Sport asbob-anjomida osilish deb shunday holatga aytiladiki, bunda sizning yelkangiz ushlash nuqtasidan pastda bo‘ladi


Download 12.87 Kb.
Sana31.01.2020
Hajmi12.87 Kb.

Sport asbob-anjomida osilish deb shunday holatga aytiladiki, bunda sizning yelkangiz ushlash nuqtasidan pastda bo‘ladi.

Sport asbob-anjomiga gavdangizning biror qismi bilan, masalan, qo‘llar bilan osilsangiz — oddiy osilish hisoblanadi. Gavdangizning boshqa bir qismi bilan sport asbob-anjomi yoki polga tayangan holda

osilsangiz — aralash osilgan bo‘lasiz. Bu mashqlarning qo‘l va yelka kamari mushaklari rivojlanishiga, shuningdek, orqa, qorin va ko‘krak hamda oyoq mushaklariga ta’siri nisbatan kam, ammo umumiy mushaklarning

chiniqishiga nafi kattadir.

Osilishlardan to‘g‘ri foydalansangiz qomatingizning to‘g‘ri shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Osilish mashqlari ko‘proq sport asbob-anjomlarida bajariladi, shunday ekan siz mashq bajarayotganingizda, ularning balandligini, kengligi va boshqa jihatlarini hisobga olishingiz kerak. Bu esa sizlarda

o‘zgaruvchan sharoitlarda shug‘ullanganda o‘zingizni idora qila olish ko‘nikma va malakalari hosil bo‘lishiga yordam beradi. Osilish mashqlari ham gimnastikaga xos bo‘lgan aniqlikda bajarilishi bilan boshqa harakat turlaridan farqlanadi, mashqlarni bajarayotganingizda bunga alohida e’tibor bering. Siz qiyin, ya’ni mushaklarga, paylarga, nafas olish a’zolaringizga salbiy ta’sir 48ko‘rsatadigan mashqlarni bajarayotganingizda ehtiyot bo‘ling.

Osilish mashqlarini bajarayotganingizda qo‘llaringiz holati muhim rol o‘ynaydi. Chunki osilish mashqlari nafas olish uchun qiyin vaziyat vujudga keltirib, nafas olishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun siz mashq bajarayotganingizda o‘zingizni nafas olishdan to‘xtamaslikka, tekis va chuqur nafas olishga o‘rgatishingiz lozim.

Osilish mashqlarini yakka holda, guruh bo‘lib bajarishingiz mumkin. Har ikkala holda ham siz sport asbob-anjomiga to‘g‘-ri yondashishga, mashqlarni mas’uliyat bilan bajarishga, mashqni to‘g‘ri boshlab, to‘g‘ri



tugatishga, mashqni bajarib bo‘lgach, to‘g‘ri sakrab tushishga, noqulay holatda o‘zini o‘nglab olishga va sport asbob-anjomidan o‘rgatilgandek uzoqlashishga odatlanishingiz kerak. Osilish mashqlari quyidagi sport asbobanjomlarida: yakkacho‘pda, bruslarda, gimnastik narvonda, gimnastik o‘rindiqda, turnikda, arqonda, halqalarda bajariladi. Ko‘p

mashqlarni bajarishda gimnastik to‘shaklar kerak bo‘ladi.
Download 12.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling