Strategik menejment


Download 4.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/47
Sana21.12.2019
Hajmi4.87 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47

Nazorat savollari: 

1.Kompaniyaning joriy strategiyasini belgilash qanday omillarga bog’liq ? 

2.Matritsali  taxlil  yordamida  diversifikatsiyalangan  portfelni  baxolashni 

tushuntiring. 

3.O’rta korxonalar evolyutsiyasining matritsasi tahlili. 

4.Diversifikatsiyalangan firmaning strategiyasini aniqlang. 

2.  Korporativ  strategiyani  ishlab  chikish  qanday  tashqi  va  ichki  omillarga 

bog’liq ? 

3.  Bozorga kirish va chiqish strategiyasi haqida tushuncha bering. 

9.Tarmoqdagi ustuvor kompaniyalarga qanday firmalar kiradi? 

10.Tor diversiyalangan kompaniya qanday bo’ladi? 

11.Keng diversiyalangan kompaniya qanday bo’ladi? 

12.Ko’ptarmoqli kompaniya qanday belgilarga ega bo’ladi? 

13.Turdosh diversiyalanish qanday bo’ladi? 

14.Noturdosh diversiyalanish qanday bo’ladi? 

Tayanch so’z va iboralar: matritsa, evolyutsiya, diversifikatsiyalangan, korporativ, 

kirish va chiqish strategiyasi, ko’p tarmoqli kompaniya. 

 

 

 



 

 

 



114 

9-MAVZU. TA’LIM SOHASIDA STRATEGIK REJALASHTIRISH 

 

Reja: 

 

1. O’zbekistonda  ta’lim  tizimining  xususiyatlari,  uzluksiz  ta’lim  tizimining 

shakllanishi, uning asosiy bosqichlari.  

2.  Та’limda  “Каdrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”,“Та’lim  to’g’risida”gi  

qonunning amalga oshirilishi.  

3. Ta’limda menejmentning uziga xos xususiyatlari va strategik boshqarish. 

4. Ta’lim tizimini strategik boshqarishda rivojlangan mamlakatlar tajribasi. 

 

1.O’zbekistonda  ta’lim  tizimining  xususiyatlari,  uzluksiz  ta’lim  tizimining 

shakllanishi, uning asosiy bosqichlari. 

Boshqaruv nazariyasi nisbatan yangi fan tarmog‘i bo‘lib, ob’ektiv borliqni ilmiy 

bilishga  asoslanadi.  U  o‘z  faoliyatini  bir  qator  tabiiy  va  ijtimoiy  fanlar  zaminida 

ko‘radi. Boshqaruv jarayonining mohiyati va qonunlarini aniqlash, bu jarayonda sodir 

bo‘ladigan  munosabatlarni ochib berish, uning tizimini ishlab chiqish va  boshqaruv 

sub’ektining  asosiy  tamoyillarini  ishlab  chiqish  boshqaruv  nazariyasining 

vazifalaridir.  

Demak, mehnatning har qanday shakli boshqaruvchiga ma’lum darajada muhtojdir. 

Boshqaruvchi o‘z jamoasi ishlarini bir-biriga muvofiqlashtiradi.  

Boshqaruvchi ishlab chiqarish organizmning mustaqil a’zolari harakatidan farq qilib, 

butun  organizm  harakatidan  kelib  chiqadigan  umumiy  vazifalarni  bajaradi.  Obrazli  qilib 

aytganda  yakka  skripkachi  o‘zini-o‘zi  idora  qiladi.  Lekin  orkestr  dirijyorga  muhtojdir. 

Demak,  to‘g‘ri  boshqaruvning  muhim  sharti    -  boshqaruvchining,  ya’ni  rahbarning 

faoliyatidir.  

Boshqaruvning  mohiyati ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlarini  shunday nisbatda 

uyg‘unlashtirishni ta’minlashdan iboratdir, bu mo‘ljallangan maqsadga erishish imkonini 

beradi.  Shuning  uchun  yaxshi  rahbar  odamlarga  kamroq  buyruq  beradi,  buning  o‘rniga 

ularning mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan samarali sharoit yaratadi.  

Ta’lim-tarbiya  tizimini  zamon  talablari  darajasiga  ko‘tarish,  kadrlar 

tayyorlashning  yangi  tizimini  barpo  etish,  har  tomonlama  sog‘lom  va  barkamol, 

salohiyatli  avlodni  tarbiyalash  maqsadida  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  qonun  va  Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi  (1997  yil  29  avgustda)  qabul  qilindi.  Qonun  va  dastur 

talablarini  hayotga  tatbiq  etish  ishlari  davlat  siyosatining  ustuvor  yo‘nalishi  etib 

belgilandi.  SHu  asosda  qonunosti  hujjatlari  ishlab  chiqildi.  Markaziy  Osiyo 

mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib milliy ta’lim tizimini ifoda etgan va ta’limning 

o‘zbek  modeliga  xos  davlat  ta’lim  standartlari  (DTS)  ishlab  chiqildi  va  amaliyotga 

kiritildi.  Shu  asnoda  ta’lim-tarbiya  olishning  huquqiy  asoslari  yaratildi.  2009  yildan 


115 

boshlab  12  yillik  majburiy  ta’lim  joriy  etildi.  Bugungi  kunda  Kadrlar  tayyorlash 

milliy  dasturini  amalga  oshirish  natijasida  qabul  qilingan  dasturga  muvofiq, 

mamlakatimizda  o‘rta  maxsus  va  kasb-hunar  ta’limini  o‘z  ichiga  olgan  12  yillik 

ta’lim tizimiga o‘tish ishlari yakunlandi. 

O’zbekistonda  ta’lim  tizimi  “Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonun  va  “Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi”asosida  amalga  oshiriladi.“Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonun 

fuqarolarga  ta’lim,  tarbiya  berish,  kasb-hunar  o‘rgatishning  huquqiy  asoslarini 

belgilaydi  hamda  har  kimning  bilim  olishdan  iborat  konstitutsiyaviy  huquqini 

ta’minlashga qaratilgan. 

Ta’lim  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari  ushbu  Qonundan  hamda  boshqa  qonun 

hujjatlaridan iborat. 

Qoraqalpog‘iston 

Respublikasida 

ta’lim 

sohasidagi 



munosabatlar 

Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. 

Agar  O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomasida  ta’lim  to‘g‘risidagi 

qonun  hujjatlaridagidan  o‘zgacha  qoidalar  belgilangan  bo‘lsa,  xalqaro  shartnoma 

qoidalari qo‘llaniladi. 

Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari 

Ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon 

qilinadi. 

Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 

ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi

ta’limning uzluksizligi va izchilligi; 

umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; 

o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  yo‘nalishini:  akademik  litseyda  yoki  kasb-

hunar            

kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; 

ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; 

davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi

ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; 

bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish; 

ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish. 

 Bilim olish huquqi 

Jinsi,  tili,  yoshi,  irqiy,  milliy  mansubligi,  e’tiqodi,  dinga  munosabati,  ijtimoiy 

kelib  chiqishi,  xizmat  turi,  ijtimoiy  mavqei,  turar  joyi,  O‘zbekiston  Respublikasi 

hududida  qancha  vaqt  yashayotganligidan  qat’i  nazar,  har  kimga  bilim  olishda  teng 

huquqlar kafolatlanadi. 

Bilim olish huquqi: 

davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish; 

ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish; 



116 

ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o‘qitish, shuningdek 

ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to‘lov evaziga kasb-hunar o‘rgatish; 

barcha turdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o‘quv 

yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo‘lishi; 

oilada  yoki  o‘zi  mustaqil  ravishda  bilim  olgan  fuqarolarga  akkreditatsiyadan 

o‘tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish 

orqali ta’minlanadi. 

Boshqa  davlatlarning  fuqarolari  O‘zbekiston  Respublikasida  xalqaro 

shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega. 

Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilim olishda 

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega. 



 Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi 

Tegishli  ma’lumoti,  kasb  tayyorgarligi  bor  va  yuksak  axloqiy  fazilatlarga  ega 

bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. 

Pedagog  xodimlarni  oliy  o‘quv  yurtlariga  ishga  qabul  qilish  O‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tasdiqlagan  Nizomga  muvofiq  tanlov  asosida 

amalga oshiriladi. 

Pedagogik  faoliyat  bilan  shug‘ullanish  sud  hukmiga  asosan  man  etilgan 

shaxslarning  ta’lim  muassasalarida  bu  faoliyat  bilan  shug‘ullanishiga  yo‘l 

qo‘yilmaydi. 

Ta’lim muassasasining huquqiy maqomi 

Ta’lim  muassasasini  akkreditatsiyalash  vakolatli  davlat  organi  tomonidan 

attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi. 

Ta’lim muassasasi yuridik shaxs bo‘lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 

barpo  etiladi.  Nodavlat  ta’lim  muassasasi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi  belgilagan  tartibda  davlat  akkreditatsiyasidan  o‘tgan  paytdan  boshlab 

yuridik shaxs huquqlari va ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi. 

Ta’lim  muassasasi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  ishlab  chiqilgan  ustav  asosida 

faoliyat ko‘rsatadi. 

Ta’lim  muassasasi  attestatsiya  natijalariga  binoan  davlat  akkreditatsiyasidan 

mahrum etilishi mumkin. 

Ta’lim  muassasalari  o‘quv-tarbiya  majmuilariga  hamda  o‘quv-ilmiy-ishlab 

chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqli. 

Ta’lim  muassasalari  ustavda  belgilangan  vazifalariga  muvofiq  pulli  ta’lim 

xizmatlari  ko‘rsatish,  shuningdek  tadbirkorlik  faoliyatining  boshqa  turlari  bilan 

shug‘ullanishga haqli. 



 Davlat  ta’lim  standartlari.  Davlat  ta’lim  standartlari  umumiy  o‘rta,  o‘rta 

maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni 

belgilaydi. 


117 

Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim 

muassasalari uchun majburiydir. 

Ta’lim  muassasalarida  ta’lim  berish  tilidan  foydalanish  tartibi  Davlat  tili 

haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi. 

TA’LIM TIZIMI VA TURLARI 

9-modda. Ta’lim tizimi 

10-modda. Ta’lim turlari 

11-modda. Maktabgacha ta’lim 

12-modda. Umumiy o‘rta ta’lim 

13-modda. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 

14-modda. Oliy ta’lim 

15-modda. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim 

16-modda. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash 

17-modda. Maktabdan tashqari ta’lim 

18-modda. Oiladagi ta’lim va mustaqil ravishda ta’lim olish 

19-modda. Ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar 



 Ta’lim tizimi 

O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

davlat  standartlariga  muvofiq  ta’lim  dasturlarini  amalga  oshiruvchi  davlat  va 

nodavlat ta’lim muassasalari; 

ta’lim  tizimining  faoliyat  ko‘rsatishi  va  rivojlanishini  ta’minlash  uchun  zarur 

bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar; 

ta’lim  sohasidagi  davlat  boshqaruv  organlari,  shuningdek  ularga  qarashli 

korxonalar, muassasalar va tashkilotlar. 

O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir. 

 Ta’lim turlari 

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi: 

maktabgacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy 

ta’lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta 

tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim. 

 Maktabgacha ta’lim 

Maktabgacha  ta’lim  bola  shaxsini  sog‘lom  va  etuk,  maktabda  o‘qishga 

tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta’lim olti-etti yoshgacha 

oilada,  bolalar  bog‘chasida  va  mulk  shaklidan  qat’i  nazar,  boshqa  ta’lim 

muassasalarida olib boriladi. 

 Umumiy o‘rta ta’lim 

Umumiy o‘rta ta’lim bosqichlari quyidagicha: 

boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar); 

umumiy o‘rta ta’lim (I-IX sinflar). 



118 

Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, 

bilim  va  ko‘nikma  asoslarini  shakllantirishga  qaratilgandir.  Maktabning  birinchi 

sinfiga bolalar olti-etti yoshidan qabul qilinadi. 

Umumiy  o‘rta  ta’lim  bilimlarning  zarur  hajmini  beradi,  mustaqil  fikrlash, 

tashkilotchilik  qobiliyati  va  amaliy  tajriba  ko‘nikmalarini  rivojlantiradi,  dastlabki 

tarzda  kasbga  yo‘naltirishga  va  ta’limning  navbatdagi  bosqichini  tanlashga  yordam 

beradi. 


Bolalarning  qobiliyati,  iste’dodini  rivojlantirish  uchun  ixtisoslashtirilgan 

maktablar tashkil etilishi mumkin. 



O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim olish maqsadida har kim umumiy o‘rta ta’lim 

asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini ixtiyoriy 

ravishda tanlash huquqiga ega. 

Akademik  litseylar  va  kasb-hunar  kollejlari  egallangan  kasb-hunar  bo‘yicha 

ishlash  huquqini  beradigan  hamda  bunday  ish  yoki  ta’limni  navbatdagi  bosqichda 

davom ettirish uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi. 

Akademik  litsey  o‘quvchilarning  intellektual  qobiliyatlarini  jadal  o‘stirishni, 

ularning  chuqur,  tabaqalashtirilgan  va  kasb-hunarga  yo‘naltirilgan  bilim  olishlarini 

ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir. 

Kasb-hunar  kolleji  o‘quvchilarning  kasb-hunarga  moyilligi,  mahorat  va 

malakasini  chuqur  rivojlantirishni,  tanlangan  kasblar  bo‘yicha  bir  yoki  bir  necha 

ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o‘rta kasb-hunar o‘quv yurtidir. 

 Oliy ta’lim 

Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi. 

Oliy  ma’lumotli  mutaxassislar  tayyorlash  oliy  o‘quv  yurtlarida  (universitetlar, 

akademiyalar,  institutlar  va  oliy  maktabning  boshqa  ta’lim  muassasalarida)  o‘rta 

maxsus kasb-hunar ta’limi asosida amalga oshiriladi. 

Oliy  ta’lim  ikki  bosqichga:  davlat  tomonidan  tasdiqlangan  namunadagi  oliy 

ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega. 

Bakalavriat  oliy  ta’lim  yo‘nalishlaridan  biri  bo‘yicha  puxta  bilim  beradigan, 

o‘qish muddati kamida to‘rt yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir. 

Magistratura  aniq  mutaxassislik  bo‘yicha  bakalavriat  negizida  kamida  ikki  yil 

davom etadigan oliy ta’limdir. 

Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishga 

haqlidirlar. 

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim 

Oliy  o‘quv  yurtidan  keyingi  ta’lim  jamiyatning  ilmiy  va  ilmiy-pedagogik 

kadrlarga  bo‘lgan  ehtiyojlarini  ta’minlashga  qaratilgandir.  Oliy  o‘quv  yurtidan 


119 

keyingi  ta’lim  oliy  o‘quv  yurtlari  va  ilmiy-tadqiqot  muassasalarida  (aspirantura, 

ad’yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin. 

Ilmiy  va  ilmiy-pedagogik  kadrlarni  tayyorlash,  ilmiy  darajalar  va  unvonlar 

berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. 

 Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash 

Kadrlar  malakasini  oshirish  va  ularni  qayta  tayyorlash  kasb  bilimlari  va 

ko‘nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi. 

Kadrlar  malakasini  oshirish  va  ularni  qayta  tayyorlash  tartibi  O‘zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 

Bolalar va o‘smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh 

vaqti  va  dam  olishini  tashkil  etish  uchun  davlat  organlari,  jamoat  birlashmalari, 

shuningdek  boshqa  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  madaniy-estetik,  ilmiy,  texnikaviy, 

sport  va  boshqa  yo‘nalishlarda  maktabdan  tashqari  ta’lim  muassasalarini  tashkil 

etishlari mumkin. 

Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, 

uylari,  klublari  va  markazlari,  bolalar-o‘smirlar  sport  maktablari,  san’at  maktablari, 

musiqa  maktablari,  studiyalar,  kutubxonalar,  sog‘lomlashtirish  muassasalari  va 

boshqa muassasalar kiradi. 

Maktabdan  tashqari  ta’lim  muassasalarining  faoliyat  ko‘rsatish  tartibi  qonun 

hujjatlarida belgilab qo‘yiladi. 



 Oiladagi ta’lim va mustaqil ravishda ta’lim olish 

Davlat oilada ta’lim olishga va mustaqil ravishda ta’lim olishga ko‘maklashadi. 

Bolalarni  oilada  o‘qitish  va  mustaqil  ravishda  ta’lim  olish  tegishli  ta’lim 

muassasalarining dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Ta’lim oluvchilarga vakolatli 

davlat  muassasalari  tomonidan  uslubiy,  maslahat  va  boshqa  yo‘sinda  yordam 

ko‘rsatiladi. 

 

Prezidentimiz I.A.Karimovning “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” 



risolasida  davlatimizning  mutaxassislar  tayyorlashga  bo‘lgan  munosabati  yorqin 

ifodasini  topgan:  “Yoshlar,  ularning  iqtidorliligi  va  bilim  olishga  chanqoqligidan 

ta’lim va ma’naviyatini tushunib yetish boshlanadi. Bizning davlatimiz mutaxassislar 

tayyorlashning  ilg‘or  jahon  tajribasini  keng  jalb  etadi,  va,  eng  avvalo,  bevosita 

O‘zbekistonning o‘zida yuqori sifatli ta’lim uchun sharoitlar yaratadi”. 

Maktabgacha tarbiya muassasalari ta’lim tizimidagi eng birinchi muhim bo’g’in 

bo’lib, aynan shu muassasalarda uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bosqichi amalga 

oshiriladi.  Ushbu  muassasalarning  asosiy  vazifalari  “Ta’lim  to’g’risida”gi 

O’zbekiston  Respublikasining  Qonunining  11-moddasida  belgilab  qo’yilgan.  Unga 

ko’ra,  bu  ta’lim  olti-etti  yoshgacha  oilada,  bolalar  bog’chasida  va  mulk  shaklidan 

qat’iy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi 


120 

va  vazifalarini  ro’yobga  chiqarishda  mahallalar,  jamoat  va  xayriya  tashkilotlari, 

xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. 

Bizning  davlatimizda  maktabgacha  tarbiya  muassasalarining  quyidagi  turlari 

mavjud: bolalar bog’chalari, yasli-bog’chalar, bolalar yaslilari va og’ir kasal bolalar 

uchun  sanatoriya  tipidagi  bolalar  bog’chalari.  Ushbu  muassasalar  moliyalashtirish 

yo’nalishlari bo’yicha quyidagicha tasniflanadi: 

O‘zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  va  “Kadrlar  tayyorlash 

milliy  dasturi”  to‘g‘risidagi  qonunlariga  muvofiq  O‘zbeksitonning  ilmiy-texnikaviy, 

iqtisodiy,  ijtimoiy  va  madaniy  rivojlanishini  masalasini  rivojlangan  mamlakatlar 

darajasida hal etishga qodir, yuksak darajada ma’naviy, madaniy va axloqiy sifatlarga 

ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash oliy ta’lim tizimining vazifasi 

hisoblanadi.  

Oliy ta’lim tizimining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 



 - davlat ta’lim standartlariga muvofiq zamonaviy ta’lim-kasb dasturlari asosida 

sifatli o‘qituvni ta’minlash va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash;  

- yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarni, jumladan xorijiy ilmiy markazlarda, 

tayyorlash; 

-  mamlakatni  iqtisodiy  va  ijtimoiy  rivojlantirish  istiqboli,  jamiyat  ehtiyoji,  fan, 

texnika,  texnologiya,  iqtisod  va  madaniyat  zamonaviy  yutuqlaridan  kelib  chiqib 

kadrlar tayyorlashning tashkil etilishi va usulini muntazam takomillashtirish; 

-  ta’limni  individuallashtirish,  masofadan  o‘qitishning  yangi  pedagogik  va 

informatsion texnologiyalari, vositalarini joriy etish; 

-  mustaqillik  g‘oyalariga  sodiqlik,  Vatanga,  oilaga  va  atrof  muhitga  muhabbat 

ruhida,  milliy  uyg‘onish  mafkurasi  hamda  umuminsoniy  qadriyatlarni  chuqur  his 

etish asosida oliy ta’limnnig gumanitar yo‘nalishini, yoshlar tarbiyasini ta’minlash; 

-  ta’lim,  fan  va  ishlab  chiqarishning  samarali  uyg‘unlanuvchi  usullarini 

amaliyotga tatbiq etish; 

- ta’lim xizmati ko‘rsatish bozorida, raqobat muhitini yuzaga keltirish

-  oliy  ta’lim  muassasalari  boshqaruvini  takomillashtirish  va  mustaqilligini 

kengaytirish. 

Oliy ta’lim tizimi quyidagilardan iborat:  

- davlatga qarashli va davlatga aloqadorsiz oliy ta’lim muassasalari, bular davlat 

ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim-kasb dasturini amalga oshiradi

-  ilmiy-pedagogik  muassasalar,  bular  oliy  ta’limni  rivojlantirish  uchun  zarur 

bo‘lgan tadqiqot ishlarini olib boradi; 

- ta’limni boshqaruvchi davlat idoralari, shuningdek, ular tasarrufidagi korxona, 

muassasa va tashkilotlar.  



121 

1993  yildan  respublikaning  barcha  oliy  o‘quv  yurtlariga  test  sinovlari  orqali 

abiturientlar  qabul  etilmoqda.  Talabalar  oliy  o‘quv  yurtlarida  ikki  bosqichli  ta’lim 

asosida bakalavr va magistr darajalarini egallashlari mumkin.  



Bakalavriat – ixtisosliklar yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati to‘rt yildan kam 

bo‘lmagan nazariy va amaliy bilim beruvchi tayanch oliy ta’lim.  



Magistratura – bakalavriat asosida o‘quv muddati ikki yildan kam bo‘lmagan, 

muayyan ixtisoslik bo‘yicha oliy ta’lim.  

       Oliy  ta’lim  universitetlarda,  institutlarda  va  akademiyalarda  amalga 

oshiriladi.  Oliy  ma’lumotli  mutaxassislarni  tayyorlash  umumiy  o‘rta,  o‘rta  maxsus, 

o‘rta kasb-hunar o‘quv muassasalarining turidan qat’i nazar, o‘rta ma’lumot manbai 

asosida amalga oshiriladi.  



Universitet :  

-  oliy  va  oliy  ta’lim  muassasasini  tugatgandan  keyingi  ta’lim-kasb  dasturini 

ta’limning turli sohalari va tayyorlashning yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiradi; 

-  iqtisodiyot  turli  sohalarining  mutaxassislari,  oliy  ta’lim  muaassasalari,  kasb-

hunar  kollejlari  va  akademik  litseylar  pedagog  xodimlari  malakasini  oshirish  va 

ularni qayta tayyorlashni amalga oshiradi; 

- fan turli sohalari bo‘yicha nazariy va amaliy tadqiqotlar olib boradi

- fanlarning tegishli sohalarida ilmiy va metodik markaz hisoblanadi. 



Akademiya  :  -  fanning  muayyan  sohalari  va  tayyorlov  yo‘nalishlari  bo‘yicha 

oliy  va  oliy  ta’lim  muassasasini  tugatgandan  keyingi  ta’lim-kasb  dasturini  amalga 

oshiradi; 

-  bilimning  muayyan  sohalari  va  tayyorlov  yo‘nalishlari  bo‘yicha 

mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiradi; 

-  fan, texnika  yoki san’atning biror  sohasida  nazariy  va  amaliy  tadqiqotlar olib 

boradi; 

- o‘z faoliyatini sohasida etakchi ilmiy va metodik markaz hisoblanadi. 



Institut:  

-  oliy  va  oliy  ta’lim  muassasasini  tugatgandan  keyingi  ta’lim-kasb  dasturini, 

qoidaga  ko‘ra  bilimning  bir  sohasidagi  tayyorlov  yo‘nalishi  bo‘yicha  amalga 

oshiradi; 

 - iqtisodiyotning muayyan sohalari uchun mutaxassislarni qayta tayyorlaydi va 

malakasini oshiradi; 

- amaliy ilmiy tadqiqotlar va tajriba konstruktorlik ishlari olib boradi.  

Fuqarorlar  ikkinchi  oliy  ma’lumotni  bitim  asosida  olish  huquqiga  egadir. 

O‘zbekistonda  60  ta  oliy  o‘quv  yurti  bor.  Jumladan,  16  universitet,  7  tibbiyot,  6 

pedagogika, 4 qishloq xo‘jaligi, 3 madaniyat, 1 temiryo‘l, 1 aloqa va b. 

Iqtisodietdagi  barcha  isloxotlarning  samarali  bajarilishi  kadrlar  saloxiyatiga 

ularning  bilimiga  malakasiga  tajribasiga  boglikdir.  Respublikamizdagi  ta’lim 



122 

soxasidagi  isloxotlar  avvlambor  «Ta’lim  to’g’risdagi»  va  «Kadrlar  tayyorlash 

tugrisidagi  milliy  dastur  tugrisidagi»  konunlarga  asoslangan  xolda  olib  borilmokda.  

1997 yil 29 avgustda kabul kilingan ushbu konunlar respublikamiz ta’lim tizimini tub 

islox kilishning maksad va vazifalarini aniklab berdi.  

Bozor 


iktisodiyoti 

sharoitida  ta’lim  tizimining  samaradorligi  uning 

rakobatbardosh  bulishi  juda  kup  omillarga  bogllik  bulib  ular  ichida  boshkaruv 

funksiyalari aloxida axamiyat kasb etadi. YUkoridagi fikrlardan kelib chikkan xolda 

“Oliy ta’lim iqtisodiyoti va menejmenti” fanining maksadi kuyidagilardan iborat: 

 



Ta’lim  tizimdagi  isloxotlarni    “Ta’lim  to’grisidagi”  va  “Kadrlar  tayyorlash 

milliy  dasturi  to’grisidagi”  konularda  belgilangan  vazifalar  asosida  bajarish  uchun 

malakali kadrlarni tayyorlash; 

 



Ta’lim  tizimini  boshkarishning nazariy    va  amaliy  asoslarini urgshanish    va 

amliyotga tadbik etish; 

 

Ta’lim  soxasi  boshkaruv  stukturasini  ,boshkaruv  buginlari  va  boshkaruv 



zvenolarini  vakolatlari ,xamda funksiyalarini urganish

 



Jaxon oliy ta’limi tajribalaridan kelib  chikkan xolda ularning ilgor usullarini 

boshkaruv  tizimiga joriy etish va ta’lim tizimini rakobatbardoshligini ta’minlash; 

 

Oliy ta’lim tizimi va urta maxsus kasb xunari ta’lim tayyorlayotgan  yukori va 



urta bugin kadrlarini mexnat bozorida rakobat bardoshligini ta’minlash va talabga ega 

bulishini muvofiklashtirish; 

 

Ta’lim  tizimi  sifatini  xalkaro  standartlaga  mos  kelishini  belgilaydigan 



me’zonlarni ishlab chikish va ular asosida Davlat ta’lim standartlarini ishlab chikish; 

  Talim  menejmentini  takomillashtirish  asosida  kadrlar  mobilligi  va 



rakobatbardoshligini oshirishga yunaltirilgan vazifalarni izchil amalga oshirish. 



Download 4.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling