Sportchilarning asab tizimi kasalliklari,sportchilar asab tizimining xususiyatlari, tayanch-harakat tizimi kasalliklari
Download 38.87 Kb.
|
15 Sportchilarda tayanch harakat apparati jarohatlari va kasalliklari tasnifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sportchi jarohat etiopatogenezining yuzaga kelish sabablari
- Sportda jarohatni yuzaga kelish mexanizmi
- Anatomik-topografik o`zgarishlar.
- Anatomik – struktur o`zgarishlari.
Sportchilarning asab tizimi kasalliklari,sportchilar asab tizimining xususiyatlari, tayanch-harakat tizimi kasalliklari. Sportchilarda tayanch harakat apparati jarohatlari va kasalliklari tasnifi.Maxsus travmatologik adabiyotlarda barcha jarohatlovchi omillar fizik, kimyoviy, biologik va aralash turlarga bo`linadi. Sportda ko`pgina jarohatlar jismoniy (mexanik va harorat) omillar ta`sirida yuzaga kelishi va ularning orasida aynan mexanik jarohatlar (ya`ni, lat eyish, kapsula-bog’lam apparati jarohatlari, yaralanish va b.) ko`p uchrashi sababli quyida faqat shu omillar ko`rib chiqiladi. Tayanch harakat apparati jarohatlanishini ishlab chiqilgan tasnifi asosini etiopatogenetik va morfofunktsional tamoyillar tashkil etadi. O`z navbatida, tayanch harakat apparati jarohatlarini morfologik belgilari anatomik – topografik va anatomik – struktur o`zgarishlarni o`z ichiga oladi. Sportchi jarohat etiopatogenezining yuzaga kelish sabablari: Bevosita: tashkiliy sabablar (murabbiyning nazariy va amaliy tayyorlanganlik darajasi, musobaqalar jadvali, hakamlar saviyasi, mashq qilish jarayonini qoniqarsiz moddiy-texnik ta`minoti, sanitariya-gigiena va iqlim sharoitlari); uslubiy sabablar (guruhlarni tuzish, chigil yozar mashqlarini bajarmaslik, izchillik tamoyilini buzilishi, jismoniy yuklamalarni jadallashtirish, davolashni kuzatishdagi kamchiliklar). Bilvosita, sportchini individual xususiyatlariga bog’liq sabablar: texnik-taktik tayyorlanganlik darajasining pastligi; sust jismoniy tayyorgarlik; ma`naviy-irodaviy tayyorgarlikni etarli darajada bo`lmasligi, ruhiyemotsional noturg’unlik; sportchi sog’ligidagi muammolar (tayanch harakat apparatining yashirin va yaqqol kasalliklari); – intizom buzilishi; – boshqa sabablar. Sportda jarohatni yuzaga kelish mexanizmi: Jarohatlanayotgan to`qimani fiziologik mustahkamligidan oshib ketuvchi yoki undan oshmaydigan jarohatlovchi ta`sirotni nisbiy kattaligi (kuchi). Jarohatni takrorlanish chastotasi: bir vaqtda yuzaga keluvchi jarohat; takroriy jarohat; surunkali takrorlanuvchi jarohat. Kuch ta`sir qiladigan joy: bevosita mexanizm (zarba, yiqilish, urilib ketish); bilvosita mexanizm (koordinatsiyalanmagan bukilish, rostlanish, yiqilish, o`tirib-turish, buralish); kombinatsiyalashgan mexanizm. Anatomik-topografik o`zgarishlar. Sportchi gavdasini alohida qismlari (bosh, bo`yin, qo`llar, tana, oyoqlar) da jarohatlarni joylanishi (lokolizatsiya). ular o`z vaqtida tayanch harakat apparatini alohida bo`g’inlari (bilak-tirsak, elka bo`g’imi, elka-tirsak bo`g’imi, bilak-kaft bo`g’imi, qo`l kafti, ko`krak qafasi, qorin, bel sohasi, tos kamari, tos-son bo`g’imi, son, tizza bo`g’imi, boldir, tovon-boldir bo`g’imi, tovon) larga bo`linadi. Sportchilarda tayanch harakat apparati jarohatlari va kasalliklari tasnifi. hammasi bo`lib 20 ta pozitsiya. Jarohatlarni kichik tizimlar sohasida joylashuvi: teri qoplami (teri osti yog’ qatlami, fastsiyalar, teri osti shilliq qavatlari); harakat a`zolari (mushaklar va paylar, bo`g’imlar, markaziy va periferik asab tizimlari); tayanch a`zolari (suyaklar, suyakusti pardasi). Anatomik – struktur o`zgarishlari. Jarohat xususiyati: tayanch harakat apparati mikrotravmalari (kichik jarohatlar, kuchli zo`riqish); tayanch harakat apparati makrojarohatlari (yaralanish, lat eyish, qontalashlar, mushaklar va paylar uzilishi, bo`g’imlarning shikastlanishi, sinishlar, chiqishlar va h.k.). Patologik jarayonining tarqalganlik darajasi: yakka jarohat; birgalikda sodir bo`lgan jarohatlar; – kombinatsiyalashgan murakkab jarohatlar. Travmatik jarohat kasallik bosqichi: – o`tkir; – o`tkir osti; – surunkali. jarohat kasalligi davri: – kompensatsiya; – sustkompensatsiya; – dekompensatsiya. Download 38.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling