Sotish va sotib olish bilan shug‘ullanadigan har bir kishi uchun qulay hisoblash usuli


Download 25.9 Kb.
Sana26.04.2022
Hajmi25.9 Kb.
#655430
Bog'liq
29.03.2022 Maktablarga savollar
Ega-WPS Office, GkaqL3WnuJjUt0ZYtrxYOo6Ahl4iUaUNDegwzBZe, GkaqL3WnuJjUt0ZYtrxYOo6Ahl4iUaUNDegwzBZe, GkaqL3WnuJjUt0ZYtrxYOo6Ahl4iUaUNDegwzBZe, GkaqL3WnuJjUt0ZYtrxYOo6Ahl4iUaUNDegwzBZe, GkaqL3WnuJjUt0ZYtrxYOo6Ahl4iUaUNDegwzBZe, GkaqL3WnuJjUt0ZYtrxYOo6Ahl4iUaUNDegwzBZe, Reading Task 1, TEXNOLOGIYA OCHIQ DARS XALQ HUNARMANDCHILIGI, Оз бетинше жумыс темалары (1), LTrS ARwoaycvrZKrGU Nw, tokirliq, озбек тили, Modul test savollar&javoblar
    Bu sahifa navigatsiya:
  • Savol



2-tur

1. 1682-yilda “Sotish va sotib olish bilan shug‘ullanadigan har bir kishi uchun qulay hisoblash usuli” nomli kitob chiqqan. Bu kitobning zamonaviy o‘xshashini biz, odatda, maktablar uchun mo‘ljallangan daftarlarda ko‘ramiz.


Savol: Ushbu kitobning zamonaviy o‘xshashini yozib bering.
Javob: Ko‘paytiruv jadvali.

2. 18-asr o‘rtalarida Italiyalik shifokor va olim Vinchenso Mengini o‘z gipotezasini tekshirish uchun quyidagi jarayonlarni amalga oshirgan: qonni quritgan, uni kukunga aylantirgan va magnitdan foydalangan.


Savol: Siz menga ushbu gipoteza mazmunini yozib bering.
Javob: Qonda temir moddasi mavjudligi.
Izoh: Boloniyalik vrach shu yo‘l bilan qonda temir borligini isbotladi.

3. Bilasizki, eskimoslar Grenlandiya, Kanada, Alyaska va Chukotka kabi sovuq hududlarda yashovchi xalq hisoblanadi. Eskimoslarning fikricha, Uning suyuq, yengil, og‘ir, mo‘rt, yaltiroq va boshqa 200 dan ortiq turlari bor ekan.


Savol: Gap nima haqida ketayotganligini 1ta qisqa so‘z bilan yozib bering.
Javob: Qor.

4. Qirolicha Viktoriya boshqaruvi davrida Angliyada ULARni osib o‘ldirish hukmi omma oldida amalga oshirilgan. Bu hukm bajarilishini ko‘rish uchun ko‘plab odamlar to‘plangan. Ammo hukmni omma oldida amalga oshirish ULAR uchun mo‘maygina foyda keltirgan.


Savol: Ular deb kimlarni nazarda tutilgan?
Javob: Cho‘ntakkesarlar / Kissavurlar.
Izoh: To‘plangan aholi kissavurlarning o‘lim hukmini tomosha qilib, hamyoni haqida unutadi. Bu vaziyat esa kissavurlar uchun ayni muddao.

5. Ingliz tilida shunday ibora bor: “Har bir itning o‘z kuni bor” (every dog has its day).


Savol: Ushbu ibora ma’nosiga mos keluvchi o‘zbekcha iborani yozib bering.
Javob: Bizning ko‘chada ham bayram bo‘ladi.

6. Chexiyalik sayohatchi va yozuvchi Irji Ganzelka o‘z kitobida xotirlab yozishicha, 1940-yillarda Shimoliy Afrikaga sayohat qilganida qiziq holatga duch kelgan ekan. Bir shaharchada yurganida qorong‘u tushayotgan paytda sirena ovozi eshitilgan. Ko‘chalar tezda bo‘shab qolgan va ozgina vaqtdan keyin hamma joyda idish-tovoq ovozlari eshitilgan ekan.


Savol: Yuqoridagi voqea sababini yozib bering.
Javob: Ramazon / Ro‘za / Iftorlik.
Izoh: Bilasizki, musulmonlar ramazon oyida ro‘za tutishadi. Bu shaharchada iftorlik paytini bildirish uchun sirena chalingan. Hamma uyiga shoshgan, iftorlikka tayyorgarlik vaqtida hamma uydan idish-tovoq ovozi eshitilgan ekan.
7. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim insonlarda bu hodisa kuzatilmas ekan. Ispan maqoliga ko‘ra, kimda dushman bor bo‘lsa, bu hodisa ro‘y bermas ekan.
Savol: Qanday hodisa haqida gap ketmoqda?
Javob: Tush, tush ko‘rish.
Izoh: Dushmani bor odamda qo‘rquv kuchli bo‘lib, uxlashga xalaqit qilar ekan.

8. Bir romanda chiroyli U safda turgan askarlarga, xunugi esa mast odamga o‘xshatilgan. Uni o‘rganuvchi fan grafologiya deb nomlanadi.


Savol: U nima ekanligini yozib bering.
Javob: Yozuv.
Izoh: Agar yozuvingiz chiroyli bo‘lsa, safda turgan askarlar kabi tekis, xunuk bo‘lsa, mast odamning yurishiga o‘xshab notekis bo‘lar ekan. Yozuvlarni grafologiya fani o‘rganadi.

9. O‘rta asrlarda Yaponiyada baliqlar juda ko‘p miqdorda tutilgan. Lekin transport tizimi hali yaxshi rivojlanmagan edi. Shuning uchun Yapon dengizi qirg‘oqlarida baliqni qayta ishlash uchun kerak bo‘lgan Uni tayyorlovchi ko‘plab joylar bo‘lgan.


Savol: U nima?
Javob: Tuz.
Izoh: Baliqlarni bozorga olib borishga ko‘p vaqt talab qilingan, shuning uchun baliqlarni tuzlashgan.

10. O‘rta asrlarda Koreyada uy qurilganda o‘choq uyning bir burchagida, o‘choqning tutun mo‘risi esa uyning boshqa burchagida joylashtirila boshlangan. Shu sababli bu davrda koreyslar turmushidan ushbu buyum deyarli yo‘q bo‘lib ketgan.


Savol: Qanday buyum?
Javob: Krovat.
Izoh: O‘choq bilan mo‘ri o‘rtasida quvur poldan o‘tkazilgan. Issiq pol qurila boshlagach, krovatga ehtiyoj qolmagan.
11. Dengizchilarning qadimgi topishmogʻiga quloq tuting: oyogʻida tursa yuguradi, boshida tursa yuguradi, devorda ilinib tursa yuguradi, ushlab tursang ham yuguradi, ammo yotqizib qo‘ysa harakat qilmaydi.
Savol: Topishmoqning javobini yozib bering.
Javob: Qum soat.
12. 19-asr oxirlarida AQShdagi ko‘plab tramvay kompaniyalari katta quvvatga ega elektrostansiyalarga egalik qilishgan edi. Kechqurun soat 7 dan so‘ng yo‘lovchilar soni keskin kamayganligi sababli, tramvay kompaniyalari Ularni ko‘payishiga katta hissa qo‘shishgan.
Savol: ularning eng mashhurlari kimning sharafiga nomlangan?
Javob: Uolt Disney, Disneylend.
Izoh: Gap o‘yin-kulgi bog‘lari haqida ketmoqda. Tramvay kompaniyalari elektrostansiyada ishlab chiqilgan elektrdan samarali foydalanib, foyda olish uchun ko‘plab o‘yin-kulgi bog‘larini tashkil qilganl
Download 25.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling