Sovet ittifoqi kommunistik partiyasi


Download 104.88 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.06.2020
Hajmi104.88 Kb.
#113139
Bog'liq
Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi - Vikipediya


Sovet Ittifoqi

Kommunistik

Partiyasi

Sovet ittifoqi kommunistik partiyasi

(KPSS) — 1898-1991 yillarda Rossiya,

RSFSR, SSSRda faoliyat koʻrsatgan

siyosiy partiya. 1898 yil martdan —

RSDRP, 1917 yil apreldan — RSDRP(b),

1918 yil martdan — RKP(b), 1925 yil

dekabrdan VKP(b), 1952 yil oktabrdan —

KPSS. Dastlab sotsialdemokratik



ishchilar partiyasi sifatida tashkil topdi.

1903 yil iyul—avgustda boʻlgan

partiyaning 2sʼyezdida u bolsheviklar va

mensheviklarta ajraldi. Bolsheviklarga

Vladimir Lenin, mensheviklarga L. Martov

va Georgiy Plexanov yetakchilik qilgan.

1917 yilgi Oktyabr toʻntarishi natijasida

bolsheviklar Rossiyada hokimiyat

tepasiga keldi va avval Vladimir Lenin,

keyinchalik (1920 yillardan) Iosif Stalin

boshchiligida davlat totalitar rejimining

tayanchi boʻlib qoldi. KPSS aʼzolari soni

1917 yil taxminan 40.000 kishini tashkil

etgan boʻlsa, 80 yillarning oʻrtalarida 19

mln. kishigacha yetdi. Partiyaning

8sʼyezdida (1919) qabul qilingan dastur

kapitalizmdan sotsializmga oʻtish


prinsiplarini umumiy tarzda eʼlon qildi.

1920 yillar boshiga kelib bolshevik

rahbarlar mamlakatdagi boshqa barcha

siyosiy partiyalar faoliyatini man qildi.

Kommunistik partiya markazda ham,

joylarda ham hokimiyatning barcha

dastaklarini oʻz qoʻliga olgan yagona

siyosiy partiya boʻlib qoldi. 1922 yildan

partiya MK bosh kotibi lavozimini egallab

kelgan Iosif Stalin guruxi partiyaning

Trotskiy va Zinovyev, Buharin va Rikov

singari boshqa rahbarlari ustidan keskin

kurashlarda gʻalaba qozonishi (20-

yillarning oxiri — 30-yillarning boshi)

oqibatida bir partiyalik tizim

mustahkamlandi. Ommaviy qirgʻinlar

kuchayib, ularga KPSS rahnamolik qildi.


20sʼyezd (1956)da Nikita Xrushchyov

boshliq partiya rahbarligining bir qismi

Stalin shaxsiga sigʻinishni, nohaq

qatagʻonlar va rahbarlikning avtoritar

usullarini fosh qilib chikdi. KPSS ning 22

sʼyezdida (1961) qabul qilintan

partiyaning yangi dasturida SSSR da

sotsializm "toʻla va uzilkesil" gʻalaba

qozonganligidan kelib chiqib, mamlakat

"kommunizm kurilishi avj oldirilgan"

davrga kirganligi eʼlon qilindi. Ammo

keyingi voqealar bu dasturdagi asosiy

qoidalar xomxayolligini koʻrsatdi. 60-

yillarning oxiridan boshlab partiya va u

boshchilik qilayotgan siyosiy tizim

turgʻunlikbosqichiga kirdi, partiya

raxbarligida Leonid Brejnev


boshchiligidagi konservativ kuchlar

ustunlik qildi; mamlakatning iqtisodiy

rivojlanish surʼatlari keskin pasaydi. SSSR

Konstitutsiyasi (1977) KPSSning sovet

jamiyatining raxbar va yoʻnaltiruvchi kuchi

sifatidagi mavqeini huquqiy jihatdan

mustahkamlab koʻydi. 1985 yildan Mixail

Gorbachov boshchiligidagi partiyaning

oliy rahbarligi sovet jamiyatini qayta

qurish va demokratiyalashtirishgaurindi.

KPSSning 27sʼyezdi (1986) "!gngi

tahrir"dagi dasturni qabul qildi. Unda

"kommunizm kurilishi" toʻgʻrisidagi qoida

"sotsializmni takomillashtirish"

toʻgʻrisidagi tezis bilan almashtiriddi.

28sʼyezd (1990) keskin bahslardan soʻng

1986 y.gi dasturni amalda bekorqilgan va


KPSSning astasekin "demokratok

sotsializm" pozitsiyalariga oʻtishini eʼlon

qilgan partiya "platformasi"ni tasdikladi.

Bu paytga kelib KPSS ichida birbiriga

qarshi turgan bir qancha oqimlar paydo

boʻldi. KPSS va sovet jamiyatidagi

tanazzul tobora kuchaydi. 1991 yil

Rossiya Federatsiyasining Prezidenti

Boris Yeltsin farmoni bilan KPSS faoliyati

Rossiya hududida tuxtatildi va

partiyaning tashkiliy tuzilmalari tarqatib

yuborildi. 1992 yil va undan keyingi yillar

Rossiyada bir kancha kommunistax

partiyalar va tashkilotlar tuzildi. Ularning

eng yirigi Rossiya Federatsiyasi

Kommunistik partiyasi (KPRF)

hisoblanadi.


KPSS rahbarligi davrida butun jamiyat,

aslida, "kommunist — komsomol —

pioner — oktyabryat" zanjiriga

birlashtirilgan edi. Erkin fikr man qilindi,

kommunistik gʻoyani qabul qilmaganlar

tazyiq va taʼqibga uchradi, dushman

sifatida yoʻqotib borildi. KPSS siyosati

natijasida mamlakatda xalqdan ajralib

qolgan, ishi bilan soʻzi mos kelmaydigan,

faqat oʻz manfaatini oʻylaydigan,

jamiyatda boshqalardan koʻra yaxshiroq

yashaydigan oʻziga xos siyosiy qatlam

vujudga keldi. KPSS baynalmilal

siyosatga amal qilish bahonasida oʻz

gʻoyasi va taʼsirini jahonga tarqatishga,

xalqaro kommunistik harakatni

kuchaytirishga urindi. Shu asosda Ikkinchi


jahon urushidan keyin Sharqiy Yevropa

davlatlari, keyinroq Osiyo va Afrikadagi

ayrim mamlakatlarga, Kubaga

markschalenincha gʻoya tiqishtirildi.

Natijada dunyoda mafkuraviy-siyosiy

qaramaqarshiliklar kuchaydi.

Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi

(OʻzKP) KPSSning tarkibiy qismi boʻlgan

edi. 1918 yil Turkiston kom partiyasi,

Buxoro kompartiyasi va 1920 y. Xorazm

kompartiyasi tuzilgan. Bu partiya

tashkilotlari asosida OʻzKP oʻzining 1925

yil 6—12 fevralda Buxoroda boʻlgan

1sʼyezdida tashkiliy jihatdan

rasmiylashgan. Oʻsha paytda tarkibida

8350 nafar partiya aʼzosi bor edi. 1988 yil



boshlarida Oʻzbekiston kommunistlari

640.677 kishi boʻlgan. Oʻzbek xalqi

tarixida 20-asrda yuz bergan koʻplab

fojiali sahifalar kommunistik partiya

faoliyati bilan bogʻliqsir. Bu partiyaning

mutlaqhukmronligi butun ittifoqda

boʻlgani kabi Oʻzbekistonning ijtimoiy-

siyosiy hayotiga ham salbiy taʼsir

koʻrsatdi. Oʻzbekiston partiya tashkiloti

respublika manfaatlarini hisobga

olmasdan (koʻpincha bu manfaatlarga zid

keladigan) Moskvada ishlab chiqilgan

qarorlarni bajarib keldi.

Maʼmuriybuyruqbozlik usullari bilan ish

olib borgan partiya qoʻmitalari joylardagi

har qanday mustaqil fikr va

tashabbuslarni boʻgʻar, demokratik


asoslarni yoʻqqa chiqarardi. Markaz

VKP(b) MK Oʻrta Osiyo byurosi orqali

Oʻzbekistondagi vaziyatni boshqarib

turgan. Keyinchalik respublikalarni

boshkarish uchun "ikkinchi kotib" tartiboti

shakllantirildi. Oʻzbekiston KP MK va

viloyatlarning partiya qoʻmitalarida

2kotiblar qoʻlida amalda butun qokimiyat

toʻplangan. Hukmron kompartiya rejimiga

qarshi chiqqan barcha kishilar, oʻzbek

xalqining va oʻz yurtining manfaatlarini

himoya qilganlar qatagʻonga uchradi

(qarang Repressiya). Oʻzbekiston

mustaqillikka erishgach, mohiyat

eʼtiboriga koʻra oʻzbek xalqining milliy

tabiati va kadriyatlariga zid boʻlgan,



chetdan zoʻravonlik bilan joriy etilgan

kommunistik partiya faoliyati tuxtatildi.

Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob

[Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi

davrida], T., 2000; Turkestan v nachale

20veka: k istorii istokov natsionalnoy



nezavisimosti, T., 2000.

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Adabiyot

Download 104.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling