Ss-81 Shamsiddinova Nodira Maqolada qanday muammo muhokama qilingan?


Download 16.8 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi16.8 Kb.
#1030246
Bog'liq
Document sugurta 2 joriy


SS-81 Shamsiddinova Nodira


  1. Maqolada qanday muammo muhokama qilingan?

Maqolada hayot sug'urtasiga bo'lgan talab kamligi, insonlarning hayot sug'urtasi bo'yicha yetarli ma’lumotga ega emasligi , sug'urta kompaniyalarining xizmatlaridan qoniqish hosil qilmasligi va shunga o'xshash muammolar muhokama qilingan.

  1. Muallif keltirilgan muammoga yechimni qaysi yo'l bilan topgan? 

Moliyaviy investitsiya vositalarini rivojlantirish orqali , sug'urtalanuvchilar hayot sug’urtasida jamg'arishga va soliq imtiyozlaridan foydalanishga moyillik sezmasligini va “ hayot sug'urtasidan qoniqish indeksi” yaratildi va bu orqali insonlarning hayot sug'urtasidan foydalanishga psixologik tomondan undaldi. Aynan shu indeks orqali testdan òtgan aholining hayot sug'urtasiga bo’lgan fikri ijobiy tomonga o'zgaradi.

  1. Maqola orqali muallif qanday natija olgan?

Maqola orqali muallif ijobiy natija olmagan albatta chunki faqat hayot sug’urtasi bo'yicha aholining fikrini bilish uchun test o'tkazganligi va testdagi natijalarni keltirib òtgan. Tabiiyki Ò'zbekiston hududida nafaqat hayot sug’urtasi balki sug'urtaga bo'lgan ishonch aholida juda kam.

  1. Maqola haqida shaxsiy xulosangizni yozing.

O'z fikrimni aytadigan bo'lsam men shu soha bo'yicha tahsil olayotganim uchungina sug’urta qanchalik kerak ekanligini va u bizga faqatgina foyda keltirishini tushundim. Bu yo'nalishda tahsil olmasimdan oldin men ham qolgan aholi singari sug'urta haqida birorta ma’lumotga ega bo'lmaganman va uni kerak emas foydasiz narsa deb qarar edim. Maqolaga qaytadigan bo'lsak eng katta muammo bu yerda aholining ehtiyojlari ortgani sari hayot sug'urtasi bilan qiziqmay qo'yganligi aytilgan. Chunki hech bir inson birlamchi ehtiyojlari turgan bir paytda sug’urta qilish haqida o'ylamaydi. Lekin bilishmaydiki hayot sug'urtasi ham ularning kelajagi uchun jamg'arma ekanligini. Ularning ma'lumotga ega emasligi biz sug'urtalovchilarning aybi, marketingni rivojlanmaganligi ham eng katta tasir ko'rsatuvchi omil hisoblanadi. Sug'urta haqida aholiga ko'proq ma'lumotlar berilsa va shu bilan bir qatorda reklamalar soni ko'paytirilsa asta sekinlik bilan aholiga sug'urta tushunchasi singib boradi va shu orqali biz sug'urta sohasini rivojlanishiga yanada hissa qo'shgan bo'lamiz.
Download 16.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling