Soliqlar va soliqqa tortish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/20
Sana14.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

2.  Soliq  to’lovchiga  shaxsiy  hisob  kartochkasi  ochishda,  yuritishda,  boshqa  tumanga 
jo’natishda, boshqa tumandan qabul qilishda va yopishda asos bo’lib soliq to’lovchining ro’yxatga 
olish, ro’yxatdan chiqarish yoki qayta ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi ma’lumotlari hisoblanadi. 
Soliq  to’lovchi  tomonidan  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  bo’yicha  soliq 
majburiyatining  bajarilishi  hisobini  yuritish  maqsadida  har  bir  soliq  to’lovchi  uchun  soliq 
organlarida  soliq  to’lovchi  tomonidan  to’lanadigan  barcha  soliq  turi  bo’yicha  O’zbekiston 
Respublikasi byudjet klassifikatsiyasi asosida shaxsiy hisob kartochka ochiladi. 
Soliq to’lovchining shaxsiy hisob kartochkasi quyidagi soliq to’lovchilar bo’yicha ochiladi: 
hisobot yili boshiga faoliyat ko’rsatib kelayotgan soliq to’lovchilarga; 
yangi tashkil bo’lgan soliq to’lovchilarga; 
«Fuqarolarning Davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 
15-moddasida  belgilangan  pensiya  to’lovini  qoplash  majburiyati  paydo  bo’lgan  soliq 
to’lovchilarga; 

 
yuridik manzili o’zgarganligi sababli boshqa tumandan kelgan soliq to’lovchilarga; 

 
ma’lum  bir  tumanda  soliq  organida  ro’yxatda  turib,  boshqa  tuman    hududida  soliq  solish 
ob’ektiga va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlariga ega bo’lgan soliq to’lovchilarga; 

 
ma’lum  bir  tumanda  soliq  organida  ro’yxatda  turib,  boshqa  tuman  hududida  tekshiruv 
natijasida aniqlangan soliq solish ob’ekti va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlari bo’yicha soliq 
majburiyati paydo bo’lgan soliq to’lovchilarga. 
Yuridik  shaxslar  Davlat  soliq  organlarida  hisobga  qo’yilishi  bilan  bir  vaqtda  dasturiy 
mahsul  orqali  avtomatik  ravishda  jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig’i,    pensiya 
jamg’armasiga  yagona  ijtimoiy  to’lov,    pensiya  jamg’armasiga  ish  xaqidan  3,5%  ajratma,  
fuqarolarning  shaxsiy  jamg’arib  boriladigan  pensiya  ta’minotiga  ajratma  kabi  to’lov  turlari 
bo’yicha ShHKlar ochiladi. 
Soliq to’lovchilarga shaxsiy hisob kartochkalar soliq organi tomonidan: 
hisobot  yili  boshiga  ro’yxatda  bo’lgan  va  faoliyat  ko’rsatayotgan  soliq  to’lovchilarga, 
shaxsiy hisob kartochkalari qoldiq summalarini ko’chirib o’tkazish jarayonida; 
hisobot  yili  davomida  yangi  yoki  qayta  ro’yxatdan  o’tgan  soliq  to’lovchilarga  vakolatli 
organlarning  ro’yxatga  va  qayta  ro’yxatga  olish  hujjatlari  olingan  sanadan  boshlab  bir  ish  kuni 
ichida; 
 Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga “Fuqarolarning pensiya ta’minoti to’g’risida”gi 
Qonunning 15-moddasi bo’yicha ajratmalarni amalga oshiradigan soliq to’lovchilar bo’yicha tuman 

 
43 
Ijtimoiy  ta’minot  bo’limidan  ma’lumot  kelib  tushgan  kundan  so’ng  bir  ish  kunidan  oshmagan 
muddatda; 
ma’lum  bir  tumanda  soliq  organida  ro’yxatda  turib  boshqa  tuman  hududida  soliq  solish 
ob’ekti  va  soliq  solish  bilan  bog’liq  ob’ektiga  ega  bo’lgan  soliq  to’lovchilarga,  soliq  solish 
ob’ektini  o’z  tasarrufiga  olib,  soliq  organiga  ma’lumotlar  taqdim  etgan  yoki  soliq  ob’ekti  unga 
tegishli  ekanligi  aniqlangan  hujjat  kelib  tushgan  kundan  so’ng  bir  ish  kunidan  oshmagan 
muddatlarda ochiladi.  
Soliq  to’lovchi  haqida  shaxsiy  hisob  kartochkada  soliq  to’lovchining  to’liq  nomi,  soliq 
to’lovchining identifikatsiya raqami (SТIR), soliq to’lovchi majburiyati paydo bo’lgan soliqlar va 
boshqa majburiy to’lovlar nomi, yuridik manzili, yuqori tashkiloti, mulkchilik shakli, faoliyat turi, 
soliq to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank nomi, MFO kodi va bankdagi asosiy (birlamchi) hisob 
raqami,  rahbari  va  bosh  hisobchisining  ismi  sharifi  hamda  telefon  raqamlari,  soliq  va  majburiy 
to’lovlar hisob raqamlari kabi ma’lumotlar aks ettiriladi. 
Shaxsiy  hisob  kartochkasiga  barcha  yozuvlar  o’z  vaqtida,  ketma-ketlik  tartibida,  sanalari 
ko’rsatilgan  holda  va  kiritilayotgan  yozuvlarning  haqqoniyligini  tasdiqlovchi  hujjatlar:  soliq 
hisobotlari, aniqlashtirilgan soliq hisobotlari, to’lov hujjatlari, bank ko’chirmalari, ariza va boshqa 
vakolatli  organlar  hujjatlari,  xo’jalik  va  fuqarolik  sudi  qarorlari  hamda  ajrimlari  asosida  tegishli 
ustunlarda aks ettiriladi.  
Soliq  to’lovchining  shaxsiy  hisob  kartochkasidagi  mavjud  barcha  soliqlar  va  boshqa 
majburiy to’lovlar turi bo’yicha hisobot yilining yil oxiriga qoldiq, soliq qarzi, penya yoki ortiqcha 
to’lov  summalari  keyingi  yilning  yil  boshiga  qoldiq  summasi  sifatida  soliq  to’lovchining  shu 
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar turlari bo’yicha ochilgan yangi shaxsiy hisob kartochkalariga 
dasturiy mahsul orqali avtomatik ravishda o’tkaziladi. 
Soliq to’lovchining shaxsiy hisob kartochkasidagi qoldiq summalarini yildan yilga dasturiy 
mahsul  orqali  avtomatik  ravishda  o’tkazish  vakolati  faqat  ma’lumotlar  bazasi  administratoriga 
beriladi.  Soliq  to’lovchilarning  shaxsiy  hisob  kartochkasidagi  hisobot  yili  oxiriga  qoldiq 
summalarini keyingi yilning yil boshiga qoldiq summalari sifatida o’tkazish soliq organida hisobga 
qo’yilgan barcha soliq to’lovchilar bo’yicha amalga oshiriladi.  
Hisobot  yilida  yangi  hisobga  qo’yilgan  soliq  to’lovchilarning  shaxsiy  hisob  kartochkasida 
qoldiq summasi sifatida «nol» aks ettiriladi. 
Yuridik manzili o’zgarganligi munosabati bilan qayta hisobga qo’yilgan soliq to’lovchilarga 
ochiladigan  ShHKda  qoldiq  summalar  sifatida  avval  ro’yxatda  bo’lgan  tuman  soliq  organida 
«shaxsiy varaqani uzatish» operatsiyasi amalga  oshirilgan sanasiga shaxsiy hisob kartochkasidagi 
mavjud qoldiq summalar aks ettiriladi.  
Ma’lum bir tuman yoki shahar soliq organida hisobga qo’yilgan bo’lib, ikkinchi bir tuman 
yoki  shahar  hududida  soliq  solish  ob’ekti  va  soliq  solish  bilan  bog’liq  ob’ekti  paydo  bo’lgan 
hisobot yili boshiga soliq to’lovchilar shaxsiy hisob kartochkasida qoldiq summa sifatida «nol» aks 
ettiriladi.  
Soliq to’lovchining shaxsiy hisob kartochkasida yil boshiga o’tgan yildan o’tkazilgan qoldiq 
summa  noto’g’riligi  aniqlangan  taqdirda  uni  to’g’rilab  o’zgartirish  kiritish  faqat  tegishli  hujjatlar 
asosida ma’lumotlar bazasi adminstratori tomonidan amalga oshiriladi. 
Soliq to’lovchilarning shaxsiy hisob kartochkalarida amalga oshirilgan har bir operatsiya va 
uni amalga oshirgan mas’ul xodim familiyasi dasturiy mahsul tomonidan maxsus elektron jurnalda 
qayd etib boriladi. Har bir operatsiyaning eski holati keyinchalik nazoratda ushlash uchun arxivlab 
saqlab qolinadi.  
Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarning  shaxsiy  hisob  kartochkadagi  o’tgan  yil  oxiriga 
qoldiq  summasi  hisobot  yili  boshiga  shaxsiy  hisob  kartochkaning  tegishli  «qoldiq»  (saldo) 
qatorining «soliq qarzi», «penya» yoki «ortiqcha to’lov» ustunlarida aks ettiriladi. 
Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  bo’yicha  hisoblangan,  undirilgan  hamda  to’langan 
summalar, tekshiruv natijasida aniqlangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar hamda qo’llanilgan 
jarimalar soliq to’lovchining ShHKga quyidagi hujjatlar asosida kiritiladi: 

 
yuridik  shaxslardan  olinadigan  foyda  solig’ining  summasi  hamda  obodonlashtirish  va 

 
44 
ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirish  solig’ining  joriy  to’lovlari  to’g’risidagi  taxmin  qilinayotgan 
ma’lumotnomalar; 

 
soliq hisobotlari va aniqlashtirilgan soliq hisoboti; 

 
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha haqiqatda undirilganligini tasdiqlovchi to’lov 
hujjatlari va bank ko’chirmalari, bank birlamchi hujjatlari; 

 
soliq organi va boshqa nazorat qiluvchi organlarning tekshiruv dalolatnomalari va tekshiruv 
natijalari bo’yicha qarorlari asosida to’ldiriladigan ma’lumotnomalari  

 
vakolatli organlar qarorlari asosida ayrim soliq to’lovchilarning soliqlar va boshqa majburiy 
to’lovlar  bo’yicha  soliq  qarzi  summalarining  to’lov  muddatini  uzaytirish,  bo’lib-bo’lib  to’lash 
imkonini berish, hisobdan chiqarish, penya hisoblanishini to’xtatish to’g’risidagi hujjatlar. 
Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  bo’yicha  shaxsiy  hisob  kartochkasiga  ma’lumotlar 
kiritish  va  ularni  o’zgartirish  huquqi  faqat  shaxsiy  hisob  kartochkasini  yuritish  vakolatiga  ega 
bo’lgan    hisobga  olish  bo’limining  mas’ul  xodimlari  va  ma’lumotlar  bazasi  administratoriga 
beriladi. 
Shaxsiy  hisob  kartochkalarga  ma’lumotlarni  kiritish  va  ularni  o’zgartirish  huquqi  berilgan 
xodimlarga  ma’lumotlar  bazasi  administratori  tomonidan  alohida  «parol»  yoki  elektron  raqamli 
imzo («parol») berilib, ushbu «parol» asosida ma’lumotlar bazasiga kirishga ruxsat beriladi. 
Shaxsiy  hisob  kartochkalariga  ma’lumot  kiritish  va  ularni  o’zgartirish  huquqini  beruvchi 
«parol»ni mas’ul xodim va ma’lumotlar bazasi administratori tomonidan boshqa shaxslarga oshkor 
qilinishi ta’qiqlanadi. 
Mas’ul  xodimlarga  alohida  berilgan  parollar  belgilangan  muddatlarda,  lekin  bir  oydan 
oshmagan  muddatda  ma’lumotlar  bazasi  administratori  va  mas’ul  xodim  tomonidan  o’zgartirilib, 
o’zgartirishlar kiritilganligi ular tomonidan imzo bilan tasdiqlanadi.  
Ma’lumotlar  bazasida  parollarni  qayd  qilish  daftari  va  elektron  jurnali  yuritiladi.  Elektron 
jurnalda  har  bir  xodim  va  uning  amaldagi  paroli  avtomatik  tarzda  qayd  qilib  boriladi.  Elektron 
jurnaldagi  ma’lumotlar  shifrlanadi  hamda  u  bilan  ishlashga  faqat  ma’lumotlar  bazasi 
administratoriga  ruxsat  etiladi.  Belgilangan  muddatlarda  o’z  parollarini  yangilamagan  xodimlarga 
dasturiy mahsul tomonidan ogohlantirish yuboriladi.  
Shaxsiy hisob kartochkalarga boshqa xodim paroli bilan ma’lumotlar kiritish yoki kiritilgan 
ma’lumotlarni o’zgartirish qat’iyan taqiqlanadi. 
Shaxsiy  hisob  kartochkalarga  kiritilgan  har  bir  yozuvning  muallifi  dasturiy  mahsul 
tomonidan  maxsus  elektron  jurnalda  qayd  etib  boriladi.  Shuningdek,  shaxsiy  hisob 
kartochkalaridagi  har  bir  ma’lumotni  kiritgan  xodimning  familiyasi,  ismi  va  sharifi  foydalangan 
shaxslar elektron reestrida saqlaniladi.  
Soliq  to’lovchining  shaxsiy  hisob  kartochkasidan  o’zgartirish  kiritishsiz  ma’lumotlar  olish 
huquqiga  ega  bo’lgan  boshqa  xodimlarga  faqat  ma’lumotlarni  ko’rish  imkonini  beruvchi  «parol» 
beriladi. 
 hisobga olish bo’limining soliq to’lovchi shaxsiy hisob kartochkasini yuritish uchun mas’ul 
xodimi  hamda  bo’lim  boshlig’i  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  bo’yicha  hisoblangan 
(kamaytirishga  hisoblangan),  undirilgan  (to’langan,  qaytarilgan),  to’lov  muddati  kechiktirilgan 
(hisobdan  chiqarilgan,  bo’lib-bo’lib  to’lash  imkoni  berilgan)  hisoblangan  penya  va  jarima 
summalarini  ShHKlarda  to’g’ri  va  to’liq  aks  ettirish,  shuningdek  ularning  hisobini  yuritish  va 
hisobotlarni tuzish uchun shaxsan javobgardir. 
Soliq  organining  rahbari  va  ma’sul  o’rinbosari  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar 
hisobini yuritish ishlarining nazoratini olib borish bo’yicha javobgardir. 
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisobga olish hujjatlarini rasmiylashtirish quyidagi 
ish yuritish hujjatlari asosida hujjat turiga qarab guruhlarga bo’linadi: 
-  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  bo’yicha  soliq  to’lovchining  solishtirma 
dalolatnomasi hamda shaxsiy hisob kartochkasidan ko’chirma; 
-  moliya  organi,  bank  muassasasi  va  boshqa  vakolatli  tashkilotlardan  olingan,  byudjet 
klassifikatsiyasi  bo’yicha  amalga  oshirilgan  bank  operatsiyalarining  to’lov  hujjatlari  va  bank 
ko’chirmalari, to’lov reestrlari;  

 
45 
-  hisobga olingan  yoki  qaytarilgan soliqlar  va boshqa  majburiy  to’lovlar  bo’yicha ortiqcha 
to’lov hujjatlari; 
- shaxsiy hisob kartochkalarini boshqa tuman yoki shahar soliq organiga jo’natish va qabul 
qilish yuzasidan hujjatlar; 
- soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni majburiy undirish bo’yicha hujjatlar; 
-  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  bo’yicha  soliq  majburiyatlarini  bajarishda  to’lov 
muddatlarining o’zgartirilishi yuzasidan hujjatlar; 
- soliq to’lovchilarning soliq majburiyatlari to’xtatilganligi to’g’risida hujjatlar; 
- tugatilgan soliq to’lovchilarning soliq majburiyatlari ijrosi to’g’risidagi hujjatlar; 
- qayta tashkil bo’lgan soliq to’lovchilarning soliq majburiyatlari ijrosi bo’yicha hujjatlar; 
-  Davlat  byudjetining  kelgusi  yildagi  asosiy  parametrlari  to’g’risidagi  Prezident  qarori, 
shuningdek byudjet klassifikatsiyasini tasdiqlash to’g’risidagi Moliya vazirligining buyruqlari. 
Soliq to’lovchining yozma murojaatiga asosan 3 ish kunidan oshmagan muddatda  hisobga 
olish bo’limining mas’ul xodimi soliq majburiyatlarining bajarilishi bo’yicha byudjet va byudjetdan 
tashqari  maqsadli  jamg’armalar  bilan  hisob-kitoblarning  holati  to’g’risida  shaxsiy  hisob 
kartochkasidan ko’chirma taqdim etadi.  
Soliq  to’lovchining  yozma  murojaatida  soliq  to’lovchi  to’liq  nomi,  SТIR,  manzili,  qaysi 
soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  turlari  bo’yicha  shaxsiy  hisob  kartochkalaridan  ko’chirma 
zarurligi, ko’chirmalar olish maqsadi, qaysi davr uchun so’ralayotganligi aniq ko’rsatilishi lozim. 
Shaxsiy  hisob  kartochkasi  ko’chirmasida  soliq  to’lovchining  soliqlar  va  boshqa  majburiy 
to’lovlar  turi  bo’yicha  yil  boshiga  qoldiq  summasi,  so’ralgan  davr  oxiriga  qoldiq  summalari  kabi 
ma’lumotlar aks ettiriladi. 
ShHKga  kiritilgan  ma’lumotlarning  sanalari  bo’yicha  taqdim  etilgan  soliq  hisobotlari  va 
ma’lumotlariga  asosan  bo’nak  va  haqiqatda  hisoblangan  summalar,  undirilgan  (to’langan, 
qaytarilgan)  to’lovlar  summasi,  hisoblangan,  undirilgan  va  hisobdan  chiqarilgan  penyalar, 
tekshirish  dalolatnomalariga  asosan  qo’shimcha  hisoblangan  yoki  kamaytirilgan  to’lovlar, 
shuningdek  qo’llanilgan  moliyaviy  jarimalar,  vakolatli  organlar  karorlariga  asosan  to’lov  muddati 
kechiktirilgan  (bo’lib-bo’lib  to’lash  imkoni  berilgan  yoki  hisobdan  chiqarilgan)  to’lovlar  aks 
ettiriladi. 
Yozma  ariza  bilan  murojaat  qilingan  sanaga  soliq  to’lovchi  va  uning  tarkibiy  bo’linmasi 
tomonidan  amaldagi  soliq  qonunchiligida  belgilangan  hisobotlar  to’liq  taqdim  etilmagan  bo’lsa, 
shaxsiy hisob varaqalardan ko’chirmalar berilishi taqiqlanadi.  
 hisobga  olish  bo’limining  mas’ul  xodimi  soliq  to’lovchining  yozma  murojaatiga  asosan 
soliq  turlari  bo’yicha  shaxsiy  hisob  kartochkasidan  ko’chirma  taqdim  qilishdan  oldin  korxona 
tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, tekshiruv natijalari bo’yicha belgilangan shakl ma’lumotlari 
hamda to’lov hujjatlarini bank ma’lumotlari asosida to’g’ri va to’liq kiritilganligini ko’rib chiqishga 
majburdir. 
Soliq to’lovchining soliq turlari bo’yicha shaxsiy hisob kartochkadan ko’chirmasi  hisobga 
olish bo’limi  boshlig’i,  mas’ul  xodimi va  DSI  boshlig’i  yoki  DSI boshlig’i  o’rinbosari  tomonidan 
imzolanib, inspeksiyaning muhri bilan tasdiqlanadi.   
Soliq  to’lovchilarga  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  bo’yicha  taqdim  etilgan 
solishtirma  dalolatnoma
larda  soliq  to’lovchining  shaxsiy  hisob  kartochkasidagi  yakuniy  natijalar 
aks  ettirilib,  soliq  to’lovchi  talab  qilgan  davrdagi  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  bo’yicha 
quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi: 

 
yil  boshiga  soliq  turlari  bo’yicha  qoldiq  (soliq  qarzi,  penya  yoki  ortiqcha  to’langan  soliq) 
summalari; 

 
talab qilgan davrda hisoblangan va undirilgan summalar; 

 
to’lov muddati o’tkazib yuborilgan kunlar uchun hisoblangan va undirilgan penya; 

 
soliq  tekshiruvi  dalolatnomalariga  asosan  qo’shimcha  yoki  kamaytirishga  hisoblangan 
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, shuningdek qo’llanilgan moliyaviy jarimalar; 

 
talab  qilingan  davr  oxiriga  qoldiq  (soliq  qarzi,  penya  yoki  ortiqcha  to’langan  soliq) 
summalari; 

 
46 

 
vakolatli  organlarning  bayonnomasi  qarori  asosida  to’lash  muddati  kechiktirilgan  (bo’lib-
bo’lib to’lash imkoni berilgan yoki hisobdan chiqarilgan) soliq qarzi va penya summalari. 
 hisobga  olish  bo’limining  mas’ul  xodimi  soliq  to’lovchining  yozma  murojaati  bo’yicha 
solishtirma  dalolatnomani  taqdim  qilishdan  oldin  soliq  to’lovchi  tomonidan  taqdim  etilgan  soliq 
hisobotlari,  soliq  tekshiruvi  natijalari  bo’yicha  belgilangan  shakl  ma’lumotlarini  va  bank 
ma’lumotlari  asosida  to’lov  hujjatlarining  to’g’ri  va  to’liq  kiritilganligini  ko’rib  chiqishga  hamda 
Soliq Kodeksining 49-moddasiga asosan soliq to’lovchiga taqdim etishga majburdir. 
Agarda  soliq  to’lovchi  yozma  murojaat  qilgan  sanaga  soliq  to’lovchi  yoki  uning  tarkibiy 
bo’linmasi  tomonidan  amaldagi  soliq  qonunchiligida  belgilangan  soliq  hisobotlari  yoki  soliq 
majburiyati  yuzasidan  boshqa  ma’lumotnomalar  to’liq  taqdim  etilmagan  bo’lsa,  soliq  xizmati 
organi  xodimi  tomonidan  soliq  to’lovchi  bilan  solishtirma  dalolatnoma  tuzmasligi  uchun  asos 
bo’ladi. 
Solishtirma  dalolatnoma, bir  tomondan  soliq organi  raxbari  yoki  uning  mas’ul o’rinbosari,  
hisobga  olish  bo’limi  boshlig’i  yoki    hisobga  olish  bo’limining  mas’ul  xodimi  hamda  ikkinchi 
tomondan soliq to’lovchi korxonaning rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolanib, muhr bilan 
tasdiqlanadi. 
O’zbekiston Respublikasi soliq Kodeksining 68-moddasiga asosan soliq to’lovchi jismoniy 
shaxslarning ShHKlarini ochish uchun  asos bo’lib vakolatli organlar tomonidan soliq ob’ektining, 
ya’ni  mol-mulki  va  er  maydonining  ro’yxatga  olinganligi  yoki  yuridik  shaxs  tashkil  qilmasdan 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxs, ya’ni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida 
Davlat  ro’yxatidan  o’tganligi,  shuningdek  amaldagi  qonunchilik  asosida  ro’yxatga  olishning 
alohida  tartibi  joriy  qilingan  yakka  tartibdagi  tadbirkorlarga  soliq  organida  ro’yxatga  olinganligi 
to’g’risidagi hujjatlar hisoblanadi. Soliq to’lovchi jismoniy shaxslarlarning ShHKlari O’zbekiston 
Respublikasi  Davlat  soliq  qo’mitasi  tomonidan  ishlab  chiqilgan  va  amaliyotga  joriy  qilingan 
dasturiy  mahsulda  yuritiladi.  Soliq  to’lovchi  jismoniy  shaxs  va  xususiy  tadbirkorning  ShHKsi 
byudjet  klassifikatsiyasi  bo’yicha  O’zbekiston  Respublikasi  Soliq  Kodeksining  69-moddasiga 
asosan  byudjet  klassifikatsiyasiga  muvofiq  har  bir  soliq  to’lovchi  uchun  alohida  unga  tegishli 
soliqlar va boshka majburiy to’lovlarning har bir turlari bo’yicha ochiladi va yuritiladi.  
Soliq  to’lovchilar  tomonidan  byudjetga  soliq  va  boshqa  majburiy  to’lovlar,  penya  va 
jarimalar  bo’yicha  soliq  majburiyatining  bajarilishi  hisobini  yuritish  uchun  soliq  organlarida 
byudjet klassifikatsiyasi asosida DSQ tomonidan belgilangan kod asosida ShHK ochiladi. 
Yakka  tartibdagi  tadbirkorlarga  ShHK  tuman  hokimliklari  xuzuridagi  Тadbirkorlik 
sub’ektlarini  ro’yxatdan  o’tkazish  inspeksiyalari  tomonidan  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Maxkamasining  2003  yil  20  avgustdagi  357-sonli  «Тadbirkorlik  faoliyatini  tashkil  etish  uchun 
ro’yxatdan  o’tkazish  tartibotlari  tizimini  tubdan  takomillashtirish  to’g’risida»gi  va  O’zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  2006  yil  24  maydagi  «Тadbirkorlik  sub’ektlarini  davlat  ro’yxatiga 
olish  va  hisobga  qo’yishning  xabardor  qilish  tartibini  joriy  etish  to’g’risida»gi  PQ-357-sonli 
qarorlari  asosida  O’zbekiston  Respublikasi  Soliq  Kodeksining  80-moddasiga  asosan  ro’yxatdan 
o’tayotgan  xususiy  tadbirkorlarga  SТIR  olish  uchun  soliq  organiga  taqdim  etgan  belgilangan 
shakldagi ma’lumotnomalar «Axborotlar tizimi» bo’limi ma’sul xodimi tomonidan tegishli tartibda 
ro’yxatga olinib, belgilangan tartibda DSIdagi kitob asosida «Jismoniy shaxslarni soliqka tortish va 
nazorat»  bo’limi  «Uchastka  soliq  inspektorlari  bilan  ishlash  shu’basi»  boshlig’iga  shaxsan 
topshiradi.  «Uchastka  soliq  inspektorlari  bilan  ishlash  shu’basi»  boshlig’i,  istisno  tarikasida 
uchastka soliq inspektori belgilangan tartibdagi ma’lumotnomani 3 ish kuni ichida tuldirib  «Хisob 
tahlil va Soliq statistikasi» bo’limiga bergan ma’lumot asosida ochiladi. 
O’zbekiston  Respulikasi  Soliq  kodeksining  373-moddasiga  binoan  Davlat  ruyxatidan 
o’tkazuvchi  organ  tomonidan  faoliyatini  vaqtincha  to’xtatib  va  faoliyatini  boshlagan  yakka 
tadbirkorlar to’g’risidagi ma’lumot axborot asosida «Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish va nazorat» 
bo’limi boshlig’iga topshiradi.  «Jismoniy shaxslarni soliqka tortish va  nazorat»  bo’limi boshlig’i, 
istisno  tariqasida  «Uchastka  soliq  inspektorlari  bilan  ishlash  shu’basi»  boshlig’i  belgilangan 
tartibda  ma’lumotnomani  1  ish  kuni  ichida  tuldirib    hisobga  olish  bo’limiga  taqdim  qilingan 
ma’lumot asosida soliq to’lovchiga ShHK ochiladi. 

 
47 
Soliq to’lovchi jismoniy shaxslarni soliq solish ob’ekti vujudga kelgan vaqtda O’zbekiston 
Respublikasi soliq Kodeksida belgilangan tartib bo’yicha hisobga qo’yiladi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Soliq  Kodeksiga  asosan  jismoniy  shaxslarga  tegishli  mulki 
hisoblangan  kvartiralar,  uy-joylar,  dala-hovlilar,  er  maydonlar  va  bino  inshootlari  bo’yicha  er  va 
mol-mulk  soliqlariga,  tegishli  organlar,  tashkilotlar  tomonidan  taqdim  etilgan  ma’lumotlar, 
shuningdek  Davlat  soliq  qo’mitasining  2006  yil  20  iyundagi  154-sonli  buyrugi  bilan  tasdiklangan 
«Davlat  soliq  xizmatining  uchastka  soliq  inspektori  to’g’risida»gi  Nizom  asosida  ma’lumotlar 
uchastka  soliq  inspektori  tomonidan  taqdim  etilgan  shakldagi  hujjat  ma’lumoti  bo’yicha  ShHK 
ochiladi. 
O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga asosan jismoniy shaxslarning majburiyatlaridan 
kelib  chikib,  soliq  to’lovchilarni  hisobga  olish  va  soliq  hisoblash  bo’yicha  hujjat  ma’lumoti 
uchastka  soliq  inspektorlari  tomonidan  2  ish  kuni  ichida  tuldirib    hisobga  olish  bo’limiga  taqdim 
etadi,  shuningdek  soliq  to’lovchi  jismoniy  shaxslarni  hisobga  olish  davri  yakuni  bilan  1  yanvar 
holatiga  bo’lgan  solishtirma  dalolatnoma  tuzadi.  Asosiy  ish  joyidan  tashqari  daromad  olgan 
jismoniy  shaxslarning  yakuniy  yillik  daromadlari  bo’yicha  hisoblangan  jismoniy  shaxslarning 
daromad  solig’iga,  jismoniy  shaxsning  olgan  daromadi  to’g’risidagi  DSIga  kelib  tushgan 
ma’lumotlar  asosida  hisoblangan  daromad  solig’i  bo’yicha  «Deklaratsiyalash»  shu’basi  ma’sul 
xodimi tomonidan taqdim etilgan ma’lumot asosida ShHK ochiladi. 
Soliq  to’lovchi  jismoniy  shaxslar,  shuningdek  yakka  tartibda  mexnat  faoliyati  bilan 
shug’ullanuvchilarning ShHKlari quyidagi holatlarda ochilishi shart: 

 
hisobot yili boshidan faoliyat ko’rsatib kelayotgan xususiy tadbirkorlarga; 

 
hisobot yilida yangi tashkil bo’lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga; 

 
turar joyi manzili o’zgarganligi sababli boshqa tumandan kelgan soliq to’lovchilarga; 

 
Soliq  to’lovchi  jismoniy  shaxslarning  faoliyati  yuzasidan  o’tkazilgan  tekshirish  yakunlari 
bo’yicha soliq qonunchiligining buzilganligi to’g’risida qo’llanilgan moliyaviy jarimalarga; 

 
ma’lum  bir  tumanda  soliq  organida  ro’yxatda  turib  boshqa  tuman  hududida  soliq  solish 
ob’ektiga yoki faoliyat ko’rsatish uchun ijaraga olingan ob’ektga ega bo’lgan soliq to’lovchilarga; 

 
ma’lum bir tumanda soliq organida ro’yxatda turib boshqa tuman hududida soliq solish ob’ekti 
bo’yicha  ushbu  hudud  soliq  organi  tomonidan  o’tkazilgan  tekshiruv  natijasida  moliyaviy  jarima 
qo’llanilgan soliq to’lovchilarga; 

 
hisobot  yilining  boshiga  o’tgan  yil  ohiriga  bo’lgan  qoldiq  summa,  ya’ni    soliq  qarzi,  penya, 
jarima, ortiqcha to’lov bilan faoliyat ko’rsatmayotgan soliq to’lovchilarga. 
Jismoniy shaxslar tomonidan turar joylari va noturar joylari uchun er va mol-mulk egalariga 
quyidagi holatlarda ShHKlar ochilishi shart: 

 
hisobot  yilining  boshiga  (oxiriga)  er  va  mol-mulk  solig’i  bo’yicha  yildan-yilga  o’tgan  qoldiq 
summalarga er va mol-mulk solig’i to’lovchi jismoniy shaxslarga; 

 
hisobot  yilining  boshiga  tuman  yoki  shahar  DSIlari  uchastka  soliq  inspektorlari  tomonidan 
hisobga  olingan  soliq  to’lovchilar  bo’yicha  belgilangan  shakl  ma’lumoti  asosida  turar  va  noturar 
joylari  uchun  er  va  mol-mulkka  egalik  qiluvchi  fuqarolarga  va  amaldagi  soliq  qonunchiligi 
bo’yicha imtiyozga ega bo’lmagan jismoniy shaxslarga; 

 
hisobot  yili  boshiga  tuman    hokimligining  karoriga  binoan  ajratilgan  er  va  mol-mulkka  egalik 
qilish  huquqini  olgan  fuqarolarning  turar  va  noturar  joylari  to’g’risidagi  «Er  munosabatlari  va 
ko’chmas  mulk  kadastri»  idoralaridan  olingan  ma’lumoti  asosida  tuman  yoki  shahar  DSIlar 
uchastka soliq inspektorlari  ma’lumoti  asosida  va  amaldagi  soliq  qonunchiligi  bo’yicha  imtiyozga 
ega bo’lmagan jismoniy shaxslarga. 
Soliq organida yuridik shaxs tashkil qilmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi, 
turar  va  noturar  joylarda  er  va  mol-mulkka  egalik  qiluvchi  fuqarolarga  hamda  asosiy  ish  joyidan 
tashqarida  daromad  olgan  jismoniy  shaxslarning  ma’lumotlar  bazasini  to’liq  shakllantirish  uchun 
ma’lumotlar Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo’limining mas’ul xodimlari tomonidan  hisobga 
olish bo’limiga quyidagi muddatlarda topshiriladi: 
yuridik shaxs tashkil qilmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun ro’yxatdan 
va qayta ro’yxatdan o’tgan soliq to’lovchi jismoniy shaxslar tomonidan ro’yhatdan o’tgan kundan 3 

 
48 
ish kuni ichida; 
ma’lum bir tuman  soliq organida ro’yxatda turib ikkinchi bir tuman  hududida soliq solish 
ob’ektiga ega bo’lgan  yuridik shaxs tashkil qilmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi 
soliq to’lovchi jismoniy shaxslar tomonidan soliq ob’ekti tasarrufiga o’tgan kundan 5 kun muddat 
ichida; 
ma’lum  bir  tuman  soliq  organida  ro’yxatda  turib  ikkinchi  bir  tuman    hududida  faoliyat 
ko’rsatish uchun ijaraga olingan ob’ektga ega bo’lgan yuridik shaxs tashkil qilmasdan tadbirkorlik 
faoliyati  bilan  shug’ullanuvchi  soliq  to’lovchi  jismoniy  shaxslar  ijara  shartnomasi  imzolangan 
kundan  boshlab  5  kun  ichida,  ushbu  holat  aniqlangan  taqdirda  ijara  shartnomasi  qachon 
tuzilgangini aniqlab, 3 kunlik muddat ichida; 
asosiy ish joyidan tashqari daromad olgan jismoniy shaxslar bo’yicha korxona, tashkilot va 
boshqa tuman soliq organlaridan tegishli ma’lumot kelib tushgandan so’ng 2 ish kuni ichida; 
Soliq  to’lovchi  jismoniy  shaxslarga  tegishli  bo’lgan  turar  va  noturar  joylarda  er  va  mol-
mulkka  egalik  qiluvchilarga  SТIRga  ega  bo’lmagan  jismoniy  shaxslar  bo’yicha  vakolatli 
organlarning  qaror  va  ma’lumotlari  hamda  notarial  idoralarning  oldi-sotdi  shartnomalari 
rasmiylashtirilgan kundan boshlab 5 kun muddat ichida; 
ShHK ochish uchun ma’lumotlar soliq to’lovchiga SТIR berilgan kundan boshlab 1 ish kuni 
ichida; 
Тurar va noturar joylarda er va mol-mulkka egalik qiluvchi SТIRga ega bo’lgan ma’lum bir 
jismoniy  shaxsdan  boshqasiga  o’tganda  er  va  mol-mulkka  egalik  qilish  huquqini  berish  haqidagi 
vakolatli  idoralarning  qaror  va  ma’lumotlari  hamda  notarial  idoralarning  oldi-sotdi  shartnomalari 
rasmiylashtirilgan kundan 5 kun muddat ichida; 
soliq  to’lovchi  jismoniy  shaxsning  vafot  etishi  munosabati  bilan,  soliq  majburiyatlarining 
boshqa  jismoniy  yoki  yuridik  shaxsga  o’tishi  haqidagi  ma’lumot  va  hujjatlar  vakolatli  organlar 
tomonidan soliq organiga taqdim etilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida uchastka soliq inspektori 
tomonidan ma’lumotlar taqdim etiladi. 
Uchastka  soliq  inspektorlari  tomonidan  taqdim  etilgan  ma’lumotlar  Axborot  tizimlari 
sho’’basining mas’ul xodimi tomonidan jismoniy shaxslar ma’lumotlar bazasida ishlovchi dasturiy 
mahsulga  taqdim  etilgan  kundan  boshlab  1  ish  kuni  ichida  soliq  to’lovchilarning  ma’lumotlar 
bazasiga  kiritiladi.  Soliq  to’lovchiga  SТIR  berilgan  kundan  boshlab  1  ish  kunida  uchastka  soliq 
inspektori  ma’lumotlarni    hisobga  olish  bo’limining  ma’sul  xodimiga  taqdim  etadi.  Soliq 
to’lovchining ShHKda soliq to’lovlari hisoblanganligi va kamaytirishga berilgan hamda haqiqatda 
to’langan, qaytarilgan to’lovlar, hisoblangan va tulangan penya summalari aks ettiriladi.  
Jismoniy  shaxslar  shaxsiy  hisob  kartochkalari  yuridik  shaxs  tashkil  qilmasdan  tadbirkorlik 
faoliyati  bilan  shug’ullanuvchi,  fuqarolarning  turar  va  noturar  joylariga  er  va  mol-mulkka  egalik 
qiluvchi  hamda  asosiy  ish  joyidan  tashqari  daromad  olgan  jismoniy  shaxslarga  quyidagi  tartibda 
ochiladi: 

 
soliq to’lovchilarning turar joy manzili bo’yicha; 

 
faoliyatini amalga oshirish hududi va faoliyat turi bo’yicha; 

 
soliq  solish  ob’ektini,  soliqqa  tortish  bilan  bog’liq  ob’ektlarni  joylashgan  joyi  yoki  ro’yxatga 
olingan hudud bo’yicha; 

 
o’tkazilgan tekshiruv natijasida jarima qo’llanilgan hudud bo’yicha. 
Soliq to’lovchi jismoniy shaxslar Davlat soliq organlarida soliq to’lovchi sifatida ro’yxatda 
turishi  bilan  dasturiy  mahsul  orqali  avtomatik  ravishda  quyidagi  to’lov  turlari  bo’yicha  ShHKlar 
ochiladi: 
Тadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilarga: 

 
belgilangan  faoliyat  turi  bo’yicha  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug’ullanuvchi  jismoniy 
shaxslarning qat’iy belgilangan daromad solig’i; 

 
pensiya jamg’armasiga sug’urta badali; 

 
suv resurslaridan foydalanganlik uchun solig’i; 

 
asosiy  ish  joyidan  tashqari  daromad  olgan  fuqarolar  bo’yicha  jismoniy  shaxslarning  daromad 
solig’i; 

 
49 

 
er va mol-mulk solig’i;  

 
boshqa to’lovlar; 

 
SORJga to’lovlar. 
Er va mol mulk solig’i to’lovchi jismoniy shaxslarga: 

 
mol-mulk solig’i; 

 
er solig’i; 

 
asosiy  ish  joyidan  tashqari  daromad  olgan  fuqarolar  bo’yicha  jismoniy  shaxslarning  daromad 
solig’i; 

 
boshqa to’lovlar; 

 
SORJga to’lovlar. 
Soliq to’lovchilar tomonidan byudjet oldidagi soliq majburiyatini bajarish bo’yicha byudjet 
bilan hisob-kitob qilishda byudjetga soliq va boshqa majburiy to’lovlar hamda byudjetdan tashqari 
maqsadli jamg’armalar bo’yicha to’lovlarni qabul qilish va Davlat byudjetiga o’tkazib berish tartibi 
O’zbekiston  Davlat  byudjeti  parametrlari  va  asosiy  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlari  to’g’risidagi 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Qarori  asosida  tasdiqlangan  respublika  va  mahalliy  byudjet 
ijrosi to’g’risidagi vakolatli organlar  qarori asosida belgilanadi. 
Byudjet  soliq  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  hamda  byudjetdan  tashqari  maqsadli 
jamg’armalarga  ajratmalar  bo’yicha  kelib  tushgan  mablag’lar  to’g’risidagi  yozuv  soliq 
to’lovchining ShHKga tegishli bank muassasasining har kunlik to’lov hujjatidan ko’chirma hamda 
ilovasidagi  to’lov  topshiriqnomasining  nusxasi  va  uchastka  soliq  inspektori  tomonidan  5-shakl 
to’lov pattasi orqali undirilgan soliqlar bo’yicha reestr ko’rinishidagi ma’lumotlar asosida kiritiladi. 
Soliq  organlari  tomonidan  byudjet  va  byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalarga  tushgan 
tushumlar  1  ish  kunidan  kechiktirmay  tegishliligi  bo’yicha  soliq  to’lovchilarning  ShHKlariga 
kiritiladi. 
Soliq  to’lovchining  ShHKlariga  byudjetga  soliq  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  hamda 
byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalarga  ajratmalar  bo’yicha  kelib  tushgan  va  kaytarilgan 
mablag’larni, bank muassasasi tomonidan mablag’ o’tkazilganligini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlar 
asos bo’lib hisoblanadi: 
-  byudjet  va  byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalarga  to’langan    soliq  va  boshqa 
majburiy ajratmalar bo’yicha to’lov hujjatlari; 
- soliq to’lovchining to’lov topshiriqnomalari va to’lov kvitansiyalari; 
-  soliq  organi  tomonidan  ortiqcha  to’lovlarni  qaytarish  to’g’risidagi  hulosalari  va  moliya 
bo’limi to’lov topshiriqnomalari; 
- uchastka soliq inspektorlari tomonidan undiriladigan 5-shakl ko’rinishidagi pattalar;  
- inkasso topshiriknomasi bilan undirilgan to’lovlar.  
Soliq organiga xizmat ko’rsatuvchi bank muassasasi tomonidan soliqlar va boshqa majburiy 
to’lovlar bo’yicha bank to’lov hujjatlarining elektron ko’rinishidagi shakli «Bank-kliyent» dasturiy 
mahsuli orqali yoki  hisobga olish bo’limining mas’ul xodimi tomonidan tegishliligi bo’yicha soliq 
to’lovchining soliq turi bo’yicha ochilgan ShHKsiga kiritiladi. Bank to’lov hujjatlaridan ko’chirma 
qog’ozda chop etilgan ko’rinishda olingandan so’ng elektron olingan ma’lumotlar taqqoslanadi va 
farq aniqlangan taqdirda, aniqlik kiritilib, farq bartaraf qilinadi.   
Soliq to’lovchi jismoniy shaxslarning ShHKlari quyidagi holatlarda yopiladi: 
1.
 
Soliq  kodeksining  373-moddasiga  asosan  yakka  tartibdagi  tadbirkor  faoliyatini  butunlay 
to’xtatish yoki vaqtinchalik to’xtatish to’g’risida ariza bilan davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organga 
murojaat qilib, davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ tomonidan axborotnoma taqdim qilinganda; 
2.
 
Amaldagi  qonunchilik  asosida  ro’yxatga  olishning  alohida  tartibi  joriy  qilingan  eksport-import 
faoliyati  bilan  shug’ullanish  uchun  yakka  tartibdagi  tadbirkor  faoliyatini  butunlay  to’xtatish  yoki 
vaqtinchalik to’xtatish to’g’risida ariza bilan ro’yxatga olingan DSIga murojaat qilganda; 
3.
 
Buning  uchun  soliq  to’lovchining  tugatish  ishlari  bo’yicha  mas’ul  xodimi  3  ish  kuni  ichida  
hisobga olish bo’limining mas’ul xodimiga soliq to’lovchining ish jildi va faoliyat ko’rsatgan davr 
byudjet  va  byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalarga  o’tkazilgan  mablag’lar  bo’yicha  bank 
hujjatlarini  hamda  o’tkazilgan  hujjatli  tekshiruv  natijasi  bo’yicha  to’ldirilgan  ma’lumotlarni  to’liq 

 
50 
ta’minlab berilishi shart. 
4.
 
Fuqarolarning  turar  va  noturar  joylarida  er  va  mol-mulkka  egalik  qilgan  jismoniy  shaxsning 
vafot  etishi  hamda  er  va  mol-mulkka  egalik  qilish  huquqi  vakolatli  organning  qarori,  notarial 
idoralarning oldi-soti shartnomalariga asosan boshqa jismoniy shaxsga o’tganda. 
Ushbu  holatlarda    hisobga  olish  bo’limining  mas’ul  xodimi  soliq  to’lovchi  jismoniy 
shaxsning  ShHKda  belgilangan  soliq  va  pensiya  jamg’armasiga  majburiy  ajratmaga  hisoblashni 
to’xtatib, soliq to’lovchi bilan 2 nusxada solishtirma dalolatnoma tuzadi. Solishtirma dalolatnoma 2 
tomonlama  tasdiqlanib,  1-nusxasi  soliq  to’lovchiga  taqdim  etiladi,  2-nusxasi  Jismoniy  shaxslarni 
soliqqa  tortish  bo’limida  saqlanadi.    Soliq  to’lovchi  bilan  rasmiylashtirilgan  solishtirma 
dalolatnomaga  asosan  soliq  to’lovchi  jismoniy  shaxsda  soliq  va  boshqa  majburiy  to’lovlari 
bo’yicha  soliq  qarzi  hosil  bo’lsa  Jismoniy  shaxslarni  soliqqa  tortish  bo’limining  ma’sul  xodimi 
tomonidan mavjud soliq qarzini amaldagi qonunchilikda ko’zda tutilgan tartibda undirish choralari 
ko’riladi va soliq qarzi penyasi bilan birga to’liq undirilgandan so’ng qayta solishtirma dalolatnoma 
rasmiylashtirilib ShHK yopiladi. 
Solishtirma  dalolatnomaga  asosan  soliq  to’lovchi  jismoniy  shaxsda  soliq  va  boshqa 
majburiy  to’lovlari  bo’yicha  ortiqcha  to’lov  hosil  bo’lsa,  soliq  to’lovchining  yozma  murojaatiga 
asosan  Soliq  kodeksining  56-moddasida  belgilangan  tartibda  qaytarilib,  qayta  solishtirma 
dalolatnomasi rasmiylashtiriladi va ShHK yopiladi.  

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling