So’nggi qo’ng’iroq


Download 15.35 Kb.
Sana15.06.2022
Hajmi15.35 Kb.
#757166
Bog'liq
Yusufbek 25-may ssenariy
2 5194950939525517096, azamatga, o`qituvchilar va bshq, 7-dars, uy ishi python, lekciya 13, fizik talimda yangi pedagogik texnologiya, Tasviriy sanʼat, 2 5215637503477814260, 2 5215637503477814260, 2, KURS ISHI 1, KURS ISHI 1, 17,09,2021 йил баҳолаш мезони

Sirdaryo tumanidagi 11-umumiy o’rta ta’lim maktabining 25-may “So’nggi qo’ng’iroq” tadbiri
SSENARIYSI

Shahrizoda : Assalom, ey ahli donishlar salom

Mehri ummon qalbi quyoshlar salom


Qo’llar ko’ksimizda dermiz xush kalom


Aziz ustozlarim Salom assalom


Samandar : Ey olloh nazari tushgan ustozlar

E’tiqod bulog’i toshgan ustozlar


Dillarda ehtirom tillarda kalom


Deymiz biz sizlarga, Salom assalom


Shahrizoda: Samandar, nazarimda hayajonlanyotganga o’xshaybsan, tinchlikmi, avvallari bunday bo’lmasdi?
Samandar: Ha, sezib qoldingiz! Boyagina sahna ortidagi aka-opalarimning ko’zidagi shijoat, quvonch va hayajonlarini ko’rgandim. Bu esa menga biroz ta’sir qildi.
Shahrizoda: To’g’ri, axir ular ana shunday katta shiddat va shijoat bilan bugun katta hayot ostonasiga qadam bosishadi.
Samandar: Unday bo’lsa, bugungi So’nggi qo’ng’iroq tantanamizning sababchilari bo’lmish 11-sinf bitiruvchilarini kutib olamiz. Marxamat!
( MUSIQA SADOLARI OSTIDA BITIRUVCHILAR KIRIB KELISHADI )
Shahrizoda: Manzilga eltmaydi, mayda qadamlar,
Mayda orzularga bermayli qanot.
Mayda gap-so’zlarni qo’ying odamlar
Toki maydalashib ketmasini hayot
Samandar: Mayda dardlardan ham asrangil yurak
Katta she’riyatni sol dilistonga.
Katta maqsad, katta qadamlar kerak,
Katta yo’lga chiqqan O’ZBEKISTONGA!
Shahrizoda: Biz O’zbekiston deb atalmish jannatmakon yurt farzandi ekanligimizdan faxrlanamiz. Tantanali onlarimizda yangraydigan madhiyamiz bizning g’urur va iftixorimizdir.


MADHIYA IJRO ETILADI
Samandar: Ezgu - orzularla ko`nglingni sof tut
Qayerda bo`lsang ham yaxshilarni kut

Ustozga ta’zim qil, g`amlarni unut


Yo`lingda muallim- ustoz uchrasa


Shahrizoda: Bugungi so’nggi qo’ng’iroq tantanasini ochib berish uchun so’z navbatini maktabimiz direktori, ustozimiz
E. A. Sattarovga beramiz. Marhamat ustoz.
Davomi bor…
Download 15.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling