Sportchilarning oqilona ovqatlanishi


Download 28.47 Kb.
bet1/2
Sana09.01.2022
Hajmi28.47 Kb.
#260919
  1   2
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MASHG`ULOTLARI DAVRIDA OVQATLANISH GIGIENIYASI AYRIM SPORT TURLARI BILAN SHUG`ULLANISH


JISMONIY TARBIYA VA SPORT MASHG`ULOTLARI DAVRIDA OVQATLANISH GIGIENIYASI AYRIM SPORT TURLARI BILAN SHUG`ULLANISH


Reja:

  1. Sportchilarning oqilona ovqatlanishi


  2. Sportchi ovqatlanishining maqsadga muvofiqligini aniqlash

Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar sportchi vujudi ovqatlanish jarayonlarining bir qator o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, katta sportda yuqori natijalarga erishish uchun muntazam shug‘ullanish va musobaqalar davomida sportchi vujudiga tushadigan kuchli yuklamalar moddalar va energiya almashinuvining dastlabki va muhim bosqichlariga katta e'tibor berish kerakligini taqozo qiladi. Bu borada yig‘ilgan ma'lumotlar tahlili sportchi ovqatlanishida quyidagi asosiy beshta qoidaga amal qilish zarurligini ko‘rsatadi:

  1. Sportchi vujudining tegishli quvvat bilan ta'minlanishi u sarflagan umumiy quvvatga mos kelishi.

  2. Ovqatlanishda oziq moddalar, suv, vitaminlar va mineral moddalar umumiy miqdorining va bir-biriga nisbatini sport turi, bajariladigan jismoniy zo‘riqish tezligi, davomiyligi va ko‘lamiga qarab belgilash.

  3. Musobaqaga tayyorlanish, musobaqa davri va musobaqadan keyingi davrlar aynan o‘ziga xos holda ovqatlanishni (oziq moddalarining muvozanatlantirish miqdori, tartibini) talab qiladi.

  4. Mushak massasi va kuchini oshirib borishda unga mos keladigan kunlik ovqatni belgilab olish.

  5. Muvofiq ovqatlanishni belgilashda sportchi vujudining fiziologik, biokimyoviy xususiyatlari, milliy an'analar hamda iqlim sharoitlarini hisobga olish.

Bajariladigan har qanday jismoniy ish uning hajmi, tezligi va ko‘lamiga ko‘ra tegishli miqdorda oziq moddalar talab qiladi. Vujudning bunday ovqatga bo‘lgan umumiy ehtiyoji yana uning jinsi, ob-havo sharoitlari, asab-ruhiy kechinmalariga qarab ham turlicha bo‘ladi. Ovqat bilan ehtiyojni qoplash uchun qabul qilinadigan quvvat esa asosiy oziq moddalaridan qancha va qanday holda iste'mol qilinishiga bog‘liq. Iste'mol qilinadigan taomlar tarkibida bu moddalar turli xil nisbatda masalan, go‘shtli ovqatlarda oqsil, yog‘li ovqatlarda lipidlar, xamir, o‘simlik mahsulotlaridan tayyorlangan ovqatlarda esa uglevodlar ko‘p bo‘ladi. Kunlik ovqatning umumiy energetik qiymati esa uning tarkibidagi oqsil, yog‘, uglevodlar miqdori bilan aniqlanadi. Bu moddalar ichida uglevodlar asosiy quvvat manbai hisoblanib, sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanilganida dastavval aynan ular ishga tushadi. Yog‘ va oqsillar bu borada ikkinchi va uchinchi darajalidir, ularning quvvat hosil bo‘lishi uchun sarflanishi ko‘pincha favqulodda holat tug‘ilganidagina sodir bo‘ladi.

Bulardan tashqari, jismoniy faoliyat uchun quvvat bermasada, me'yoriy fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning borishi uchun vitaminlar hamda mineral moddalar ham kerak. Bu moddalarga bo‘lgan talab doim bir xil bo‘lmasdan bajariladigan ishning xususiyatlariga qarab o‘zgarib turadi. Shunday ekan, turli sport turlari bilan shug‘ullanishda iste'mol qilinadigan ovqatning hajmi, tarkibida ular bilan qabul qilingan quvvat miqdorini bilish muhim amaliy va nazariy ahamiyatga ega masaladir. 35-37-jadvallarda har xil sport turlari bilan shug‘ullanganda iste'mol qilinadigan me'yoriy ovqatning energetik qiymati va ba'zi vitaminlarga talab miqdori keltirilgan:

37-jadval


Download 28.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling