Strategik menejment


Та’limda “Каdrlar tayyorlash milliy dasturi”,“Та’lim to’g’risida”gi


Download 4.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/47
Sana21.12.2019
Hajmi4.87 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47

2.Та’limda “Каdrlar tayyorlash milliy dasturi”,“Та’lim to’g’risida”gi 

qonunning amalga oshirilishi.  

 “Ta’lim  tugrisidagi”  konunning  3–moddasida  Ta’lim  sohasidagi  davlat 

siyosatinitg  asosiy  prinsiplari  keltirilgan  bulib,  Uzbekiston  respublikasi  ijtimoiy 

tarakkiyoti soxasida ta’lim ustuvor deb e’lon kilingan. 

Ta’lim soxasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari  kuyidagilardir: 

 



Ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi

 



Ta’limning uzluksizligi va izchilligi; 

 



Umumiy  urta ,urta maxsus ,kasb xunar ta’limining majburiyligi; 

 



O’rta maxsus kasb xunar ta’limining yunalishini: akademik litseyda  yoki kasb 

xunar kollejida  ukishni tanlashning ixtiyoriyligi; 

  Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; 



 

Davlat ta’lim standartlari doirasida  ta’lim olishning barcha uchun ochikligi



  Ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabakalashtirilgan yondashuv; 



123 

  Bilimli bulishni va iste’dodni ragbatlantirish; 



  Ta’lim tizimida davlat va jamoat boshkaruvini uygunlashtirish. 

“Ta’lim tugrisidagi” konun 5 bulim va 34 moddadan iboratdir. 

1-Bo’lim  umumiy  qoidalar,2-bo’lim  ta’lim  tizimi  va  turlari,  3  bulim  ta’lim 

jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy ximoya kilish, 4 bulim ta’lim tizimini boshkarish, 5 

bo’lim yakunlovchi qoidalar deb nomlanib ularda tegishli masalalar batafsil yoritilib 

konunan  tasdiklangan.  Konunning  4-  bulimida  «Ta’lim  tizimini  boshkarish»ga 

tegishli  organlarning  vakolatlari  va  xukuk  doirasi,  maxalliy  davlat  xokimiyati 

organlarining  ta’lim  soxasidagi  vakolatlari,  ta’lim  muassasasini  boshkarish,  ta’lim 

soxasidagi davlat boshkaruvi organlari bilan nodavlat ta’lim muassasalari urtasidagi 

uzaro munosabatlarning shakllanish koidalari berilgan. 

25-modda. Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining  ta’lim soxasidagi 

vakolatlari:   

 



Respublikaning ta’lim soxasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish; 

  Ta’lim soxasidagi davlat boshkaruvi organlariga raxbarlik kilish



  Ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chikish va amalga oshirish; 

 

Ta’lim  muassasalarini  tashkil  etish,  kayta  tashkil  etish  va  tugatish  tartibini 



belgilash; 

  Ta’lim 



muassasalarini  akkreditatsiyadan,  pedagog  ,ilmiy  kadrlarni 

attestatsiyadan utkazish tartibini belgilash

 

Boshka  davlatning  ta’lim  muassasalariga  Uzbekiston  Respublikasining 



xududida ta’lim faoliyati  bilan shugullanish xukukini beruvchi ruxsatnomalar berish; 

 



Konun xujjatlariga muvofik xorijiy davlatlarning ta’lim tugrisidagi  xujjatlarini 

tan olish  va bu xujjatlarning ekvivalent ekanligini kayd etish tartibini belgilash; 

  Davlat ta’lim standartlarini tasdiklash; 



 

Davlat  tomonidan  tasdiklangan  namunadagi  ma’lumot  tugrisidagi  xujjatlarni 



tasdiklash va ularni berish tartibini belgilash; 

 Davlat  grantlari  mikdorini  va  ta’lim  muassasalariga  kabul  kilish  tartibini 



belgilash; 

 



Davlat oliy ta’lim muassasalarini rektorini tayinlash; 

 



Ta’lim  oluvchilarni  akkreditatsiya  kilingan  bir  ta’lim  muassasasidan 

boshkasiga utkazish tartibini belgilash; 

 Konun xujjatlariga muvofik boshka vakolatlar. 



«Kadrlar    tayyorlash    milliy    dasturining»  maksad  va  vazifalaridan  bevosita 

ta’lim iqtisodiyoti va menejmentining  vazifalari kelib chikib ular kuyidagilardir: 

 

“Ta’lim  tugrisidagi”  Konunga  muvofik  ta’lim  tizimini  islox  kilish,  davlat  va 



nodavlat ta’lim muassasalari va xamda ta’lim va kadrlar tayyorlash soxasida rakobat 

muxitini  shakllantirish  negizida    ta’lim  tizimini  yagona  ukuv  ilmiy  ishlab  chikarish 



124 

majmui  sifatida  izchil  rivojlantirishni  ta’minlash  vazifalarini  tashkil  etish  va 

boshkarish; 

  Ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimini    jamiyatda  amalga  oshirilayotgan 



yangilanish, rivojlangan demokratik davlat  kurilishi jarayonlariga moslash; 

 Kadlar  tayyorlash  tizimi  muassasalarini  yukori  malakali    mutaxassislar  bilan 



ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiiy makomini kutarishga tegishli 

vazifalarni ijrosini ta’minlash va samarali boshkarish; 

 

Ta’lim tizimining globallashib borayotgan davrida  ta’lim tizimini boshkarish 



va  rivojlantirishning  ilgor  jaxon  tajribalarini    mamlakat  ta’lim  tizimiga  joriy  kilish 

orkali ta’lim tizimida  boshkaruv samaradoligiga erishish; 

 

Iktisodiyotni  modernizatsiya  kilish  sharoitida,  ta’lim  tizimiga  xam 



innovatsiyalarni  kiritish,ta’lim  sifatini  oshirish,  uning  rakobatdoshligini  ta’minlash, 

boshkaruvning optimal strukturalarini  ishlab chikish; 

 Kadrlash  tayyorlash  soxasida  uzaro  manfaatli    xalkaro  xamkorlikni    tashkil 



kilish va boshkarish. 

Ta’lim menejmenti ob’ekti va sub’ekti: 

  Universitet, Akademiya, Institut - boshkaruv ob’ektlari; 



 

Vazirlar maxkamasi, Oliy va urta maxsus ta’lim vazirligi, Ta’lim vazirligi - 



Makrodarajadagi boshkaruv sub’ektlari; 

  Rektor,  direktor  va  ularning  muovinlari  -  Mikrodarajadagi  boshkaruv 



sub’ektlari. 

“Oliy ta’lim iqtisodiyoti va menejmenti” fanining taxlil usullari: 

1. 

Sistemali  yondoshuv  -  boshqariluvchi  ob’ekt  yaxlit  tizim  tarzida  olib 

qaraladi. Bu yondoshuv turlicha bo‘lishi mumkin: 

  sistemali - kompleks yondoshuv 



  sistemali - funksional yondoshuv 

  sistemali - tarkibiy yondoshuv 



  sistemali - kommunikatsion yondoshuv 

2. 

Kompleksli  yondoshuv  -  boshqariluvchi  ob’ekt  boshqa  ob’ektlar  bilan 

o‘zaro bog‘lanishda va aloqadorlikda qaraladi. 

3. 

Tarkibiy  yondoshuv  -  boshqariluvchi  ob’ekt  tarkibiy  qismlarga  bo‘lib 

o‘rganiladi.  

4. 

Vaziyat  (situatsiya)li  yondoshuv  -  boshqariluvchi  ob’ektning  konkret 

sharoitdagi  ichki  va  tashqi  vaziyatiga  qarab  boshqarishning  ma’qul  uslubi 

qo‘llaniladi. 

5. 


Integratsion yondoshuv - makrodarajada boshqariluvchi ob’ekt yuqoridagi 

uslublar  (vaziyatli,  kompleksli,  tarkibiy  yondoshuvlar)ni  birgalikda  qo‘llash 

yordamida boshqariladi. 


125 

6. 


Modellashtirish  usuli  -  boshqariluvchi  ob’ektni  boshqarish  bo‘yicha  turli 

sxema, grafik va chizmalar, xomaki materiallar tayyorlanadi. 

7. 

Iqtisodiy-matematik  yondoshuv  -  optimal  qaror  qabul  qilish  maqsadida 

matematik uslublar va xisoblsh mashinalarini keng miqyosda qo‘llash. 

8. 

Kuzatish  usuli  -  boshqariluvchi  ob’ekt  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  rejali, 

ilmiy, uyushtirilgan asosda to‘plash usuli. 

9. 

Eksperiment  (tajriba)  usuli  -  boshqarish  jarayonida  boshqariluvchi 

ob’ektga nisbatan namunaviy ajribadan o‘tgan usullarni qo‘llash. 

10. 

Sotsiologik  kuzatuv  usuli  -  boshqarish  maqsadida  turli  anketali  so‘rovlar, 

suxbatlar, testlar, infratuzilmaviy taxlillarni o‘tkazish. 



3.Ta’limda menejmentning uziga xos xususiyatlari va strategik boshqarish. 

Boshqaruv  faoliyati  nazariyasi  va  amaliyoti  menejer  modelini  yuzaga  keltirdi 

(9.1-rasm).  Mazkur  modelga  muvofiq  u  shudli  shaxs  bo‘lishi  kerak.  U  istarasi 

issiqlik,  ochiq  ko‘ngillilik,  oqillik  va  irodalilik  kabi  tizim  tashkil  etuvchi  biologik 

sifatlarga ega bo‘lishi lozim. 

Menejer  jismonan  barkamol  bo‘lishi  kerak:  sog‘lom

 

tanda  -  sog‘lom  aql  deb 



bejiz aytilmagan. 

Ochiq  ko‘ngillilikni  menejer  achinish  va  hamdardlik  qilish  kabi  xislatlarda 

namoyon eta bilishligi, vijdon amriga quloq solishi kerak. 

Menejer  fikrlaydigan  o‘z  aqliy  qobiliyati  nimalarga  qodirligini  bilishi  va 

idroklay olishi lozim. 

Menejerda  albatta  mustahkam  iroda  bo‘lishi  shart,  chunki  boshqaruv,  bu 

hamisha hokimiyatdir. 

Menejerning  madaniyatlilik  darajasi  -  inson  tafakkuri  va  badiiy  ijodiyoti  eng 

yaxshi  natijalari  darajasida  bo‘lishlik  xususidagi  doimiy  extiyoj,  bu  uning  etika, 

estetika, siyosatshunoslik, sotsiologiya va psixologiya bo‘yicha bilimlari. Boshqaruv 

faoliyatiga  antropologik  yondashish  menejer  keng  kultrologik  tayyorgarlikka  ega 

bo‘lishi zarurligaga olib keladi. 

Menejerning  insoniylik  jihati  bu,  menejerning  boshqaruv  faoliyatida 

sistemalashtirilgan  va  moslashtirilgan  antropologik  bilimlardan  foydalana  olishdagi 

nazariy - amaliy  tayyorgarligi. 

Antropologik bilimlar menejerga o‘z kasb vazifasini bajarish jarayonida odamlar 

bilan muloqotda bo‘lish va birgalikda harakat qilish, shaxsiy ishbilarmonlik sifatlarini 

namoyon  eta  bilish  va  eng  yaxshi  kasbiy  natijalarga  erishish  uchun  zarurdir.  Bular 

ayniqsa ta’lim, servis, tibbiyot, savdo va tadbirkorlik kabi faoliyat sohalarvda katga 

ahamiyat kasb etadi. 

 


126 

 

9.1.  Rasm.  Menejer modeli 

Ko‘pchilik  rivojlangan  mamlakatlarning  oliy  ta’lim  muassasalarida  va  biznes 

bilan  bog‘liq  barcha  biznes-maktablarda  ixtisoslashtirilgan  insonshunoslik  fanlari 

o‘qitiladi:  sanoat  psixologiyasi,  ishlab  chiqarish  sotsiologiyasi,  tadbirkorlik  odobi, 

ishbilarmonlik  iqtidori  va  b.  Ko‘pchilik  universitetlarda  shoirlar,  rassomlar, 

madaniyat arboblarining ma’ruzalari rejalashtirilgan. 

Menejerlarni  insonshunoslik  bo‘yicha  tayyorlashda  Evropa  Ma’muriy  boshqaruv 

instituti  (Fransiya)da,  Boshqaruv  xalqaro  instituti  (SHveysariya)  va  Barselona  oliy 

boshqaruv ta’limi institutida qiziqarli tajriba to‘plangan. Menejerlar tayyorlash bo‘yicha 

Tokiodagi  markaz  jahonga  ma’lum,  ishda  ikki  qismdan:  insonshunoslik  ta’limi  va 

insonshunoslik texnologiyaviyligidan iborat insonshunoslik vakolati konsepsiyasi ko‘rib 

chiqilgan. 

Menejerning insonshunoslik  ma’lumoti,  bu  -  antropologik  bilimlar  tizimi  bo‘lib, 

uning  mentaliteti  faoliyatining  so‘zlar  yordamida  obraz  yaratish  negizi  hisoblanadi. 

Quyidagilar mana shu negizga taalluqli: 

  boshqaruv psixologiyasi; 



  boshqaruv pedagogikasi; 

  boshqaruv odobi; 



  boshqaruv sotsiologiyasi; 

  boshqaruv kelishmovchilikshunosligi; 



  boshqaruv ritorikasi; 

  boshqaruv ortobiotikasi; 



  boshqaruv imijshunosligi. 

Кulturologik tezaurus 

 

 

 

 

 

 

Hayotiy va kasbiy tajriba 

 

 

 

 

 

Ҳаётий ва касбий тажриба 

Dunyoqarash salohiyati 

 

 

 

 

                                                                    Maxsus tayyorgarlik                                                            

 

 

 

Махсус  

тайёргарлик 

 

 

Biologik 

sifatlar 


127 

Menejerning  insonshunoslik  texnologiyaviyligi,  bu  -  uquvlar  majmui,  shu  tufayli 

antropologik  bo‘limlar  uning  amaliy  xatti-harakatlari  (axborot  to‘plash,  boshqaruv 

qarorlari  qabul  qilish,  futurologik  loyihalash,  ishbilarmonlik  salohiyati  va  h.k.lar)da 

amalga  oshiriladi.  Insonshunoslik  texnologiyalaridan  to‘g‘ri  foydalana  bilishlik  uquvi 

menejerga  antropologik  bilimlarni  tadbiq  etishlik  muvaffaqiyatini  kafolatlaydi. 

Quyidagilar mazkur texnologiyalarga taalluqli:: 

 



maqsadni mo‘ljallash texnologiyasi; 

  etik taalluqlash texnologiyasi



 

o‘z-o‘zini faol baeishlash texnologiyasi; 

 

o‘zini abadishashtirish va b. texnologiyasi. 



Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshqaruv faoliyati o‘z mohiyati va xususiyati 

bo‘yicha jamiyat hayotida aqliy tartibga solish ahamiyatiga ega. Insoniyat tomonidan fan-

texnika,  iqtisodiyot  va  ijtimoiy  muvaffaqiyatlar  tobora  oshirilib  borishiga  ko‘ra 

bosho‘aruv faoliyatining ilmga bo‘lgan talabi ham to‘xtovsiz o‘sib boradi. Boshqaruvning 

mohiyati  ob’ektiv  va  sub’ektiv  shart-sharoitlarni  shunday  nisbatda  uyg‘unlashtirishni 

ta’minlashdan  iboratdir,  bu  mo‘ljallangan  maqsadga  erishish  imkonini  beradi.  SHuning 

uchun yaxshi rahbar  odamlarga kamroq buyruq beradi, buning o‘rniga ularning  mehnat 

faoliyati  uchun  zarur  bo‘lgan  samarali  sharoit  yaratadi.  Boshqaruv,  bu  hamisha 

xukmronlik,  har  qanday  tashkilotning  samarali  faoliyat  ko‘rsatishi,  uni  to‘g‘ri 

taqsimlashga bogliq. Lavozim vakolatidan (hokimiyatning taqsimlanishidan) qat’iy nazar 

boshqaruv  hulqining  umumiy  tamoyillari  -  vakolatlilik,  insonparvarlik,  innovatsiyalik, 

pragrmatika  va  ortobiotiklik  mavjud.  Boshqaruv  uslubiga  kelsak,  u  avtokratik, 

byurokratik, demokratik va aristokratik bo‘lishi mumkin. 

Menejerning  insonshunoslik  vakolati  uning  boshqaruv  faoliyatida  antropologik 

bilimlardan  foydalanishdagi  nazariy-amaliy  tayyorgarligiga  bog‘liq.  Bu  vakolatlilik 

insonshunoslilik  ma’lumoti  va  menejerning  insonshunoslik  texnologiyasi  bilan 

tavsiflanadi. 

Istiqbolni  aniq  bashorat  qilish  uchun  strategiya  zarurdir.  CHunki,  strategiya-bu 

istiqbolni  tadqiq  qilish,  turli  ssenariyalarni  tahlil  etish  san’ati  hamda  istio‘bolda 

raqobat  kurashida  afzallik  beruvchi  g‘oyadir.  Boshqaruv  strategiyasi-bu  strategik 

maqsadni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatdir. SHuning uchun  yaxshi strategiya 

va  strategiyani  a’lo  darajada  amalga  oshirish  -  yaxshi  boshqaruvning  eng  ishonchli 

belgisi. 

Boshqaruv strategiyasi beshta bir-biriga bog‘liq masalani hal etishga asoslanadi: 



1.  Tashkilot  bajarishi  lozim  bo‘lgan  strategik  ko‘ra  bilishni,  harakat  uzoq 

muddatli yo‘nalishini va aniq vazifani shakllantirish. 

2.  Strategik  ko‘ra  bilish  va  zimmadagi  vazifani  aniq  maqsad  va  topshiriqqa 

aylantirish. 

3. Maqsadlar va vazifalarga erishish strategiyasini ishlab chiqish. 


128 

4.  Qabul  qilingan  strategiyani  malakali  hamda  samarali  tadbiq  etish  va  amalga 

oshirshi. 

5.  Ish  natijalarini  baholash,  yangi  yo‘nalishlarni  o‘rganish  va  rivojlanishning 

uzoq  muddatli  yo‘nalishi,  strategiya  maqsadlari  yoki  amaldagi  tajribaga  asosan  uni 

amalga  oshirish  usullari,  o‘zgaruvchan  sharoitlar,  yangi  yuyalar  va  imkoniyatlarga 

nisbatan to‘g‘rilovchi xatti-harakatlarni amalga oshirish. 

Mazkur  strategiyani  shakllantirish  va  amalga  oshirish  jarayonida  5-vazifadan 

agar zarur bo‘lsa qabul qilingan qarorlarni qayta ko‘rib chiqish yoki takomillashtirish 

uchun oddingilariga qaytish ko‘zda tutilgan. 

Tashkilotning strategik ko‘ra bilishi va zimmasidagi vazifasini shakllantirish. Bu 

vazifani  bajarishda  tashkilotlarning  rahbarlari  quyidagi  savolga  javob  berishi  lozim: 

biz  nima  qilmoqchimiz  va  nimaga  erishamiz?  Zimmadagi  vazifa  bayon  qilinganda 

tashkilot  faoliyatining  tavsifi  aniqlashadi  va  u  mijozlar  uchun  nima  qilishi  kerakligi 

belgilanadi.  o‘z  xodimlarida  «maqsad  tuyg‘usi»ni  yuzaga  keltirish  uchun,  rahbar 

ularni  tashkilotning  strategik  mo‘ljali  va  zimmadagi  vazifa  to‘g‘risida  xabardor 

qilishi  lozim.  Bunda  esa  yaxshi  o‘ylangan  strategik  mo‘ljal  tashkilotni  istiqbolga 

tayyorlaydi, rivojlanishning uzoq muddatli yo‘nalishini belgilashga yordam beradi. 

Strategiyani  ishlab  chiqishda  asosiy  boshqaruv  muammosi,  ya’ni  tashkilot 

ahvolini hisobga olgan holda samarali natijalarga va uning istiqboliga qanday erishish 

belgilanadi.  Strategiya  natijalarga  erishish  vositasi  hisoblanadi.  Bunday  harakat 

tarziga tashkilot, maqsad va vazifalarga erishish uchun rahbarlar amal o‘ilishi shart. 

Tashkilot  strategiyasi  asosiy  boshqaruv  vazifasini  hal  etishga  yo‘naltirilgan  o‘zaro 

bog‘liq harakatlar va ishga yondashuvlar majmuidan iboratdir. 

Strategiyani  ishlab  chiqish  tashkilot  ichki  va  tashqi  holatiga  tashxis  qo‘yishdan 

boshlanadi. Nega? CHunki to‘g‘ri tashxissiz yoki umuman busiz chuqur o‘ylanmagan 

strategik harakat qabul qilinishi mumkin. 

Tashkilot  strategiyasi,  qoidaga  ko‘ra,  quyidagi  mutanosibliklardan  iborat 

bo‘ladi: 

 



puxta o‘ylangan va maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar; 

 



agar kutilmagan yo‘nalish yuzaga chiqsa va zarur bo‘lsa, unga javoban xatti-

harakatlar, masalan raqobat tazyiqi sodir bo‘lsa va h. k. 

Amaldagi strategiya tarxi9. 2- rasmda berildi. 

Rasmdan ko‘rinadiki, yangicha vaziyat (o‘zgaruvchan sharoit)lar yuzaga kelishi 

natijasida  rejadagi  strategiya  o‘zgarishi  mumkin  ekan.  Ta’lim  sohasidagi  bunday 

vaziyatlarga  fan,  texnika,  texnologiya,  iqtisod,  madaniyat,  ta’lim  va  h.  k.dagi  yangi 

natijalarni;  yangi  qonunlar  yuzaga  kelishi  yoki  hukumat  siyosatining  o‘zgarishi; 

ta’lim xizmatiga bo‘lgan talabning o‘sishi  va h. k.larni kiritish mumkin.  



129 

9.2.Rasm.  Amaldagi strategiyaning yuzaga kelish tarzi 

 

Tashkilot  strategiyasi  bir  vaqtning  o‘zida  ham  rejadagi  va  adaptiv 



(moslashuvchan) hisoblanadi. 

Tashkilot strategiyasini tez-tez "zargarona sozlash" yoki boshqarish odatdagi hol 

hisoblanadi. Bular tasho‘i va ichki o‘zgarishlar miqdori sezilarli darajada jamlanishi 

bo‘yicha  amalga  oshiriladi.  SHuning  uchun  strategiya  uzoo‘  muddat  mobaynida 

kamdan-kam  holdagina  o‘zgarmay  qoladi.  Biroq  strategiyani  tubdan  o‘zgartirish 

kamdan-kam  yuz  beradi,  qoidaga  ko‘ra,  tang  vaziyatlardagina  shunday  bo‘lishi 

mumkin. Strategik ko‘ra bilish va vazifaning shakllanishi, maqsadning aniqlanishi va 

strategiyani  qabul  qilish,  bu  rivojlanish  yo‘nalishini  ishlab  chiqish  jarayonining 

asosiy vazifasi. Bular barchasi birgalikda strategik rejani tashkil etadi. 

 

4.Ta’lim tizimini strategik boshqarishda rivojlangan mamlakatlar tajribasi. 

Hozirgi  kunda  xorijiy  mamlakatlarning  oliy  ta’lim  sohasidagi  olib  borayotgan 

davlat siyosatlari quyidagi jihatlari bilan xarakterlanadi: 

 



Xususiy  oliy  o‘quv  yurtlarini  tashkil  qilish,  ularni  rivojlantirish  borasidagi 

amaliy  ishlar  davlatlar  tomonidan  qo‘llab  quvvatlamoqda  (chunki  bu  sohaga  davlat 

va mahalliy byudjet ko‘magidan yashqari, yirik xususiy sarmoyalarni ham jalb qilish 

imkonini  beradi)  Bunday  yondoshuv  ayniqsa  AQSH,Yaponiyava  Fransiyada  ko‘zga 

yaqqol tashlanadi.  

 



Oliy o‘quv yurtlari davlat tasarrufida bo‘lgan davlatlar alohida ajralib turadi 

(Germaniya,Avstriya,Daniya,Gretsiya).  Bu  davlatlarda  xususiy  oliy  o‘quv  yurtlari 

cherkov tasarrufida bo‘lib, ular 2-3 foizni tashkil qiladi. 

 



Xususiy  oliy  o‘quv  yurtlar  tizimi  keng  rivojlanayotgan  mamlakatlar 

(AQSH,Yaponiya,Fransiya).  Ularning  mavjudligi  davlat  tasarrufidagi  oliy  o‘quv 

yurtlari obro‘siga putur yetkazmaydi.  

 



YUqoridagi  barcha  mamlakatlardagi  xususiy  oliy  o‘quv  yurtlar  moliyaviy 

jihatdan davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanadi. 



Tashqi va ichki sharoit 

 

 

 

 

O’zgaruvchan 

шароитга  

мослашиш 

Rejadagi (yoki mo’ljaldagi) 

strategiya 

Sharoit o’zgarishiga 

moslashuvchanlik munosabati 

 

Amaldagi 

strategiya 


130 

 



Xususiy oliy o‘quv yurtini tashkil qilish  – bu ko‘p sarmoya talab qiladigan 

tadbirdir.  Bu  borada  to‘plangan  tajribalarning  dalolat  berishicha,  faqat  iqtisodiy 

baquvvat  firmalar  (alohida  shaxslar)  yoki  baquvvat  ijtimoiy  tashkilotgina  o‘rta 

darajadagi xususiy oliy ta’lim maktabi faoliyatini tashkil qila oladi. 

Xususiy  va  davlat  tasarrufidagi  oliy  ta’limni  tashkil  qilish  borasidagi 

tamoyillarni alohida mamlakatlar misolida aniq tahlil qilaylik.  



AQSH   

Bu  yerda  oliy  o‘quv  yurtlarining  1870  tasi  xususiy  sektor  tomonidan  nazorat 

qilinadi  (qiyoslang:  davlat  sektorida  1520  ta  ).  SHunga  qaramasdan  77  foiz  talaba 

davlat sektotiga tegishli oliy  o‘quv  yurtlarida  o‘qiydilar.  Bunday  ko‘rsatkich tobora 

ortib borayotganligi kuzatilmoqda. Bu xususiy oliy ta’lim maktabkarida o‘qish juda 

qimmatligi bilan izohlanadi. Buning natijasida jamiyatning o‘rta qatlam vakillarining 

farzandlari bunday oliy maktabga kirib o‘qishga qiynalmoqdalar.   

AQSH da xususiy oliy o‘quv yurtini ochish huquqiy jihatdan biron qiyinchilik 

tug‘dirmaydi  (u  talabgorlar  miqdoriga  bog‘liq).  Bu  boradagi  qiyinchiliklar,  asosan 

diplomlarning tan olinishi va xususiy oliy o‘quv yurti tomonidan beriladigan malaka 

bilan  bog‘liq.  Bu  muammolarning  yechilishida  turli  mintaqaviy  va  professional 

agentliklarning fikrlari ustuvorlik qiladi.  

 



Download 4.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling