Soliqlar va soliqqa tortish


 Soliqlar va boshqa majburiy


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/20
Sana14.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#393
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20

4. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash majburiyatlari bajarilishini ta’minlash  
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1257-sonli «Respublika soliq organlari tizimini 
yanada  modernizatsiya  qilish  chora-tadbirlari  to’g’risida»  08.01.2010  y.  va  O’zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  21.05.2010  y.  “Davlat  soliq  xizmati  organlari  faoliyatini 
huquqiy  tartibga  solishni  yanada  takomillashtirish  to’g’risida”  98-sonli  Qarori  asosida  soliq 
tizimida  bir  qator  modernizatsiyaga  oid  ishlar    oshirildi.  Хususan,  soliq  tizimida  soliq  qarzini 
undirishga doir ishlarnit takomillashtirish doirasida Davlat soliq xizmati organlari tizimining barcha 
bo’g’inlarida “Soliq qarzini majburiy undirish” bo’limlari yaratildi. 
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash bo’yicha bajarilmagan majburiyatlari bo’lgan 
soliq  to’lovchi  o’zining  bank  hisobvarag’ida  pul  mablag’lari  mavjud  bo’lishidan  qat’i  nazar, 
soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarni  Soliq  kodeksida  belgilangan  to’lash  muddatidan 
kechiktirmay  ularni  xizmat  ko’rsatayotgan  bankka  to’lash  uchun  to’lov  topshiriqnomasini  taqdim 
etishi shart. 
Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarni  to’lash  majburiyatlari  bajarilishini  ta’minlash 
choralari  jumlasiga  soliq  to’lovchiga  davlat  soliq  xizmati  organi  tomonidan  uning  majburiyatini 
bajarish zarurligi hamda soliq qarzini majburiy undirish yuzasidan ko’riladigan choralar to’g’risida 
yuborilgan talabnomasi kiradi. 
Soliq qarzini uzish to’g’risidagi talabnoma  
Soliq  qarzini  uzish  to’g’risidagi  talabnoma  yozma  shaklda  rasmiylashtiriladi  va  unda 
quyidagilar ko’rsatilishi kerak: 

 
96 
1) soliq to’lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki to’liq nomi; 
2) soliq to’lovchining identifikatsiya raqami; 
3) talabnoma tuzilgan sana; 
4)  talabnomani  yuborish  vaqtida  hisoblangan  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar,  penya, 
jarimalar bo’yicha qarz summasi; 
5)  talabnoma  olinganidan  so’ng  soliq  majburiyati  bajarilmagan  taqdirda  qo’llaniladigan 
majburiy undirish choralari va muddatlari; 
6) debitorlar bilan o’zaro hisob-kitoblar solishtirma dalolatnomasini taqdim etish to’g’risidagi 
ko’rsatma. 
Soliq  qarzini  uzish  to’g’risidagi  talabnoma  soliq  to’lovchiga  yoki  uning  vakiliga  bu 
talabnomani  soliq  to’lovchi  olganligini  va  talabnoma  olingan  sanani  tasdiqlovchi  usulda 
topshirilishi lozim. 
Soliq  qarzini  uzish  to’g’risidagi  talabnoma  pochta  orqali  buyurtma  xat  bilan  yuborilgan 
taqdirda,  u  buyurtma  xat  pochta  jo’natmasi  topshirilganligi  to’g’risidagi  bildirish  blankasida 
ko’rsatilgan sanada olingan deb hisoblanadi. 
Soliq qarzini uzish to’g’risidagi talabnomaning shakli O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo’mitasi tomonidan tasdiqlanadi. 
Soliq qarzini uzish to’g’risidagi talabnomani bajarish muddatlari  
Soliq  qarzini  uzish  to’g’risidagi  talabnoma  soliq  to’lovchi  tomonidan  olingan  kundan 
e’tiboran besh kun ichida soliq qarzi uzilmagan  taqdirda, davlat soliq xizmati organlari uni Soliq 
kodeksining 63-moddasida belgilangan tartibda soliq to’lovchining bank hisobvaraqlaridan so’zsiz 
undirish choralarini qo’llaydi. 
Soliq qarzini uzish to’g’risidagi talabnoma yuridik shaxs tomonidan olingan kundan e’tiboran 
o’n  kun  ichida  yuridik  shaxs  soliq  qarzini  uzmagan  taqdirda  va  belgilangan  choralarni  qo’llash 
natijasida soliq qarzi uzilmay qolaversa, davlat soliq xizmati organlari undiruvni Soliq kodeksining 
64-moddasida  belgilangan  tartibda  soliq  to’lovchiga  uning  debitorlari  o’tkazishi  lozim  bo’lgan 
summalarga qaratadi. 
Soliq qarzini uzish to’g’risidagi talabnoma yuridik shaxs tomonidan olingan kundan e’tiboran 
o’ttiz  kun  ichida  yuridik  shaxs  soliq  qarzini  uzmagan  taqdirda  va,  agar  belgilangan  choralarni 
qo’llash  natijasida  soliq  qarzi  uzilmay  qolaversa,  davlat  soliq  xizmati  organlari  undiruvni  Soliq 
kodeksining 65-moddasida belgilangan tartibda soliq to’lovchining mol-mulkiga qaratadi. 
Soliq  qarzini  uzish to’g’risidagi talabnoma  olingan  kundan  boshlab  o’n  kun  ichida jismoniy 
shaxs  tomonidan  bajarilmagan  taqdirda,  davlat  soliq  xizmati  organlari  soliq  qarzini  jismoniy 
shaxsdan undirish to’g’risidagi ariza bilan belgilangan tartibda sudga murojaat qiladi. 
Soliq qarzini majburiy undirish choralari  
Soliq qarzini majburiy undirish choralariga quyidagilar kiradi: 
soliq qarzini soliq to’lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan so’zsiz undirish; 
undiruvni soliq to’lovchiga uning debitorlari o’tkazishi lozim bo’lgan summalarga qaratish; 
undiruvni soliq to’lovchining mol-mulkiga qaratish. 
Soliq  to’lovchi  soliq  qarzini  barcha  choralar  ko’rilganidan  keyin  uzmagan  taqdirda,  davlat 
soliq xizmati organi uni bankrot deb topish to’g’risidagi ariza bilan sudga murojaat etadi. 
Soliq  qarzini  majburiy  undirish  choralari  jismoniy  shaxslarga  nisbatan  faqat  sud  tartibida 
qo’llaniladi va ularga  yuridik shaxslar uchun belgilangan ochralar tatbiq etilmaydi, bundan  yakka 
tartibdagi tadbirkorlar mustasno.  
Yakka  tartibdagi  tadbirkorlarga  tadbirkorlik  faoliyatiga  doir  qismi  bo’yicha  soliq  qarzini 
majburiy undirish choralari yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda qo’llaniladi.  
Soliq tekshiruvi natijalari bo’yicha qo’shimcha hisoblangan soliq qarzi summalarini majburiy 
undirish  choralari  soliq  to’lovchi  tomonidan  uning  natijalari  bo’yicha  berilgan  shikoyat  davriga 
Soliq kodeksining 18-bobiga muvofiq to’xtatib turiladi. 
Soliq to’lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan soliq qarzini so’zsiz undirish  
Soliq  to’lovchining  bankdagi  hisobvaraqlaridan  soliq  qarzini  so’zsiz  undirish,  agar  Soliq 
kodeksi  62-moddasining  uchinchi  qismida  boshqacha  qoida  nazarda  tutilmagan  bo’lsa,  soliq 

 
97 
to’lovchining  talab  qilib  olinguncha  saqlanadigan  depozit  hisobvarag’iga  xizmat  ko’rsatayotgan 
bankka  davlat  soliq  xizmati  organining  soliq  qarzi  summasini  tegishli  byudjetga  yoki  davlat 
maqsadli  jamg’armasiga  o’tkazish  to’g’risidagi  inkasso  topshiriqnomasini  taqdim  etish  orqali 
amalga oshiriladi. 
Хizmat  ko’rsatuvchi  bank  belgisi  qo’yilgan  to’lov  topshiriqnomasining  nusxasi  soliq 
to’lovchi  tomonidan  taqdim  etilmagan  taqdirda,  soliq  qarzi  summasini  o’tkazish  to’g’risidagi 
inkasso  topshiriqnomalari  soliq  qarzi  summasini  uzish  to’g’risidagi  talabnomani  bajarishning 
belgilangan  muddati  o’tgan  kundan  e’tiboran  uch  ish  kuni  ichida  davlat  soliq  xizmati  organlari 
tomonidan taqdim etiladi. 
Soliq  to’lovchining  hisobvarag’ida  pul  mablag’lari  bo’lmaganligi  yoki  etarli  bo’lmaganligi 
tufayli  davlat  soliq  xizmati  organining  inkasso  topshiriqnomasi  to’liq  yoki  qisman  bajarilmagan 
taqdirda,  inkasso  topshiriqnomasi  olingan  kundan  e’tiboran  uch  kunlik  muddatda  uning  nusxasi 
bankning  belgisi  qo’yilib,  davlat  soliq  xizmati  organiga  va  soliq  to’lovchiga  yuboriladi.  Agar 
inkasso topshiriqnomasini taqdim etish paytida soliq to’lovchi soliq qarzining summasini o’tkazish 
uchun  to’lov  topshiriqnomasini  bankka  topshirgan  bo’lsa,  bank  taqdim  etilgan  inkasso 
topshiriqnomasini  soliq  to’lovchining  to’lov  topshiriqnomasi  nusxasini  ilova  qilgan  holda  davlat 
soliq xizmati organiga qaytaradi. 
Soliq  qarzi  summasini  undirish  soliq  to’lovchining  barcha  bank  hisobvaraqlarida  turgan  pul 
mablag’laridan amalga oshiriladi, qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratish mumkin bo’lmagan 
hisobvaraqlar bundan mustasno. 
Undiruvni  soliq  to’lovchiga  uning  debitorlaridan  o’tkazilishi  lozim  bo’lgan  summalarga 
qaratish  
Soliq  to’lovchi  debitor  bilan  o’zaro  hisob-kitoblarning  solishtirma  dalolatnomasini  taqdim 
etgan  taqdirda,  davlat  soliq  xizmati  organlari  undiruvni  soliq  to’lovchiga  uning  debitorlaridan 
o’tkazilishi lozim bo’lgan summaga qaratadi. 
Debitorlar o’zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalariga imzo qo’yishni asossiz rad 
etgan  taqdirda,  soliq  to’lovchi  bir  tomonlama  imzolangan  solishtirma  dalolatnomalarni  debitorlik 
qarzi  mavjudligini  tasdiqlovchi  hujjatlarni  ilova  qilgan  holda  davlat  soliq  xizmati  organlariga 
taqdim etish huquqiga ega. 
Soliq  to’lovchi  bir  tomonlama  imzolangan  o’zaro  hisob-kitoblarning  solishtirma 
dalolatnomasini  taqdim  etgan  taqdirda,  davlat  soliq  xizmati  organi  soliq  to’lovchining  debitoriga 
uning  kreditorlik  qarzi  borligi  haqida  imzolash  uchun  soliq  to’lovchi  tomonidan  taqdim  etilgan 
solishtirma  dalolatnomani  va  kreditorlik  qarzi  mavjudligini  tasdiqlovchi  hujjatlarning  ko’chirma 
nusxalarini ilova qilgan holda yozma bildirish yuboradi. 
Soliq  to’lovchining  debitori  yozma  bildirish  olingan  kundan  e’tiboran  uch  ish  kuni  ichida 
o’zaro  hisob-kitoblarning  solishtirma  dalolatnomasini  imzolash  yoki  solishtirma  dalolatnomada 
ko’rsatilgan  qarzning  mavjud  emasligini  asoslagan  holda  rad  javobini  taqdim  etishi  shart.  Agar 
soliq  to’lovchining  debitori  tomonidan  tan  olingan  qarz  summasi  solishtirma  dalolatnomada 
ko’rsatilganidan farq qilsa, debitor xuddi shu muddatda davlat soliq xizmati organiga o’zi tan olgan 
summani ko’rsatgan holda solishtirma dalolatnomani taqdim etishi shart.  
Soliq  to’lovchining  debitori  tomonidan  imzolangan  o’zaro  hisob-kitoblarning  solishtirma 
dalolatnomasi  kreditorning  imzosi  mavjud  bo’lishidan  qat’i  nazar,  uning  kreditori  soliq  qarzini 
undiruvni  unga  qaratishi  uchun  asos  bo’ladi.  Agarda  belgilangan  majburiyat  soliq  to’lovchining 
debitori  tomonidan  bajarilmagan  taqdirda,  undiruv  soliq  to’lovchi  taqdim  etgan  solishtirma 
dalolatnoma asosida amalga oshiriladi. 
Soliq  to’lovchi  bilan  uning  debitori  o’rtasidagi  o’zaro  hisob-kitoblarning  solishtirma 
dalolatnomasida quyidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan bo’lishi kerak: 
soliq to’lovchi va uning debitorining nomi, ularning identifikatsiya raqami; 
soliq to’lovchi va uning debitori soliq hisobida turgan joydagi davlat soliq xizmati organining 
nomi; 
soliq to’lovchi va uning debitorining bankdagi hisobvaraqlari rekvizitlari; 
debitorning soliq to’lovchi oldidagi qarz summasi; 

 
98 
soliq to’lovchi va uning debitorining taraflar muhri bilan tasdiqlangan imzolari; 
soliq to’lovchi va uning debitori o’rtasida o’zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi 
tuzilgan sana. 
Soliq  to’lovchi  va  uning  debitori  o’rtasidagi  o’zaro  hisob-kitoblarning  solishtirma 
dalolatnomasi  soliq  qarzini  uzish  to’g’risidagi  talabnoma  davlat  soliq  xizmati  organi  tomonidan 
yuborilgan sanadan keyin keladigan sanada tuzilgan bo’lishi lozim. 
Davlat  soliq  xizmati  organi  o’zaro  hisob-kitoblarning  solishtirma  dalolatnomasi  asosida 
debitorlarning  bank  hisobvaraqlariga  soliq  to’lovchining  soliq  qarzi  summasini  soliq  to’lovchi 
oldidagi  qarzidan  oshmaydigan  miqdorda  undirish  to’g’risidagi  inkasso  topshiriqnomasini  taqdim 
etadi. 
Davlat  soliq  xizmati  organini  taqdim  etgan  inkasso  topshiriqnomasini  bajarish  Soliq 
kodeksining 63-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Undiruvni soliq to’lovchining mol-mulkiga qaratish  
Undiruvni  soliq  to’lovchining  mol-mulkiga  qaratish  davlat  soliq  xizmati  organining  da’vo 
arizasi asosida sud tartibida amalga oshiriladi. 
Undiruvni soliq to’lovchining mol-mulkiga qaratish to’g’risidagi da’vo arizasi soliq to’lovchi 
soliq  hisobiga  qo’yilgan  joydagi  davlat  soliq  xizmati  organining  rahbari  yoki  rahbar  o’rinbosari 
tomonidan imzolanadi. Da’vo arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 
soliq qarzi borligi to’g’risida soliq to’lovchining mavjud shaxsiy kartochkalaridan ko’chirma; 
soliq  to’lovchining  bank  hisobvaraqlarida  pul  mablag’lari  yo’qligi  to’g’risidagi  bank 
ma’lumotnomasi; 
soliq  tekshiruvi  natijalari  bo’yicha  (bunday  tekshiruv  o’tkazilgan  taqdirda)  soliq  qarzi 
to’g’risidagi ma’lumotnoma; 
soliq  to’lovchining  oxirgi  hisobot  davriga  doir  buxgalteriya  balansining  ko’chirma  nusxasi, 
bundan  moliyaviy  hisobotni  taqdim  etish  muddati  hali  kelmagan,  yangi  tashkil  etilgan  yuridik 
shaxslar mustasno. 
Undiruvni sud hujjatlari asosida soliq to’lovchining mol-mulkiga qaratish qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda sud ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi. 
Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish  
Umidsiz  soliq  qarzini  hisobdan  chiqarish  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  amalga 
oshiriladi. 
5. O’zbekiston  Respublikasida  amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq   xo’jalik  yurituvchi 
subekt  hisoblangan  soliq  va  yig’imlarni  o’z  vaqtida  byudjetga  o’tkazib  bermasa  yoki  to’lashdan 
bo’yin tovlasa u holda, ushbu xo’jalik yurituvchi subekt byudjet oldida soliq qarziga ega bo’ladi. 
Soliq  qarzi  –  bu  soliqlar  va  yig’imlar  to’g’risidagi  qonun  hujjatlarida  belgilangan  muddatda 
to’lanmagan soliq va yig’im summasidir.   
Soliqning  byudjetga  to’langan  hamda  to’lash  uchun  hisoblab  chiqarilgan  summalari 
o’rtasidagi,  taqdim  etilgan  soliq  hisoboti  asosida  aniqlanadigan  ijobiy  farq  soliqning  ortiqcha 
to’langan summasi, deb e’tirof etiladi.  
Ortiqcha  to’langan  summa  soliq  qarzini  quyidagi  ketma-ketlikda  uzish  hisobiga  hisobga 
olinishi kerak: 
1) soliqning mazkur turi bo’yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga; 
2) boshqa turdagi soliqlar bo’yicha qarzni uzish hisobiga; 
3) boshqa turdagi soliqlar bo’yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga; 
4) mazkur soliq bo’yicha kelgusi to’lovlar hisobiga; 
5) boshqa turdagi soliqlar bo’yicha bo’lajak to’lovlar hisobiga. 
Ortiqcha  to’langan  soliq  summasini  mazkur  soliq  turi  bo’yicha  penya  va  jarimalarni  uzish 
hisobiga  hisobga  olish  davlat  soliq  xizmati  organlari  tomonidan  mustaqil  ravishda  soliq 
to’lovchining arizasisiz amalga oshiriladi, soliq to’lovchi bu haqda hisobga olish amalga oshirilgan 
kundan e’tiboran uch kunlik muddatda yozma ravishda xabardor etiladi. 
Ortiqcha  to’langan  soliqni  hisobga  olish  hisobga  olishni  amalga  oshirish  to’g’risida  davlat 
soliq  xizmati  organi  tomonidan  xulosa  taqdim  etilgan  taqdirda,  soliq  to’lovchining  yozma  arizasi 

 
99 
asosida  tegishli  moliya  organlari  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Davlat  soliq  xizmati  organi  soliq 
to’lovchi  yozma  ariza  bergan  sanadan  e’tiboran  uch  kunlik  muddatda  hisobga  olishni  amalga 
oshirish  to’g’risidagi  xulosani  moliya  organlariga    taqdim  etishi  shart.  Ortiqcha  to’langan  soliq 
summasini hisobga olish bu xususda xulosa berilgan sanadan e’tiboran o’n ish kuni ichida amalga 
oshiriladi. Ortiqcha to’langan soliq summasi boshqa soliq to’lovchining soliq karzini uzish hisobiga 
hisobga olinishi mumkin emas. (10-ilova). 
Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  bo’yicha  ortiqcha  to’langan  summani  hisobga  olish 
Soliq  Kodeksining  56-moddasi  asosida  amalga  oshiriladi.  Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar 
bo’yicha ortiqcha to’langan summani belgilangan tartibda hisobga olish amalga oshirilgandan keyin 
ortiqcha  to’langan  soliqlarning  qolgan  summasini  soliq  to’lovchining  bankdagi  hisobvarag’iga 
qaytarish Soliq Kodeksining 57-58-moddasi asosida amalga oshiriladi.  
Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarning  ortiqcha  to’langan  summalarini  hisobga  olish 
hamda qaytarish uchun  soliq to’lovchining yozma arizasida:  

 
Soliq to’lovchining to’liq nomi va SТIRi; 

 
Ortiqcha to’langan soliq summasi hosil bo’lgan soliq yoki boshqa majburiy to’lov turi; 

 
Ortiqcha to’langan soliq summasining hosil bo’lish sababi; 

 
Ortiqcha to’langan soliq summasi hisobga olinadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar turi 
yoki  ortiqcha  to’langan  soliq  summasi  qaytariladigan  soliq  to’lovchining  hisob  raqami  va  bank 
rekvizitlari ko’rsatilgan bo’lishi kerak. 
 
 
Ortiqcha  to’langan  soliq  summalarini  qaytarish  davlat  soliq  xizmati  qaytarish  uchun  soliq 
to’lovchining  yozma  arizasi  asosida  xulosa  taqdim  etgan  taqdirda,  qaytarish  to’g’risidagi  ariza 
topshirilgan  sanadan  e’tiboran  o’ttiz  ish  kuni  ichida  tegishli  moliya  organlari  tomonidan  amalga 
oshiriladi. 
Soliq  to’lovchi  tomonidan  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarni  tegishli  turi  bo’yicha 
topshirilgan  soliq  hisobotlari,  aniqlashtirilgan  soliq  hisobotlari  asosida  hisoblangan  va  tekshiruv 
natijasida qo’shimcha hisoblangan summalar, hisoblangan penya, jarimalar bo’yicha to’lov amalga 
oshirilmasa, belgilangan muddatdan kechikmagan holda soliq organi tomonidan soliqlar va boshqa 
majburiy  to’lovlarni  to’lab  berish  to’g’risidagi  talabnoma  topshirilgan  sanadan besh  kundan so’ng 
soliq  to’lovchining  bankdagi  hisobvaraqlariga  soliq  qarzlarini  so’zsiz  undirish  uchun  inkasso 
topshiriqnomasi qo’yiladi. 
Soliq  to’lovchining  bankdagi  hisob  varaqalarida  milliy  valyutadagi  mablag’lari  birinchi 
navbatdagi  to’lovlar  bo’yicha  qo’yilgan  talablarni  qoplash  uchun  etarli  bo’lmasa,  u  holda 
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999 yil 30 yanvarda 615-son bilan ro’yxatga olingan 
«Хo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bank hisob raqamlaridan pul mablag’larini hisobdan chiqarish 
tartibi  to’g’risida»gi  Yo’riqnoma  talablariga  asosan    hisobga  olish  bo’limining  ma’sul  xodimi 
tomonidan  korxonaning  asosiy  (birlamchi)  hisob  raqamida  pul mablag’i  etarli  emasligi to’g’risida 
ma’lumot kelib tushgan kundan boshlab, bir ish kunida bank muassasasiga soliq to’lovchining chet 
el  valyutasi  hisob  varaqalaridagi  mavjud  bo’lgan  mablag’larini  (2-kartoteka)dagi  talablarni 
qondirish uchun etarli bo’lgan miqdordagi qismini Respublika valyuta birjasida belgilangan tartibda 
majburiy  sotdirish  uchun  taqdimnoma  yuboriladi.  Soliq  to’lovchining  valyutani  sotishdan  tushgan 
mablag’lari  O’zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligida  2002  yil  15  aprelda  1122-son  bilan 
ro’yxatga  olingan  «O’zbekiston  Respublikasida  naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  to’g’risidagi  Nizomga 
asosan,  soliq  to’lovchining  hisob  raqamidagi  «Muddatida  to’lanmagan  hisob-kitob  hujjatlari»  (2-
kartoteka) qatoriga joylashtirilgan to’lov va inkasso topshiriqnomalarini ijrosiga yo’naltiriladi. 
Soliq  to’lovchining bankdagi milliy so’mdagi  hamda chet el  valyutasi hisob  raqamlaridagi 
mablag’lari  birinchi  navbatdagi  to’lovlar  bo’yicha  qo’yilgan  talablarni  qoplash  uchun  etarli 
bo’lmasa,  hisobga olish bo’limining ma’sul xodimi tomonidan undiruvni soliq to’lovchiga uning 
debitorlaridan  o’tkazilishi  lozim  bo’lgan  summalarga  qaratish  maqsadida  debitori  hisob  raqamiga 
inkasso topshiriqnomasi qo’yiladi.  
Soliq to’lovchining hisobvarag’ida pul mablag’lari bo’lmaganligi  yoki etarli bo’lmaganligi 
tufayli  davlat  soliq  xizmati  organining  inkasso  topshiriqnomasi  to’liq  yoki  qisman  bajarilmagan 
taqdirda,  inkasso  topshiriqnomasi  olingan  kundan  e’tiboran  uch  kunlik  muddatda  uning  nusxasi 

 
100 
bankning  belgisi  qo’yilib,  davlat  soliq  xizmati  organiga  va  soliq  to’lovchiga  yuboriladi.  Agar 
inkasso topshiriqnomasini taqdim etish paytida soliq to’lovchi soliq qarzining summasini o’tkazish 
uchun  to’lov  topshiriqnomasini  bankka  topshirgan  bo’lsa,  bank  taqdim  etilgan  inkasso 
topshiriqnomasini  soliq  to’lovchining  to’lov  topshiriqnomasi  nusxasini  ilova  qilgan  holda  davlat 
soliq xizmati organiga qaytaradi va  hisobga olish bo’limining ma’sul xodimi tomonidan yuritilgan 
reestrda ro’yxatga olinadi.  
Soliq  to’lovchi  tomonidan  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  bo’yicha  hisob  raqamiga 
taqdim  etgan  to’lov  hujjatlari  –  soliq  inspeksiyasining  inkasso  topshiriqnomalari  va  soliq 
to’lovchining  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarni  o’tkazish  uchun  bergan  to’lov 
topshiriqnomalari faqat soliq organining ruxsati bilan ijrosiz qaytariladi. 
Majburiy  to’lov  topshiriqnomalarini  ijrosiz  qaytarib  olish  to’g’risidagi  soliq  xizmati 
organining  bank  muassasasiga  yozma  murojaati  uch  nusxada  yozilib,  soliq  organining  «Chiqish 
xatlarini ro’yxatga olish kitobi»dan ro’yxatdan o’tkaziladi, birinchi nusxasi soliq to’lovchi bankiga 
jo’natiladi va ikkinchi nusxasi  hisobga olish bo’limida, uchinchi nusxasi soliq xizmati organi kirim 
va chiqim xatlarini qayd qilishga mas’ul bo’linmasida saqlanadi.  
Soliq  to’lovchi hisob  raqamlariga,  shuningdek  debitor  korxonasi  hisob raqamiga  qo’yilgan 
to’lov  va  inkasso  topshiriqnomalari  hamda  chet  el  valyuta  hisob  raqamlariga  kiritilgan 
taqdimnomalari quyidagi  hollarda  soliq organlari  tomonidan ijrosiz  qaytariladi  yoki  ijrosi  ma’lum 
muddatga to’xtatiladi: 
bir  vaqtning  o’zida,  bir  soliq  to’lovchining  bir  xil  soliq  qarziga  soliq  to’lovchi  tomonidan 
to’lov  topshiriqnomasi  ham  soliq  xizmati  organi  tomonidan  inkasso  topshiriqnomasi  qo’yilganda 
bank muassasasiga ikkinchi bo’lib ijroga kelib tushgan to’lov hujjati; 
byudjet  va  byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalar  bo’yicha  to’lov  majburiyatlari 
vaqtincha  yoki  butunlay  olib  tashlanganda,  shuningdek  vakolatli  organlar  qarorlari  asosida  soliq 
qarzini to’lashni kechiktirish, hisobdan chiqarish, soliq hisoboti yoki aniqlashtirilgan soliq hisoboti, 
soliq tekshiruvi natijasida  soliq kamaytirishga hisoblanganda; 
qo’yilgan  to’lov  va  inkasso  topshiriqnomasi  ijro  qilingan  taqdirda  chet  el  valyutasi  hisob 
raqamiga kiritilgan taqdimnomalar; 
debitor  korxonasi  hisob  raqamiga  qo’yilgan  inkasso  topshiriqnomasi  ijrosi  bo’yicha  soliq 
qarzi va penya to’langanda;  
soliq to’lovchi debitor korxona bilan o’zaro hisob kitob qilganda, soliq to’lovchining yozma 
murojaati  va  qarzdorlik  to’langanligini  tasdiqlovchi  solishtirma  dalolatnoma  taqdim  etilgandan 
so’ng;  
yuridik  manzili  o’zgarganligi  munosabati  bilan  soliq  to’lovchining  shaxsiy  hisob 
kartochkalari  boshqa  tumanga  yuborilib,  soliq  to’lovchi  qayta  ro’yxatdan  o’tgan  soliq  organi 
tomonidan  inkasso  topshiriqnomalari  bankka  qo’yilganligi  to’g’risidagi  yozma  ma’lumot 
olinganda. 
Soliq  qarzi  undiruvini  soliq  to’lovchining  mol-mulkiga  qaratilishi  hisobidan  tushgan 
tushumlari shaxsiy hisob kartoyakalarda aks ettiriladi. Sud ijrochilari tomonidan soliq to’lovchining 
mol-mulkini  bevosita sotish natijasida  undirilgan  pul mablag’lari  avval  sud  ijrochilarining depozit 
hisob raqamlariga o’tkazilib, ushbu mablag’larning: 
90  foizi  -  korxonaning  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  bo’yicha  muddatida 
to’lanmagan soliq qarzlarini qoplash uchun korxonaning bankdagi mahsus hisob raqamiga;  
10 foizi - to’g’ridan-to’g’ri Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg’armasining hisob 
raqamiga o’tkaziladi. 
Bunda soliq to’lovchining bankdagi mahsus hisob raqamiga kelib tushgan mablag’lar, ya’ni, 
mol-mulk  sotuvidan  tushumning  90  foizi  soliq  organlarining  inkasso  topshiriqnomalariga, 
shuningdek  soliq  to’lovchining  to’lov  topshiriqnomalariga  muvofiq  proporsional  ravishda  tegishli 
soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  turlari  bo’yicha  tegishli  hisob  raqamlariga  belgilangan 
tartibda o’tkaziladi hamda soliq to’lovchining shaxsiy hisob kartochkasiga kiritiladi. 
Sudlar  va  adliya  organlarini  rivojlantirish  jamg’armasining  hisob  raqamiga  o’tkazilgan, 
ya’ni,  mol  mulk  sotuvidan  tushumning  10  foizi  miqdori  Sud  ijrochilari  Departamenti  tomonidan 

 
101 
soliq  xizmati  organiga  taqdim  qilingan  reestr  asosida  soliq  to’lovchining  shaxsiy  hisob 
kartochkasiga kiritiladi. 
Hisobot  oyi  yakuni  bo’yicha  sud  buyrug’i  ijrosi  yuzasidan  Sud  ijrochilar  Departamenti  va 
soliq  organi  o’rtasida  o’zaro  solishtirma  dalolatnomasi  rasmiylashtiriladi.  Solishtirma 
dalolatnomalarni rasmiylashtirishda: 

 
Soliq qarzi mavjud bo’lgan soliq to’lovchilarning hisob raqamlaridan sud buyruqlari asosida 
sud ijrochilar Departamenti tomonidan olingan mablag’lar miqdori; 

 
Soliq  qarzi  mavjud  bo’lgan  soliq  to’lovchining  hisob  raqamidan  olingan  mablag’ning 
byudjetga o’z vaqtida to’liq va to’g’ri o’tkazilganligi; 

 
Sud  buyruqlari  asosida  soliq  to’lovchi  mol-mulki  sotilishi  hisobidan  undirilgan  mablag’ 
miqdori; 

 
Mol-mulk  sotilishidan  tushgan  mablag’ning  amaldagi  qonunchilik  asosida  byudjet  va  sud 
ijrochilar  Departamentiga  to’g’ri  taqsimlanib,  o’z  vaqtida  to’liq  o’tkazilganligiga  e’tibor  berilishi 
lozim. 
Soliq  to’lovchining  yuridik  manzili  o’zgarganda  shaxsiy  hisob  kartochkalarni  boshqa  soliq 
organiga  o’tkazish  yuzasidan  soliq  organiga  shaxsiy  hisob  kartochkalarni  ko’chirish  to’g’risida 
yozma ravishda xat bilan murojaat qiladi. Хatda quyidagilar ko’rsatilishi va unga quyidagi hujjatlar 
ilova qilinishi lozim: 
- Soliq to’lovchining to’liq nomi; 
- SТIR; 
- Soliq to’lovchining faoliyat turi; 
- Hisobdan chiqarish bo’yicha ro’yxatda turgan tuman yoki shahar Тadbirkorlik sub’ektlarini 
ro’yxatdan o’tkazish inspeksiyasining xati; 
-  Soliq  to’lovchi  qaysi  tuman  yoki  shahar  soliq  organiga  o’tayotganligi  to’g’risida  qayta 
ro’yxatga  olayotgan  tuman  yoki    shahar  hokimliklari  huzuridagi  Тadbirkorlik  sub’ektlarini 
ro’yxatdan  o’tkazish  inspeksiyasining  qayta  ro’yxatdan  o’tkazilganligi  to’g’risida  guvohnoma 
nusxasi. 
Soliq  to’lovchi  tomonidan  taqdim  etilgan  ariza  soliq  organida  ro’yxatga  olingan  sanadan 
boshlab 10 kun muddat ichida taqdim etilgan hujjatlar asosida  hisobga olish bo’limi soliq to’lovchi 
bilan  ikki  nusxada  solishtirma  dalolatnomalar  tuzadi  hamda  har  bir  to’lov  turi  bo’yicha  ochilgan 
shaxsiy hisob varaqalardan hisobot yiliga ko’chirmalarni tegishli tuman yoki shahar soliq organiga 
taqdim etish uchun tayyorlaydi. 
Soliq organi tomonidan soliq to’lovchining qayta ro’yxatga olingan tuman yoki shahar soliq 
organiga yuboriladigan xatga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 

 
soliq to’lovchining yuridik ish jildi va undagi mavjud hujjatlar reestri; 

 
hisobot  davriga  soliq  organi  bilan  soliq  to’lovchi  o’rtasida  rasmiylashtirilgan  solishtirma 
dalolatnoma; 

 
soliq to’lovchining shaxsiy hisob kartochkasidan ko’chirma; 

 
soliq  qarzi  summasi  mavjud  bo’lganda  majburiy  undiruv  yuzasidan  soliq  to’lovchiga  berilgan 
ijrodagi ogohlantirish talabnomasi asl nusxasi; 

 
soliq qarzi summasini majburiy undirish bo’yicha soliq organiga kelib tushgan va sud ijrochilar 
Departamenti tuman yoki shahar bo’limiga yuborishga ulgurilmagan sud bo’yruqlari; 

 
soliq organi tomonidan soliq to’lovchining shaxsiy hisob kartochkasining elektron fayli; 

 
soliq to’lovchining to’lov muddati kechiktirilgan soliq qarzi summalari bo’yicha qoldiq summasi 
mavjud bo’lganda, soliq organi qaysi hujjatga asosan qaysi sanada soliq qarzi summalari tiklanishi 
to’g’risida tegishli hujjatlarni qo’shimcha ravishda taqdim etadi. 
Soliq qarzini majburiy undirish yuzasidan tuman yoki shahar sud ijrochilar Departamentida 
ijroda turgan sud buyruqlari bo’yicha soliq to’lovchining  yuridik manzili o’zgarganligi to’g’risida 
soliq  organi  tomonidan  sud  ijrochilar  Departamenti  tuman  yoki  shahar  bo’limiga  yozma  ravishda 
ma’lumot yuboriladi. 
Barcha hujjatlar ikki nusxada tuzilib, bir nusxasi soliq organining  hisobga olish bo’limida 
saqlanadi,  ikkinchi  nusxasi  qayta  ro’yhatga  olayotgan  soliq  organi  mas’ul  xodimiga  imzo  bilan 

 
102 
taqdim etiladi.  
Soliq organi soliq to’lovchining ShHKni boshqa tumanga belgilangan tartibda jo’natgandan 
so’ng    hisobga  olish  bo’limining  mas’ul  xodimi  tomonidan  ShHKda  bir  martalik  operatsiyalarni 
kiritish yo’li bilan «Boshqa soliq organiga o’tkazilgan» yozuv bilan soliq qarzi yoki ortiqcha to’lov 
hamda hisoblangan penya va jarima summalari hisobdan chiqariladi. 
Agar  boshqa  DSIga  o’tayotgan  yuridik  shaxs  belgilangan  davr  uchun  hisobotlar  taqdim 
etmaganda, u holda hisobotlar to’lik topshirilgandan so’ng ShHKlar ko’chiriladi. 
Тegishli tuman  soliq organi soliq to’lovchining  hujjatlarini boshqa tuman  soliq organiga 
jo’natishdan  oldin  bank  muassasasida  ortiqcha  to’lov  summalarini  boshqa  soliq  turiga  o’tkazish 
yoki  hisob  raqamiga  qaytarish  to’g’risidagi  hulosa  va  to’lov  topshiriqnomalarini  ijrosiz  chaqirib 
oladi.  
Soliq to’lovchining yangi ro’yxatga olgan tuman  soliq organi soliq to’lovchining ShHKdan 
ko’chirmalar olgandan so’ng 1 ish kuni ichida soliq to’lovchiga belgilangan tartibda ShHK ochib 
mavjud  soliq  qarzi  summalariga  belgilangan  tartibda  inkasso  topshiriqnomalarini  tegishli  bank 
muassasalariga  yuboradi  va  majburiy  undiruv  yuzasidan  belgilangan  tartibda  ishlar  olib  borishni 
nazoratga oladi. 
Bank muassasalari Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 3 iyuldagi «Moliya-xo’jalik faoliyatini 
amalga 
oshirmayotgan 
va 
qonunchilikda 
belgilangan 
muddatlarda 
o’zlarining  ustav 
jamg’armalarini  shakllantirmagan  korxonalarni  tugatish  tartibi  to’g’risida»gi  327-sonli  qaroriga 
asosan amaldagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda, ya’ni  3 oy, 6 oy faoliyat ko’rsatmayotgan 
xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  to’g’risida  yuridik  shaxslarni  soliq  tushumlarini  nazorat  va  tahlil 
qilish bo’limining mas’ul xodimi «Ro’yhatga olish inspeksiyasi» tomonidan Maxsus komissiyaning 
faoliyat  ko’rsatmayotgan  soliq  to’lovchi  faoliyatini  davom  ettirish  yoki  tugatish  to’g’risidagi 
hulosasi  soliq  organiga  kelib  tushgan  kundan  boshlab  1  ish  kuni  ichida  ma’lumotlar  bazasida 
tegishli o’zgartirish kiritish uchun ma’lumotlar bazasi administratoriga taqdim etiladi. 
Soliq  to’lovchi  faoliyatini  tugatish  yuzasidan  Maxsus  komissiyaning  hulosasi  olingan 
taqdirda  ma’lumotlar  bazasida  soliq  to’lovchining  holatiga  tugatishga  tayyorlanayotgan  korxona 
sifatida  o’zgartirish  kiritiladi.  Soliq  to’lovchining  faoliyatini  tiklash  yuzasidan  Maxsus 
komissiyaning tegishli hulosasi olingan taqdirda ma’lumotlar bazasida soliq to’lovchining holatiga 
faoliyat  ko’rsatayotgan  soliq  to’lovchi  sifatida  tegishli  o’zgartirish  kiritiladi.  Soliq  to’lovchining 
ma’lumotlar  bazasida  o’zgarishlarni  to’liq  aks  ettirilib  borilishini  ta’minlash  maqsadida  Yuridik 
shaxslarni  soliq  tushumlarini  nazorat  va  tahlil  qilish  bo’limining  mas’ul  xodimi  Maxsus 
komissiyadan olingan ma’lumotlarni Axborot tizimlari sho’’basining mas’ul xodimiga taqdim etib 
boradi. 
Axborot  tizimlari  sho’’basining  mas’ul  xodimi  taqdim  etilgan  reestr  ma’lumotlari  asosida 
ma’lumotlar bazasiga tegishli o’zgarishlar kiritadi. Axborot tizimlari sho’’basining mas’ul xodimi 
har  oyda  bir  marta  hisobot  oyidan  keyingi  oyning  3  -sanasigacha  ma’lumotlar  bazasidagi  soliq 
to’lovchining holati to’g’risida reestr ma’lumotlarini tegishli bo’limlarga ish jarayoni va hisobotda 
foydalanish uchun taqdim etadi. 
 
 hisobga  olish  bo’limining  mas’ul  xodimi  ShHKga  kiritilgan  ma’lumotlar  to’liqligi 
nazoratdan  o’tkazilgandan  so’ng  sud  idorasi  qarori  asosida  tayinlangan  tashqi  boshqaruvchisi 
ishtirokida  korxonaning  mavjud  soliq  qarzi  summalari  to’g’risida  3  nusxada  solishtirma 
dalolatnoma rasmiylashtiradi. 
Rasmiylashtirilgan  solishtirma  dalolatnomadagi  soliq  qarzi  summalarini  to’lov  muddatini 
qarorda  qayd  etilgan  muddatga  uzaytirish  to’g’risida    hisobga  olish  bo’limining  mas’ul  xodimi  3 
nusxada maxsus dalolatnoma rasmiylashtiradi. 
Soliq to’lovchiga joriy qilingan sanatsiya tamoyili muddati tugagandan so’ng  hisobga olish 
bo’limining  mas’ul  xodimi  tomonidan  soliq  va  boshqa  majburiy  to’lovlarni  belgilangan  tartibda 
hisoblanishini  hamda  majburiy  undirish  to’xtatib  qo’yilgan  soliq  qarzi  summasini  belgilangan 
tartibda qayta tiklab penya hisoblanishi yuzasidan ShHKga yozuv kiritadi. 
Хo’jalik yurituvchi sub’ektga bankrotlik tamoyili joriy qilinganligi yuzasidan soliq organiga 
ijroga  kelib  tushgan  vakolatli  organlar  qaror  va  majlis  bayonnomalari  soliq  xizmati  organining 

 
103 
mas’ul bo’limi mas’ul xodimi tomonidan  hisobga olish bo’limiga taqdim etiladi. 
Soliq  to’lovchiga  sanatsiya  hamda  bankrotlik  tamoyili  joriy  qilish  to’g’risidagi  vakolatli 
idoralarning  qarorlari  soliq  organiga  kelib  tushgandan  so’ng  3  ish  kuni  ichida    hisobga  olish 
bo’limining  mas’ul  xodimi  soliq  to’lovchining  ish  jildidagi  barcha  hujjatlarni,  hisobot,  qayta 
hisobot,  tekshiruv  dalolatnomalari,  va  boshqa  hujjatlar  hamda  soliq  to’lovchi  tomonidan  amalga 
oshirilgan  to’lovlari  bo’yicha  bank  ko’chirmalari  asosida  to’liq  va  belgilangan  tartibda  soliq 
to’lovchining ShHKga kiritilganligini tekshirib nazoratdan o’tkazadi. 
Shaxsiy  hisob  varaqalardagi  soliq  qarzi  va  penya  summalari  nazoratdan  o’tkazilgandan 
so’ng  tugatish  komissiyasi  ishtirokida  korxonaning  byudjet  va  byudjetdan  tashqari  maqsadli 
jamg’armalarga mavjud soliq qarzi to’g’risida solishtirma dalolatnoma tuziladi. 
Solishtirma  dalolatnomada  soliq  to’lovchining  quyidagi  ma’lumotlariga  e’tibor  qaratish 
lozim: 

 
Yakuniy hisobotlar shaxsiy hisob varaqalarga kiritilganligi va ularning to’lov muddati; 

 
Тo’lov muddati kechiktirilgan soliq qarzi mavjudligi; 

 
Yakuniy tekshirish dalolatnomalari ShHKlarga kiritilganligi va ularning to’lov muddatlari. 
 hisobga  olish  bo’limining  mas’ul  xodimi  tomonidan  Bankrotlik  tamoyili  joriy  qilingan 
soliq  to’lovchi  bo’yicha  rasmiylashtirilgan  solishtirma  dalolatnomasi,  soliq  to’lovchining  tugatish 
bo’yicha  sud  tomonidan  tayinlangan  boshqaruvchiga  taqdim  qilish  uchun  soliq  organi  tomonidan 
tayinlangan  mas’ul  xodimiga  beriladi  va  bir  nusxasi  soliq  organining    hisobga  olish  bo’limida 
saqlanadi. 
Soliq  to’lovchiga  bankrotlik  tamoyili  joriy  qilinganligi  to’g’risida  vakolatli  organ  qarori 
(ajrim,  majlis  bayoni)  asosida  tegishli  hujjat  kelib  tushgan  kundan  boshlab  1  ish  kuni  ichida 
Axborot  tizimlari  sho’’basining  mas’ul  xodimi  tomonidan  ma’lumotlar  bazasiga  tegishli 
o’zgartirish kiritiladi. 
 hisobga  olish  bo’limining  mas’ul  xodimi  ushbu  hujjat  asosida  Bankrotlik  tamoyili  joriy 
qilingan soliq to’lovchining ShHKlarida soliq qarzi summalariga penya hisoblanishini belgilangan 
tartibda to’xtatadi. 
Bankrotlik  tamoyili  joriy  etilgan  korxonaning  ortiqcha  to’lovi  mavjud  bo’lsa,  birinchi 
navbatda boshqa soliq turidan soliq qarzini qoplash uchun yo’naltiriladi. 
Amaldagi  qonunchilikda  belgilangan  tugatish muddatida bankrotlik  tamoyili  joriy  qilingan 
soliq  to’lovchining  byudjetga  soliq  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  hamda  byudjetdan  tashqari 
maqsadli  jamg’armalarga  ajratmalar  bo’yicha  soliq  qarzi  summasining  qoplanmagan  qismini 
hisobdan  chiqarish  to’g’risida  sud  qarorlari  olingandan  so’ng  3  ish  kuni  ichida    hisobga  olish 
bo’limining  mas’ul  xodimi  tomonidan  mavjud  soliq  qarzi  summalari  nazoratdan  o’tkazilib,  sud 
tomonidan  tayinlangan  tugatish  komissiyasi  boshqaruvchisi  ishtirokida  hisobdan  chiqarish 
dalolatnomasi tuziladi va bir martalik operatsiya rejimi orqali ShHKlarda hisobdan chiqariladi. 
Axborot  tizimlari  sho’’basining  mas’ul  xodimi  bankrotlik  yo’li  bilan  tugatilgan  xo’jalik 
yurituvchi  sub’ektlar  bo’yicha  sud  qarori  asosida  Тadbirkorlik  sub’ektlarini  ro’yxatdan  o’tkazish 
inspeksiyasi  tuman  bo’limi  taqdim  etgan  soliq  to’lovchining  Davlat  reestridan  chiqarilganligi 
to’g’risidagi hujjati asosida ma’lumotlar bazasiga tegishli o’zgartirish kiritadi. 
«Yuridik  shaxslarning  soliq  tushumlarini  nazorat  va  tahlil  qilish»  bo’limi  tomonidan 
Vazirlar  Maxkamasining  1999  yil  3  iyuldagi  327-sonli  «Moliya-xo’jalik  faoliyatini  amalga 
oshirmayotgan  va  qonunchilikda  belgilangan  muddatlarda  o’zlarining  ustav  jamg’armalarini 
shakllantirmagan  korxonalarni  tugatish  tartibi  to’g’risida»gi  qaroriga  asosan  amaldagi 
qonunchilikda  belgilangan  muddatlarda    faoliyat  ko’rsatmagan  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar 
bo’yicha  bank  muassasalaridan  olingan  ma’lumotlarni  1  ish  kuni  ichida  ma’lumotlar  bazasida 
o’zgartirish kiritish uchun Axborot tizimlari sho’’basining mas’ul xodimiga taqdim etiladi. 
Axborot  tizimlari  sho’’basining  mas’ul  xodimi  taqdim  etilgan  ma’lumot  asosida 
ma’lumotlar  bazasida  o’zgartirish  kiritgandan  so’ng    hisobga  olish  bo’limining  mas’ul  xodimi 
tomonidan soliq to’lovchi bilan soliq organi o’rtasida solishtirma dalolatnomasini rasmiylashtirilib, 
Mas’ul bo’limga soliq to’lovchining tugatish ish jildiga ilova qilish uchun beriladi.  
 hisobga  olish  bo’limining  mas’ul  xodimi  solishtirma  dalolatnomasi  rasmiylashtirishdan 

 
104 
oldin  ushbu  soliq  to’lovchining  ish  jildidagi  barcha  hujjatlarni,  hisobot,  qayta  hisobot,  tekshiruv 
dalolatnomalari,  va  boshqa  hujjatlar  hamda  bank  ko’chirmalari  asosida  soliq  to’lovchi  tomonidan 
amalga oshirilgan to’lovlarni ShHKga to’liq va to’g’ri kiritilganligini tekshirib chiqishi lozim. 
 hisobga  olish  bo’limining  mas’ul  xodimi  tomonidan  soliq  to’lovchi  faoliyat  ko’rsatgan 
davrda  ShHKga  kiritilgan  ma’lumotlarni  taqdim  etilgan  hujjatlar  asosida  to’liq  kiritilganligini 
tekshirib  chiqish  jarayonida  noto’g’ri  kirgan  yoki  ShHKdan  noma’lum  sabablarga  ko’ra  o’chib 
ketgan  holatlarini  aniqlagan  taqdirda,  aniqlangan  kamchilikni  bartaraf  etish  yuzasidan  tegishli 
bo’limga  ko’rsatma  berish  yuzasidan  soliq  organining  boshlig’i  yoki  o’rinbosari  nomiga  yozma 
ravishda bildirgi kiritadi. 
Mas’ul  bo’lim  tomonidan  soliq  to’lovchi  o’z-o’zini  tugatish  orqali  tugatilayotganda  soliq 
organlari  tomonidan  o’tkazilgan  tugatish  tekshirish  dalolatnomasi  bo’yicha  hisoblangan  
summalarni ShHKga kiritish uchun ma’lumotlar bazasi adminstratoriga taqdim etiladi. 
Тekshirish  natijalari  bo’yicha  tegishli  shakl  ma’lumotlari  ShHKga  kiritilgandan  so’ng  
hisobga  olish  bo’limining  mas’ul  xodimi  barcha  soliq  turlari  bo’yicha  koldiq  summalarni  qayta 
hisoblab  chiqargan  holda  solishtirma  dalolatnomasini  rasmiylashtiradi  hamda  tekshiruv  natijasi 
bo’yicha  hosil  bo’lgan  soliq  qarzi,  penya  va  jarima  summalarini  belgilangan  tartibda  undirishga 
qaratadi. 
Byudjetga  soliq  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  hamda  byudjetdan  tashqari  maqsadli 
jamg’armalarga  ajratmalardan  tugatish  tekshiruvigacha  hamda  tekshiruv  natijasida  hosil  bo’lgan 
ortiqcha  to’lov  summasi  birinchi  navbatda  boshqa  soliq  turidagi  soliq  qarzi,  penya  va  jarima 
summalarini qoplashga, qolgan qismi tekshiruvda jismoniy shaxslarning daromad solig’i hisoblab, 
undirilganligi  to’g’risida  soliq  to’lovchining  tugatish  ishlari  bo’yicha  mas’ul  bo’lim  xodimi 
tomonidan tegishli hulosa berilgandan so’ng  hisobga olish bo’limining mas’ul xodimi belgilangan 
tartibda soliq to’lovchi hisob raqamiga qaytaradi. 
Тugatilayotgan  soliq  to’lovchining  byudjetga  soliq  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  hamda 
byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalarga  ajratmalar  bo’yicha  tugatish  tekshiruvi 
o’tkazilgandan keyin soliq qarzi kelib chiqmasa yoki kelib chiqqan soliq qarzi summasi belgilangan 
tartibda  soliq  to’lovchi  tomonidan  to’lab  berilgandan  so’ng  soliq  to’lovchiga    hisobga  olish 
bo’limining  mas’ul  xodimi  tomonidan  3  ish  kuni  ichida  byudjet  va  byudjetdan  tashqari  maqsadli 
jamg’armalar bo’yicha soliq qarzi bor yoki yo’qligi to’g’risida tegishli tashkilotlarga taqdim qilish 
uchun ma’lumotnoma beriladi. 
Yuridik shaxs tugatilayotganda uning negizida yoki o’rnida yangi tashkil etilayotgan yuridik 
shaxs  yoki  huquqiy  voris  bo’lsa,  tugatilayotgan  korxonaning  soliq  majburiyatlari  Soliq 
Kodeksining  51-moddasiga  asosan  yangi  tashkil  qilinayotgan  korxonaga  ochilgan  ShHKlarga 
o’tkaziladi.  
Тadbirkorlik  sub’ektlarini  ro’yxatdan  o’tkazish  inspeksiyasi  tuman    bo’limidan  soliq 
to’lovchi belgilangan tartibda tugatilib, Davlat reestridan chiqarilganligi to’g’risida soliq organiga 
tegishli  ma’lumot kelib  tushgan  kundan  boshlab 1  ish kuni  ichida  Axborot  tizimlari  sho’’basining 
mas’ul  xodimi  soliq  to’lovchi  Davlat  reestridan  chiqarilganligi  yuzasidan  ma’lumotlar  bazasiga 
tegishli o’zgartirish kiritadi. 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2007 
yil 
27 
apreldagi  
PQ-630-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  “Тadbirkorlik  sub’ektlarini  ixtiyoriy  tugatish  va  ularning 
faoliyatini  to’xtatish  tartibi  to’g’risida”gi  Nizomga  asosan  ixtiyoriy  tugatilayotgan  korxonalar 
bo’yicha  byudjet  va  byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalar  bilan  munosabatlar  ushbu  nizom 
talabi asosida amalga oshiriladi.  
Soliq to’lovchining ShHKlari quyidagi hollarda yopiladi: 
Soliq to’lovchining faoliyati qonunda belgilangan tartiblarda tugatilganda; 
soliq  to’lovchining  byudjet  va  byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalar  bo’yicha  soliq 
majburiyatlari boshqa korxonaga o’tkazilganda yoki qo’shilganda; 
soliq  to’lovchining  yuridik  manzili  o’zgarganligi  munosabati  bilan  boshqa  tumanga  ShHK 
jo’natilganda. 
Soliq  to’lovchining  ShHKlarini  yopish  uchun  Тadbirkorlik  sub’ektlarini  ro’yxatdan 

 
105 
o’tkazish inspeksiyasi tuman  bo’limi yoki boshqa vakolatli organ taqdim etgan soliq to’lovchining 
Davlat reestridan chiqarilganligi to’g’risidagi hujjat asos bo’lib hisoblanadi. 
Ushbu hujjat asosida Axborot tizimlari sho’’basining mas’ul xodimi tomonidan ma’lumotlar 
bazasiga tegishli  o’zgartirishlar kiritiladi. 
Soliq  to’lovchining shaxsiy  kartochkasida  tegishli  o’zgartirish kiritilgandan  so’ng    hisobga 
olish  bo’limining  mas’ul  xodimi  tomonidan  soliq  to’lovchining  byudjet  va  byudjetdan  tashqari 
maqsadli  jamg’armalar  bo’yicha  musbat  va  manfiy  qoldiq  summalari  bir  martalik  operatsiya 
rejimida kamaytirishga beriladi. 
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling