Sovitish tizimi Dvigatelning ish sikli davomida gazlarning
Download 86.5 Kb.
|
Sovutish tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sovitish tizimi- dvigatel detallari haroratini ma’lum miqdorda ushlab turish uchun xizmat qiladi
- 1 m mol/kg gacha bolsa,- bu suv- yumshoq
Sovitish tizimi Dvigatelning ish sikli davomida gazlarning o‘rtacha harorati 780— 880°C ni tashkil etadi. Gaz issiqligining bir qismi dvigatel detallari (silindrlar, silindrlar kallagi, porshenlar, klapanlar va boshqalar) ga uzatiladi, shuning uchun ularning harorati ortib ketadi. Bu detallar yetarlicha sovitilmasa, u holda quyidagi sabablarga ko‘ra dvigatelning normal ishlashi buzilishi mumkin: l)- moyning moylash xossasi yomonlashadi buning natijasida ishqalanishga bo'lgan isrof ortadi, detallar yeyilishi va moy sarfi ko'payadi; 2)- ish aralashmasining ertaroq alanga olishi sodir bo'ladi va u detonatsiya bilan yonadi (karbyuratorli dvigatellarda); 3)- qo‘zg‘aluvchan birikma- lardagi tirqishlar kichrayadi va harakatlanadigan detallarning qadalib ishlashi paydo bo'ladi. Sovitish tizimi- dvigatel detallari haroratini ma’lum miqdorda ushlab turish uchun xizmat qiladi. Dvigatel detallaridan issiqlik atmosferaga olib ketiladi. Bu issiqlik energiyasining majburiy isrofi bo‘ladi. Dvigatel juda sovitilib yuborilganda: - foydali issiqlik yo‘qotiladi, -yoqilg‘i yomon bug'lanadi, - qiyin alangalanadi, -sekin yonadi buning natijasida dvigatelning quvvati pasayadi. Bundan tashqari yoqilg‘i zarralari silindr devorlarida kondensatsiyalanib ulardan moyni yuvib ketadi - karterga sizib tushib uni suyultiradi. Bu- dvigatelning moylanishini yomonlashtiradi. Dizel dvigatelining haddan tashqari sovitib yuborilishi : -porshenlar gruppasi detallari va klapanlarda smolasimon modda paydo bo'lishiga, -porshen halqalarida kokslanish yuz berishiga, - karbyuratorli dvigatellarda esa yoqilg'i yonishida hosil bo'ladigan kislota bug'lari kondensatsiyasi tufayli korrozion yeyilishga sabab bo'ladi. Dvigatellarda ikki xil sovitish usuli qo'llaniladi: suyuqlik suv va havo bilan sovitiladi, undan esa havoga beriladi, ikkinchi holda issiqlik silindr devorlaridan bevosita havoga uzatiladi. Sovitish suyuqligi sifatida suv ishlatiladi, qish vaqtida esa u antifriz bilan almashtiriladi. Agar suvdagi tuzlar miqdori 1 m mol/kg gacha bo'lsa,- bu suv- yumshoq, 2,5 mmol/kg bo‘lsa, o'rtacha -qattiq, 5 mmol/kg bo‘lsa,- qattiq suv deyiladi. 0‘rtacha qattiq va qattiq suvlarni yumshatmasdan ishlatish mumkin emas, chunki dvigatel ishlashi jarayonida suv qamrab olgan detallarning devorlarida tuzlar o'tirib qoladi, -bu esa devorlarning issiqlik uzatishini kamaytiradi va suvning aylanishini yomonlashtiradi. Natijada dvigatel qiziydi, quvvat kamayadi, detallarning yeyilishi jadallashadi. Suvni yumshatishning eng oddiy usuli - suv 30—40 daqiqa davomida qaynatiladi, tindiriladi va material orqali filtrlanadi. Sovitish sistemasidan ish tugagandan so‘ng suvni to‘kkan paytda uni bir idishga yig‘ib qo'yish zarur, uni tindirib va filtrlah keyinchalik ishlatsa bo'ladi. Download 86.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling