  yoki 
qaytarishni talab qilishga haqli. 
Hisob hujjatlari qog‗ozda va (yoki) elektron shaklda tuziladi hamda soliq davri 
tugaganidan  keyin  besh  yil  saqlanadi,  yani  belgilangan  soliq  majburiyati  bo‗yicha 
da‘vo qilish muddati tugaguniga qadar saqlanadi.  
YUridik  shaxs  qayta  tashkil  etilganda  qayta  tashkil  etilgan  yuridik  shaxsning 
hisob hujjatlarini saqlash majburiyatlari uning huquqiy vorisi zimmasiga yuklatiladi. 
YUridik  shaxs  tugatilganda  hisob  hujjatlari  tegishli  davlat  arxiviga  qonun 
hujjatlaridabelgilangan tartibda topshiriladi. 
Soliq  hisoboti  tushunchasi. 
Soliq  hisoboti  –  bu  soliq  to‗lovchining  soliq  va 
boshqa majburiy to‗lovning har bir turi bo‗yicha yoki to‗langan daromadlar bo‗yicha 

40 
 
hisob-kitoblar  hamda  soliq  deklaratsiyalarini,  shuningdek  hisob-kitoblarga  va  soliq 
deklaratsiyalariga doir ilovalarni o‗z ichiga oladigan hujjat. 
Soliq hisobotini tuzish. 
Soliq hisoboti qog‗ozda va (yoki) elektron hujjatga doir 
talablarga rioya etilgan holda elektron hujjat tarzida tuziladi.  
Soliq hisoboti soliq to‗lovchi tomonidan imzolanishi kerak, shuningdek agar u 
yuridik shaxs  bo‗lsa,  uning  muhri  bilan  tasdiqlanadi.  Elektron  hujjat tarzida  taqdim 
etilgan soliq hisoboti soliq to‗lovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. 
Tadbirkorlik sub‘ekti — yuridik shaxs ixtiyoriy tugatilgan taqdirda, unga soliq 
davri  boshlanganidan  to  yuridik  shaxslarni  davlat  ro‗yxatidan  o‗tkazuvchi  organ 
tugatish  tartib-taomili  boshlanganligi  haqida  xabardor  qilingan  sanagacha  bo‗lgan 
muddat uchun alohida soliq hisoboti tuziladi.  
Soliq hisobotida ko‗rsatilgan ma‘lumotlarning to‗g‗riligi uchun javobgarlik soliq 
to‗lovchining zimmasiga yuklatiladi. 
Soliq hisobotini taqdim etish tartibi. 
Soliq hisoboti soliq to‗lovchi tomonidan 
belgilangan muddatlarda taqdim etiladi. 
Soliq  hisoboti  soliq  to‗lovchi  hisobga  qo‗yilgan  joydagi  davlat  soliq  xizmati 
organiga  taqdim  etiladi.  Ayrim  turdagi  soliqlar  bo‗yicha  soliq  hisoboti  ob‘ektlar 
bo‗yicha hisobga qo‗yilgan joy bo‗yicha soliq to‗lovchi tomonidan taqdim etiladi. 
Jismoniy  shaxslar  soliq  deklaratsiyasini  yashash  joyidagi  davlat  soliq  xizmati 
organiga taqdim etadilar. 
Soliq  to‗lovchilar  soliq  hisobotini  o‗z  xohishlariga  ko‗ra  quyidagicha 
taqdim etiladi:  
shaxsan olib borib berish tartibida;  
pochta orqali buyurtma xat bilan; 
telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida. 
Soliq hisobotini davlat soliq xizmati organiga taqdim etish sanasi quyidagilardir: 
soliq  hisoboti  shaxsan  olib  borib  berish  tartibida  taqdim  etilganda  —  soliq 
hisoboti davlat soliq xizmati organi tomonidan qabul qilib olingan sana; 
soliq  hisoboti  pochta  orqali  buyurtma  xat  bilan  taqdim  etilganda  —  aloqa 
tashkilotining tamg‗asida ko‗rsatilgan, pochta jo‗natmasi jo‗natilgan sana; 

41 
 
soliq  hisoboti  elektron  hujjat  tarzida  taqdim  etilganda  —  elektron  hujjat  davlat 
soliq xizmati organi tomonidan olingan sana. 
Davlat soliq xizmati organi shaxsan olib borib berish tartibida taqdim etiladigan 
soliq hisobotini qabul qilib olishni rad etishga haqli emas hamda soliq to‗lovchining 
talabiga  binoan  soliq  hisobotining  nusxasiga  hisobot  qabul  qilib  olingan  sana 
to‗g‗risida belgi qo‗yishi shart. 
Soliq hisoboti telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali elektron hujjat tarzida 
qabul qilib olinganda davlat soliq xizmati organi soliq to‗lovchiga elektron tarzidagi 
hisobot qabul qilib olinganligi to‗g‗risida tasdiqnoma yuborishi shart. 
Soliq hisoboti dastlabki tarzda kameral nazorat qilinmasdan va uning mazmuni 
muhokama etilmasdan qabul qilinadi. 
Soliq hisoboti quyidagi hollarda davlat soliq xizmati organiga taqdim etilmagan 
deb hisoblanadi, agar unda: 
soliq  to‗lovchining  identifikatsiya  raqami  ko‗rsatilmagan  yoki  noto‗g‗ri 
ko‗rsatilgan bo‗lsa; 
soliq davri va (yoki) soliq yoki boshqa majburiy to‗lov summasi ko‗rsatilmagan 
bo‗lsa; 
soliq hisobotini tuzishga doir belgilangan talablar buzilgan bo‗lsa. 
Belgilanmagan  shakldagi  soliq  hisoboti  taqdim  etilganda  davlat  soliq  xizmati 
organi hisobot olingan kundan e‘tiboran uch kun ichida bu haqda soliq to‗lovchiga 
yozma bildirish yuboradi va aniq fikr-mulohazalarni ko‗rsatgan holda uni maromiga 
etkazish uchun qaytaradi.  
Kamchiliklari tuzatilgan soliq hisoboti uni taqdim etishning belgilangan muddati 
tugaguniga  qadar  taqdim  etilgan  taqdirda,  soliq  to‗lovchiga  nisbatan  javobgarlik 
choralari qo‗llanilmaydi. 
Katalog: library -> books -> 1-курс%20мактаби -> O'quv-uslubiy%20majmualar
books -> Dori vositalarining sanoat texnologiyasi
books -> Tasdiqlayman
books -> Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi gigiena fani
O'quv-uslubiy%20majmualar -> Toshkent farmatsevtika instituti fizika, matematika va axborot texnologiyalari
O'quv-uslubiy%20majmualar -> Toshkent farmatsevtika instituti fiziologiya fanidan I kurs talabalari uchun
O'quv-uslubiy%20majmualar -> A. X. Tugalov Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi
O'quv-uslubiy%20majmualar -> Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi gigiyena fani bo
O'quv-uslubiy%20majmualar -> Toshkent farmatsevtika instituti
O'quv-uslubiy%20majmualar -> O'zbekiston Respublikasi Sog‟liqni saqlash vazirligi

Download 2.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling