Soliqlarning tushunchasi, mohiyati, zarurligi va davlat soliq tizimi


Download 41.03 Kb.
bet1/5
Sana04.10.2022
Hajmi41.03 Kb.
#830428
  1   2   3   4   5
Bog'liq
SOLIQLARNING TUSHUNCHASI
industrial oraliq, nobank, Rumiy-Ichingdagi ichingdadur(Kutubxona), tolov balansi, kurs ishiga, Qosimbekov Ulug`bek Kurs ishi 2020, Шайхонтоҳур1, Mustaqil ish, 5-10 variantlar, Davlat byudjetining ijrosi va uning iqtisodiy tahlili (4), Mavzu 3 ee1e3, Mavzu 3 ee1e3, Mavzu 3 ee1e3, Mavzu 3 ee1e3, бизнес ва тадбиркорлик



    1. SOLIQLARNING TUSHUNCHASI, MOHIYATI, ZARURLIGI VA DAVLAT SOLIQ TIZIMI.

Soliqlar deganda – Soliq Kodeksida belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarilib berilmaydigan va byudjetga yo`naltiriladigan majburiy pul to`lovlari tushuniladi. Soliq kodeksi va soliqlarning majburiyligi - 1997 yil 24 aprel da Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan. Soliq kodeksi 64 ta bob va 392 ta moddadan iborat. Soliq mohiyatini yoritishda soliqchi va soliq to`lovchilar o`rtasidagi ob`ektiv pul munosabatlarini harakatini o`rganish bilan amalga oshiriladi. Soliqlar eng avvalo, davlatning ijtimoiy zaruriy vazifalarni moliyaviy mablaglar bilan ta`minlashning zarurligidan keltirib chiqariladi. Davlat oldida turgan umumiy vazifalarni bajarihga xizmat etadi. Bu vazifalar quyidagilardan iboratdir:
-mamlakat mudofaasini ta`minlash;
-aholining kam ta`minlangan tabaqalarini, ya`ni nafaqaho`rlar, talabalar, nogironlar va boshqalarni ijtimoiy himoya qilish;
-mamlakat ichida uzluksiz ijtimoiy, madaniy tadbirlarni, yani maorif,sogliqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy ta`minot va boshqalarni amalga oshirish;
-xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqalarni o`rnatish;
-bozor infrastrukturasini yaratish, bosha tadbirlar va ishlarni amalga oshirish uchun.
Davlat soliq tizimini davlat tomonidan o‘rnatilgan barcha soliqlar, yig‘imlar va boshqa budjetga undiriladigan majburiy to‘lovlar majmuasi, ularning shakli va tuzilish metodlari tashkil etadi.
Bir hil mohiyatga ega va o‘zaro munosabatda bog‘liq bo‘ladi markazlashgan pul fondini va davlatning boshqa fondlarini majburiy tashkil etadigan soliq va yig‘imlar turlarining yig‘indisiga soliqlar tizimi deb ataladi. Bu ta’rifda soliq va yig‘imlar yagona mohiyat, ya’ni «majburiy harakterga ega bo‘lgan munosabat» va ularning bir-biri bilan bog‘liqligi va nihoyat budjetga tushishligini ko‘rsatadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi soliq Kodeksi mazmuniga mos keladi. SHu erda baxsli masala ham mavjud, ya’ni davlatning budjetdan tashkari fondlariga (pensiya, ijtimoiy sug‘urta, bandlik, yo‘l fondlari va boshqalar) to‘lovlarni ham majburiylik nuqtai nazardan soliq tizimiga kiritish muammosi mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 23 moddasiga binoan soliqlar tizimi quyidagi tarkibga ega bo‘ladi.
Soliqlarga quyidagilar kiradi:

      1. yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;

      2. jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

      3. qo‘shilgan qiymat solig‘i;

      4. aksiz solig‘i;

      5. yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;

      6. suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

      7. mol-mulk solig‘i;

      8. yer solig‘i;

      9. obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;

      10. jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.

Boshqa majburiy to‘lovlarga quyidagilar kiradi:

  1. ijtimoiy jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar:

yagona ijtimoiy to‘lov;
fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari; budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;

  1. davlat boji;

  2. bojxona to‘lovlari;

  3. ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im.

Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to‘lanadigan quyidagi soliqlar qo‘llanilishi mumkin:
yagona soliq to‘lovi; yagona er solig‘i;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq.
Soliq va yig‘imlar bir-biri bilan bog‘liq bo‘ladi, oqibat natijasida ular huquqiy va jismoniy shaxslarning pul daromadlaridan olinadi. Demak, soliq va yig‘imlarning jami yig‘indisi summasi soliq tushunchasini keltirib chikaradi. Ammo, soliqlar har xil bo‘lishiga qaramasdan ularni bog‘lab turuvchi elementlari mavjud. Soliq elementlariga quyidagilar kiradi: soliqqa tortish sub’ekti, soliq ob’ekti, soliq bazasini hisobga olish usuli, soliq stavkasi, soliqni hisoblash tartibi va to‘lash muddatlari, undirish usullari, hisobot topshirish davri, soliq bo‘yicha imtiyozlar va h.k.
Soliqqa tortish sub’ekti (soliq to‘lovchi) — qonunga ko‘ra soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlarni xuquqiy jihatdan to‘lash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslardir.
O‘z mulkiga, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol- mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan soliq mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi, undan tashqari ular mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak.
Jismoniy shaxslar deganda soliqqa tortish ob’ektiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi.
Soliqqa tortish ob’ekti yoki soliqqa tortish bilan bog‘liq ob’ekt deganda soliq to‘lovchining soliq hisoblanadigan va soliqqa tortish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan daromadi va mol-mulkiga aytiladi.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, soliqqa tortish ob’ekti bo‘lib (soliq to‘lovchining harakati yoki uning mulkiy holati) shunday yuridik bir holatga aytiladiki, ularning mavjudligi soliq tortish bo‘yicha majburiyatlarni keltirib chiqaradi. Ularga quyidagilar kirishi mumkin: tovar (ish, xizmat)larning sotilishiga doir oborotlar, mol-mulkka egalik huquqi, oldi-sotdi operatsiyasini bajarish, qimmatbaho qog‘ozlardan daromad olish va h.k.lar. Soliqqa tortish ob’ekti bo‘lmagan soliq to‘lovchining soliq bo‘yicha majburiyati bo‘lmaydi.



    1. Download 41.03 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling