Soliqlar va soliqqa tortish


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana13.05.2020
Hajmi0.72 Mb.
#105775
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ozbekiston respublikasida soliq yuki darajasini baholash mezonlari va uni kamaytirish masalalari (1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM 

VAZIRLIGI 

 

 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 

 

 

“SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” KAFEDRASI 



 

 

NEMATOV BOBIR ABDUG‘ANI O‘G‘LI  

 

 

“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SOLIQ YUKI DARAJASINI 

BAHOLASH MEZONLARI VA UNI KAMAYTIRISH MASALALARI” 

 

 

 

  

BITIRUV MALAKAVIY ISHI 

              

 

                             

 

 



 

“HIMOYAGA RUXSAT ETILDI” 

    

“Soliqlar va soliqqa tortish”  

kafedrasi mudiri 

i.f.d., professor  Joraev A.C. __________ 

 

“____” ________________2015 y. 



 

                             

                            Bitiruvchi: 

 

 

 

5230800  –  “Soliqlar  va  soliqqa  tortish” 



ta‘lim 

yo‘nalishi 

4-kurs 

talabasi          



Nematov Bobir Abdug‘ani o‘g‘li ______ 

 

                        

                       Ilmiy rahbar: 

 

 



 

dots. Abduraxmonov X.  _____________ 

 

 

 



 

 

 

 

 

TOSHKENT - 2015

 

MUNDARIJA 



 

 

 

Betlar 

  KIRISH.............................................................................................................. 



1-BOB.  IQTISODIYOTNI 



MODERNIZATSIYALASH 

SHAROITIDA 

SOLIQ 

YUKINI 

ANIQLASHNING 

NAZARIY-USLUBIY 

ASOSLARI...................................................................................................... 



   

 

1.1.  Soliqlarning ob’ektiv zarurligi va soliq yuki borasidagi ilmiy-nazariy 



qarashlar.......................................................................................... 

   



 

1.2.  Soliq 

yuki 

darajasi 



va 

uni 


aniqlashning 

nazariy 


asoslari............................................................................................... 

19 


   

 

2-BOB.  XO’JALIK  YURITUVCHI  SUB’EKTLARNING  SOLIQ  YUKINI 



ANIQLASHNING 

AMALDAGI 

HOLATI 

TAHLILI........................................................................................................ 

25 


   

 

2.1.  Mamlakatimizda  soliq  yukini  kamaytirib  borish  soliq  siyosatining 



asosiy yo’nalishi sifatida................................................................ 

25 


   

 

2.2.  Xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  soliq  yukinining  amaliy  holati 



tahlili............................................................................................... 

29 


   

 

2.3.  Korxonalar 



zimmasidagi 

soliq 


yuki 

darajasini 

baholash 

mezonlaridan  foydalanish  tahlili  (Kitob  tumani  DSI  ma’lumotlari 

asosida).................................................................................................  

33 


   

 

3-BOB.  MAMLAKAT 



IQTISODIYOTINI 

MODERNIZATSIYALASH 

SHAROITIDA 

SOLIQ 

YUKINI 

KAMAYTIRISH 

MASALALARI................................................................................................ 

39 


   

 

3.1.  Soliq  sub’ektlari  o’rtasida  soliq  yukini  mutanosib  ravishda 



taqsimlashning asosiy yo’nalishlari................................................... 

39 


   

 

3.2.  Xo’jalik 



yurituvchi 

sub’ektlar  zimmasidagi  soliq  yukini 

maqbullashtirish yo’nalishlari.............................................................  

44 


   

 

  XULOSA............................................................................................................. 

50 

   

 

  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI..............................  

55 


 

KIRISH 



Mavzuning  dolzarbligi.  Mamlakatimizning  demokratik  davlat  qurish 

yo’lidan  borayotgan  bugungi  kunda  olib  borilayotgan  keng  qamrovli  iqtisodiy 

islohotlarni  amalga  oshirishda  birinchi  navbatda  soliq  siyosatini  yanada 

takomillashtirish,  soliqlarning  turlari  va  ularning  amal  qilish  mexanizmini 

soddalashtirib  borish  muhim  masalalardan  hisoblanadi.  Ayniqsa,  iqtisodiyotni 

modernizatsiyalash  sharoitida  mamlakatimizda  soliq  to’lovchilar  zimmasidagi 

soliq  yukini  tobora  kamaytirib  borish,  buning  natijasida  soliq  tizimini  yanada 

samarali ishlashini ta’minlash alohida ahamiyatga ega. 

Haqiqatdan  ham,  korxonalarning  soliq  yuki  darajasini  kamaytirib  borish, 

ularga nisbatan optimal darajadagi soliq yukini belgilash va shu miqdorni davomiy 

saqlab turishdan davlat va soliq to’lovchilar bir xilda manfaatdordirlar. Soliq yuki 

darajasini  optimal  baholanishi  bir  tomondan  korxonalar  moliyaviy-xo’jalik 

faoliyatini  rag’batlantirsa,  ikkinchi  tomondan  davlat  byudjet  daromadlarining 

barqaror sur’atlarda tushib turishini ta’minlaydi.  

Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta’kidlaganidek:  “Mamlakatimiz  yalpi  ichki 

mahsuloti 8,1 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga, qishloq xo’jaligi ishlab 

chiqarishi 6,9 foiz, kapital qurilish 10,9 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 

foizga  oshdi.  Ishlab  chiqarilgan  mahsulotlarning  qariyb  70  foizini  yuqori 

qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan tayyor tovarlar tashkil etdi.  

Iste’mol  tovarlari  ishlab  chiqarish  hajmi  2014  yilda  9,4  foiz,  shu  jumladan, 

oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab 

chiqarish  10  foizga  o’sdi.  Inflyatsiya  darajasi  yil  yakunlari  bo’yicha  6,1  foizni 

tashkil etdi. Bu prognoz ko’rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada pastdir.  

O’tgan  yili  soliq  yuki  20,5  foizdan  20  foizga,  foyda  solig’i  stavkasi  esa  9 

foizdan  8  foizga  kamaytirilgan  bo’lsa-da,  davlat  byudjeti  yalpi  ichki  mahsulotga 

nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi

1

”.  


                  

 

1



  O’zbekiston  Prezidenti  Islom  Karimovning  mamlakatimizni  2014  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari 

va  2015  yilga  mo’ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo’nalishlariga  bag’ishlangan  Vazirlar 

Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. 

www.press-service.uz

   

 


 

Ko’rinib turibdiki, bu borada amalga oshirilayotgan soliq islohotlari o’zining 



ijobiy  natijalarini  bermoqda.  Natijada  soliq  to’lovchilar  zimmasidagi  soliq 

yukining tobora pasayib borish tendentsiyasiga o’zining ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. 

Shunday  bo’lsada,  ushbu  sohada  ham  o’z  echimini  kutayotgan  muammolar  ham 

mavjudki, ular bugungi kunda ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo etadi. Shuning 

uchun respublikamizda soliq yukining xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy 

faoliyatiga  va  byudjet  daromadlariga  ta’sirini  o’zaro  bog’liqlikda  ilmiy  tadqiq 

qilish, mavjud muammolarni hal etish bo’yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni 

ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi. 

Bundan  tashqari  iqtisodiyot  tarmoqlarida  soliqlarning  adolatlilik  tamoyiliga 

asosan  soliq  yukini  bir  xillashtirish,  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  mulkchilik 

shakllaridan  va  xo’jalik  yuritish  usullaridan  qat’iy  nazar  bozor  munosabatlariga 

moslashishlari  uchun  qulay  shart-sharoitlar  yaratish  kabi  bir  qator  dolzarb 

muammolar  turibdi.  Aynan  shunday  jihatlardan  kelib  chiqib,  ushbu  bitiruv 

malakaviy ishi mavzusi dolzarb hisoblanadi. 



Bitiruv  malakaviy  ishi  ob’ekti  va  predmeti.  Bitiruv  malakaviy  ishining 

ob’ekti  bo’lib  mamlakatimizda  soliq  yuki  va  uni  aniqlash  mezonlari,  iqtisodiyot 

tarmoqlari bo’yicha soliq yuki darajasi va uning taqsimlanish darajasi hisoblanadi. 

Hozirgi  sharoitda  iqtisodiyot  va  ayrim  xo’jalik  sub’ektlari  zimmmasidagi 

soliq  yukini  aniqlash  jarayoniga  doir  moliyaviy  munosabatlar  bitiruv  malakaviy 

ishining predmeti hisoblanadi. 



Bitiruv  malakaviy  ishining  maqsadi  va  vazifalari.  Bitiruv  malakaviy 

ishining  asosiy  maqsadi  mamlakatimiz  iqtisodiyoti  tarmoqlarida  soliq  yukining 

amaldagi  holatini  o’rganish  va  tarmoqlar  bo’yicha  soliq  yukini  bir  xillashtirish 

yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat.  

Shu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: 

  soliqlarning  ob’ektiv  zarurligi  va  soliq  yukining  ilmiy-nazariy  asoslarini 



o’rganish; 

  soliq yuki darajasi va uni aniqlashning nazariy asoslarini tadqiq etish; 



 



  mamlakatimizda  soliq  yuki  darajasini  baholashning  amaldagi  holatini 

o’rganib chiqish; 

 

xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bo’yicha soliq yukini tahlil qilish; 



  soliq sub’ektlari o’rtasida soliq yuki taqsimlanishidagi mavjud muammolarni 

aniqlash va ularni bartaraf etish yo’llarini o’rganish; 

 



xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  zimmasidagi  soliq  yukini  maqbullashtirilishi 

yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 



Bitiruv  malakaviy  ishining  nazariy  va  amaliy  ahamiyati.  Bitiruv 

malakaviy  ishi  mavzusini  tadqiq  etish  natijasida  chiqarilgan  xulosalar  hamda 

ishlab  chiqilgan  taklif  va  tavsiyalardan  O’zbekiston  Respublikasida  iqtisodiyot 

tarmoqlari  bo’yicha  soliq  yuki  darajasini  aniqlash  va  uning  taqsimlanishini 

maqbullashtirishda,  soliq  siyosati  kontseptsiyasini  ishlab  chiqishda  va  ustuvor 

yo’nalishlarini belgilashda foydalanish mumkin. 



Bitiruv  malakaviy  ishi  tarkibi  kirish,  uchta  bob,  xulosa  va  foydalanilgan 

adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  kirish  qismida  mavzuning  dolzarbligi,  tadqiqot 

ob’ekti  va  predmeti,  maqsadi  va  vazifalari,  nazariy  va  amaliy  ahamiyati  kabi 

masalalar etarlicha bayon etilgan.  

Bitiruv  malakaviy  ishining  birinchi  bobida  iqtisodiyotni  modernizatsiyalash 

sharoitida soliq yukini aniqlashning nazariy-uslubiy asoslari bayon etilgan.  

Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning 

soliq  yukini  aniqlashning  amaldagi  holati  Kitob  tuman  DSI  ma’lumotlari  asosida 

tahlil etilgan.  

Bitiruv  malakaviy  ishining  uchinchi  bobida  iqtisodiyotni  modernizatsiyalash 

sharoitida soliq yukini kamaytirish masalalari tadqiq etilgan. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  xulosa  va  takliflar  qismida  tadqiqot  natijasida 

xulosalar keltirilgan va takomillashtirish yuzasidan taklif tizimi ishlab chiqilgan. 



 

 



1-BOB.  IQTISODIYOTNI 

MODERNIZATSIYALASH 

SHAROITIDA 

SOLIQ 

YUKINI 

ANIQLASHNING 

NAZARIY-USLUBIY 

ASOSLARI. 

1.1  Soliqlarning  ob’ektiv  zarurligi  va  soliq  yuki  borasidagi  ilmiy-

nazariy qarashlar. 

 

Ma’lumki soliqlar insoniyat tarixida qadimdan katta munozaralarga sababchi 



bo’lib  kelmoqda.  Chunki  soliqlar  davlat  byudjetining  muhim  daromad  manbai 

hisoblanadi va davlat bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni ta’minlaydi. 

Soliqlar  muammosi  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy 

islohotlar  amaliyotidagi  eng  qiyin  va  murakkab  muammolardan  biri  hisoblanadi. 

Bir  tomondan  soliqlar  tizimi  bugungi  kunda  ko’p  munozaralarga  sabab 

bo’layotgan  bo’lsa,  ikkinchi  tomondan  soliqlar  bevosita bozor  munosabatlarining 

muhim  dastaklaridan  biri  bo’lib,  iqtisodiy  islohotlarning  ijobiy  natijasi  ko’p 

jihatdan ularga bevosita bog’liq. 

Prezidentimiz I.Karimov tomonidan “avvalo soliq tizimi o’ziga xos vazifani-

fiskal,  qayta  taqsimlash  va  rag’batlantirish  vazifasini  to’la  darajada  bajarishi 

kerak”

2

  bildirilgan  fikrdan  kelib  chiqadigan  bo’lsak,  hozirgi  kunda  soliq  tizimini 



bajara olishi lozim bo’lgan funktsiyalarni amaldagi ifodasi sanaladi. 

Ma’lumki,  soliqlar  -  qonun  bilan  belgilangan,  muayyan  miqdorlarda 

undiriladigan,  muntazam,  qaytarib  berilmaydigan  va  beg’araz  xususiyatga  ega 

bo’lgan,  byudjetga  yo’naltiriladigan  majburiy  pul  to’lovlaridir

3

.  Soliqlarning 



majburiylik  xususiyatiga  ega  bo’lishi  ularni  undirishda  huquqiy  munosabatlarni 

keltirib chiqaradi. Shu jihatdan, uni huquqiy tomondan ko’rib chiqadigan bo’lsak, 

soliq undirish soliq to’lovchining xususiy mulkining bir qismini davlat xazinasiga 

berishdir. Ya’ni, bu degan so’z, soliq faqat iqtisodiy tushuncha bo’libgina qolmay, 

shu bilan birga huquqiy kategoriyadir, shuning uchun, soliq tabiatini tushunishning 

                  

 

2

 Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. –T.: O’zbekiston, 1998, 358-bet.  



3

 O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, 12-modda. 



 

qiyin tomoni ham, uni bir vaqtning o’zida borliqning haqiqatda iqtisodiy, xo’jalik 



va siyosiy tomonlarini o’z ichiga olganligidir. 

Soliq  tushunchasi  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  davlatning  paydo  bo’lishi  va 

uni  faoliyatining  davomiyligi  bilan  bevosita  bog’liqdir.  Davlatning  bajaradigan 

funktsiyalari  va  vazifalari  ko’p  bo’lib,  bozor  iqtisodiyoti  rivojlana  borishi  bilan 

ba’zi  ijtimoiy  himoyalangan  bozor  munosabatlariga  mos  kelmaydigan  vazifalar 

yo’qola  borsa,  yangi  vazifalar  paydo  bo’la  boshlaydi.  Bularga  bizning 

respublikamizda  kam  ta’minlanganlarga  ijtimoiy  yordam  ko’rsatish,  bozor 

iqtisodiyoti  infratuzilmasini  tashkil  qilish  kabilar  kiradi.  Davlat  kuchli  ijtimoiy-

siyosiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pensionerlar, talabalar, ko’p bolali onalar 

va  boshqalarni  mablag’  bilan  ta’minlash  zarurligini  anglab,  ayrim  cheklangan 

tovarlar  bahosidagi  farqni  byudjet  hisobidan  qoplaydi  va  undan  tashqari 

mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta’minlanganlarga moddiy yordamlar 

ko’rsatadi.  Shu  bilan  birga,  davlat  jamiyat  a’zolari  osoyishtaligini  saqlash 

maqsadida  o’zining  mudofaa  qobiliyatini  saqlab  va  mustahkamlab  turishga  ham 

mablag’lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda 

tartib-intizom o’rnatish, uni boshqarish funktsiyalarini bajarish uchun ham ko’plab 

mablag’  yo’naltirishga  majburdir.  Bunday  xarajatlarni  amalga  oshirishning 

majburiyligi ular uchun manba bo’lgan soliqlarni ob’ektiv zarur qilib qo’yadi. 

Soliqlar majburiy to’lovlarni ifoda etuvchi pullik munosabatlarni bildiradi. Bu 

munosabatlar  soliq  to’lovchilar  bilan  ularni  o’z  mulkiga  aylantiruvchi  davlat 

o’rtasida  bo’ladi.  Davlat  uchun  byudjet  daromadlarining  asosiy  manbai 

hisoblangan  soliqlar  katta  ahamiyatga  ega.  Davlat  faoliyatining  barcha 

yo’nalishlarini  mablag’  bilan  ta’minlashning  asosiy  manbalaridan  biri  va  davlat 

ustuvorligini  amalga  oshirishning  iqtisodiy  vositasi  soliqlardir.  Soliq  tizimini 

tartibga  solish  va  mukammallashtirish  moliyaviy  tizimni  rivojlantirishga  yordam 

beradi.  Iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  soliqlar  orqali  tartibga  solish,  davlat 

byudjeti daromadlarini shakllantirish soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu 

jarayonlarning  rivojlanishiga  ta’sir  etuvchi  usuli  hisoblanadi.  Davlatning 

mavjudligi  soliqlar  bilan  uzviy  bog’liq,  chunki  soliqdan  tushadigan  tushumlar 


 

davlat 



iqtisodiy 

mustaqilligining 

asosiy 

manbai 


hisoblanadi. 

Bozor 


munosabatlarining  shakllanishi  davrida  soliqlar  korxonalarning  iqtisodiy 

faoliyatini tartibga solishning ham bilvosita quroli hisoblanadi. 

Soliqni  to’lash  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  va  fuqarolar  bilan  davlat 

o’rtasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi. 

Biror  bir  jamiyatni  soliq  tizimisiz  tasavvur  qilish  mumkin  emas.  Chunki  soliqlar 

byudjet  daromadlari  (pul  fondi)ni  tashkil  etishning  asosiy  vositasi  bo’libgina 

qolmay  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmini  oshirishga,  ishlab  chiqarishni 

rag’batlantirishda  investitsiyalarni  ko’paytirishga,  raqobatbardosh  mahsulotni 

ko’paytirishga,  kichik  biznesni  rivojlantirishga,  xususiy  korxonalar  ochish  bilan 

bog’liq  bo’lgan  bozor  infrastrukturasini  barpo  qilishga,  umumdavlat  ehtiyojlarini 

qondirishga  va shu kabilarga xizmat qiladi. 

Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o’zining ichki va tashqi vazifalarini, har 

xil  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  siyosiy  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish  uchun  zarur 

bo’lgan mablag’larning asosiy qismini soliqlar orqali to’playdi. Jumladan, soliqlar 

respublika  va  mahalliy  byudjetlar  daromadlarini  shakllantiradi,  davlat  ijtimoiy 

dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliq to’lovchi shaxslarning tadbirkorlik 

faoliyatini  boshqaradi,  ularning  tabiiy  resurslardan  unumli  foydalanishga  bo’lgan 

intilishini  rag’batlantiradi,  narx  belgilashga  ta’sir  ko’rsatadi,  aholining  turmush 

darajasini  tartibga  solib  turadi,  imtiyozlar  yordamida  esa  aholining  kam 

ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi. 

Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o’rtasida 

vujudga  keluvchi  ob’ektiv  majburiy  to’lovlarga  asoslangan  moliyaviy 

munosabatlar  orqali  xarakterlanadi.  Bu  moliyaviy  munosabatlar  maxsus  ijtimoiy 

xarakterga  ega  bo’lib,  milliy  daromadning  bir  qismi  bo’lgan  pul  mablag’larini 

davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.  

Soliqlar  boshqa  iqtisodiy  kategoriyalar  kabi  o’ziga  xos  belgilarga  ega. 

Soliqlarning belgilari soliq to’lovchi va undiruvchi o’rtasidagi majburiy moliyaviy 

munosabatlardan  kelib  chiqib,  ularni  boshqa  iqtisodiy  kategoriyalardan  ajratib 

turishga xizmat qiladi: 


10 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



1-chizma. Soliqlarning obyektiga ko’ra guruhlanishi 

 

 



Insoniyat tarixida yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrlarda buyuk saltanat 

barpo qilgan Amir Temur ham soliqlarga katta e’tibor qaratgan. U davlatni idora 

qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan soliqlarga tayangan. O‘sha davrning dav-

lat  moliyasi  bu  tizimning  eng  muhim  unsurlaridan  biri  ekanligi,  u  davlatni 

boshqarishdagi  barcha  jihatlariga  uzviy  bog‘langanligi  bilan  tubdan  farq  qilib 

turgani  va  ayni  shu  xususiyatga  ko‘ra  boshqaruvning  barcha  tarkibiy  qismlari 

orasida  markaziy  o‘rinni  egallaganligi  bugungi  kunga  kelib  hammaga  ayon 

bo‘lmoqda. Ammo soliq munosabatlari haqida qancha rivoyatlar aytib o‘tilmagan 

bo‘lsin,  uning  mohiyati  aholi  soliq  to‘loviga  nisbatan  faqat  o‘z  mohiyatini 

Soliqlarni ob’ektiga qarab guruhlanishi  

Oborotdan 

olinadigan soliqlar 

Daromaddan 

olinadigan

 

soliqlar 



Mol-mulk 

qiymatidan 

olinadigan

 

soliqlar 



- qo’shilgan qiymat solig’i; 

- aktsiz solig’i; 

- bojxona to’lovlari; 

-  


transport 

vositalariga 

benzin, dizel yoqilg’isi va 

gaz  ishlatganlik  uchun 

olinadigan soliq 

 

- yuridik shaxslarning 



mol-mulkiga 

solinadigan soliq; 

- jismoniy 

shaxslarning mol-

mulkiga solinadigan 

soliq; 


- yuridik shaxslardan 

olinadigan yer 

solig’i; 

- jismoniy shaxslardan 

olinadigan yer 

solig’i  

- yuridik shaxslardan 

olinadigan foyda 

solig’i; 

- jismoniy shaxslardan 

olinadigan daromad 

solig’i; 

- obodonlashtirish va 

ijtimoiy infratuzilmani 

rivojlantiish solig’i 

 


11 

 

xazinada  topgan.  Xazina  har  qanday  tizimda  ham  davlatni  boshqarish  vositasi 



bo‘lib xizmat qilgan. Bunday vosita nafaqat davlatni boshqarishda, balki shuning 

bilan birgalikda aholi manfaatlarini qondirishda namoyon bo‘lgan. Natijada, xazina 

taqsimoti taraqqiyot tayanchi bo‘lib xizmat qilgan. 

Soliqlar  qadimgi  davrlardan  e’tiboran  olingan,  ammo  u  vaqtlarda  soliqlar 

ozod  va  erkin  bo‘lmagan  kishining  belgisi  bo‘lib  xizmat  qilgan.  Adam  Smit 

(shotland  faylasufi  va  iqtisodchisi,  1723-1790)  o‘zining  «Xalqlar  boyligining 

sabablari  va  tabiatlari»  nomli  kitobida  (1776)  ilk  bor  soliq  tamoyillarini  asoslab 

berdi,  soliqlarning  ahamiyatini  yoritib,  ularni  davlatga  to‘lash  qullik  emas,  balki 

erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi.  

 N.Turgenev  o‘zining  «Soliq  nazariyasi  tajribasi»  nomli  kitobida  (1818yil) 

shuni  ta’kidlaydiki,  «Bilimli  bo‘lishning  muvaffaqiyatlari  ularning  xalqlar  urf 

odatlariga foydali ta’siri darajasiga qarab soliqlar tizimining takomillashuviga ham 

ta’sir  etgan»,  «…soliqlar  bilimga  ega  bo‘lish  bilan  birga  paydo  bo‘lib,  uning 

belgisi bo‘lib qoldi. ….Soliqlarning tayinlanishi, taqsimlanishi va yig‘ilish usuliga 

qarab  xalq  orasida  tarqalgan  ma’lumotlar  to‘g‘risida;    yig‘iladigan  soliqlar 

miqdoriga  qarab  uning  boyligi  haqida  fikr  yuritish  mumkin,  bu  bilimlilik  va 

ma’rifatni anglatadigan ikkita eng asosiy xususiyatdir» bu so‘zlardan yana bir bor 

amin  bo‘lish  mumkinki,  soliqlar  qadimiy  moliyaviy  institutlar  hisoblanib, 

davlatning  paydo  bo‘lishi  bilan  yuzaga  kelgan.  Soliqlar  davlat  organlarini 

ta’minlash  va  ular  oldida  tutgan  vazifalarni  bajarilishini  moddiy  ta’minlashning 

manbasi  sifatida  xizmat  qilgan.  Davlatning  rivojlanishi  bilan  uning  vazifa  va 

funktsiyalari  yangicha  xususiyatlarga  ega  bo‘ldi.  Lekin  soliqlarning  davlatni  va 

uning organlarini moliyalashtirishda manba sifatidagi roli o‘zgarmay qoldi.  

Shu o‘rinda soliqlarga turli iqtisodchilar tomonidan berilgan ta’riflarni keltirib 

o‘tish  o‘rinlidir.  «Soliqlar,  -  deb  yozadi  D.  Rikardo,  -  hokimiyat  ixtiyoriga  kelib 

tushadigan er mahsuloti va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va oxir-

oqibatda  ular  kapital  hisobidan  yoki  mamlakat  daromadi  hisobidan  to‘lanadi».

4

 



                  

 

4



 

Рикардо Д. Сочинения т. И. «Начало политической экономики и налогового обложения». Пер. с англ. - 

М.: Госполитиздат, с.360. 


12 

 

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, D.Rikardo soliqlar mohiyatini yoritib, o‘z 



navbatida  A.Smit  tomonidan  yaratilgan  soliqlar  nazariyasini  ma’lum  darajada 

rivojlantirgan. 

Yana  bir  maqbul  ta’rif  S.Pepelyaev  tomonidan  berilgan:  «Soliq  -  ommaviy 

hokimiyat  sub’ektlarining  to‘lov  qobiliyatini  ta’minlash  maqsadida  jismoniy  va 

yuridik  shaxslar  mulklarini  begonalashtirishning  majburiylik,  yakka  tarzda  

holisona, qaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan ta’minlanganlik asoslarida va 

jazo  yoki  kontributsiya  xarakteriga  ega  bo‘lmagan  qonunda  belgilangan  yagona 

shaklidir».

5

 

Masalan,  professor  D.Chernikning  fikricha  «Soliqlar  —  davlat  tomonidan 



xo‘jalik  sub’ektlari  va  fuqarolardan  qonuniy  tartibda  o‘rnatilgan  stavkalarda 

undirib olinadigan majburiy yig‘imlarni o‘zida aks ettiradi».

6

 

Soliqlar 



iqtisodiy 

mohiyatiga, 

to’lovchi  bilan  davlatning  o’zaro 

munosabatlariga  bevosita  yoki  bilvosita  bog’liqligiga  ko’ra  to’g’ri  va  egri 

soliqlarga  bo’linishiga  doir  zamonaviy  yondashuvga  muvofiq,  to’g’ri  soliqlar 

to’g’ridan-to’g’ri  daromadga  va  mol-mulkka  qaratiladi  (soliqqa  tortishning 

bevosita shakli). Tovarning bahosida to’lanadigan yoki tarifga kiritiladigan tovarlar 

va xizmatlardan olinadigan soliqlar egri soliqlarga kiradi: 

 

 

 



 

 

 



 

 


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling