Statistik jamlash va guruhlash


Download 78.1 Kb.
Sana03.10.2022
Hajmi78.1 Kb.
#829902
Bog'liq
STATISTIK JAMLASH VA GURUHLASH
10-ma'ruza.Intelektual tizimlar va texnologiyalar, TITLEshohsanam, аудит 2-мавзу 2022й. (1), Navroʻz bayrami qatnashchilari, Ru-WPS Office, my translation, Диний экстремизм ва терроризмга арши кураш Ўзбекистон, 9-Мавзу SOTSIAL STATUS VA ROLLAR, 9-Мавзу SOTSIAL STATUS VA ROLLAR, 5-ТТЖ, rus tilidan mustaqil ish, matematikatPowerPoint, 5-guruh imomaliyev yahyo (2), Tezlatgichlar va ularning tibbiyotda qo’llanilishi, 9 sinf algebra geometriyadan 3 4 cho

STATISTIK JAMLASH VA GURUHLASH

TUZUVCHILAR: ABDURAHIMOV FIRDAVS, RAIMOV AHROR, TOJIBOYEV MIRZIYO

REJA

  • 1. STATISTIK JAMLASH TO’G’RISIDA TUSHUNCHA VA UNING VAZIFALARI
  • 2. STATISTIKADA GURUHLASH USULI VA UNING TURLARI
  • 3. STATISTIKADA JAMLASH VA GURUHLASH AMALGA OSHIRISH TAMOILARI

STATISTIK JAMLASH TO’G’RISIDA TUSHUNCHA VA UNING VAZIFALARI

  • Statistik jamlash (svodkalash) deganda har kuni radio va televizorda beriladigan axboroti tushunmaslik kerak. Axborot ma’lum bir ishning bajarilishi to'g'risidagi operativ ma’lumotdir. Statistik svodkalash deganda to'plangan ma’lumotlarni ilmiy tekshirishdan ko'zlangan maqsad va vazifalar nuqtayi-nazaridan qayta ishlash tushuniladi. Statistik jamlash hisoblash texnologiyasiga qarab oddiy va murakkab, tashkil qilinishiga qarab esa markazlashgan va markazlashmagan jamlashlarga bo'linadi.
  • Statistik jamlash bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi va quyidagi elementlarni o'z ichiga oladi:
  • 1. To'plangan ma’lumotlami qayta ishlash rejasi va dasturi tuziladi.
  • 2. To'plam birliklari o'rganilayotgan belgi bo'yicha guruhlarga ajratiladi.
  • 3. Har bir guruh va umumiy to'plam bo'yicha jamlar chiqariladi.
  • 4. Natijalar statistik jadvallarga joylashtiriladi va grafiklarda tasvirlanadi.

JAMLASH ODDIY VA MURAKKAB JAMLASHLASHLARGA BO’LINADI

    • Olingan ma’lumotlarni guruhlarga bo’lmasdan to’plam bo’yicha umumiy yakunlarni chiqarish

ODDIY
    • Ma’lumotlarni dasturda ko’zda tutilgan belgilar asosida ayrim guruhlarga bo’lib o’rganish

MURAKKAB

STATISTIKADA GURUHLASH USULI VA UNING TURLARI

Statistikada guruhlash deb to'plam birliklarini eng muhim belgilari bo'yicha bir xil guruh va guruhchalarga ajratib o'rganishga aytiladi. Guruhlash metodi statistikada ko'p yillardan (XVIII asr) beri qo'llanib kelinmoqda. Bu metodni qo'llashdan maqsad, to'plam birliklarini qanday bir bo'laklarga bolish emas, balki faqat shu hodisaga xos xususiyatlami ochib berish, undagi mavjud tendensiya va qonuniyatni baholash, miqdor o'zgarishlardan sifat o'zgarishlarga, sifat o'zgarishlardan miqdor o'zgarishlarga o'tish jarayonlarini aniqlash va baholashdir.

GURUHLASH TARIXI

Guruhlash usuli birinchi marta XVIII asrda Rossiyada tatbiq, qilina boshlandi. Bu usulni tatbiq qilishda va rivojlantirishda A .N. Radishchev (1749—1802), D .P . Juravskiy (1810—1856), P .P .Syemyonov Tyan-Shanskiy (1827—1914) kabi buyuk rus olimlarining xizmatlari katta. Masalan, sud statistikasining asoschisi A .N .Radishchev jinoiy ishlarni guruhlarga boʻlib urganishni taʼkidlagan boʻlsa, D .P . Juravskiy statistikani keng maʼnoda kategoriyalar, guruhlar boʻyicha hisob olib boruvchi fan deb atadi. Taniqlii geograf va statist P.P. Semyonov Tyan-Shanskiy qishloqjamoalarni batraklar soni, yerni ijaraga olish va berish kabi belgilar asosida oltita guruhga boʻlib urgandi.

Tuzish usuliga qarab guruhlash quyidagi turlarga bo’linadi

    • Umumdavlat klassifikatorlari
    • Matematik va ekspert-analitik metodlar asosida guruhlash
    • Bir o’lchovli yoki ko’p o’lchovli guruhlash

IKKILAMCHI GURUHLASH

Dastlabki guruhlangan maʼlumotlarga asoslanib, yangi

guruhlarni hosil qilish statistikada ikkilamchi guruhlash deb

yuritiladi. Bu usul odatda:

1. Sifat jihatdan bir xil tipga ega bulgan guruhchalarni hosil qilish;

2. Bir yoki bir necha guruhlarni bir-biri bilan taqoslash;

3. Umumiy qonuniyat yaqqol koʻrinuvchi yirik oraliqli guruhlarni hosil qilish maqsadida qullaniladi

Statistik guruhlashning yuqoridagi turlari asosan dastlabki

statistik maʼlumotlar boʻyicha amalga oshiriladi. Ikkilamchi guruhlash:

1. Dastlabki guruhlash oraliqlarini yiriklashtirish;

2. Oraliqlarning nisbatiga asoslanib, yangi guruhlarni hosil qilish usullarida amalga oshirilishi mumkin.

Amaliyotda har ikkala usulni ham juda keng qullash maqsadga muvofiqdir.

E’TIBORLARINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 78.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling