Standartlari
BHXS №1 “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish” standartining
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020
2.1. BHXS №1 “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish” standartining mazmuni va qo’llanilishi BHXS (IAS) 1 “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish” standarti umumiy foydalanish uchun mo’ljallangan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish asosini xo’jalik 29 sub’ektining oldingi davrlardagi moliyaviy hisobotlari hamda boshqa xo’jalik sub’ektlarining moliyaviy hisobotlari bilan qiyosiyligini ta’minlash maqsadida belgilaydi. U moliyaviy hisobotlarni taqdim etishga nisbatan umumiy talablarni, ularning tuzilishiga oid ko’rsatmalarni hamda ularning mazmuniga doir minimal talablarni o’rnatadi. Xo’jalik sub’ekti mazkur standartni umumiy foydalanish uchun mo’ljallangan moliyaviy hisobotlarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXSlari) muvofiq tayyorlashda va taqdim etishda qo’llashi lozim. Boshqa MHXSlar muayyan operatsiyalar va boshqa hodisalarni tan olish, baholash va oshkor etish bo’yicha talablarini belgilaydi. Moliyaviy hisobotlar - xo’jalik sub’ektining moliyaviy holati va moliyaviy natijalarining tartibga solingan holda ifodalanishidir. Moliyaviy hisobotlarning maqsadi keng ko’lamdagi foydalanuvchilar uchun iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydali bo’lgan xo’jalik sub’ektining moliyaviy holati, moliyaviy natijalari va pul oqimlari to’g’risidagi ma’lumotlarni ta’minlashdan iboratdir. Moliyaviy hisobotlar rahbariyat tomonidan unga ishonib topshirilgan resurslar boshqarilishining natijalarini ham aks ettiradi. Ushbu maqsadga erishish uchun, moliyaviy hisobotlar xo’jalik sub’ektiga tegishli bo’lgan quyidagi jihatlar to’g’risida ma’lumotlarni ta’minlaydi: (a) aktivlar; (b) majburiyatlar; (v) kapital; (g) daromad va xarajatlar, jumladan foyda va zararlar; (d) mulk egalari tomonidan ularning mulk egalari sifatida amal qilishidagi qilingan qo’yilmalar va ularga taqsimlanadigan summala; va (e) pul oqimlari 5 . Ushbu ma’lumotlar, izohlardagi boshqa ma’lumotlar bilan birga, moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga xo’jalik sub’ektining kelgusi pul oqimlarini va, xususan, ularning muddatini va aniqliligini oldindan taxminan bilishda yordam beradi. Moliyaviy hisobotlarning to’liq to’plami quyidagilarni qamrab oladi: (a) davr oxiridagi moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot; (b) davr uchun foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobot; (v) davr uchun kapitaldagi o’zgarishlar to’g’risidagi hisobot; (g) davr uchun pul oqimlari to’g’risidagi hisobot; (d) izohlar, ya’ni muhim hisob siyosatlarining va boshqa tushuntirish ma’lumotlarining qisqa bayonini qamrab olgan izohlar; (e) oldingi davr boshiga moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot, qachonki xo’jalik sub’ekti hisob siyosatini retrospektiv tarzda qo’llasa, yoki o’zining moliyaviy hisobotlaridagi moddalarni retrospektiv tarzda qayta hisoblashni amalga oshirsa, 5 M.Bonham and others.Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 1. p.162. 30 o’zining moliyaviy hisobotlaridagi moddalarni qayta tasniflasa 6 . Xo’jalik sub’ekti mazkur Standartda foydalanilgan hisobot nomlaridan tashqari nomlardan foydalanishi mumkin. Masalan, xo’jalik sub’ekti “foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobot” o’rniga “umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobot” nomidan foydalanishi mumkin. Moliyaviy hisobotlar xo’jalik sub’ektining moliyaviy holatini, moliyaviy natijalarini va pul oqimlarini haqqoniy tarzda taqdim etishi lozim. Haqqoniy taqdim etish operatsiyalarning, boshqa hodisalarning va sharoitlarning oqibatlarini Download 5.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling