Sonli va harfli ifodalar


Download 20.25 Kb.
bet1/3
Sana28.09.2023
Hajmi20.25 Kb.
#1689334
  1   2   3
Bog'liq
dars ishlanma MOM



Mavzu : “Sonli va harfli ifodalar”
Dars taqsimoti :

1 Tashkiliy qism 5 daqiqa
2. O`tgan mavzuni so`rash 5 daqiqa
3. O`tgan mavzuni mustahkamlash 5 daqiqa
4. Yangi mavzu bayoni 20 daqiqa
5. Yangi mavzuni mustahkamlash 6 daqiqa
6. Darsning yakuni.Uyga vazifa berish va baholash 4 daqiqa
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu: “Sonli va harfli ifodalar”
Soatlar soni: 1 soat
Mavzuni qisqacha ta’rifi: O’tilgan mavzuni mustahkamlash, sonli va harfli ifodalar mavzusi yuzasidan tushuncha berish
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod: Guruhlash metodi
Shakl: jamoa va kichik guruhlar bilan ishlash
Jihoz: darslik, doska va bo’r, tarqatma materiallar
Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish
Baholash: o’quvchilar 5 ballik reyting tizimi asosida baholanadi.
Darsning maqsadlari
Ta’limiy: Sonli va harfli ifodalar mavzusida yangi bilimlarni egallash, sonli va harfli ifodalarda misollar bilan mustahkamlash
Tarbiyaviy: mavzuni tushuntirish va mustahkamlash jarayonida o’quvchilarning hozirjavoblik, zukkolik, topqirlik fazilatlarini tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: matematik topshiriqlarni bajarish orqali o’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish
Kutilayotgan natija
O’qituvchidan:
Mavzuning barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishish, o’quvchilarning harfli va sonli ifodalar haqidagi misol va masalalarni yechishni o’zlashtirishga darsga o’quvchilarning faol qatnashishiga erishish
O’quvchilardan:
Chiroyli, to’g’ri, xatosiz yozishga o’rganadi. Turli mashqlar yordamida sonli va harfli ifodalarni o’rganish malakalari takomillashadi
Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi Bajariladigan ish mazmuni Metod Vaqt
1 – bosqich
Tashkiliy qism Salomlashish.O`quvchilarni darsga tayyorlab olish. Navbatchi hisoboti. She’rlar va maqollar aytish.
Savol – javob , suhbat , ko`rgazmalilik .
3 daqiqa
2 – bosqich
O`tgan mavzuni so`rash O`tilgan mavzu: ,,Natural sonlarni ayirish va uning xossalari“ mavzusini so`rash va nazorat qilish. Daftarlarni almashtirish. O`quvchilarni 4 guruhga bo`lish .
Savol – javob , suhbat .
5 daqiqa
3 – bosqich
O`tilgan mavzuni mustahkamlash . O`tilgan mavzuni ,, Qarmoq “ , ,,Pochtachi “ o`yinlari orqali mustahkamlash . Didaktik o`yin , musobaqa .
5 daqiqa
4 – bosqich
Yangi mavzu bayoni Yangi mavzu: “Sonli va harfli ifodalar”. Mavzu yuzasidan tushuntirish;
Darslikda 1-6-misol va masalalarni tushuntirish va
Guruhlar bilan birgalikda bajarish
Tushuntirish, ko`rgazmalilik , musobaqa, o`yin .
20 daqiqa
5 – bosqich
Yangi mavzuni mustahkamlash
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun metod va texnologiyalardan foydalanish
“Zinama-zina” didaktik o`yini
7 daqiqa
6 – bosqich
Dars yakuni Uyga vazifa 7-8- misol va masalalar. Uy ishini tushuntirish. Guruh ishini, darsga faol qatnashgan o`quvchilar bilimini baholash.
Tushuntirish , nazorat
5 daqiqa

Download 20.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling