Somerset Moem "Chandiqli Kishi"


Download 13.74 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi13.74 Kb.
#328177
Bog'liq
chandiqli kishi tahlil2
Документ Microsoft Office Word, Документ Microsoft Office Word, Darvin nazariyasi-fayllar.org, davlat funktsiyalari, 2-kurs Magist, A Practical Introduction to Python Programming Heinold, A Practical Introduction to Python Programming Heinold, Бахт психологик муаммо сифатида, 8-mustaqil talim, TEST, GRAFIK KO\'RINISHDAGI OBYEKTLAR USTIDA ISHLASH SODDA GRAFIKLAR DIAGRAMMALAR JADVALLAR, Ko‘pburchakiar perimetri hamda yuzasini hisoblash, perimetr va yuza o‘lchov birliklari va ular orasidagi bog‘lanishga doir masalalar yechish, SIMMETRIK SHAKLLAR SIMMETRIYA O’QLARINI TOPISH KO’PYOQ MODELLARI VA ULARNING ELEMENTLARI, algebraik-va-transtendent-tenglamalarni-taqribiy-yechish-usullarining-algoritmi-vatarlar-usuli

Somerset Moem “Chandiqli Kishi”

Tahlil

Avval bu hikoyani o’qishni boshlaganimda meni hikoyaning nomi qiziqtirgan edi. Uni o’qib tugatganimdan keyin esa meni “chandiqli kishi” emas balki bir savol o’yga soldi:”Nega chandiqli kishi o’z ayolini qotiliga aylangan?”…

Mening fikrimcha Somerset Moem bu kichkina hikoya orqali judayam katta ma’noni o’quvchiga yetkazib bermoqchi bo’lgan. O’sha oddiygina chandiqdan tortib, chandiqli kishining qamoqxonadan ozod bo’lishigacha sirlilik mavjud bu hikoyada.Men hikoyani birinchi bor o’qiganimda hech nimaga tushunmadim. Hikoyaning mag’zini chaqish uchun uni bir necha marotaba o’qish kerak ekan. Endi esa yuqoridaga savolimga qaytamiz. Menimcha chandiqli kishi o’z ayolini o’ldirganining sababi uning generalga aytgan birgina javobida namoyon bo’lgan, ya’ni: “Men uni sevardim” . E’tibor bergan bo‘lsangiz ayol kirib kelishida uni yozuvchi tasvirlagan edi . Ayol balog‘atga yetgan qizdan sal kattaroq ko‘rinardi va juda ham chiroyli edi. Balkim shuning uchun chandiqli kishi ayolni o‘ldirgandir. Yuqorida chandiqli kishi “ men uni sevardim” deganda ayolini o‘zidan boshqa hech kim sevmasligini , o‘zidan boshqa hech kimning ayoli bo‘lishini istamangan menimcha. Bir so‘z bilan aytganda ayolning o‘limiga kuchli sevgi , erkaklik g‘ururi va rashki sabab bo‘lgan deb ‘oylayman. Shuning uchun ham o‘sha 5 mahbusdan faqatgina chandiqli kishi tirik qolgan. Chunki u haqiqiy erkak. Endi uning hayoti haqida gapisam. U qo‘zg‘alon rahbari generali bo‘lgan , o‘z xalqi uchun kurashgan qahramon sifatida mening tasavvurimda gavdalandi. U hayotda kurashuvchan shaxs. Qo‘zg‘alonda yengilgan, qamoqxonadan tirik chiqqan ammo hozirgi kungacha yashashda davom etmoqda. Lotareya sotib bo‘lsa ham kun ko‘rmoqda. Yozuvchining bu hikoyani yozishidan maqsad ham shu menimcha. U hikoya orqali hech qachon taslim bo‘lmaslikka , insoniylikni yo‘qotmagan holda yashashga kitobxonni undagan.

Menga Somerset Moemning bu hikoyasi yoqdi . Mening o‘ylashimcha bu yozuvchi ham Chexov kabi oz so‘z bilan olam – olam ma’noli asar yozadigan yozuvchi. Kelgusida bu fikrimga amin bo‘lish uchun uning asarlardan o‘qishga qaror qildim.



Baxtiyorova Zumradxon. 104-guruh.
Download 13.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling