Stol tennisi yoki Ping-pong kichik koptok


Download 110.5 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.04.2023
Hajmi110.5 Kb.
#1314652
Bog'liq
Alimov Diyorbek PE



Stol tennisi
Stol tennisi yoki Ping-pong — kichik koptok
va raketkalar bilan stolda o'ynaladigan
sport oʻyini. Sharqiy Osiyoda paydo
boʻlgan. 20-asrning 20y.laridan koʻp
mamlakatlarga tarqalgan. Dastlab
„pingpong“ (fransuzcha: 
pingpong—
koptokning raketka va stolga urilishida
chiqadigan ovoz) deb atalgan. Stol tennisi
uchun, odatda, stol oʻlchami 152,5x274,3
sm; balandligi. 76 sm; turi 183x 15,25 sm


boʻladi. Yogʻoch raketkaning yuziga rezina
plastina qoplanadi. Koptok oq plastikadan
yasaladi, diametri 37,2—38,2 mm, ogʻirligi
2,4—2,53 g. Oʻyin maydonchasining
oʻlchami 6—7 x 12–14 m. Rasmiy
musobakalar sport zallarida oʻtkaziladi:
erkaklar va ayollar — jamoa boʻlib, yakka
holda va juftlikda hamda aralash juftlikda
musobaqalashadilar. Uyin 3 yoki 5
partiyadan oʻynaladi. Oʻyinchilardan biri 21
ochko toʻplasa, u gʻolib hisoblanadi. Agar
hisob 20:20 boʻlib qolsa, unda
oʻyinchilardan biri 2 ochko ortiq
toʻplaguncha oʻyin davom ettiriladi. Stol
tennisi Xalqaro federatsiyasi (ITTF, 1926-yil
tashkil etilgan) 130 dan ortiq milliy


federatsiyani birlashtiradi. 1926-yildan har
2 yilda jahon birinchiligi oʻtkaziladi, 1988-
yildan Olimpiada oʻyinlari dasturiga
kiritilgan
[1]
Oʻzbekistonda Stol tennisi keng
ommalashgan. Oʻzbekiston chempionati va
kubogi musobaqalari muntazam oʻtkazib
turiladi. Oʻzbekiston Stol tennisi
federatsiyasi 1993-yil ITTFga aʼzo boʻlib
kirgan. Oʻzbekistonlik Manzura Inoyatova,


Saida Burhonxoʻjayeva, Svetlana Geta
jahon chempionatida (Doxa sh., Qatar,
2004-yil mart) 1oʻrinni olib, oltin medallar
bilan taqsirlanishdi. Ular bilan birga Nodira
Burhonxoʻjayeva, Madina Ayupova ham bir
qancha xalqaro turnirlarda gʻolib
boʻlishgan.
Ping-pong yoki stol tennisi uchun
ishlatiladigan to’plam 2,74 gramm va
40mm diametri bilan tortilgan, selüloid yoki
shunga o’xshash plastikdan yasalgan.
Qiziqarli haqiqat: 2000 yil oldin to’plari
havo qarshilik oshirish va tomoshabinlar
yaxshi ko’rish mumkin, shunday qilib, o’yin
tezligini olish maqsadida, Sidney


Olimpiada o’yinlarida 38mm bilan
almashtirildi, deb edi 40mm haqida edi
o’yin va shu sababli uning mashhurligini
oshiradi.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Download 110.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling