Sopol buyumlardan tashkil topgan natyumort rasmini ishlash


Download 0.68 Mb.
Sana08.09.2022
Hajmi0.68 Mb.
#802376
Bog'liq
31-maktab tasviriy san\'at 6-sinf
Электроэнергия, ab42602afa4f8d799baf13d6ce972e2d, ab42602afa4f8d799baf13d6ce972e2d, Tadbir rejasi 1 — копия, мустакил иш сиртки, 3-Mustaqil psixologiya(Sh.Mansurov), 4-Mustaqil psixologiya(Sh.Mansurov), informatika testlar, R4ILNKxtfIupZqUEEvbg6OJYJI7dAznl6T4rUsMh, zTczpVMoA1buqM9gOjNBzvAPTtPYeqGbAis42nLi, Документ Microsoft Office Word, tilshunoslikka-kirish-fanining-maqsad-va-vazifalari, Презентация1, aptis maktuba

QASHQADARYO VILOYATI SHAHRISABZ TUMANIDAGI 31-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABINING TASVIRIY SAN’AT VA CHIZMACHILIK FANI O’QITUVCHISI JURAYEVA ZULAYXONING
6-SINF TASVIRIY SAN’AT FANIDAN “SOPOL BUYUMLARDAN TASHKIL TOPGAN NATYUMORT RASMINI ISHLASH” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
DARS
ISHLANMASI

Mavzu: “SOPOL BUYUMLARDAN TASHKIL TOPGAN NATYUMORT RASMINI ISHLASH”


Darsning maqsadi
Ta‘limiy maqsad: O’quvchilarning qalam, mo’yqalam, bo’yoqlar bilan ishlash malakalarini o’stirish,ularning badiiy fikr doirasini kengaytirish, natyumort janrida ijod qiluvchi ayrim rassomlarning hayoti bilan yaqindan tanishtirish, natyumort janrida yaratilgan suratlar mazmunini idrok qilishga o’rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda amaliy san’at turlaridan kulolchilik san’atiga mehr uyg’otish, kulolchilik buyumlaridagi o’ziga xos nafosatni ko’ra bilishni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchimaqsad: O’quvchilarda kuzatuvchanlik, idrok, diqqat, xotirani o’stirish, o’quvchilarda amaliy san’atga nisbatan qiziqish uyg’otish.

Kompetensiya


Ijtimoiy guruhlar bilan ishlash kompetensiyasi;
O’quvchilarni guruhlarga bo’lib mustaqil ishlash.
Axborot texnologiyalaridan faoydalanish kompetensiyasi:
Dars turi:Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi:Tushuntirish, suxbat, amaliy mustaqil ishlar bajarish, guruhlar bilan ishlash.
Darsda jihozi: Sopol buyumlar rasmi, o‘quv qurollari.
Ta‘limiy
Tarbiyaviy
Rivojlantiruvchimaqsad

I. Tashkiliy qism

  • Salomlashish.
  • b) Davomatni aniqlash.

    s) O’quvchilarni darsga tayyorlash.

    Hikmatli so’z

    Bilim ol , hunar tanla!

Uyga vazifani guruhlar bilan ishlash orqali savol-javob o’tkazish.

Savol – javob o‘tkazish. Topshiriqlarni tekshirish. O’tgan mavzu yuzasidan savollar:


Kamoliddin Behzod guruhi
Mirzo Bobur guruhi
Alisher Navoiy guruhi
    • Kamoliddin Behzod guruhiga savollar

1. O’.Tansiqboyev dastlabki saboqni qayerda olgan?
2. M. Nabiyev qachon va qayerda tavallud topgan.
    • Alisher Navoiy guruhiga savollar

1. O’ Tansiqboyevning mashhur asari qanday nomlanadi?
2. M. Nabiyevning eng mashhur tarixiy portret asari qanday nomlanadi.

1. A. Abdullayevning ilk asari qanday nomlangan?
2. K. Bryullov qayerda tug’ilgan.

Yangi mavzu bayoni “SOPOL BUYUMLARDAN TASHKIL TOPGAN NATYUMORT RASMINI ISHLASH”

Qadrli o’quvchilar, siz avvalgi darslarimizda dastgohli rang tasvir va san’atning bu turida asarlar yaratgan O’zbekiston hamda jahonning mashhur rassomlarining hayoti va ijodi bilan tanishdingiz. Ularning asarlarini badiiy idrok etib, tahlil qildingiz. Asarlar qaysi janrlarda ishlanganiga qaramay, ularning barchasida rassom g’oyasi, fikri,maqsadi va dunyoqarashi ifodalanishini bilib oldingiz.Rassom obrazlar, voqealar, narsalar, ranglar yordamida o’z g’oyasini yoritib bera olishini o’rgandingiz. Sujet (fransuzcha-buyum, narsa, harakat) degan ma’noni anglatadi. Tasviriy san’atda-tasvirlangan buyum yoki voqea tushuniladi. Tasviriy san’atning portret, natyumort, manzara va boshqa janrlaridagi asarlardan sujetli kartinaning mazmunini, g’oyasini hayotiyligini o’qish mumkin. Sujetli kartinalar bir necha turlarda bo’linadi.

Sujetli kartinalar bir necha turlarda yaratiladi


1. Tarixiy mazmunda yaratilgan kartinalar sujetida tarixiy voqea va hodisalar aks etadi.
3. Mifologik mazmunda yaratilgan kartinalar sujetida afsonaviy obraz va voqealar aks etadi.
2. Maishiy mazmunda yaratilgan kartinalar sujetida kundalik hayot, turmush, mehnat aks etadi.

Darsimizni mustaqil amaliy ish bilan mustahkamlaymiz:

  • Kamoliddin Behzod guruhiga mevalardan tuzilgan natyumort rasmini ishlash.
  • Alisher Navoiy guruhiga geometrik shakllardan natyumort rasmini ishlash.
  • Mirzo Bobur guruhiga sopol idishlardan natyumort rasmini ishlash.

IJODIY ISHLARDAN NAMUNALAR

Uyga vazifa . O’quvchilar xohishiga qarab sopol buyumlardan tashkil topgan natyumort rasmlar ishlab kelish.


Baholash!
Dars yakunida o’quvchilar va guruh faolligiga epchilligiga va chizgan rasmlariga rag’batlantiriladi va
baholaniladi.
HADIS
Hayotin o’tkazsa o’rganib saboq, ustoz ham,shogird ham hech bo’lmas no’noq!
HADIS
Ilm ol –hunar tanla!
Ilmli ming yashar, ilmsiz bir.
Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling