Standartlarini qabul qilish va qo‘llash tartibi


Download 53.69 Kb.
bet1/5
Sana25.05.2022
Hajmi53.69 Kb.
#704343
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Metrologiya va standartlashtirish mustaqil ish
Ma’rifatparvar, 14-Yanvar Bizlar - kichik askarlar bayram ssenariysi, asalarichilik, asalarichilik, asalarichilik, 1.1.httpsshodhganga.inflibnet.ac.inbitstream10603451064chapter 2.pdf, 37-17 маъруза-4, 4, markazdan ochma kompressor, Informatics-Theme11, Informatics-Theme11, 68e4f5116f 1585810696, 68e4f5116f 1585810696, 68e4f5116f 1585810696, IMG 20210123 0002


XALQARO, DAVLATLARARO, MINTAQAVIY STANDARTLARNI VA XORIJIY MAMLAKATLARINING

STANDARTLARINI QABUL QILISH VA QO‘LLASH TARTIBI



Reja:

  1. Umumiy qoidalar.

  2. Xalqaro standartlarni qabul qilish mintaqaviy yoki davlatlararo standartlarni qabul qilish.

  3. Xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish.

4. Standartlarni kelishish va qo‘llash tartibi.
.

















































1. UMUMIY QOIDALAR


Хalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlar va xorijiy mamlakatlar standartlarini (keyingi o‘rinlarda Standartlar deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasida qabul qilish va qo‘llash tartibini belgilaydi.
Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Xalqaro standart — standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot doirasida qabul qilingan standart;
Mintaqaviy yoki davlatlararo standart — standartlashtirish sohasida mintaqaviy tashkilot doirasida qabul qilingan standart;
Xorijiy mamlakatning standarti — xorijiy davlatning standartlashtirish bo‘yicha vakolatli organi tomonidan qabul qilingan standart;
Manfaatdor tomonlar — standartlarni qabul qilish va (yoki) ularni qo‘llashdan manfaatdor bo‘lgan mahsulotlarning (xizmatlarning) tegishli turlarini ishlab chiqaruvchi yoki iste’mol qiluvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar.
Standartlarni qabul qilish uchun quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:

  • O‘zbekiston Respublikasi hukumatining topshiriqlarini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan standartlarni qabul qilish bo‘yicha rejalar, dasturlar va tadbirlar;

  • “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadigan Respublika standartlashtirish yillik dasturi;

  • standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarining ish rejalari;

  • manfaatdor tomonlarning “O‘zstandart” agentligiga buyurtma nomalari (murojaatlari).

Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarining standartlarini qabul qilish ushbu nizomning ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Standartlarni davlat tiliga tarjima qilish manfaatdor taraf tomonidan ta’minlanadi.

Download 53.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling