Statistik tasniflash va guruhlash uslubiyati


Download 26.6 Kb.
Sana30.06.2020
Hajmi26.6 Kb.

STATISTIK TASNIFLASH VA GURUHLASH USLUBIYATI

1.O'rganilayotgan hodisalarni tartiblash maqsadida ularning muhim belgilariga qarab guruhlarga, turkumlarga va hokazolarga ajratish bu:-

  1. taqsimlash

  2. tasniflash

  3. tartiblash

  4. umumlashtirish

2.Obyektlar va ularning guruhlarini standart shakldagi ro'yxati (sanoqnomasi) bu:-

  1. nomeklatura

  2. assortiment

  3. turlari

  4. tarkibi

3.Tasniflash odatda ………..yordamida barpo etiladi

  1. faset usuli

  2. ieriarxik (pog'onama-pog'ona) usuli

  3. faset yoki ieriarxik (pog'onama-pog'ona) usuli yoki ikkala usul birikmasi

  4. faset yoki ieriarxik (pog'onama-pog'ona) usuli birikmasi

4.Qaysi usulida obyektlar majmuasi bir-biriga bo'ysungan tasnif guruhlariga ma`lum ketma-ketlikda taqsimlanadi?

  1. faset

  2. ikkala usulda

  3. hesh birida

  4. tasniflashning ierarxik (pog'onama- pog'ona)

5.O'zbekiston davlat statistikasida qanday asosiy iqtisodiy tasniflagichlar qo'llanadi?

  1. tovar va xizmatlar, iqtisodiy faoliyat turlari, korxona va tashkilotlar, xalq xo'jaligi tarmoqlari

  2. boshqaruv hujjatlari, davlat boshqaruv tashkilotlarining belgilari, budjet daromadlari va xarajatlari, mulk shakllari, tashkiliy-huquqiy shakllar, ma'muriy-hududiy bo'linmalar obyektlari,

  3. mahsulotlarni (xizmatlar, ishlar) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlari, asosiy aktivlar (fondlar) va boshqa narsalarning tasniflagichlari.

  4. barchasi

6.Guruhlashning ahamiyati shundaki,…….. taqdim etishni ta'minlaydi

  1. ma'lumotlarni umumlashtirish va tasavvur qilish uchun ixcham, yaqqol shaklda

  2. ma'lumotlarni yakkalshtirish va tasavvur qilish uchun ixcham, yaqqol shaklda

  3. ma'lumotlarni umumlashtirish va tasavvur qilish uchun keng shaklda

  4. tarqoq holda

7.Statistik axborotlarni tartiblash, tahlil qilish, saqlash va samarali izlashning muhim vositasi bu:-

  1. iqtisodiy klassifikatsiya

  2. iqtisodiy tasniflashlar tizimi

  3. tasniflagich

  4. statistik guruxlash

8.Ko'p o'lchovli tasniflashning asosliroq usuli bu:-

  1. iqtisodiy klassifikatsiya

  2. tasniflagich

  3. klaster tahlili

  4. statistik guruxlash

9.Statistik to`plamda birlikdan-birlikka farqlanuvchi belgi bu:-

  1. atributiv belgi

  2. tasniflash belgisi

  3. guruxlash belgisi

  4. variatsion belgi

10.Statistik to'plam birliklarini ma'lum belgilar asosida guruhlarga (qismlarga) bo'linishi ……..tushuniladi.

  1. taqsimot qatorlar

  2. tartiblangan qatorlar

  3. ranjirlangan qatorlar

  4. dinamik qatorlar

11.O`rganilayayotgan hodisani vaqt bo'yicha o'zgarishini ko'rsatuvchi sonlar qatori bu:-.

  1. taqsimot qatorlar

  2. dinamik qatorlar

  3. tartiblangan qatorlar

  4. ranjirlangan qatorlar

12.Variatsion qatorlar qanday belgilar asosida tuziladi?

  1. variatsion belgi

  2. atributiv belgi

  3. miqdoriy belgi

  4. tasniflash belgisi

13.Guruxlash asosi bo`lib …. belgilar xizmat qiladi/

  1. faqat miqdor

  2. faqat sifat

  3. muqobil

  4. sifat va miqdor

14.Guruxlashning miqdoriy belgisiga quyidagilar ta`luqli?

  1. o`rtacha jon boshiga daromad,aholi zichligi,aholi yoshi

  2. aholi ma`lumoti,jinsi,oilaviy ahvoli

  3. o`rtacha jon boshiga daromad, oilaviy ahvoli

  4. aholi zichligi,aholi yoshi, oilaviy ahvoli

15.Ijtimoiy hodisa va jarayonlarni chuqur va har tamonlama o’rganish maqsadida eng muhim, xarakterli belgilar bo’yicha bir xil guruh va guruhchalarga ajratib o’rganish..........deyiladi.

  1. statistik kuzatish

  2. statistik tasniflash

  3. statistik jamlash

  4. statistik tekshirish

16.Guruxlash yordamida qanday masalalar yechiladi?

  1. hodisalar ijtimoiy iqtisodiy tiplarga ajratiladi

  2. ijtimoiy iqtisodiy hodisalarning tuzilmasi o’rganiladi

  3. ijtimoiy iqtisodiy hodisalar o’rtasidagi bog’lanish o’rganiladi

  4. yuqoridagi barcha vazifalar bajariladi

17.Son bilan ifodalanmaydigan ,bir biridan mazmunan va sifat jihatdan farq qiluvchi belgilar qanday belgi hisoblanadi?

  1. miqdoriy belgi

  2. atributiv belgi

  3. guruxlash belgisi

  4. muqobil belgi

18.Tasniflash qanday belgilar bo’yicha amalga oshiriladi?

  1. miqdoriy belgi

  2. guruxlash belgisi

  3. atributiv belgi

  4. muqobil belgi

19.Belgining eng katta miqdori va eng kichik variantlari ayirmasining guruhlar soniga nisbati qanday ko’rsatkichni anglatadi?

  1. guruxlash birligi

  2. oraliq ko’rsatkich

  3. saralash ko’rsatkichi

  4. guruxlash oralig’i

20.O’rganilayotgan ijtimoiy iqtisodiy hodisalarni eng muhim xususiyatlarga ko’ra katta bo’lak va qismlarga ajratilishi nima deb ataladi?

  1. tasniflash

  2. guruhlash

  3. svodalash

  4. taqsimlash

21.O’rganilayotgan to’plamning turli xildagi birliklari sifat jixatdan bir xil guruxlarga ,bir xil tiplarga ajratilishi qanday guruxlash hisoblanadi?

  1. analitik guruxlash

  2. tipologik guruxlash

  3. tuzilmaviy guruxlash

  4. ikkilamchi guruxlash

22.O’rganilayotgan to’plamda bir xil tipdagi sifat jihatdan bir xil guruxlarning (birliklarning) salmog’i hisoblanishi va shu tariqa to’plamning tarkibi o’rganilishi ........guruxlash deyiladi.

  1. tipologik guruxlash

  2. analitik guruxlash

  3. tuzilmaviy guruxlash

  4. ikkilamchi guruxlash

23.Qanday guruxlash yordamida ijtimoiy iqtisodiy hodisalar o’rtasidagi bog’lanish o’rganiladi?

  1. tipologik guruxlash

  2. tuzilmaviy guruxlash

  3. ikkilamchi guruxlash

  4. analitik guruxlash

24.Dastlabki guruxlangan ma’lumotlarga asoslanib,yangi guruhlarni hosil qilish statistikada ..........guruxlash deb yuritiladi.

  1. ikkilamchi guruxlash

  2. tipologik guruxlash

  3. analitik guruxlash

  4. tuzilmaviy guruxlash

25.Agar oraliqlar "dan - gacha" aniq berilgan bo’lsa, u holda oraliq:

  1. ochiq ko’rinishda bo’ladi;

  2. yopiq ko’rinishda bo’ladi;

  3. teng oraliq ko’rinishda bo’ladi;

  4. teng bo’lmagan oraliq ko’rinishida bo’ladi.

26.Murakkab svodkalash deyilganda:

    1. ma’lumotlarni guruhlarga bo’lmasdan, to’plam bo’yicha umumiy yakunlarni chiqarish tushuniladi;

    2. to’plamning turli xildagi birliklari sifati jihatdan bir xil guruhlarga, bir xil tiplarga ajratish tushuniladi;

    3. ma’lumotlarni dasturda ko’zda tutilgan belgilar asosida, ayrim guruxlarga bo’lib o’rganish tushuniladi;

    4. hodisalar o’rtasidagi o’zaro bog’lanish.

27.Natijaviy belgi:

  1. omil belgiga ta’sir etuvchi belgidir;

  2. mahsulotning tannarxini aks ettiruvchi belgidir;

  3. hodisa miqdori, hajmini ifodalovchi miqdoriy belgidir.

  4. omil belgi ta’siri ostida o’zgaruvchi belgidir;

28.Statistik guruhlash deb:

  1. ijtimoiy hodisa va jarayonlarni chuqur va har tomonlama o’rganish maqsadida ularni eng muhim belgilari bo’yicha bir xil guruh va guruhchalarga bo’lib o’rganishga aytiladi;

  2. muayyan ob’ekt yoki to’plamlar bo’yicha statistik ma’lumotlar to’plamiga aytiladi;

  3. to’plamdagi barcha birliklarni bitta ham qoldirmasdan tekshiriladigan kuzatishga aytiladi;

  4. hodisani sifat belgilari asosida umumlashtirib ta’riflovchi miqdoriy ko’rsatkichga aytiladi.

29.Agar mehnat unumdorligi va tannarx o’rtasidagi bog’lanish o’rganilayotgan bo’lsa, u holda omil belgi bo’lib:

  1. mahsulotning tannarxi hisoblanadi;

  2. mehnat unumdorligi hisoblanadi;

  3. ishlab chiqarilgan mahsulot hisoblanadi;

  4. mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan vaqt.

30.Agar oraliqlar "gacha" va “undan yuqori” so`zlari bilan chegaralangan bo`lsa , u holda oraliq:

  1. yopiq ko’rinishda bo’ladi;

  2. teng oraliq ko’rinishda bo’ladi;

  3. teng bo’lmagan oraliq ko’rinishida bo’ladi.

  4. ochiq ko’rinishda bo’ladi;

Download 26.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling