Strategik menejment


Download 4.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/47
Sana21.12.2019
Hajmi4.87 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47

Yaponiya 

Bu  yerda  1986-yilgi  ma’lumotlarga  ko‘ra  universitet  darajasidagi  oliy  o‘quv 

yurtlardan  334  tasi  xususiy  sektor  va  131  tasi  davlat  tasarrufiga  tegishlidir  (ulardan 

95 tasi-milliy universitetlar, 36 tasi mahalliy). Biron bir xususiy oliy o‘quv yurtining 

ochilishi mamlakat hukumatining ruhsati bilan amalga oshiriladi.  

Fransiya  

Bu  yerda  77  ta  universitet  mavjud  bo‘lib,  ulardan  5  tasi  katolik  cherkovi 

tasarrufida. SHunga qaramasdan, oliy o‘quv yurtlarining uchdan bir qismi turli tuman 

muassasalar,  assotsiyasalar,  fondlar  va  cherkovlar  tasarrufida  bo;lib,  davlatdan 

mustaqildirlar.  Xususiy  sektor  tasarrufidagi  ixtisoslashtirilgan  fransuz  oliy  o‘quv 

yurtlarining  asosiy  xususiyatlari  quyidagilardan  iborat:  75  foiz  oliy  o‘quv  yurtlari 

biznes  va  menejment  bo‘yicha,  yoki  45  foizi  umuman  savdoga  oid  mutaxassislar 

tayyorlaydilar. Xususiy sector tasarrufidagi injener-texnik xodimlar tayyorlovchi oliy 

o‘quv yurtlar 35 foizni tashkil etadi. 

Davlat  tasarrufidagi  bir  orofilli  oliy  o‘quv  yurtlari  institut  deb  atalsa  (masalan 

injenerlik sohasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlovchilar), xususiy sektordagi 

shunday oliy o‘quv yurtlari “Masshtab” deb ataladi. Bunday xususiy “Masshtab” lar 

davlat  institutlaridan  talablar  miqdorining  kamligi  bilan  ajralib  turadi.  Aytaylik, 

injenerlik,  boshqaruv  va  biznes  sohalarda  mutaxassis  tayyorlovchi  xususiy  oliy  

o‘quv yurtlarida 600 va undan kam (ba’zan bir necha o‘nlab) talaba tahsil oladi.    


131 

Xorijiy  mamlakatlardagi  bakalavr  va  talabalarni  tayyorlashni  boshqarish 

tajribasi 

Jahondagi  ko‘plab  mamlakatlarda  oliy  o‘quv  yurtlari  o‘rta  umumiy  ta’lim 

tizimidan keyingi, navbatdagi ta’lim bosqichi hisoblanadi. Oliy ta’lim maktablarining 

ko‘pchiligida  o‘qish  muddati  2yil  yoki  undan  ko‘proq  bo‘lib  uch  siklda  yoki 

bosqichda amalga oshiriladi. 

Birinchi  bosqich  ta’limi  3-4  yil  (yoki  ko‘proq) davom  etadi va  bitiruvchilarga 

bakalavr  diplomi  beriladi  (AQSH,  Angliya,  YAponiya,  Avstarliyada).  Fransiyada 

birinchi  bosqich  oliy  maktabni  bitiruvchilarga  metriz  Belgiyada  lisans  unvoni 

beriladi.  



Ikkinchi  bosqich  oliy  ta’lim  maktablariga  birinchi  siklni  tugatgan 

bitiruvchilarning 10-25 foizi qabul qilinadi. Masalan ko‘rsatkich AQSHda-20,Buyuk 

Britaniyada-15,Avstraliyada–7,  Avstriyada-10,  YAponiyada-6  foizni  tashkil  qiladi. 

Bu  davrda  tanlangan  yo‘nalish  bo‘yicha  ihtisoslashtirilgan  umumiy  fundamental 

bilimlar  o‘qitiladi  (Angliya,  IspaniyaAQSH).  GFR  ,  Fransiya,  Belgiya  kabi 

mamlakatlarda  esa  ikkinchi  bosqich  oliy  ta;lim  maktablari  talabalari  ancha 

mukammal  va  muayyan  maqsadga  yo‘naltirilgan  bilimlarni  egallaydilar.  Lekin  hali 

ular tor profildagi yuqori malakali mutaxassis unvonini olish uchun ikkinchi sikldagi 

o‘qishlarini yana ixtisoslashtirilgan kurslarda  1-2 yil davom ettirishlari mumkin.  

Ta’limning  bunday  tizimi  o‘rta  va  oily  ta’lim  maktablari  faoliyatini 

muvofiqlashtirishga tanlangan soha bo‘yicha oliy ta’limdagi izchillikni ta’minlashga 

samarali ta’sir qiladi.  

Muayyan  ixtisosliklar  bo‘yicha  maxsus  imtihonlar  3  yillik  amaliy  ish 

faoliyatidan keyin ham topshirilishi mumkin.  

Oily ta’lim  maktablarining ikkinchi bosqichida o‘qish 1-2 yil davom etadi. Bu 

siklni 


bitirgan 

talabalarga 

magistr 

unvoni 


beriladi 

(AQSH,Buyuk 

Britaniya,Yaponiya,Avstraliya). 

Fransiya  va  Belgiyada  magistr  unvoni  ma’lum  mutaxassisliklari  chuqur 

o‘rganuvchi  kurslarning  bitiruvchilariga  ham  beriladi.  Magistrlik  ta’limining  o‘ziga 

xos  xususiyatlaridan  biri  o‘quv  dasturlarining  individuallashtirilganligidir.  Bunda 

o‘quv  dasturlari  talabalar  va  ularning  ilmiy  rahbarlari  tomonidan  tuziladi  va 

kafedralar,  dekanatlar  tomonidan  tasdiqlanadi.  Magistraturani  bitirgan  yoshlar 

doktoranturaga kirisg huquqiga ega bo‘ladilar. 

Uchinchi bosqichi oliy ta’limning  bu- doktoranturadir. Bunga asosan ikkinchi 

bosqich  oliy  ta’lim  maktablarini  muvafaqqiyatli  bitirgan  talabalar  qabul  qilinadi. 

O‘qish muddati mutaxassislik  turiga ko‘ra 1-3 yil. Doktoranturaga birinchi sikl oliy 

ta’lim maktablarini bitirganlar ham kirishi mumkin. Lekin bu holda o‘qish muddati 3-

5 yilgacha uzaytiriladi.  


132 

Birinchi  sikl  oliy  ta’lim  qoidalariga  binoan  mutaxassislik  bo‘yicha  umumiy 

bilimlar  berishga  yo‘naltirilgan.  Ta’limni  alohida  ixtisoslarga  bo‘lib  tashkil  qilish, 

odatda,  3-kursdan  boshlanadi.  Tor  mutaxassislar  bo‘yicha  kadrlar  tayyorlash  faqat 

uchinchi sikldagina amalga oshiriladi.  

Ko‘p  bosqichli  oliy  ta’lim  tizimining  bunday  o‘ziga  xos  xususiyatlari  anglo-

amerikacha va fransuzcha modellarda jahon bo‘yicha keng tarqalgan. Oliy ta’limning 

anglo-amerikacha  tizimi  AQSH,Buyuk  Britaniya,  Hindiston,Avstraliya,Yangi 

Zelandiya, Yaponiya, Isroil va boshqa manlakatlarda mavjud. 

   Birinchi  sikl  oliy  o‘quv  yurtlaridagi  o‘qish  muddati  turli  mamlakatlarda 

turlicha.  Masalan,  AQSH  da  4  yil,  Buyuk  Britaniyada  3  yil,.  Magistrlik  darajasini 

olish  uchun  yana  2  yil  o‘qish  lozim  (ayrim  ixtisosliklar  bo‘yicha  1-1,5  yil).  AQSH 

dagi  qator  muhandislik  oliy  maktablarida  bakalavrlik  diplomini  5  yillik  tizimdan 

keyin olish mumkin. Tibbiyot sohasida birinchi doktrorlik diplomini (stomatologiya, 

veterinariya  sohalari  bo‘yicha)  olish  uchun  esa  8  yillik  ta’lim  joriyb  qilingan. 

YAponiyada  esa    bakalavrlik  darajasini  4  yillik  ta’limdan  so‘ng  olish  mumkin 

(tibbiyot mutaxassisliklari esa bundan mustasno), magistrlik darajasiga teng diplomni 

olish uchun yana 2 yillik ta’lim dasturini o‘tash lozim.  

   Oliy  ta’limning  fransuz  modeli  Fransiyadan  tashqari  Belgiya,  SHvetsariya, 

Norvegiya va boshqa  mamlakatlarda joriy qilingan. Bu tizim talabalarnin sinchiklab 

tanlash  asosida  qabul  qilishni  ko‘zda  tutadi.  Talabalar  dastlabki  1-3  yilda  umumiy 

dasturlar orqali ta’lim olish bilan bir qatorda bo‘lajak tor ixtisosliklarni tanlashda faol 

ishtirok etadilar. 

   Ko‘p  bosqichli  fransuz  oliy  ta’lim  modelining  o‘ziga  xos  xususiyatlari 

quyidagilardan iborat: 

1.  Fransuz 

universitetlarida  ta’limning  dastlabki  ikki  yilida  qator 

mutaxassisliklar uchun yagona o‘quv dasturlari mavjud.  

2.  Universitetning  2-kursini  tugatib,  tegishli  guvohnoma  olgan  talaba  shu 

universitetning  3-kursini  o‘zi  tanlagan  mutaxassislik  bo‘yicha  o‘qishni  davom 

ettirishi  yoki  boshqa  universitetga  o‘tishi  va  yoki  o‘qishni  elitar  o‘quv  yurtlati 

(Grande  Ecole-  katta  maktab,  Ecole  Normale-  oddiy  maktab)  da  davom  ettirishi 

mumkin.  

3.  Universitetning  3-kursini  bitirgan  talabalar  “lisans”  diplomini  oladilar. 

Bunday  diplomni  olgan  talabalar  o‘qishlarini  4-kursda  davom  ettirish  yoki  o‘qishni 

tashlab  o‘z  mutaxassisliklari  bo‘yicha  amaliy  ish  bilan  shug‘ullanish  huquqlariga 

egadirlar. 4-kursni tamomlagan talabalar esa “metriz” diplomini oladilar.  

4.  “Metriz”  diplomi  uning  egasiga  to‘liq  oliy  ma’lumot  olganligidan  dalolat 

beradi.  

Fransiyada magistrlik diplomining yagona nusxasi yo‘q. 



133 

Shuningdek,  fransuz  oliy  ta’lim  tizimidagi  ikkinchi  sikl  ta’limning  maxsus 

atamasi,  nomi  ham  yo‘q.  ikkinchi  sikl  deyilganda  odatda  4  yillik  birinchi  sikl  oliy 

ta’limidan  so‘ng  keladigan  navbatdagi  bosqich  tushuniladi  xolos.  Fransuzcha  oliy 

ta’lim  modelining  ikkinchi  sikli  1-2  yillik  ta’limni  o‘z  ichiga  olib,  uni  bitiruvchilar 

tanlagan  mutaxassislilari  bo‘yicha  chuqur  bilimlarni  o‘rganganliklari  haqida  maxsus 

ihtisos diplomini oladilar.  

5.  Mutaxassislikni  bildiruvchi  diplom  (masalan,  2  yillik  o‘qishdan  keyin 

beriladigan tehnologiya sohasidagi universitet diplomi) oliy ta’lim tizimidagi 3 siklli 

ta’lim tizimining birini bitirganlikdan dalolat beradi. Masalan, ixtisoslashtirilgan oliy 

o‘quv  yurtining  5  yillik  kursini  bitirgan  talaba  muhandislik  diplomini  olsa 

universitetning dastlabki 1 siklini tamomlagan talaba yana 3 yillik kursni bitirgandan 

so‘nggina shunday diplom egasi bo‘lishi mumkin.  

6. Ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlarida ma’lum soha mutaxassislik diplomini 

beruvchi  yoki  doktoranturaga    kirish  huquqini  beruvchi  1  yillik  qayta  tayyorlov 

kurslarining keng tarmog‘i faoliyat ko‘rsatadi.  

Germaniyada  esa  oliy  ta’lim  keng  miqyosda biron  kasbga  yo‘naltirilgani  bilan 

(xuddi Rossiyadagidek) anglo-amerikacha va fransuzcha modellardan farq qiladi. Bu 

yerda, xatto, oliy ta’limning sikllarga bo‘linishi ham mavjud emas. Ta’lim jarayoni 4 

yildan  6  yilgacha  muddatda  amalga  oshirilib,  bularning  hammasi  anglo-amerikacha 

va fransuzcha oliy ta’lim tizimi talablariga unchalik mos kelmaydi. Olmon oliy o‘quv 

yurtlarida  amalga  oshiriladigan  5-6  yillik  oliy  ta’lim  xalqaro  standart  normalariga 

ko‘ra  anglo-amerikacha  va  fransuzcha    oliy  ta’lim  tizimining  birinchi  sikliga 

(bakalavr  darajasiga)  mos  keladi  xolos.  SHu  sababli  keyingi  yillarda  german  oliy 

o‘quv  yurtlarining  diplomlari  ahamiyatini  ko‘tarish  maqsadida  oliy  ta’limning 

dastlabki  bosqichini  qiqartirish  ya’ni  4  yillik  qilib  belgilash  haqida  takliflar 

kiritilyapti.  

                          Oliy ta’lim tizimi ichki tuzilmalari  

Oliy  ta’lim  tizimini  tashkil  qilishdagi  va  tarkibidagi  qator  milliy  xususiyatlar 

boshqa Evropa mamlakatlarida ham mavjud.  

 Daniya  universitetlari 4 yillik  oliy ta’limdan so‘ng o‘z bitiruvchilariga asosiy 

daraja xisoblangan nomzodlik diplomini beradilar. Lekin bunday diplom muhandislik 

mutaxassisliklarini egallovchilarga 5 yillik ta’limdan so‘ng, tibbiyot mutaxassislariga 

8  yillik  oliy  ta’limdan  so‘ng  beriladi.  Magistr  diplomini  olish  uchun  yana  1-2  yil 

o‘qish  lozim  bo‘ladi.  Oliy  texnika  maktabi  bitiruvchilariga  (3-4  yil)  muhandislik 

ixtisosligi bo‘yicha diplom beriladi (lekin muhandis-quruvchi diplomini olish uchun 

esa 5 yil o‘qish lozim bo‘ladi).  

Irlandiyada  gumanitar fanlar va tijorat sohasida 3 yillik, tibbiy fanlar va turli 

muhandislik  mutaxassisliklari  uchun  4  yillik,  qishloq  xo‘jaligi,  stomatologiya, 

veterinariya  sohalari  uchun  5  yillik,  tibbiyot  bo‘yicha  6  yillik  o‘quv  dasturlarini 


134 

o‘zlashtirib  bakalavrlik  darajasiga  ega  bo‘lish  mumkin.  Magistraturaga  bakalavr 

diplomi  bilan  kirilib,  u  yerdagi  ta’lim  muddati  quyidagi  jihatlari  bilan 

xarakterlanadi:gumanitar  fanlar  va  tijorat-1  yil;  pedagogik  fanlar-2  yil;  muhandislik 

fanlari-1,5-2 yil ; tabiiy fanlar-(kimyo) va tibbiyot – 4-6 yil. 

Gretsiyada  oliy  ta’lim  asosan  4  yillik  bo‘lib,  ayrim  sohalar  bo‘yicha  o‘qish 

muddati  bir  oz  uzunroq;  muhandislik  va  stomatoligiya  –  5  yil,  tibbiyot  –  6  yil. 

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari 

universitet  maqomida  bo‘lmagan  Pedagogik  Alademiya  deb  ataladigan  4  yillik  oliy 

o‘quv  yurtlarida  tayyorlanadi.  O‘rta  maktab  o‘qituvchilari  esa  universitetlarda 

tayyorlanadi.  



Shvetsiyada ham oliy o‘quv yurtlari 4 yillik, magistraturada o‘qish muddati esa 

1 yil. 


Shunday  qilib  oliy  ta’limni  tashkil  qilishdagi  Evropa  mamlakatlari  o‘rtasidagi 

bir  xil  yondoshuv  uning  ko‘p  bosqichliligida,  ta’lim  muddatlarini  belgilashda,  oliy 

ta’limga  asosan  yoshlarni  (ba’zan  kattalarni  ham)  jalb  qilishda  ko‘zga  tashlanadi. 

Lotin Amerikasi mintaqasi bo‘yicha yoshlarni oliy ta’lim  maktablariga jalb qilinishi 

haqidagi  raqamlar  e’tiborga  molikdir.bu  mintaqada  18-23  yoshlardagi  aholining  27 

foizi oliy o‘quv yurtlarida o‘qiydi. Bu ko‘rsatkich Argentina va Urugvayda 44 foiz, 

Venesuela,Kosta-Rika,  Panama,  Peru,  Ekvador  va  CHilida  25  foiz,  Braziliya  va 

Meksikada 15 foizni tashkil qiladi. 



Xalqaro hamkorlik va bitimlar 

O‘zbekiston  ta’lim  sohasida  bozor  islohatlarini  amalga  oshirib,  xorijiy 

mamlakatlar ta’lim tizimi bilan integratsiya jarayonlarini  aniq maqsadlarga muvofiq 

ravishda olib bormoqda. Hamdo‘stlik mamlakatlaridan Rossiya, horijiy davlatlardan 

Singapur,  Buyuk  Britaniya,  Italiya  bilan  oliy  ta’lim  sohasida  hamkorlik  aloqalarini 

amalga  oshirdi.  2006  yilda  Rossiyaning  M.V.Lomonosov  nomidagi  Moskva  Davlat 

universitetining  Toshkentdagi  filiali  ochildi.  Universitet  Rossiya  MDU  davlat 

standartlari 

asosida 

psihologiya, 

xalqaro 

programmalashtirish 

va 

iqtisod 


yo‘nalishlarida  bakalavriat  ta’limi  yo‘lga  qo‘yildi.  Xalqaro  standartlarga  mos 

ravishda o‘quv dasturlarining tuzilganligi, ta’lim sifatining yuqori darajada ekanligi, 

ta’lim-tarbiya  jarayonining  uzluksizligi  hamda  eng  ilg‘or  pedogogik  texnologiyalar 

asosida  olib  borilishi  universitet  bitiruvchilarining  mehnat  bozorida  raqobatbardosh 

bo‘lishini  ta’minlaydi.  Universitetning  zamonaviy  kompyuter  texnika  va 

texnologiyalari  bilan  jixozlangan  auditoriyalari  ta’lim  jarayonini  samaradoriligiga 

ta’sir  etib,  ta’lim  sifatini  jaxon  standartlariga  mos  ravishda  boshqarilishi 

ta’minlanmoqda.    

Yangi  talim  turlarini  joriy  etish   maqsadida  masofaviy  ta’lim  tizimiga  asos 

solinib  28  dan  ziyod  fandan  video  maruzalar  ishlab  chiqilgan.  10  dan  ziyod 

videokonferensiyalar tashkil etilmoqda. 


135 

Universitet  tayanch  oliy  o‘quv  yurti  sifatida,  chet  elda  o‘qib  kelgan 

mutaxassislarni  jalb  etgan  holda,  rivojlangan  xorijiy  mamlakatlar  universitetlari 

ta’lim  standartlari,  o‘quv  rejalari,  fanlar  bo‘yicha  o‘quv  dasturlari  o‘rganilib, 

O‘zbekiston  respublikasida  tayyorlanayotgan  yo`nalishlar  va  mutaxassisliklar 

standartlari, o‘quv  rejalari,  dasturlari bilan solishtirilib  tahlil etildi va  uning asosida 

mutaxassislar  tayyorlashni  takomillashtirish  bo‘yicha  takliflar  ishlab  chiqildi,  fanlar 

bo‘yicha dasturlar takomillashtirildi. Ortirilgan tajribalar asosida darsliklar va o‘quv 

qo‘llanmalar  tayyorlashda  xorijda  va  respublikada  chop  etilgan  o‘quv  qo‘llanma, 

darsliklar,  boshqa  oliy  o‘quv  yurtlari  olimlarining  ilmiy  izlanishlarining  qiyosiy  

tahlili berildi.  

Darsliklar,  o‘quv  qo‘llanmalar  Respublikada  qabul  qilingan  hukumatning  eng 

so‘nggi qarorlari, me’yoriy hujjatlari va boshqa instruktiv ma’lumotlar bilan boyitildi

adabiyotlar  ro‘yxatiga  2005  yildan  keyin  Rossiya  va  xorijiy  mamlakatlarda  chop 

etilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar VEB saytlar kiritildi, glosariylar boyitildi.  

Xorijdagi ilg`or g`oyalarni va ta’lim usullarini yetkazish uchun  universitetning 

xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalari faollashmoqda. Janubiy Koreya, Gollandiya, 

Rossiya,  Avstriya,  Angliya,  AQSH,  YAponiya  davlatlarining  yetakchi  professorlari 

universitetga  kelib  ingliz  tilida  mashg`ulot  o‘tishmoqda.  Xalqaro  Biznes,  Xalqaro 

Iqtisodiy  Munosabatlar  fakultetlarida  mashg`ulotlar  ingliz  tilida  o‘tilishi  tashkil 

etilgan. 

    Muntazam 

ravishda 

professor-o‘qituvchilar 

uchun 

pedagogik 



(keys) 

texnologiyalarni  yaratish  bo‘yicha  seminar  treninglar  o‘tkaziladi.  2008  yil  yanvar 

oyidan 



mart 



oyigacha 

55 


fandan 

keys 


texnologiyalar 

yaratildi.  

    Mashg‘ulotlarni  interaktivligini  oshirish  maqsadida  axborot  texnologiyalari  va 

zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni  qo‘lash  bo‘yicha  o‘qituvchilar  va  talabalar 

uchun maxsus o‘quv qo‘llanmalar yaratildi.  

Italiyaning Turin politexnka universiteti bilan hamkorlik 

Toshkent  shahridagi  Turin  politexnka  universiteti  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti I.A.Karimovning 2009 yil 29 apreldagi PQ 1106-sonli qarori bilan tashkil 

etilgan.  Universitet tarkibida: 

1.  Mashinasozlik texnologiyasi; 

2.  Energetika; 

3.  Sanoat va xo‘jalik qurilish injiniringi va arxitektura

4.  Sanoatda axborot texnologiyalari va avtomatik boshqaruv tizimi  

yo‘nalishlari  bo‘yicha  kadrlar  tayyorlanadi.  O‘quv  dasturlari  universitetning 

ta’lim  standartlari  asosida  ishlab  chiqilgan  bo‘lib,  xalqaro  standartlashtirish 

tashkilotining  ta’lim  sifatiga  qo‘yilgan  talablariga  javob  beradi.  Universitet  o‘quv 

binosi  4  qavatli  binodan  tashkil  topgan  bo‘lib,  unda  o‘quv  auditoriyalari,  fizika  va 

kimyo  lobaratoriyalari,  amaliyot  darslarini  o‘tkazish  uchun  mo‘ljallangan 


136 

auditoriyalar mavjud. O‘quv auditoriyalari va ma’ruza zallari o‘qitishning zamonaviy 

texnik vositalari balan ta’minlangan bo‘lib, talabalarning yuqori darajada bilim olishi 

uchun  barcha  shart-sharoitlar  yaratilgan.  Axborot-resurs  markazi  250  o‘ringa 

mo‘ljallangan 2 qavali binodan iborat bo‘lib, ARMning 1-qavatida o‘quv zali, davriy 

matbuot  nashrlari  va  universitet  bo‘yicha  ma’lumot  ayirboshlovchi  INFOkiosk 

mavjud.  2-qavat  esa  lokal  tarmoqqa  ulangan  universal  korporativ  ARMning 

avtomatlashtirilgan  tizimi  (KARMAT-U)  o‘rnatilgan  elektron  kutubxonadir. 

Kutubxonaning umumiy fondi 100 ming kitobdan va 40 ming ta elektron darslikdan 

iborat.  Mutaxassislar  tayyorlashda  msahsus  labaratoriyalarning  zamon  talablariga 

mos  ravishda  jixozlanganligi,  talabalarning  nazariy  bilimlari  bilan  birga  amaliy 

ko‘nikmalarning shakllanishiga yordam beradi. Mahsus lobaratoriyalarda mutaxassis 

fanlardan  lobaratoriya  mashg‘ulotlari  olib  boriladi,  talabalar  hozirgi  zamon 

talablariga  mos  texnika  va  texnologiyalarni  va  ularning  ishlash  prinsplarini  amaliy 

jixatdan o‘rganib tajriba sinov darslarida ularni qo‘llaydilar.  

  Mahsus laboratoriya 4 qismdan iborat: 

- ichki yonuv dvigatellar bo‘limi; 

- materiallar tarkibini o‘rganish bo‘limi; 

- mexotronika; 

- robotino; 

bu 

laboratoriyalarda 



mashinasozlik 

texnologiyasi, 

sanoatda 

axborot 


texnologiyalari  va  avtomatik  boshqaruv  tizimi,  qurilish  injiiniringi  va  arxitektura 

ta’lim  yo‘nalishi talabalari o‘zlarining amaliy  mashg‘ulotlarini o‘tadilar. Universitet 

tarkibida yuqori ilmiy-texnologik jixatdan jixozlangan TEXNOPARK mavjud bo‘lib, 

u  ilmiy-tadqiqotlar  o‘tkazish,  innovatsion  mahsulotlar  yaratish  maqsadlariga  xizmat 

qiladi.        

Texnopark  hozirgi  kunda  zamonning  eng  qulay  va  avtomatlash  o‘tirilgan 

stanoklari bilan ta’minlangan bo‘lib, 2 qismdan iborat: 

1.  Mashinasozlik texnoparki; 

2.  Injenerlik sesmologiya markazidan iborat.  

Amerika,  G‘arbiy  Evropa,  Osiyo  mamlakatlaridagi  Oliy  o‘quv  muassasalarini 

moliyalashtirish xususiyatlari 

Bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  davrida  oliy  ta’lim  muassasasi  resurslarini 

boshqarish  –  murakkab  vazifa.  U  oliy  ta’lim  muassasasi  aktivlari  ko‘rsatkichlari  va 

baholash  tamoyillarini  ishlab  chiqishni,  ularni  inventarizatsiyalash,  moddiy  texnika 

negizini  aniq  tasavvur  etish,  oliy  o‘quv  yurt  resurslaridan  maqsadli  va  samarali 

foydalanish  talab  etadi.  Faqat  davlat  tashqi  soliq  siyosatini  hisobga  olib  byudjetdan 

tashqari faoliyat yo‘nalishlari va turlari majmuini boshqarib hamda ular bo‘yicha oliy 

ta’lim  muassasasining  cheklangan  resurslarini  samarali  taqsimlab,  shuningdek, 

rag‘batlantiruvchi  ish  hajmini  va  markazlashtirilgan  fondga  qayta  investitsiyalash 


137 

ichki  to‘lovlar  miqdorini  belgilab,  oliy  ta’lim  muassasasi  o‘zi  tanlagan  strategik 

rivojlanishiga muvofiq eng yuqori daromadga ega bo‘ladi. 

Bu  hol  ta’lim  darajasini  oshiradi  deb  faraz  qilinadi,  chunki  talabalar 

universitetlarga  ancha  yuqori  talablar  qo‘yadi,  oliy  ta’lim  muassasalari  esa  o‘z 

navbatida ta’lim jarayoniga katta e’tibor qaratadi. 

Vaholanki talabalar oliy ta’lim tizimida va keyinchalik o‘z ish haqlari oshishini 

kutishlari  mumkin,  butun  bunyoda  ular  ta’lim  xarajatlarini  moliyalash  adolatli  va 

oќilona  deb  hisoblaydi.  O‘rtacha  olganda  mehnatning  ancha  yuqori  samaradorligini 

va  umuman  aholi  daromadi  ancha  yuqori  bo‘lishini  ta’minlovchi  mehnat  resurslari 

ta’lim  xarajatlari  bir  qismini  xukumat  moliyalashi  foydasiga  ishonchli  dalildir. 

Amaldagi  baxslar  xukumat  va  talabalar  (ular  ota-onalari)ning  adolatli  nisbati 

xususida boradi. 

Ko‘pincha  G‘arb  mamlakatlarida  bu  nisbatdagi  ulush  hozirgi  vaqtda  talabalar 

hisobidan moliyalashni oshirish, xukumat hisobidan kamaytirish tomon o‘zgarmoqda. 

Shunday  qilib,  talabalarni  yangi  tartibda  byudjetdan  moliyalash  holati  yuzaga 

kelmoqda,  bu  o‘z  navbatida  ta’lim  xarajatlarini  tobora  kata  qismini  byudjetdan 

qoplashga olib keladi. 



9.1-jadval 

Buyuk Britaniya, AQSH va Fransiya universitetlarida ta’lim daromadlari 

manbalarining tuzilishi (%da) 

 

 

 

Ba’zi mamlakatlarda talabalarga kredit berish tizimi rivojlanmoqda. 



Talabalar  uchun  moliyalash  vaziyatining  keskinlashuvi  oxir  oqibatda,  ular  o‘z 

ta’lim  olishlari  uchun  sarflarning  bir  qismini  o‘z  ish  haqlari  hisobidan  qoplashga 

intilmoqdalar.  Bu  o‘z  navbatida  ta’lim  muddati  oshishiga  va  ta’limning  ancha 

moslashuvchan modeliga talabni o‘sishiga ta’sir etmoqda. 

Biroq  talabalardan  olinadigan  haq  ta’lim  muassasalarida,  20%ni  qoplamoqda 

(xususiylarda  –  35%).  Xarajatlarning  qolgan  qismi  boshqa  davlat  va  xususiy 



138 

manbalardan  qoplanadi.  Ko‘pchilik  mamlakatlarda  oliy  ta’lim  muassasasini  davlat 

moliyalashdagi  byudjet  taqchilligi  yildan-yilga  saqlanib  kelmoqda.  SHuning  uchun 

oliy  ta’lim  muassasalariga  moliyalashning  qo‘shimcha  manbalarini  izlab  topish 

huquqi berilmoqda va bunga ularga har tomonlama yordam ko‘rsatilmoqda. 

Tijorat faoliyati turli shakllarda amalga oshirilmoqda: 

-  universitet  maydonlari  va  jihozlaridan  konferensiya  va  boshqa  jamoatchilik 

tadbirlari o‘tkazishda foydalanish; 

-  oliy  ta’lim  muassasalariga  qarashli  erlarga,  oliy  ta’lim  muassasalaridan  yoki 

ularga xizmat ko‘rsatishda foydalanuvchi firmalar tuzish

-  oliy  ta’lim  muassasa  mutaxassislarini  tijorat  kompaniyalariga  konsultatsiyalar 

o‘tishi; 

- aholiga qo‘shimcha ta’lim xizmat ko‘rsatish; 

- buyurtma ilmiy-tadqiqot ishlari va boshqalarni bajarish; 

Buxgalteriya  va  soliq  hisobotlari  qonuniyligini  ta’minlash  uchun,  oliy 

mauassasalariga  tegishli  tijorat  firmalarida  shunday  ish  olib  borilmoqda  va  olingan 

foyda oliy ta’lim muassasasi tasarrufiga tushmoqda. 

Universitetlarga daromad keltiruvchi samarali tizim barpo qilish yo‘lida amaliy 

murakkabliklar  yuzaga  kelmoqda,  masalan,  oliy  ta’lim  muassasalari  va  firmalar 

o‘rtasidagi daromadni taqsimlash. Ma’lumki, agar universitet barcha daromadni olib 

qo‘ysa, bunday dargohda hech kim firma ochmaydi. 

Tijorat  faoliyatidan  kelgan  daromad  qayta  investitsiyalansa,  soliq  imtiyozlari 

muhim ahamiyat kasb etadi. Bino, laboratoriya, kutubxona, kompyuter markazlari va 

professorlar qo‘shimcha lavozimini jalb etmay oliy ta’lim muassasiga talabalar qabul 

qilish  miqdorini  oshirish  oliy  ta’lim  muassasasi  samarasini  oshirishning  eng  oson 

yo‘li.  Bunday  usuldan  70-80  yillarda  Germaniya  va  Buyuk  Britaniyada  keng 

foydalaniladi.  Bu  o‘zini  oqlagan  bo‘ladi,  qachonki,  safarbar  etilgan  oliy  ta’lim 

muassasasi 

xodimlar 

tomonidan 

qo‘llab-quvvatlansa. 

Biroq 


ko‘pchilik 

universitetlarda o‘qituvchi-professor tarkibi ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashadi, ular 

ko‘pgina tadqiqot institutlarida band, shu tufayli mazkur usul o‘z imkonini tugatadi. 

Ob’ektiv  sabablarga  ko‘ra  universitet  boshqa  vazifasini  cheklamay  turib, 

o‘qituvchilar  yuklamasini  oshirish  mumkin  emas;  talabalar  soni  faqat  qo‘shimcha 

resurslar  hisobiga  oshirilishi  mumkin.  Mana  shuning  uchun,  masalan  Buyuk 

Britaniya  va  boshqa  mamlakatlarda  60-yillarda  ta’lim  tizimi  juda  qimmat  usul-

mutlaqo yangi institut (universitet)lar bunyod etish yo‘li Bilan kengaytirilgan. 

Ancha  keyinroq  e’tibor  mutaxasislarni  quyidagicha  usulda  tayyorlashni 

ko‘paytirishga qaratiladi: 

- kurslar muddatini qisqartirish; 

- yozda o‘qitishni ham ќo‘shganda akademik yilni cho‘zish; 

- kechki o‘quv shaklidan keng foydalanish; 


139 

-  katta  guruhlardagi  talabalarga  ma’ruza  o‘qish  (etarli  hajmdagi  joysiz  bu 

mumkin  emas)  va  bunga  qo‘shimchasi  sifatida  kompyuterlarda  o‘qitishdan 

foydalanish, bu ko‘p miqdordagi o‘qituvchilarni talab etmaydi; 

- sirtqi ta’lim shaklidan keng foydalanish. 

Bu  tadbirlarning  ko‘pligi  hali  ko‘rib  chiqish  yoki  joriy  etish  arafasida,  lekin 

ularga  xizmat  ko‘rsatish  omilining  mavjudligi  G‘arbda  rasmiy  fikrning  rivojlanish 

yo‘nalishini  ko‘rsatadi.  Shubha  yo‘qki,  mavjud  yondashishlar  ba’zilaridan  boshqa 

yaqin kelajakda foydalanadilar. 

Shunisi  yaqqol  ayonki,  etarli  resurslarsiz  samaradorlikni  oshirish  uchun  tazyiq 

o‘tkazish, shunga olib kelishi mumkin, oqibatda ham ta’lim sifati, ham tadqiqotchilar 

faoliyati  oliy  ta’lim  muassasalarida  juda  pasayib  ketadi.  Mana  shuninng  uchun 

samaradorlik jadal sur’atlar bilan rivojlangan mamlakatlarda vaqti vaqti bilan ta’lim 

va ilmiy jarayonning sifatini baholab berishga qilinadi. 

Masalan,  Buyuk  Britaniyada  shunday  baholash  natijasida  faqat  oliy  ta’lim 

muassasalariga  o‘z  faoliyatini  qanday  yaxshilash  to‘g‘risida  tavsiyalar  berilibgina 

qolmay,  balki  byudjetda  ham  ayrim  o‘zgarishlar  qilinadi.  Xususan,  bu  mamlaktda 

muntazam ravishda barcha oliy ta’lim muassasalarni reyting baholash o‘tkaziladi va 

bu toifadagi universitetlar guruhini milliy tenglashtirish jadvali nashr etiladi. Yuqori 

reytingli yoki ta’lim sifati uchun yuqori bal olgan oliy ta’lim muassasasi qo‘shimcha 

mablag‘ oladi. 

Yaponiya  tajribasiga  nazar  tashlaylik.  Bunda  byudjet  mablag‘ini  qattiq 

tejalishiga ko‘zimiz tushadi. Ta’lim tizimi mamlakat byudjeti majmui uchun nisbatan 

arzon  tushadi:  Yapon  xukumati  yalpi  milliy  mahsulotning  5,5-6,0  %  ni  ta’limga 

sarflaydi,  bu  raqam  AQSHda  7,1  %  ni,  Buyuk  Britaniyada  7,7  %  ni  tashkil  etadi. 

Shunga  qaramay,  YApon  o‘qituvchilari  va  talabalari  ko‘p  ko‘rsatkichlar  bo‘yicha 

(ta’lim  olishga  taalluqli)  boshqa  mamlakatlardagi  o‘z  tengdoshlaridan  ustunlik 

qiladilar.  YAponiya  ta’lim  tizimining  asosiy  afzalligi  iqtisodga-institutsional  o‘ziga 

xoslikka  bog‘liq.  Davlat  va  xususiy  sho‘‘ba  nisbati  va  ta’lim  muassasalarini 

moliyalash  o‘ziga  xos  tarzda.  Davlatga  aloqadorsiz  sho‘‘baning  ahamiyati 

boshlang‘ich ta’limdan oliysiga tomon oshib boradi. 

Yaponiyadagi oliy ta’lim eltar bo‘lib, barcha xohlovchilar ham o‘qiy olmaydi. U 

ham davlat, ham xususiy oliy ta’lim muassasalariga tayanadi. 

Yapon  xukumati  ta’limni  oliy  maktab  tizimiga  qoldirgan:  davlat  universitetlari 

asosan  tabiiy  fanlar,  injenerlik  fanlari  asosida  mutaxasislar  tayyorlash  bilan 

shug‘ullanadi;  davlatga  aloqadorsiz  universitetlar,  odatda,  gumanitar,  ijtimoiy-

iqtisodiy  ixtisosliklar  bo‘yicha  mutaxasis  tayyorlaydi.  Dalat  ko‘proq  mablag‘  talab 

etadigan  ixtisoslik  olishni  ta’minlaydi.  (Ma’lumki,  zamonaviy  muxandis  tayyorlash, 

aytaylik  yurist  yoki  buxgalter  tayyorlashdan  qimmatga  tushadi).  SHunday  qilib, 

ta’lim  tizimi  o‘zini  ta’lim  sohasidagi  bozorning  imkonsizligidan  muhofaza  qiladi. 



140 

Xususiy  ta’lim  muassasalari  ko‘p  mablag‘  talab  etuvchi  nazariy  fanlar  bilan  bog‘liq 

ixtisoslikka  ega  bo‘lishga  sharoit  yaratmasligi  mumkin,  bunga  boshlang‘ich 

sarflarning to‘ldirmasligi holati sabab bo‘lishi mumkin. 

Davlat ta’lim standartlarini davlatga aloqadorsiz sho‘‘ba sarfi minimal darajada 

bo‘ladigan  qilib  belgilaydi.  Bu  ta’lim  to‘lanadigan  haqning  pasayishiga,  davlatga 

aloqadorsiz  ta’limga  talab  oshishiga,  buning  davlatga  aloqadormas  universitetlar 

ko‘payishiga olib keladi.  Bunga dotatsiya  siyosati  ham  ko‘mak  beradi,  shuningdek, 

qimmat  tushmaydigan  ixtisoslikda  o‘qitishga  litsenziya  berish siyosati, o‘qituvchilar 

malakasiga  ќo‘yiladigan  talabning  yuqori  emasligi  ham  yordam  beradi,  bular 

hammasi  oqibatda  ish  haqini  tejash,  bitta  o‘qituvchiga  to‘g‘ri  keladigan  talabalar 

miqdori oshishiga imkon beradi. 

Shuni  ta’kidlash  kerakki,  o‘z  muvaffaqiyati  uchun  yapon  ta’lim  tizimi  sezilarli 

darajada  ham  boshqaruv  tizimidagi,  ham  davlatga  qarashli  bo‘lgan  va  bo‘lmagan 

ta’lim muassasalarida menejment madaniyati yuqoriligidan minnatdor bo‘lsa arziydi. 

Oliy  ta’lim  muassasalarini  moliyalash  manbalari  (davlat  va  xususiy  manbalar) 

qaytib  konsursium,  oliy  ta’limni  tadqiq,  etuvchilar  va  YUNESKOning  oliy  ta’lim 

bo‘yicha Evropa markazi (SEPES) fikrini kiritish o‘rinlidir. Ular aralash moliyalash 

sof  davlat  yoki  sof  xususiy  moliyalashdan  afzaldir,  bunda  aralash  moliyalash  ham 

davlat, ham  xususiy  ta’lim  muassasalari uchun  ma’qul keladi degan  fikrga  keldilar. 

AQSHdagi  oliy  ta’lim  muassasalarni  moliyalash  tizimi  bu  borada  ancha  e’tiborga 

molikdir. 

Tarixdan  shunday  bo‘ldiki,  birinchidan  amerika  kollejlari  xususiy 

korporatsiyalar  edi,  ular  o‘z  siyosati  o‘z  standartlari  va  tartib-qoidalarini  davlatdan 

xoli  tarzda  ishlab  chiqqanlar.  Lekin  urushdan  keyingi  davrda  davlat  oliy  ta’lim 

muassasalarida  talabalar  soni  ko‘paydi.  Agar  1950  y.  barcha  talabaning  49  %  i 

xususiy  kollej  va  universitetlarda  ta’lim  olgan  bo‘lsa,  keyingi  davlat  maћalliy 

kollejlarning  tarmog‘i  kengaygach,  nisbatan  o‘zgardi:  davlat  oliy  ta’lim 

muassasalaridagi talabalar xissasi 78 % dan oshdi. 

Oliy  ma’lumot  olganlik  haqida  diplom  beruvchi  AQSHning  3500  oliy  ta’lim 

muassasi  yarmidan  ko‘pi  xususiy  korporatsiya.  Bular  bo‘yicha  ma’suliyat  mashhur 

sobiq  bitiruvchilar  va  boshqa  xususiy  shaxslardan  iborat  murabbiylar  zimmasiga 

yuklangan, ular filantropik yordam ko‘rsatadilar. 

AQSHdagi ko‘pgina mashhur universitetlar-Garvard, Stenford, Yelse, CHikago 

universitetlari  va  ko‘pgina  nufuzli  kollejlar-Anxerst,  Uilyams,  CHarlston  kollejlari 

xususiy  sho‘‘baga  qarashli  bo‘lib,  sezilarli  darajada  hayriyalarni  oladilar  va  yuqori 

mavqega  egadir.  Bu  hol  ularga  ta’lim  uchun  yuqori  haq  olish  va  yig‘imlarga  (90-

yillar boshida 20 ming dollardan yuqori) ega bo‘lish imkonini beradi. 

Keyingi  o‘n  yillikda  AQSHda  xususiy  oliy  ta’lim  muassasalarining  soni 

davlatnikiga  qaraganda  ancha  tez  o‘sdi,  lekin  unda  tahsil  oluvchi  talabalar  soni, 



141 

birinchi galda, haq to‘lash yuqoriligi va shunday diplomni davlat ta’lim muassasasida 

olish  mumkinligi  tufayli  muntazam  qisqarmoqda.  Bundan  tashqari,  AQSH  xususiy 

oliy ta’lim muassasalari o‘z hajmiga ko‘ra davlatga qarashlilarnikidan ancha kichik. 

Amerika oliy ta’lim muassasalarini moliyalash besh manbadan amalga oshiriladi: 

- federal byudjet va mahalliy xukumat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar; 

- talabalarning ta’lim va xizmat uchun to‘lovlar; 

- oliy ta’lim muassasasining o‘z faoliyatidan kelgan daromadlar

- filantropik tashkilotlar va xususiy shaxslar xayriyalari; 

-  xususiy  tashkilotlar  va  shaxslar  tuzgan  maxsus  fondlardagi  jamg‘armalardan 

foizlar. 

Oliy ta’limga davlat yordami o‘rtacha 40-45%ni (oliy ta’lim muassasi umumiy 

daromadida) tashkil etadi va kuyidagicha taqsimlanadi: federal xukumat byudjetidan 

– 10-15%, shtatlar byudjetidan – 20-30% va hokimiyat mahalliy byudjetidan – 2-5%. 

Federal  yordam,  amerikalik  mutaxassaslar  xulosasiga  ko‘ra,  aslida  foyda  tufayli 

emas,  balki  zarurat  tufayli  shakllangan  va  hozirgi  miqdoriga  etgan,  chunki  bevosita 

ta’lim  milliy  manfaatlarga  xizmat  qiladi,  milliy  qadriyatning  muhim  unsuri 

hisoblanadi. 

Oliy  ta’lim  davlat  yoki  xususiy  sho‘‘basining  ko‘p  yoki  kam  samaradorligi 

xususida  bir  xil  ma’lumot  yoki  da’volarning  o‘zi  uchramaydi.  Xususiy  ta’lim 

muassasalari  ko‘p  mamlakatlarda  ham  nisbatan  davlat  ta’lim  tizimi  ustun 

mamlakatlar  natijasiga  o‘xshash  natija  ko‘rsatadilar,  xususiy  ta’limning  ancha  keng 

tarqalgan  na  iqtisodda,  na  ta’lim  sohasida  ancha  qanoatlanarlik  natijasiga  olib 

kelmaydi. Ta’limning ijobiy natijalari, odatda, tashkil etish omiliga bog‘liq. Muammo 

xususiy sho‘‘bani davlatning oliy ta’lim boshqarish tizimiga joriy etish dinamikasiga 

va o‘z demokratiy tavsifini yo‘qotmasligiga erisha olishidir. 

Shunday  qilib,  mumtoz  universitetlar  rivoji  umujahon  yo‘nalishi  so‘nggi  o‘n 

yilliklarda  ta’lim  iqtisodda,  qo‘yidagi  umumiy  yo‘nalishi  so‘nggi  o‘n  yilliklarda 

ta’lim iqtisodiyotida, quyidagi umumiy yo‘nalishni ta’kidlashga imkon beradi: 

1.  Evropa  ko‘pchilik  mamlakatlarida  keyingi  qator  yillarda  oliy  ta’limni 

moliyalashda, nisbatan, ba’zi bir joylarda mutloq pasayish yuz berdi. 

Bu  Evropa  va  Shimoliy  Amerika  mamlakatlaridagi  ba’zi  umumiy  iqtisodiy 

pasayish  bilan  bog‘liq.  Jahonning  yirik  universitetlari  faqat  ijtimoiy  sohada  emas, 

balki  o‘z  professorlarini  xizmat  safariga  yuborish,  chetdan  taklif  etishda  ham 

tejamkorlik  qilmoqdalar.  Masalan:  Germaniyaning  faxri  bo‘lmish  Geydelberg 

univesiteti  barcha  o‘quv-ilmiy  laboratoriyalarida  har  bir  laboratoriya  universitetga 

qancha  mablag‘  keltirishini  muntazam  tahlil  etib  boradi,  o‘zini  oќlamagan 

laboratoriyalar yopiladi. 

2.  Ko‘pchilik  rivojlangan  mamlakatlardagi  oliy  ta’lim  muassasalari  davlat 

moliyalaydigan  Ukuv-ilmiy  va  madaniy  markazdan,  tobora,  korxonaga  xos 



142 

xususiyatlarga  ega  bozor  iqtisodiyotining  iqtisodiy  sub’ektiga  aylanmoqda;  tarkibiy 

bo‘linmalar  samaradorligi  va  iqtisodiy  maqsadga  muvofiqligini  baholash 

o‘tkazilmoqda.  Ta’limning  turli  shakllari  bo‘yicha  mutaxassislar  tayorlash  tarmog‘i 

tadqiq etilmoqda, ta’lim uchun tabaqalashgan haq to‘lash usuli ko‘rib chiqilmoqda. 

3.  Keyingi  yillarda  oliy  ta’lim  muassasalari  taklif  etayotgan  ta’lim  xizmati 

keskin  oshadi,  shu  jumladan,  oliy  ta’lim  muassasasini  tugatgandan  keyingi  ta’lim 

doirasida.  Bu  jarayonni  yuqori  malakali  mutaxassislarga  talabi  oshgan  davlat  ham, 

o‘z  xodimlari  malakasi  oshirishdan  manfaatdor  davlatga  aloqadorsiz  sho‘‘ba  ham 

qo‘llab-quvvatlanmoqda.  Oliy  ta’lim  muassasalar,  shu  jumladan,  iqtisodiylari  ham, 

qo‘shimcha  ta’lim  xizmati  ko‘rsatishdan  manfaatdordirlar.  AQSHda,  masalan, 

diplom olgandan keyingi va qo‘shimcha ta’lim xizmati ko‘rsatishdan bakalavriatdagi 

ta’limdagidan ko‘ra ko‘proq mablag‘ga ega bo‘linadi. 

4.Oliy  ta’lim  muassasasining,  o‘zlari  davlat  moliyalashiga  kamroq  muxtoj 

bo‘layotganlari,  ko‘proq  xususiy  ishlari  evaziga  mablag‘  topishlari  tufayli  muxtor 

bo‘lishiga  intilishlari  davlat  tomonidan  oshib  borayotgan  nazorat  bilan  muntazam 

nazorat  tartibi  barpo  etilmoqda.  AQSHda,  masalan,  turli  akkreditatsiya 

agentliklarining  (kasbiy  yoki  xududiy),  ishi  rag‘batlantirilmoqda.  Fransiyada 

ta’limning baholash bo‘yicha maxsus milliy qo‘mita tuzildi. 

 



Download 4.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling