Statika grekcha: στατός [ststike] jismlarning ogirligi va muvozanati


Download 100.11 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi100.11 Kb.
#1591185
Bog'liq
Statika - Vikipediya



Statika
Statika (grekcha: στατός [ststike] —
jismlarning ogirligi va muvozanati
haqidagi taʼlimot) — mexanika boʻlimi;
jismlarning ularga qoʻyilgan kuchlar
taʼsirida muvozanatda boʻlish sharti
oʻrganiladi. Qattiq jismlar statikasi,
suyukliklar statikasi (gidrostatika) va
gazlar statikasi (aerostatika) ga boʻlinadi.
Qattiq jismlar Statikasi esa analitik va
geometrik statikaga boʻlinadi. Analitik
statika asosida mumkin boʻlgan


koʻchishlar prinsipi yotadi; bu prinsip
yordamida ixtiyoriy mexanik tizimning
muvozanat shartlari aniklanadi.
Geometrik statika mexanikaning asosiy
qonunlaridan kelib chiquvchi, tajriba
kuzatishlar natijasida aniklangan
quyidagi aksiomalarga asoslanadi:
1. inersiya aksiomasi — jiyemga
qoʻyilgan kuchlar tizimi oʻzaro
muvozanatlashsa, jism tinch
holatda boʻladi yoki toʻgʻri chiziqli
tekis harakat qiladi.
2. muvozanat aksiomasi — erkin
jiyemning istalgan 2 nuqtasiga
miqdorlari teng, yoʻnalishi esa shu
nuqtalardan oʻtuvchi toʻgʻri chiziq


boʻyicha qaramaqarshi tomonga
yoʻnalgan 2 ta kuch taʼsir etsa,
buqday kuchlar oʻzaro
muvozanatlashadi;
3. parallelogramm aksiomasi —
jiyemning biror nuqtasiga qoʻyilgan
turli yoʻnalishdagi 2 kuchning teng
taʼsir etuvchisi miqdor jihatdan shu
kuchlarga qurilgan
parallelogrammning ular qoʻyilgan
nuqtadan oʻtuvchi diagonaliga teng
va shu diagonal boʻyicha yoʻnaladi;
4. taʼsir va aks taʼsir aksiomasi — 2
jiyemning birbiriga har qanday taʼsiri
oʻzaro taʼsirga ega boʻlib, bu taʼsirlar
har doim kattaligi jihatdan teng va


yoʻnalishi jihatdan qaramaqarshidir.
Bu qonunni birinchi boʻlib I. Nyuton
taʼriflagan.
Geometrik Statika uslublaridan
foydalanib qattiq jismlarning muvozanat
holatlari oʻrganiladi. Bunda, asosan,
quyidagi 2 turdagi masalani yechish
koʻriladi:
1. jismga qoʻyilgan kuchlar tizimini
oddiy koʻrinishga keltirish;
2. jism muvozanatda boʻlishi uchun
unga qoʻyiladigan kuchlar tizimi
qanday shartlarni qanoatlantirishini
aniqlash.


Statikaning asosiy tushunchalariga
moddiy nuqta, mutlaq qattiq jism, sanoq
tizimi, erkin jism, kuch, biror nuqtaga yoki
ukda nisbatan kuch momenti, juft kuchlar
kiradi. Kuchlarni va ularning momentlarini
qoʻshish vektorlarni qoʻshish qoidasi
boʻyicha amalga oshiriladi. Berilgan
jismga taʼsir etuvchi barcha kuchlar Gʻ
ning geometrik yigʻindisiga teng boʻlgan R
kattalikka bu kuchlar tizimining bosh
vektori, shu kuchlarning Omarkazga
nisbatan momentlari t0 (Gʻk) ning
geometrik yigʻindisiga teng boʻlgan My
kattalikka esa markazga nisbatan kuchlar
tizimining bosh momenti deyiladi: R q
ʼGʻ^Mq1.ta(Gʻk). Demak, mutlaq qattiq
jismga qoʻyilgan kuchlar tizimi bitta bosh


vektor va bitta bosh momentga keltirilar
ekan. Har qanday kuchlar tizimining
muvozanatda boʻlishi uchun bu kuchlar
tizimining bosh vektori va ixtiyoriy
keltirish markaziga nisbatan bosh
momenti nolga teng boʻlishi zarur va
yetarlidir. Statika masalalarini grafik
uslublardan foydalanib yechish kuchlar
koʻpburchagini va arqonli koʻpburchakni
yasashga asoslangan.
Oʻrozboyev M.T., Nazariy
mexanikaningasosiy kursi, T., 1966;
Shohaydarova P. va boshqa, Nazariy
mexanika, T., 1991; 3 o i rov J., Nazariy
mexanika, T., 1998.
Adabiyot


No iwiki
template.gif
Bu maqolada boshqa til
boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu
maqolaga qoʻshib, loyihaga
yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentabr 2022, 19:12 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
Stub
ikona
Ushbu maqola chaladir. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/
index.php?title=Statika&action=edi
t) Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish
kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Statika&oldid=2858891" 
dan olindi


boʻlsa).

Download 100.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling