Сс-50 Акрамова Зилола Вариант-11


Download 20.81 Kb.
Sana11.06.2020
Hajmi20.81 Kb.
#117249
Bog'liq
Fuqarolik y.n


СС-50 Акрамова Зилола

Вариант-11

  1. Мамлакатимизда иктисодий, ижтимоий, сиёсий барқарорлигининг маънавий-маърифий негизлари.

  2. Фуқаролик позицияси тушунчаси ва уни шакллантирадиган асосий омиллар

  3. Демократик ислоҳотларни чуқурлаштириш ва мамлакатни модернизация қилишда сиёсий партияларнинг ролини янада кучайтириш

Javoblar:

1.Mustaqillik yillarida mamlakatimizda jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy asoslarini mustahkamlash, milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini hayotga joriy etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik va mas’uliyat hissini oshirish, yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga yo‘naltirilgan targ‘ibot tizimi shakllandi.

Albatta, mamlakatimizning barqarorlashuvi ma'naviy,ma'rifiy sohalarga borib taqaladi. Shu sababli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining mazmun-mundarijasini tubdan yaxshilash, ularning ko‘lami va miqyosini kengaytirish, tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan soha xodimlarining bilim va malakasini izchil oshirib borish, tuman (shahar) darajasidagi xodimlar mehnatiga haq to‘lashning barqaror tizimini yo‘lga qo‘yish, sohada faoliyat olib borayotgan muassasa va tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish va ularning samarasini oshirish va bundan tashqari yoshlarga oid bo’lgan mavzular ya'ni yoshlarni bog'cha,maktab chog'idan bilimini oshirish,kitoblarga bo'lgan qiziqishini ooshirish,yoshlar bo’sh vaqtlarini behuda sarflamay,balki unumli foydalanishlari uchun zamonaviy kitobxonalar sonini ko'paytirish,maktablarda bepul kitobxonlik va boshqa foydali to'garaklar tashkil etish.

Bugungi kunda Biz yoshlar uchun muhtaram Prezidentimiz va davlatimiz tomonidan juda ko'p imkoniyatlar va sharoitlar yaratilgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”deganlaridek Biz yoshlar bu imkoniyatlarni qo'ldan boy bermay,bizga bo'lgan ishonchni oqlashimiz kerak.

2. “Pozitsiya” so‘zi muayyan masala yuzasidan shaxsiy fikr­ga ega bo‘lishni anglatadi. Demak, fuqarolik pozitsiyasi — bu insonning jamiyat hayoti yuzasidan anglangan fikri, o‘zini jamiyatning bir qismi deb tushunishi hamda unda faol ishtirok etishi va bunda o‘zining shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarini uy­g‘unlashtirishidir.Fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda oila, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari, mahalla kabi ijti­moiy subektlar ishtirok etadi.Va bu tushuncha jamiyatda juda katta ahamiyatga ega.Chunki,jamiyat fuqarolar pozitsiyasi ya'ni ularning jamiyatdagi faolligi asosida barpo etiladi. Ana shu faollikni keltirib chiqaruvchi omillarni biz bilishimiz muhim ahamiyatga egadir. Fuqaroviy faollikni ijtimoiy-siyosiy va mehnat faoliyatiga ijodiy yondashuv sifatida baholash mumkin. Aynan insonning fuqaroviy faolligi shaxsning to‘laqonli rivojlanishiga, undagi imkoniyatlarning to‘liq namoyon bo‘lishiga xizmat qiladi. Fuqarolik pozitsiyasi hamda fuqaroviy faollikka ega bo‘lish jamiyatda ro‘y berayotgan barcha voqea-hodisalarni, ularning oqibatlari va mavjud muammolarning yechimini chuqur anglashni talab etadi.Ijtimoiy faollik tushunchasi fuqarolik jamiyati tushunchasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu yerda jamiyatning davlat faoliyatidan xoli holda jamoaviy tashabbuslar bilan rivojlanishi nazarda tutilada. Bu partiyalarga a’zolikni nazarda tutuvchi siyosiy faollik, nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish, turli ijtimoiy tashabbuslar va ijtimoiy harakatlarni anglatadi. SHu ma’noda jamiyat uchun foydali bo‘lgan turli dasturlar va jamoat birlashmalarida ishtirok etish ham fuqaroviy faollikka kiradi. Ko‘pincha fuqaroviy faollik yoshlarda kuzatiladi. Albatta fuqaroviy faollikka ta’sir ko‘rsatuvchi omil faqat yosh bilan chegaralanmaydi. Bilim darajasi, dunyoqarash, tarbiya va hatto yashash manzili ham bunga ta’sir ko‘rsatadi. fuqaroviy faollikning o‘zi bir necha jihatlar bilan ajralib turadi;



  • Faol fuqaro guruhiga mansub kishilar asosan siyosiy va iqtisodiy tizim to‘g‘risida bilim olishga tayyor bo‘lgan kishilardan iborat;

  • Faol fuqarolarda o‘z haq-huquqlarini faol amalga oshirish uchun bilim va qobiliyat mavjud;

  • Faol fuqarolarda ana shu bilimlarni joriy qilish uchun ko‘nikmalar mavjud bo‘ladi;

3. Mamlakatimiz oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qoʻygan hozirgi vaqtda barcha soha va tarmoqlarda chuqur demokratik oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Harakatlar strategiyasi asosida jamiyatimizda koʻppartiyaviylik, siyosiy plyuralizm, fikrlar rang-barangligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirishga alohida eʼtibor berilmoqda.

Bugungi kunda yurtimizda beshta siyosiy partiya – “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va Ekologik partiya faoliyat koʻrsatmoqda. Ularning oʻz gʻoya va dasturlarini amalga oshirishi, saylovlarda tenglik, ochiqlik va xolislik tamoyillari asosida faol ishtirok etib, parlament, mahalliy vakillik organlarida oʻz fraksiyalari va partiyaviy guruhlarini shakllantirishi hamda mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishi uchun barcha qonuniy asoslar yaratilgan. Yangi qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi bu borada yanada keng imkoniyatlar yaratishi bilan ahamiyatlidir. Milliy qonunchiligimizda boʻlajak saylovlarda deputatlikka nomzodlar faqat siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilishi qatʼiy belgilab qoʻyilgani har bir partiyaga katta huquq va imkoniyat berishi bilan birga yuksak masʼuliyat ham yuklaydi. yurtimizda hozirgi kunda siyosiy partiyalar fraksiyalari faoliyatini tartibga soluvchi mustahkam normativ-huquqiy asoslar shakllantirilgan. Xususan, bu masalalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (60-modda), «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida», «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunlar, «Jamoat birlashmalari to‘g‘risida», «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida», «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida» va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.



Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning roli va ahamiyati yanada oshishida muhim omil bo‘lib xizmat qildi.

Shu bilan bir qatorda hozirgi paytda mamlakatimiz aholisining siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy ong darajasining o‘sib borishi, jamiyatni demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishi, yurtimizda ko‘ppartiyaviylik tizimining tobora mustahkamlanishi siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini yanada kuchaytirish uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirmoqda.

Xulosa qilib aytganda, keyingi yillarda tobora chuqurlashib borayotgan siyosiy va konstitutsiyaviy islohotlar siyosiy partiyalarning davlat hamda jamiyat hayotidagi rolini yanada mustahkamlashga, eng muhimi, joylardagi vakillik organlarida partiya guruhlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirishga xizmat qilmoqda.
Download 20.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling