Somoniylar davlatining tashkil topishi


Download 27.44 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi27.44 Kb.
#1413779

Reja:


  1. Somoniylar davlatining tashkil topishi

  2. Somoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot va davlat boshqaruvi

  3. Somoniylar davlatidagi siyosiy jarayonlar

4. Somoniylar davlatining zavolga yuz tutishi

Somoniylarning oilaviy nisbasi, yaʼni nomi ularning ajdodi boʻlmish Somonxudot ismi bilan bogʻliq. Somonxudotning kelib chiqishi hakida turli xil maʼlumot va fikrlar mavjud. Abu Bakr Narshaxiy (10-asr) va Hamza Isfahoniy (10-asr) keltirgan maʼlumotlarga qaraganda, Somonxudot Balx viloyatidagi Somon qishlogʻidan, alMukaddasiy (10-asr) ning maʼlumotiga koʻra esa, u Samarqand viloyatidagi Somon nomli qishloqdan boʻlgan. "Saʼdiya" nomli asar (17-asr) da keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, uning asl ismi Arquq boʻlib, u Fargʻonadan Termizga koʻchib kelgan va u yerda Somon nomli qishlogʻiga asos solgan.Oʻrta asrlarda Buxoro, Fargʻona, Tohariston, Xuttalon va boshqa viloyatlarda ham Somon nomli qishloqlar boʻlganligi kayd etilgan. Bu maʼlumotlar "Somon" toponimi oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo hududlarida va undan tashqari yerlarda ham keng tarkalgan joy nomi boʻlganligidan dalolat beradi.


Koʻpchilik manbalar (Hudud alolam, Ibn Havqal, Beruniy, Gardizi va h.k.) ga koʻra, Somonxudot sosoniylar davridagi mashhur sarkarda Bahrom Choʻbin (6-asr) ning 4 yoki 5pogonadagi avlodi boʻlgan. Baxrom Choʻbinning kelib chiqishi eftaliylar bilan bogʻlik U sosoniylarga qarshi koʻzgʻolon koʻtarib (590 y.) magʻlubiyatga uchragandan keyin Fargʻonaga qochib kelgan va turkiy malikaga uylanib, umrining oxirigacha oʻsha yerda kolib ketgan. Uning avlodlari ham oʻzlarini podshoxdar oilasiga mansub deb hisoblaganlar va Sosoniylar davlatidagi shahanshoxlar oliy taxtiga daʼvo kilganlar. Somonxudotning shajarasida keltirilgan ajdodlaridan ayrimlarining (Juba, Jamchan, Tamgʻas kabi) turkiy ismlari boʻlgan. Shunisi diqkatga sazovorki, turkiylarning rivoyatlarida Somonyabgʻu (yaʼni Somonxudot) turkiylarning Oʻgʻuzxondan keyingi davrlarda yashagan ajdodlari katorida tilga olingan.
Oʻrta Osiyoga arablar bostirib kelganda, Somonxudot, ayrim maʼlumotlarga koʻra, Balx viloyatidan Marvga Xuroson amiri Asad ibn Abdulloh alQushayriy (725/727 va 735/738 yillar)ning oldiga kelib, undan dushmanlariga qarshi kurolli yordam berishini suraydi. Arablar yordamida dushmanlarini yenggach, Somonxudot islom dinini kabul kiladi va oʻgʻlining ismini amirning sharafiga Asad koʻyadi. Asadning Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos ismli ugʻillari alMaʼmunning Marvdagi saroyida xizmatda bulgan va Rofi ibn Lays koʻzyulonini bostirishda faol qatnashgan. Buning evaziga alMaʼmun ularni bir nechta viloyatlarga amir etib tayinlaydi (819—820 y.). Xususan, Nuh — Samarqand amiri, Ahmad — Fargʻona amiri, Yahyo — Shosh va Ustrushona amiri, Ilyos esa Hirot amiri etib xayinlanadi. Ular dastlab Xuroson amirlari boʻlgan tohiriylarga tobe boʻlgan va harbiy kuch toʻplab, Arab xalifaligining sharqiy chegaralarini qoʻriqlab turishgan, shuningdek, shimolidagi turklarga qarshi bir necha bor yurishlar qilishgan. Nuh ibn Asad Isfijobni bosib olib (840 y.), uni oʻziga tobe qiladi. Shunday qilib, akaukaning toʻngʻichi boʻlgan Nuh ibn Asad Samarqand va Sugʻdning katta qismini, shuningdek, Fargʻona va boshqa bir qancha shaharlarni oʻz hokimiyati ostida birlashtiradi. Nuhning vafotidan keyin (842 y.) suloladagi yetakchilik uning ukasi Ahmad ibn Asad oilasiga oʻtadi. Uning 7 ta oʻtli boʻlib, ular otasining vafotidan keyin (866 y.) Movarounnahrning asosiy shaharlarida hokimiyatni oʻz qoʻllariga oladilar. Faqat Buxoro sh. tohiriylar qoʻlida edi. Ilyos ibn Asad vafotidan keyin unga qarashli boʻlgan Hirot shahrida ham hokimiyat S.ning qoʻlidan ketdi. Tohiriylar hokimiyati tugatilgandan keyin (873 y.) Buxoroda bir muddat siyosiy beqarorlik va tartibsizliklar yuz berdi. Shunda Somoniylar oilasining boshligʻi boʻlgan Nasr ibn Ahmad mahalliy dehqonlar taklifiga binoan, Buxoroga ukasi Ismoil ibn Ahmadni hokim qilib yuboradi. Shunday qilib, Buxoro ham S qoʻliga oʻtib, ularning qudrati yana ham ortdi. Nasr davrida S turklarning Shovgʻar shahriga yurish qiladilar. Deyarli butun Oʻrta Osiyo yerlari ularning hrkimiyati ostida birlashgandan keyin oila boshligʻi Nasr xalifa alMuʼtamiddan Movarounnahrni boshqarishga maxsus yorliq oldi (875 y.). Koʻp oʻtmay Ismoil akasi Nasrga boʻysunishdan bosh tortib, unga qarshi koʻshin tortadi. Akauka qoʻshinlari orasida boʻlib oʻtgan jangda (888 y.) Nasr magʻlubiyatga uchraydi va natijada Ismoil ibn Ahmad butun hokimiyatni oʻz qoʻliga oladi. U Taroz shahriga yurish qilib, uni bosib oladi (893 y.) va natijada boy Shalji kumush konlariga egalik kidali. Oʻsha yilning oʻzida Ahmad Ustrushonadagi afshinlar sulolasining oxirgi vakillarini yoʻq qiladi va viloyatni butkul oʻzining hokimiyatiga boʻysundiradi. S.ning kuchayib borayotganidan xavfsiragan arab xalifasi Ismoilni hokimiyatdan chetlatib, oʻrniga Xuroson amiri Amr ibn Lays Safforiyni tayinlaydi (898 y.). Amr qoʻshin bilan Movarounnahrga yoʻl olganda, Ismoil unga qarshi chiqib, bir necha jangdan keyin uni magʻlubiyatga uchratadi (900 y.) va natijada safforiylarta qarashli boʻlgan Xurosonni ham oʻz yerlariga qoʻshib oladi. Shunday qilib, Ismoil ibn Ahmad hukmronligi davrida Talas vodiysidan Xurosongacha boʻlgan yerlarni oʻz hrkimiyati ostida birlashtirdi. Ismoil ibn Ahmad vafotidan keyin (907 y.) hokimiyat uning avlodlari qoʻliga oʻtdi: Ahmad ibn Ismoil (907—914 yillar), Nasr ibn Ahmad (914—943 yillar), Nuh ibn Nasr (943-954 yillar), Abdulmalik ibn Nuh (954—961 yillar), Mansur ibn Abdulmalik (961—976 yillar), Nuh ibn Mansur (976—997 yillar), Mansur ibn Nuh (997—999 yillar), Abdulmalik ibn Mansur (999—1000-yillar). Shundan keyin mamlakatdagi hokimiyat qoraxoniylar sulolasining qoʻliga oʻtib, Somoniylar hokimiyati tugatildi. Sulolaning oxirgi vakili Ismoil alMuntasir (1000—1005-yillar) qoraxoniylar sulolasiga qarshi kurash olib borib, S. hokimiyatini tiklashga urindi, lekin natija boʻlmadi va oxiri oʻzi ham oʻldirildi. Shu bilan S. sulolasi tarix sahnasidan butunlay ketdi.
Maʼmuriy boshqaruv tizimi. Somoniylar sulolasining hokimiyatdagi vakillari amir deb atalgan boʻlib, ularga dargoh (saroy axli) va devonlar (harbiy boshqarmalar) boʻysungan. Vazir mansabiga, asosan, Jayhoniylar, Balʼamiylar va Utbiylar aslzoda oilalarining vakillari tayinlanar edi. Jayhoniy va Balʼamiy ulardan eng mashhur vazirlardir. Somoniylarda vazir devonidan tashqari 10 devon boʻlib, ular uchun Buxorodagi Registon maydonida maxsus katta bino qurilgan edi. Somoniylarning boshqaruv tizimi, asosan, mahalliy dehqonlar, aslzodalar va din arboblaridan tashkil topgan boʻlib, har bir amaldor arab va fors tillarini mukammal bilishi, shuningdek, diniy va dunyoviy fanlardan xabardor boʻlishi shart edi. Bunday odamlarni ahl alqalam (qalam axli) deb atashgan. Saroy harbiy qoʻmondonlari hojib, Xuroson lashkarboshisi esa sipoxsolor deb atalgan boʻlib, boshqaruv ishlariga katta taʼsir oʻtkazib kelishgan. Somoniylarning soliklardan kelib tushadigan yillik daromadi 45 mln. dirhamni tashkil qilgan boʻlsa, bu mablagʻdan 20 mln.ga yaqini boshqaruv tizimida xizmat qilayotgan amaldorlar va qoʻshin ehtiyojlariga sarflangan. Xizmat uchun ish xaqi hammaga har 90 kunda, yaʼni bir yilda 4 marta muntazam ravishda berib turilgan.
10-asr boshida Somoniylar hukmronligi ostidagi mulklar quyidagi viloyatlardan tashkil topgan: Buxoro, Samarqand, Ustrushona, Fargʻona, Shosh, Isfijob, Xorazm, Kesh, Nasaf, Chagʻoniyon, Xuttalon, Badaxshon, Balx, Tohariston, Guzganon, Gʻarchiston, Marv, Hirot, Gʻur, Nishopur va Goʻrgon. Viloyatlarda boshqaruv gʻokimlar qoʻlida boʻlib, ular amir tomonidan tayinlangan. Bu mansabga koʻpincha mahalliy yer egalari va viloyat hokimlari xonadoni vakillari tayinlanar edi. Shaharlarning boshqaruvi raislar qoʻlida boʻlib, ular hokimlar tomonidan tayinlangan. Mas, S. hukmronligi davrida Tohariston shaharlarida banichuriylar sulolasi, Xurosonda simjuriylar sulolasi, Guzganonda farigʻuniylar sulolasi, Xorazm va Isfijobda mahalliy turkiy sulolalar, shuningdek, Chagʻoniyon, Gʻazna, Sijiston, Gʻur va Gʻarchistonda mahalliy sulolalar hukm surgan.
Somoniylarning saroy maʼmuriyati ichidagi amaldorlarning bir qismini forelar, qolgan qismini mahalliy turkiylar tashkil etgan. Viloyatlarda ham xuddi shunday ahvol kuzatilgan. Harbiy va mudofaa ishlari toʻla turkiylarning qoʻlida boʻlgan. 10-asr ga kelib Isfijob, Taroz va boshqa shaharlarning turkiy aholisi koʻplab islom dinini qabul qilganliklari tufayli S.ning boshqaruv tizimida ularning salmogʻi oshib ketgan. Xususan, Alptegin, Sabuktegin, Alp Arslon, Alitegin, Simjuriy, Bektuzun, Qorategin, Ayach, Altuntosh, Banichur, Tosh singari mashqur tarixiy shaxslar va ularning avlodlari shular jumlasidandir. Shuningdek, turli viloyatlar va shaharlarni Inaj, IlMangu, Sabukra, Boyqaro, Alxunmish, Boytuz, Tuztosh, Kunbosh, Suboshitegin, Kamtegin, Fayozbek, Xumorbek, Xumortosh, Oytugʻdibek, Bilgategin, Fategin, Shukrtegin, Aytugʻmish va boshqa gʻukmdorlar boshqargan.
Hokimiyat Somoniylar qoʻlidan ketib, qoraxoniylar qoʻliga oʻtgandan keyin ularning deyarli barchasi ikkilanmay yangi hukmdorlar xizmatiga oʻtishgan. Shuning uchun Bugʻroxon 992 yilda Isfijobdan yurish qilib, Samarqand va Buxoroni egallaganda, unga hech kim qarshilik koʻ)|satmagan. Chunki mahalliy aholi, shu jumladan, amaldorlar ham, ularga Movarounnahrning arablargacha boʻlgan asl egalari sifatida va endi islom dinini qabul qilib, oʻz yerlariga qaytib kelgan hukmdorlar deb qaraganlar.
Shunday qilib, Somoniylar boshqaruv tizimi aniq va mukammal ravishda tuzilgan boʻlib, oʻzida davlatchilikning oʻsha davrda eng ilgʻor anʼanalarini mujassamlashtirgan. Lekin qonunchilik nuqtai nazaridan S. hukmronligini teng huquqli mustaqil davlat sifatida qarash haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Chunki u davrda, yaʼni 9— 10-asrlarda, Abbosiylar xalifaligida markaziy hokimiyat zaiflashib, viloyatlardagi mahalliy hokimiyat kuchaygani va deyarli mustaqil ichki siyosat olib borgani bilan, barcha mahalliy sulolalar, shu jumladan, Somoniylar ham, rasman boʻlsada, Bagʻdod xalifalariga boʻysungan edilar. Ular faqat maʼmuriy boshqaruvda va xoʻjalik ishlarini yuritishda xalifalar tomonidan berilgan keng huquklar va oʻzini oʻzi boshqarish vakolatlariga ega boʻlganlar. Shariat nuqtai nazaridan gʻam, xalqaro huquq nuqtai nazaridan ham, Xuroson va Movarounnahr maʼmuriy jihatdan Abbosiylar xalifaligining ajralmas qismi, Somoniylar esa xalifalarning shu viloyatlardagi hokimiyatni boshqarish uchun tayinlangan voliylari hisoblangan. Demak, Somoniylarning hukmronligi davlatchilik sifatida emas, balki Abbosiylar xalifaligining tarkibida Bagʻdoddan tayinlangan va nisbatan mustaqil ichki siyosat olib borgan mahalliy hukmdorlar sulolasining hokimiyati sifatida baholanishi mumkin.
Madaniyati. Somoniylar boshqaruvtizimining tashkil topishi siyosiy barqarorlik va iqtisodiy koʻtarilish, madaniy hayotning ravnaqiga imkon berdi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv va Nishopur kabi shaharlar ilmiy va madaniy markaz sifatida taraqqiy qila boshlaydi. Forsiydariyda nazm, nasr va ilmiy asarlar yozila boshlandi. 9—10-asr larda, ayniqsa, Buxoro sh. madaniy jihatdan yuksaladi. Poytaxtda amir saroyida turli sohalarga oid qoʻlyozma kitoblar saqlanadigan kattagina kutubxona barpo etiladi.
Movarounnahrda meʼmorlik va sanʼat yangi taraqqiyot bosqichiga oʻtdi. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Oʻzgan va Marv kabi shaharlarda koʻplab saroy, masjid, Madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, tim va karvonsaroylar qurildi.
Xalifalik Turkistonni Xuroson viloyatining tarkibiga kiritib, u yerga tayinlangan hokim orqali o’lkani boshqarib turdi. Ammo unga goh Turkistonda, goh Xurosonning o’zida ko’tarilgan qo’zg’olonlarga qarshi kurashishga to’g’ri keldi. Hatto ba’zan Xurosonning o’zi mustaqilligini tiklagan vaqtlari ham bo’ldi. Biroq xalifalik o’z hukmronligini tiklashga muvaffaq bo’lgan edi. Umuman aytganda oddiy xalqning ham, yuqori tabaqa vakillarining orasida ham xalifalik hukmronligia qarshi kuchlar mavjud edi. Natijada qonli to’qnashuvlar sodir bo’lgan xalifalik Xuroson viloyatining hokimi orqali Turkistondan har yili katta hajmda mablag’ olib turgan. Masalan, Samarqand – 326 ming dirham, Farg’ona – 280 ming dirham, Toshkent – 607 ming dirham, Usrushana – 50 ming dirhamni soliq tarzda xalifa saroyiga yuborib turgan. Bunday hajmdagi to’lovlar o’z davri uchun salmoqli mablag’ hisoblangan. Xalifalik tomonidan mustaqillik va ozodlikni barbod etilishi, zulm va adolatsizlik nafaqat mehnatkash ommani, balki mahalliy yuqori tabaqaning ilg’or vakillarini ham kurashga otlantirgan edi. Bunday kishilardan tashkil topgan Somoniylar sulolasining faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Bu sulolaning asoschisi Somon qishlog’i boshlig’i Somonxudot hisoblanib, Xuroson hokimi Ma’munning hurmatiga sazovor bo’lgan. Hatto, hokim uning nevaralarini Turkiston viloyatlariga rahbar etib tayinladi. Xususan, Nux – Samarqandni, Ahmad – Farg’onani, Yax’yo – Toshkent va Usrushaning hokimi bo’ldi. Dastavval ular xalifalikning xizmatini sidqidillik bilan ado etib katta ishonch qozondilar. Uchta aka-ukalar bamaslahat o’lkani boshqardilar. Ularning tepasida Ahmad Somoniy turgan edi. Bu vaqtga kelib, xalifarlik ancha zaiflashib ketganligi tufayli Ahmad Somoniy o’lka mustaqilligini tiklash choralarini amalga oshirib bordi. Bu siyosatni uning Farg’onada tug’ilgan o’g’li Nasr yanada kuchaytirdi. 874 yilda u ukasi Ismoilni Buxoroga hokim etib tayinlandi. Bu hokim 893 yilda akasi Nasrning vafotidan keyin butun Movarounnahrni o’z qo’liga birlashtirib mustaillik siyosatini yurgizadi. Bundan g’azablangan xalifa Mu’tazid (892-902) Ismoil Somoniyga qarshi qo’shin jo’natadi. 900 yilda bo’lgan jangda Ismoil Somoniy dushman qo’shinini tor-mor etib, Xurosonni ham egallab, mustaqillikni tiklaydi. Bunda xalqning qo’llab-quvvatlashi va qatnashishini muhim o’rinni egalladi. VIII asrning ikkinchi yarmida mamlakatning mudofaasiga katta ahamiyat berilgan edi. Xususan Buxoro vohasi “Kampirak” nomli uzundan uzun va bahaybat devor bilan o’rab olindi. “Bu devor Konimex rayonida Qoratog’dan boshlanib, Zarafshon daryosining o’ng betide Konimex, Qiziltepa, G’ijduvon, Shofirkon rayonlarining shimolidagi cho’l chegarasini o’rab olgan. So’ngra hozir qum bosib qolgan joylardan o’tib, Buxoro viloyatining qadimgi obod yerlarini g’arb va janub tomondan o’raydi. So’ngra Qiziltepa rayoniga chiqib, Zarafshonning chap tomoni bilan ketib, Karmana bilan Qiziltepa oralig’ida daryo labida tugaydi. Devorning uzunligi taxminan 350 kilometrga yaqin bo’lib kengligi ba’zi yerlarda 2 metrdan oshiqroq saqlangan. Devo ham g’isht va paxsadan qurilgan bo’lib, bir qancha joylarda darvozalari bo’lgan. Tekshirishlarga qaraganda, bu devor haqiqatan ham VIII asrning ikkinchi yarmida obod, suvli yerlarni o’rab olgan. Obod yerlarning maydoni o’sha vaqtlarda hozirgina nisbatan bir muncha keng bo’lgan. Chunki Buxoro viloyatining hozirgi sug’oriladigan yerlari bilan “Kampirak” devor chegarasi o’tgan oraliqdagi yerlar cho’lga aylangan katta maydonni tashkil qiladi. Bu yerlarda xarob bo’lib qolgan ko’hna qishloq izlari, uy joy qoldiqlari va ro’zg’or buyumlarining siniqlari juda ko’p”.
Bu nihoyatda katta va uzun devor Ismoil Somoniy vaqtida ta’mirlanishni talab etgan. Bu haqda unga gapirilganda: “Meni o’zim Buxoro devoriman”, – deb javob bergan. Bu bilan Ismoil Somoniy o’zining kuch-qudratini anglatib, devorsiz ham Buxoroni saqlashini bayon etgan. Haqiqatan ham u aql-idrokli, mard va jasoratli davlat arbobi bo’lgan edi. Shuning uchun u mamlakat mustaqilligini tiklashda hal qiluvchi o’rinni egalladi. Ismoil Somoniy 907 yilda vafot etgan. Uning davrida mamlakatda taraqqiyot ko’zga tashlanib, poytaxt sifatida Buxoro shahrining mavqei juda oshdi. “U, – deydi Narshaxiy, – yigirma yil Xuroson amiri bo’ldi. Hukmronlik muddati o’ttiz yil edi. Xudoyi taolo uni rahmat qilsin, negaki uni davrida Buxoro poytaxt bo’ldi, Somoniylar sulolasidan chiqqan hamma amirlar Buxoroda turadigan bo’ldilar. Undan oldin Xuroson amirlarining hech biri Buxoroda turgan emas. U Buxoroda turishni o’zi uchun muborak deb hisoblar, uning ko’ngli Buxorodan boshqa hech bir yerda orom topmas va u qayerda bo’lmasin: “bizning shahar, ya’ni Buxoro, ana bunda, – ana shunday der edi”. Xullas Ismoil Somoniy Movarounnahr va Eronni o’z ichiga olgan mustaqil va qudratli davlatni tashkil etib, arab xalifaligining hukmronligini tugatdi.
Somoniylar mamlakatni boshqarishda dastavval ixcham boshqaruv ma'muriyatini tashkil etdilar. U amir dargohi va devonlar (vazirliklar)dan iborat edi. Dargohda amir qarorgohi va harami hamda saroy a'yonlari, navkar va xizmatkorlarning turarjoylari bo'lgan. Narshaxiyning yozishicha, somoniylar boshqaruvi asosan 10 ta devon orqali idora etilib, ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblangan. Nasr II davrida Buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, mahkama mana shu maxsus binoga joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari arab, fors tillarini puxta egallab olgan, Qur'onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan xabardor bo'lgan savodli kishilardan tanlab olingan. Ismoil Somoniy saroyning maxsus, muntazam sarbozlaridan iborat yaxshi qurollangan harbiy qo'shin tuzadi. Yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar hojib lavozimiga ko'tarilgan. Hojiblarning boshlig'i hojib ul-hujob yoki hojibi ul-buzruk deb yuritilgan. Bunday unvon somoniylar saroyidagi oliy unvon hisoblangan.
Somoniylar davrida turkiy hokimlar bir qator viloyatlarni boshqargan, 10-asr Fargʻona shaharlarida chiqarilgan tangalarda ko’plab turkiy hokimlar tilga olingan.
Bo'ri-tegin yoki Bo'ri - somoniylarning Turkiy zobiti boʻlib, 974/975—977 yillarda Gʻazna hokimi boʻlib xizmat qilgan. Somoniylarning yana bir sarkardasi, asli turkiy boʻlgan Sebuktegin Boʻri-teginni quvib chiqardi va 977-yilda Somoniylar amiri Nuh II tomonidan hokim etib tayinlandi..
Somoniylar sarkardasi Simjur ad-Davatiy asli turkiy edi. U Ahmad ibn Ismoil qo‘l ostida xizmat qila boshladi va Sharqiy va markaziy Eronning turli hokimliklariga tayinlandi va Somoniylarning mintaqada o‘z hokimiyatini kengaytirishga yordam berdi. Uning avlodlari Simjuridlar sulolasi nomi bilan mashhur. Uning oʻgʻli Ibrohim ibn Simdjur 944/945 yilda Xurosonga hokim etib tayinlanadi. Ibrohim vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Abul-Hasan Simjuriy Xurosonga hokim etib tayinlanadi va qariyb o‘ttiz yil davomida bu lavozimda ishladi. Nuh I hokimiyatga kelishi bilan Muhammad Buxorodan oʻzi uchun kattaroq muxtoriyat olishga muvaffaq boʻldi

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:




  1. Narshaxiy Buxoro tarixi.

  2. Kochnev B Buxoro X XI asrlarda

  3. Karayev O Qoraxoniylar tarixi

  4. Shamsiddin Kamoliddinovich O’rta Osiyoda ilk mahaliy hukmdorlar sulolasi

  5. Jabborov I O’zbek xalqi etnografiyasi

  6. Azizxo’jayev L Davlatchilik va ma’daniyat

  7. Sagdullayev A O’zbekiston tarixi

Download 27.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling