Strategik menejment


Download 4.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/47
Sana21.12.2019
Hajmi4.87 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 

 

 

 

 

 

 

 

“Menejment va marketing” kafedrasi 

 



STRATEGIK MENEJMENT

”  

fanidan 

 

 

OʻQUV-USLUBIY MAJMUA 

 

 

 

 

 

Bilim sohasi: 

200 000 

–  Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq 

Ta’lim sohasi: 

230 000 

–  Iqtisod 

Ta’lim yo’nalishi: 

5230200 

–  Menejment (xizmatlar sohasi bo'yicha) 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent -2018

 

 

Ushbu o`quv uslubiy majmua  Toshkent moliya instituti Kengashining 201__ yil  

“___”  _____dagi  ___  -sonli  qarori  bilan  tasdiqlangan  “Strategik  menejment”    fani 

dasturi asosida ishlab chiqilgan. 

 

Tuzuvchilar:   

 

 



 

H.Raxmatullaeva  –    “Menejment  va  marketing”  kafedrasi  katta 

o’qituvchisi 

 

 



 

Taqrizchi: 

 

 



 

 

 



G.Xo’jamuratova  –    TDIU  “Menejment”  kafedrasi  dotsenti,  iqtisod 

fanlari nomzodi 

 

 

 



Nazarova F.X. 

– 

“Menejment  va  marketing”  kafedrasi  profesori, 



i.f.d. professor 

 

 



Fanning  o`quv  uslubiy  majmuasi    kafedraning  2018  yil    “__”      ______dagi  __ 

“__”  sonli  yig’ilishi  muhokamasidan  o’tkazilgan  va  fakultet  Kengashida  ko’rib 

chiqish uchun tavsiya etilgan. 

 

 



  Kafedra mudiri    

 

 

 

            E.Nabiyev 

 

Fanning  o`quv  uslubiy  majmuasi    “Byudjet  hisobi  va  davlat  jamg’armalari” 



fakultetining  Kengashi  muhokamasidan  o’tkazilgan  va  institut  Kengashida  ko’rib 

chiqish uchun tavsiya etilgan (2018 yil  “__”   ______dagi __ “__”  sonli  qaror). 

 

  Fakultet dekani    



 

 

 

 

   O.Kamolov 

 

  Kelishildi: 



 

  O’quv-uslubiy bo`lim boshlig`i 

                        T.Baymuratov 

 

 

  O’quv ishlari bo’yicha prorektor   

 

    I.Qo’ziyev 

 

  Fanning o`quv uslubiy majmuasi  institut o’quv-uslubiy Kengashining 2018 yil  

“__”   ______dagi __ “__”  sonli  yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqlash uchun 

tavsiya qilingan.  

 

  Fanning  o`quv  uslubiy  majmuasi    institut  Kengashining  2018  yil    “__”   



______dagi __ “__”  sonli  majlisi bayoni bilan ma’qullangan. 

 

 





Mundarija 

 

Kirish 

 

 

Betlar 



I. 

O’quv materiallari 



 

 

 

1.1. 



Ma’ruza matnlari 

1.2. 



Amaliy mashg’ulotlar   

200 


 

 

 

II. 



Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari 

280 

 

 

 

III. 

Glossariy 

330 

 

IV. 

 

Ilovalar 

 

343 



 

 

 

4.1. 



4.2. 

4.3. 


4.4. 

4.5. 


Fan dasturi 

Ishchi fan dasturi 

Tarqatma materiallar 

Testlar 


Baholash mezonlarini qo’llash bo’yicha uslubiy 

ko’rsatmalar 

343 

353 


378 

430 


 

449 


 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 



Kirish 

Zamonaviy  sharoitlarda  mamlakatimiz  ravnaqini  rivojlantirishda  kelgusida 

yuqori malakali iqtisodchi-mutaxassislar bo‘lib yetishadigan talabalarda korxonalarda 

strategik  boshqaruvni  tashkil  etish  bosqichlari,  iqtisodiyotni  erkinlashuvi    sharoitida 

mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotishni ko‘paytirishning eng zarur omillari va 

imkoniyatlarini  aniqlay  olish,  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirishning  uslubiy 

asoslari, istiqbolli va tezkor usullarini turli tarmoqlar moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil 

etishda qo‘llash masalalari bo‘yicha nazariy- amaliy bilimlarni shakllantirish   zamon 

talabidagi dolzarb masalalardan biridir. 

Ya’ni    mamlakatimiz  xalq  xo‘jaligining  asosiy  bo‘g‘inlari  bo‘lgan  ishlab 

chiqarish  korxonalarni  va  xizmat  ko‘rsatish  kompaniyalarini    strategik  boshqarish, 

buning natijasida  jahon bozorida o‘z  mavqeiga ega bo‘lish,  raqobatchilikda yutib 

chiqish, mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishdir. 

“Strategik menejment “ fanidan tayyorlangan  o‘quv-uslubiy majmua 5230200-

“Menejment“  ta’lim  yo‘nalishidagi  talabalar  uchun  mo‘ljallangan  bo’lib    o’quv 

dasturi  va  Davlat  ta’lim  standarti    asosida  tuzilgan.  Mazkur  fan    DTS  va  Toshkent 

moliya instituti o‘quv rejasiga  muvofiq, 5-6-semestrda o‘qitiladi. 

Tarkibiy  jihatdan  o‘quv  uslubiy  kompleks  4  qismdan  iborat  bo’lib  unda  fan 

boyicha  barcha zarur uslubiy materiallar beriigan. 

O’quv kursining dolzarbligi maqsad va vazifalari shundan iboratki  talabalarda 

korxonalarda  strategik  boshqaruvni  tashkil  etish  bosqichlari,  iqtisodiyotni 

erkinlashuvi    sharoitida  mahsulotlar  ishlab  chiqarish  va  ularni  sotishni 

ko‘paytirishning eng zarur omillari va imkoniyatlarini aniqlay olish, ishlab chiqarish 

samaradorligini  oshirishning  uslubiy  asoslari,  istiqbolli  va  tezkor  usullarini  turli 

tarmoqlar  moliya-xo‘jalik  faoliyatini  tahlil  etishda  qo‘llash  masalalari  bo’yicha 

nazariy- amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat. 

Fan  bo‘yicha  reja  topshiriqlar  va  har  bir  mashg‘ulotning  o‘quv  –uslubiy 

materiallari  berilgan  bo‘lib,  jumladan  o’quv  materiallari,  amaliyot  mashg’ulotlari 

materiallari, mustaqil ta’lim, glossariy va ilovalardagi materiallar, o‘z-o‘zini nazorat 

savollari talabalarning mustaqil ishlashlari  va o’z bilimlarini nazorat qilishlari uchun 

muhim. 

 

 

 

 

 




I. O’QUV MATERIALLARI 

MA’RUZA MATNLARI 

 

1- MAVZU. “STRATEGIK MENEJMENT” FANINING PREDMETI 

VA BOSHQARUV  JARAYONI 

 

1“Strategik menejment” fanining predmeti, vazifalari va mohiyati 

2.Kompaniya missiyasi va strategik qarashlarni belgilash 

3.Strategik boshqarishning maqsadi va uning  turlari 

4.Strategiyani tanlash, uni amalga oshirish, amalga 

oshirishini  baholash hamda nazorat qilish. 



 

1.“Strategik menejment” fanining predmeti, vazifalari va mohiyati 

«Strategik  boshqaruv»  termini  yuqori  darajadagi  boshqaruvni  ishlab  chiqarish 

darajasidagi joriy boshqaruvdan farqini aks ettirish uchun 60-70-yillarda muomalaga 

kiritilgan.  Operativ  boshqaruvdan  strategik  boshqaruvga  o’tishning  mohiyatini  aks 

ettiruvchi  asosiy  g’oya  sifatida  yuqori  rahbariyat  diqqat  markazini  atrof  muhitdagi 

o’zgarishlarga muvofiq tarzda va o’z vaqtida ta’sir ko’rsatish uchun tashqi muhitga 

o’tkazish zaruriyati sifatidagi g’oya bo’ldi. 

Strategik boshqaruv nazariyasining nufuzli ishlab chiqaruvchilari tomonidan taklif 

etilgan  bir  qancha  ta’riflarni  ko’rib  chiqaylik.  Shendel  va  Xatten  uni  «tashkilotni 

uning  atorfidagi  muhit  bilan  aloqani  aniqlash  va  o’rnatish  jarayoni»  sifatida 

tushunganlar.  Ushbu  jarayon  tanlangan  maqsadlarni  amalga  oshirish  va  resurslarni 

taqsimlash  vositasida  atrof  muhit  bilan  kungildagiday  o’zaro  munosabatlar  xolatiga 

erishish  xarakatlaridan  iborat.  Xichchens  buyicha  «strategik  boshqaruv  -  bu 

tashkilotni  uning  atrof  muhiti  bilan  o’zaro  ta’sirini  boshqarish  vositasida  tashkilot 

vazifalarini  amalga  oshirish  maqsadidagi  boshqarish  jarayoni:  Pirs  va  Robinson 

strategik  boshqaruvni  «tashkilot  maqsadiga  erishish  uchun  ishlab  chiqilgan 

strategiyalarni  shakllantirish  va  bajarish  bo’yicha  qarorlar  va  harakatlar  to’plami» 

sifatida  aniqlaydilar. Strategik boshqaruvning u yoki bu aspektlari va xususiyatlariga 

ko’proq e’tibor beruvchi bir qator ta’riflar bor. 

Demak,  strategik  boshqaruvni  tashkilotning  asosi  sifatida  inson  potentsialiga 

suyanuvchi,  ishlab  chiqarish  faoliyatini  iste’molchilar  talab-lariga  yo’naltiruvchi, 

tashkilotda  egiluvchan  boshqaruv  va  o’z  vaktida  o’zgarishlarni  amalga  oshiruvchi 

boshqaruv sifatida aniqlash mumkin. 


Strategik 

boshqaruv 

murakkablashib 

borayotgan 

raqobat 


kurashida 

muvaffaqiyatga    erishishning  eng  muhim  omili  bo’lishiga  qaramay  tashkilot 

harakatlarida  strategiyaning  yo’qligini  kuzatish  mumkin.  Strategik  bosh-qaruvning 

yo’qligi quyidagi ikki shaklda namoyon bo’ldi. 

Birinchidan,  tashkilotlar  o’z  faoliyatini  atrof  muhit  umuman  o’zgarmaydi  yoki 

unda  katta  o’zgarishlar  bo’lmaydi  degan  taxmindan  kelib  chiqqan  xolda 

rejalashtiradilar.  Nostrategik  boshqaruvda  ham  hozirda,  ham  kelajakda  aniq 

harakatlar rejasi tuziladi. Nimaki va qachon qilishni o’z ichiga olgan uzoq muddatli 

rejalarni  tuzish  va  dastlabki    davrda  kelgusi  yillar  uchun  echim  izlash,  «ko’p  uzoq 

yillarga»  sotib  olish  -  bularning  barchasi  nostrategik  boshqaruvning  belgilaridir. 

Uzoq muddatli istiqbolni qurish-boshqaruvning juda muhim tarkibiy kismidir. 

Strategik  boshqaruv  xolatida  tashkilot  atrof  muhit  va  tashkilot  hayotining 

sharoitlari  o’zgarishidan  kelib  chiqqan  xolda  kelajakda  ko’zda  tutish  maqsadlarga 

erishish  uchun  har  bir  hozirgi  lahzada  u  aynan  hozirgi  paytda  nima  strategik 

boshqaruvda kelajakdan   turib hozirgi paytga  nazar tashlanadi.  Tashkilotga  ma’lum 

kelajakni  ta’minlovchi  xozirgi  davrdagi  tashkilot  harakatlari    aniqlanadi  va  amalga 

oshiriladi.  Bunda  strategik  boshqaruv  uchun  shu  narsa  ham  xarakterliki,  nafaqat 

kelajakda korxonaning  ko’zda tutilgan xolati qayd  qilinadi, balki shu ham  strategik 

boshqaruvning  eng  muhim  vazifalaridan  xisoblanadi,  ko’zda  tutilgan  maqsadlarga 

erishish  imkoniyatini    beruvchi  atrofdagi  o’zgarishlarga  aks  ta’sir  ko’rsatish 

qobiliyati ishlab chiqiladi. 

Ikkinchidan,  nostrategik  boshqaruvda  xarakat  dasturini  ishlab  chiqish 

tashkilotning  ichki  imkoniyatlari  va  resurslari  tahlilidan  boshlanadi.  Bunday 

yondashuvda  tashkilot  faqat  qanday  miqdorda  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  bunda 

qancha  harakat  qilishnigina  aniqlashi  mumkin.  Ishlab  chiqarish  hajmi  va  xarajatlar 

miqdori firma tomonidan yaratilgan javob bera olmaydi, kanday miqdorda va narxda 

mahsulot sotib olinishini bozor aniqlaydi. 

Yaqqol  afzalliklar  bilan  bir  qatorda  strategik  boshqaruv  undan  foydalanish 

bo’yicha kamchilik va cheklovlarga ega va bular ushbu boshqaruv turi boshqa turlar 

singari har qanday vazifa va masalalarni hal qilishda xar qanday xolatda qullashning 

universalligiga ega emasligini ko’rsatadi. 

Birinchidan, strategik boshqaruv o’z moxiyatidan kelib chiqqan xolda kelajakning 

aniq va batafsil sur’ati, ifodasini bera olmaydi. Strategik boshqaruvda shakllanuvchi 

tashkilotning kelajakdagi istalgan xolati - bu uning ichki va tashqi xolatining batafsil 

tasviri  emas  balki  kelajakda    korxona  qanday  xolatda  bqlishiga,  bozor  va  biznesda 

qanday  pozitsiyani  egallashga,  qaysi  ishbilarmonlik  guruhlariga  kirishiga  va  h.k. 

sifatli  istakdir.  Bularning  barchasini  majmui  kelajakda  raqobat  kurashida  tashkilot 

yutib chiqadimi yoki yo’qmi? Shuni aniqlab berish lozim. 



Ikkinchidan,  strategik  boshqaruv  protsedura  va  chizmalar  yig’indisidan  iborat 

bo’lishi mumkin emas. Unda ma’lum masalalarni hal qilishda yoki aniq vaziyatlarda 

nima  va qanday  qilish lozimligini ko’rsatuvchi nazariya  yo’q. Strategik boshqaruv  - 

bu  ko’proq  biznes  va  menejmentning  ma’lum  falsafasi  yoki  mafkurasidir.  Har  bir 

menejer  tomonidan  u  ma’lum  ma’noda  o’zgacha    tushuniladi  va  amalga  oshiriladi. 

Albatta,  muammolarni  tahlil  qilish  va  strategiyani  tanlash,  shuningdek  strategik 

rejalash-tirishni amalga oshirish va strategiyaning amaliy realiza-tsiyasining bir qator 

tavsiyalari,  qoidalari  va  mantiqiy  chizmalari  mavjud.  Lekin  umuman  olganda, 

strategik  boshqaruv-bu  strategik  maqsadlarga  tashkilotni  etkazish-da  yuqori 

raxbariyat  intuitsiyasi  va  san’atining  simbiozi,  xizmatchilarning  yuqori  malakasi  va 

ijodi  va  nixoyat,  barcha  xodimlarning  tashkilot  vazi-falarini  amalga  oshirishga, 

maqsadlariga erishishning eng yaxshi yo’llarini izlashga aktiv kirishishidir. 

Uchinchidan,  tashkilotda  strategik  boshqaruv  jarayonining  amalga  oshi-rilishi 

boshlanishi  uchun  vaqt  va  resurslarni  katta  xarajati  talab  qilinadi.  Strategik 

rejalashtirishni yaratish va amalga oshirish zarur. Shu-ningdek, atrofni kuzatuvchi va 

tashkilotni  muhitga  kirituvchi  xizmatlarni  yaratish  zarur.  Marketing,  jamoa 

munosabatlari  bo’yicha  xizmatlar  va  h.k.  katta  ahamiyatga  ega  bo’ladi  va  katta 

miqdorda qo’shimcha xarajatlarni talab qiladi. 

To’rtinchidan, strategik oldindan ko’ra bilish xatolarining salbiy oqibatlari keskin 

kuchayadi.  Qisqa  muddatda  umuman  yangi  mahsulotlar  yaratilganda,  qiqsa  davrda 

qo’yilmalarning  yo’nalishi  keskin  o’zgarganda,  kutilmaganda  biznes  uchun  yangi 

imkoniyatlar  vujudga  kelganda  va  uzoq  yil-lar  davomida  mavjud  bo’lgan 

imkoniyatlar  ko’z  oldidan  yo’qolganda,  noto’g’ri  oldindan  ko’ra  bilish  va  strategik 

tanlovning xatoliklari uchun haq ko’-pincha tashkilotga qimmatga tushadi. Ayniqsa, 

faoliyat yuritishning noal-ternativ yo’lini prognoz oqibatlari yomon bo’ladi. 

Beshinchidan,  strategik  boshqaruvni  amalga  oshirishda  asosiy  e’tibor  strategik 

rejalashtirishga  beriladi.  Aslida  esa  strategik  boshqaruvning  asosiy  tarkibiy  qismi 

bo’lib strategik rejani amalga oshirish hisob-lanadi.bu birinchi navbatda strategiyani 

realizatsiya 

qilish 

imkoniyatini 



beruvchi 

tashkiliy 

madaniyatni 

yaratish, 

mativlashtirish  va  mehnatni  tashkil  etish  tizimlarini  yaratish,  tashkilotda  ma’lum 

egiluvchanlikni  yaratishni  va  h.k.ni  ko’zda  tutadi.  Bunda  strategik  boshqaruvda 

bajarish jarayoni rejalashtirishga aktiv teskari ta’sir ko’rsatadi, bu esa bajarish bosqi-

chining  ahamiyatini  yanada  oshiradi.    Shuning  uchun  agar  tashkilotda  strategik 

rejalashtirish  podsistemasi  yaratilgan  bo’lsa  va  shu  bilan  birga  strategik  bajarish 

podsistemasini  yaratish  uchun  imkoniyatlar  bo’lmasa,  u  strategik  boshqaruvga  o’ta 

olmaydi. 

Strategiya umumiy tarzda firmaning mavqeini mustahkamlash, iste’molchilarning 

talablarini  qondirish  va  qo’yilgan  maqsadlarga

 

erishishga  qaratilgan  boshqarish  rejasi 



sanaladi.  Aniq  strategiyani  tanlash  rivoj-lanishning  mumkin  bo’lgan  turli  yo’llari  va 

usullari ichidan eng maqbulini tanlab olish demakdir. 

Firmani  boshqarish  rejasi  o’z  ichiga  quyidagi  asosiy  funktsiya  va  bo’linmalarni 

oladi:  ta’minot,  ishlab  chiqarish,  moliya,  marketing,  xodim-lar,  ilmiy  tadqiqotlar  va 

ishlanmalar.  Strategii  tanlash  bu  biznes  echimlari  va  raqobatga  bardoshlilik 

harakatlarini yagona tizimga bolashni anglatadi. 

Strategiyani  ishlab  chiqish  menejerlarning  asosiy  funktsiyala-ridan biridir. 

Ba’zi  menejerlar  kuchli  strategiya  ishlab  chiqadilar,  biroq  uni  hayotga  tadbiq  eta 

olmaydilar.  Boshqa  menejerlar  o’rtacha  strategiya  ishlab  chiqadilar  va  uni  mohirona 

amalga  oshiradilar  ham.  Strategiya  qanchalik  yaxshi  o’ylangan  va  mohirona  amalga 

oshirilgan  bo’lsa,  kompaniyaning  mavqei  shunchalik  kuchayadi.  Boshqarish  yaxshi 

tashkil  ztilgan  kompaniyalar  ham  kutil-magan  noxush  vaziyatlarga  duch  keladi 

Pirovard natijada yaxshi strategiya bozorda kuchli mavqeni egallash, kutilmagan holatlar, 

kuchli raqobat va ichki muammolarga qaramay, muvaffaqiyatli ishlashga zamin yaratadi. 

«Menejment  asoslari»      kursidan    birinchi      malumki,      menejerning  vazifasi 

quyidagilarni aniqlashdan iborat: 

-biz qaerdamiz? 

-k,ayoqqa ketyapmiz? 

-faoliyatimizning maqsadi nimadan iborat? 

-maqsadga erishish yo’llari qanaqa? 

-optimal yo’lni tanlash mezonlari nimalardan iborat? 

-pirovard natija qanday bo’lishi kerak? 

Bu savollariga javob topish kelgusi  boshqaruv tsikllarida  foydalanish,  maqsad 

va natijalarni aniqlash uchun o’ta muhim. 

Strategik  menejment  kompaniyaning  uzoq  muddatli  maqsadlar  va  faoliyatiga 

ta’alluqli.  Aytish  mumkinki,  strategiyani  (harakatlar  tarzini)  va  uning  aniq 

vositalarini  ifodalash  boshqaruv  negizini  tashkil  qiladi  va  kompaniyada  menejmentni 

yaxshi yo’lga qo’yilganligini ko’rsatuvchi eng to’g’ri belgi bo’lib xizmat qiladi. 

Strategik menejmentning mazmuni quyidagilardan iborat: 

- firma biznesining yo’nalish va asosiy maqsadlyarini belgilab olish; 

- firmaning tashqi muhitini tahlil qilish; 

- undagi ichki vaziyatni tahlil qilish; 

- firma yoki xo’jalikning o’rta bo’g’inlarida   strategiyani tanlash va ishlab chiqish; 

- diversiyalangan firma portfelini tahlil qilish; 

- uning tashkiliy tuzilmasini loyihalash; 

- integratsiya darajasini va boshqaruv tizimini tanlash; 

- «strategiya - tuzilma - nazorat» majmuasini boshqarish, 

- firma  faoliyatining  ba’zi  sohalardagi  siesati  va  uning  fe’l-atvor  me’yorlarini 

belgilash; 



- kompaniya strategiya va natijalarining teskari aloqasini taminlash; 

 

1-chizma. Strategik menejmentning mazmuni 

- strategiya tuzilma va boshqaruvni takomillashtirish. 

Bularning barchasi 1-chizmada keltirilgan. 

Strategik  menejment  kompaniyaning  uzoq  muddatli  maqsadlar  va  faoliyatiga 

ta’alluqli.  Aytish  mumkinki,  strategiyani  (harakatlar  tarzini)  va  uning  aniq 

vositalarini  ifodalash  boshqaruv  negizini  tashkil  qiladi  va  kompaniyada  menejmentni 

yaxshi yo’lga qo’yilganligini ko’rsatuvchi eng to’g’ri belgi bo’lib xizmat qiladi. 

Strategiya-  tashkilotning  tashkiliy  vazifa  va  maqsadlariga  erishishda 

foydalaniladigan tashkiliy xatti-harakatlar va boshqaruvga oidashuvlari tarzidir, 

Biznes  sohasini  .tanlash,  maqsadni  belgilash,  qisqa  va  uzoq  muddatli 

vazifalarni  (dasturlarni)  aniqlash,  maqsadga  erishish  strategiyasini  belgilab  olish 

strategik rejani tashkil qiladi.  Kompaniya strategiyasining asosiy tarkibiy qismlari 

2-chizmada keltirilgan. 

Kompaniya strategiyasini belgilovchi harakatlar va yondashuvlar tarzi. 

Strategiyada sifat 

o’zgarishlariga intilish. 

 

Asosiy strategiyani aniq 



tuzishga intilish 

 

Kompaniyaning o’ziga xos 



Qisqa muddatli foydaga 

erishish 

 

Boshqarishning funktsional 



sohalaridagi echimlar 

 

Diversifikatsiyaga 



Tarmoqlardagi sharoitni 

o’zgartirish harakatlari 

 

Uzoq muddatli raqobat 



mavqeini kuchaytirish 

harakatlari 

 

Firma biznesining yo’nalishi va asosiy maqsadlari 



Tashqi tahlil 

Strategik tanlov 

Ichki tahlil 

Xo’jalikning o’rta bo’g’inlardagi strategiya va tarmoq  

____________________tuzilishi__________________ 

Firma darajasidagi strategiya. (vertikal  

___integratsiya, diversifikatsiya, global strategiya)__ 

Xo’jalikning o’rta bo’g’inlari portfelining tahlili,  

___________kirish va chiqish strategiyasi__________ 

Tashkiliy tuzilmani 

tanlash  

Mojarolar, siyosatlar va 

ularning o’zgarishi  

Tashkiliy va 

boshqaruv nazoratni 

tanlash  

Strategiya tuzilishi va tarkibi 

Qayta aloqa 



muammolarini echish 

harakatlari va ichki strategik 

omillar. 

Yangi imkoniyalarni 

mustahkamlash harakatlari. 

(ITTKI, yangi bozorlar sotib 

olish va boshqalar) 

yondashuvlar, yangi tarmoqlar 

izlash. 


Mahalliy va xorijiy 

raqiblarga qarshi himoya 

harakatlari 



Download 4.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling