Standartlashtirish asoslari


Download 164.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana18.11.2023
Hajmi164.48 Kb.
#1785566
  1   2   3
Bog'liq
1-maruza (1)



1 –Mavzu. Kirish. "Standartlashtirish asoslari" fanining iqtisodiyotdagi 
o‘rni ahamiyati.
 
Reja: 
1. 
Standartlashtirishning qisqacha tarixi. 
2. 
Standartlashtirish ishlarini qadim zamonda, o‘rta asrda va XX asr 
boshlaridagi holati. 
3. 
Standart o‘lchamli qurilish materiallarining dastlabki ishlatilishi. 
Standartlashtirishning qisqacha tarixi. 
Standart bu ko‘pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan 
va ma'lum soxalarda eng makbul darajali tartiblashtirishga yunaltirilgan hamda 
faoliyatning har xil turlariga yoki natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror 
qo‘llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiyalar talablar va usullar 
belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan me'yoriy hujjatdir. 
Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan natijalariga 
asoslangan va jamiyat uchun yuqori darajadagi foydaga erishishga yunaltirilgan 
bo‘lishi kerak. 
Standartlar darajasiga qarab, xalqaro, mintakaviy davlatlararo, milliy va 
korxona mikyosida faoliyat kursatadi. 
Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga qo‘yish 
bosqichida yangi mahsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va o‘zlashtirishni 
tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va iste'molchi oralaridagi 
munosabatlarni yaxshilashga yunaltirilgan. 
Standartlashtirish tizimi yangi buyumga o‘z vaqtida yuqori sifatli loyixa - 
konstruktorlik hujjatlar berish, korxonaning yangi mahsulotini berilgan sifat 
ko‘rsatkichlariga asosan tayyorlashni va kerak bo‘lsa mahsulotning ishlab 
chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi. 
Standartlashtirish mahsulot muomalada bo‘lganida va sotish bosqichlarida 
mahsulotni joylashtirish (upakovka) da yaxshi tartib va sharoitlar yaratishga
yuklashga va joylashtirishga, saqlashga, omborlarda mahsulot sifatini buzilmay 
saqlashga, transportda olib yurishda, buyumni tarkatish, sotish tashkilotlariga 
talablar belgilaydi. 
Standartlashtirish iqtisod, texnologiya va fundamental fanlar singari asosiy 
yo‘nalishlarni bir – biriga bog‘lovchi vosita hamdir. 
Ko‘pgina texnika jixatidan ilg‘or mamlakatlarda standartlashtirish 
masalalariga o‘suvchi qiziqish qayd kilinmokda, uning asosi bo‘lgan 
standartlashtirishning nazariyasiga ham katta e'tibor berilmoqda. 
Standartlashtirishni texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarishda eng ratsional 
joriy qilish, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat harajatlarini va moddiy resurslarni 
ta'sirchan vositalaridan biri sifatida kurilmokda. 
Inson Homo habilis (mohir, uquvli inson) darajasidan Nomo sapiens 
(ongli inson) darajasigacha rivojlanishidagi faoliyatlariniig birini endi biz 
standartlashtirish deb ataymiz. Qadimiy odamlar sovuq iqlim sharoitlarida hayot 


uchun kurashishda hayvonlarni ovlashga va yirtqich hayvonlardan saqlanish 
usullarini qidirishga majbur bo‘lganlar. Ovlangan hayvonlar insonlarga oziq-ovqat 
va kiyinish uchun teri bergan. Inson o‘zining amaliy faoliyatida sinab ko‘rgan ovlash 
usul va uslublarini "og‘zaki standartlar" ko‘rinishida avloddan-avlodga uzatib 
kelgan. Bunda oddiy uzatibgina qolmay, balki bu usullarni doimiy takomillashtira 
borgan. Bunday amaliyot inson faoliyatining boshqa doiralarida ham qo‘llanilgan, 
chunki hayot kechirish vositalariga bo‘lgan talab-ehtiyojlar doimiy oshib borgan: 
yog‘ingarchiliklardan va dushmanlardan yashirinish uchun inshoat, terilardan kiyim 
tikish, irg‘itiladigan bolg‘a yoki toshdan yasalgan nayza-bolg‘a tayyorlash zarur 
bo‘lgan. 
Doimiy oshib borayotgan ehtiyojlarni qondirish uchun mehnat va ovlash 
usullarini takrorlash zarur bo‘lgan, bundagi ko‘nikmalarni esa qabila, ururg‘, 
jamoaning yangidan-yangi a'zolari o‘zlashtirishlari va eslab qolish-lari lozim 
bo‘lgan. Tajriba va bilimlarni bu xilda uzatish jarayonida yozuvning yo‘qligiga 
qaramay, mehnat usullarini bir xil izohlash, o‘zaro munosabatlarda yagona qoidalar, 
muomalalarda andazalar, ya'ni standartlar paydo bo‘la boshlagan. 
Shunday qilib, barcha hollarda ham muhim masala yechila borgan: fao-
liyatning eng maqbul, barqaror, samarali shakllarini yaratish lozim bo‘lgan. Bunday 
tarixiy davom etuvchi jarayon qanchalik tartibsiz, tabiiy bo‘lmasin, meros bo‘lib 
o‘tish kuzatilgan. Agar insonlar turli ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘lib, ularni 
ma'lum qoidalarda, belgilarda, simvollarda, ekvivalentlarda va narsalarning 
namunalarida mustahkamlab saqlab qolmaganda edi, navbatdagi avlodlar barcha 
ko‘nikmalarni boshidan boshlashga majbur bo‘lar edi. Standartlashtirish 
insoniyatning erishgan yutuqlarini mustahkamlaydi va saqlaydi, tajriba va 
bilimlarini avloddan-avlodga o‘tishini ta'minlaydi. 
Tarix ongli insonning standartlashtirish sohasidagi faoliyati nati-jalariga oid 
ko‘plab moddiy guvohlarni bizga qoldirgan. 
Standartlashtirish elementlari O‘zbekiston hududidagi me'moriy nodir 
yodgorliklarda keng qo‘llanilgan. Me'morchilikda standart g‘ishtlar bilan bir qatorda 
turli feruza, guldor sopol va koshinkor naqshli plitalar, qizg‘ish-jigar rang bloklar, 
birnechta o‘lcham va rangdagi zangori va yashil yupqa g‘ishtchalardan 
foydalanilgan. Xalq ustalarining mohir qo‘llarida standart elementlar jonlangan va 
insoniyat betakror go‘zal yodgorliklar: Samarqanddagi Go‘r-Amir maqbarasi va 
Bibi-Xonim masjidi, Xivadagi Polvon-Maxmud maqbarasi va Tosh-Tovli saroyi, 
Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasi, Buxorodagi Kalon minorati, Toshkentdagi 
Ko‘koldosh madrasasini ko‘rib, quvonadi. 
O‘lchashlar sohasidagi standartlashtirish insoniyatning misli ko‘rilmagan 
ilmiy-texnikaviy yutug‘i-g‘alabasidir. Inson o‘zining butun rivojlanish tarixida juda 
ko‘p turli-tuman o‘lchov birliklarini yaratdi. O‘rta asrlarda hattoki har bir shahar 
o‘zining o‘lchov birliklariga ega bo‘lgan, yirik yer egasi o‘zining xususiy o‘lchovini 
o‘rnatgan. Natijada XIX va XX asrlar tutashgan davrda yuzlab turli futlar, qirq 
xildan ortiq turli millar, bir yuz yigirmata turli funtlar va h.k, lar qo‘llanilgan. 
O‘zbekistonda qadok, (taxminan 400 g), chaksa (6 kg), pud (16 kg), batmon 
10 pud), dahsar (II pud) og‘irlik o‘lchovlari, ellik (qo‘l barmog‘ining qalinligi - 
taxminan 2 sm), qarich (katta barmoq va ochilgan jimjiloq o‘rtasidagi masofa - 


taxminan 23 sm), chaqirim (bir kilometrdan bir oz kam), tosh (chaqirimning o‘zi) 
uzunlik o‘lchovlari qo‘llanilgan. 

Download 164.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling