Strategik menejment


  Sog’liqni saqlash tizimi mussasalarini saqlash va rivojlantirishda davlat


Download 4.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/47
Sana21.12.2019
Hajmi4.87 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47

5.  Sog’liqni saqlash tizimi mussasalarini saqlash va rivojlantirishda davlat 

budjetining ahamiyati va ularni boshqarish. 

Uzoq  yillar  mobaynida  davlat  budjetining  ijtimoiy  sohalarni  moliyalashtirishda 

yagona  manba  bo’lib  kelganligi hech  kimga  sir  emas.  Sog’liqni saqlash  tizimi  ham 

klassik  ijtimoiy  soha  sifatida  bir  necha  o’n  yilliklar  davomida  to’lig’icha  budjetga 

qaram  soha  bo’lib  kelgan.  Hozirgi  kunda  ham  davlat  sog’liqni  saqlash  tizimi 

xarajatlarining aksariyat qismini moliyalashga budjet mablag’lari safarbar etilmoqda. 

Xususan,  soliqni  saqlash  sohasiga  ajratilgan  budjet  mablag’lari  davlat  budjetidan 

amalga oshirilgan jami xarajatlarning: 

Hozirgi  kunda  davlat  sog’liqni  saqlash  tizimi  xarajatlarining  aksariyat  qismini 

moliyalashga  budjet  mablag’lari  safarbar  etilmoqda.  Xususan,  soliqni  saqlash 

sohasiga  ajratilgan  budjet  mablag’lari  davlat  budjetidan  amalga  oshirilgan  jami 

xarajatlarning 11-12 foizini tashkil qilgan (2.1-jadval). 

Sog’liqni  saqlash  muassasalari  aholiga  tibbiy  xizmatlarni  taqdim  etuvchi 

tashkilotlar  tizimini  tashkil  qiladi.  Bu  muassasalarni  qurish,  mavjudlarini  saqlash, 

moddiy-texnikaviy  jihatdan  ta’minlash,  kadrlar  masalasini  hal  qilish  kabilar  tarixan 


152 

davlat  mablag’lari  evaziga  amalga  oshirilib  kelingan.  Sog’liqni  saqlash  tizimining 

joriy va kapital xarajatlarini moliyalashtirishda davlat budjetining ahamiyati hali ham 

katta.  Davlat  budjetining  ijtimoiy-madaniy  sohalarni  saqlash  xarajatlari  tarkibida 

sog’liqni saqlash xarajatlari xalq ta’limidan keyin 2-o’rinni egallaydi. Ular ijtimoiy-

madaniy  sohalarga  ajratilgan  budjet  mablag’larining  o’rtacha  25-26  foizini  tashkil 

qilgan.  

Sog’liqni saqlash muassasalari bo’yicha eng katta o’rinni kasalxonalar, ikkinchi 

ambulatoriya poliklinika muassasalari, shuningdek, tez va shoshilinch tibbiy yordam 

muassasalari egallaydi.  

3.  Davlat  sog’liqni  saqlash  muassasalarining  tarkibi,  ular  xarajatlarini 

rejalashtirish va budjetdan moliyalashtirishning xususiyatlari  

 

Sog’liqni  saqlashga  qilinadigan  xarajatlarni  ularning  iqtisodiy  mazmuni  va 



muassasa turlariga ko’ra to’rt asosiy guruhga birlashtirish mumkin: 

1. 


Ambulatoriya-poliklinika 

muassasalari, 

sanitariya-epidemiologiya 

nazorati xizmati va boshqa muassasalar

2. 

Umumiy profilli statsionar tibbiyot muassasalari va boshqalar; 



3. 

Ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalar; 

4. 

Shoshilinch va tez tibbiy yordam markazlari, tez yordam stantsiyalari 



 

Davlat tibbiyot va farmatsevtika muassasalari guruhlari: 

 

I.  Ambulatoriya-poliklinika  muassasalari,  sanitariya-epidemiologiya  nazorati 



xizmati va boshqa muassasalar 

1. Qishloq vrachlik punktlari va ularning filiallari (bo’limlari)  

2. Shaharlardagi poliklinikalar (bolalar poliklinikasidan tashqari) 

3. Statsionar o’rinlari bo’lmagan dispanserlar 

4. Skrining - markazlar 

5. Respublika bolalar va o’smirlar reproduktiv sog’lomlashtirish markazi 

6. Salomatlik instituti va uning filiallari 

7. Sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati muassasalari (respublika, viloyat, 

shahar  va  tuman  sanitariya-epidemiologiya  nazorati  markazlari,  karantin  va  o’ta 

xavfli  infektsiyalar  profilaktikasi  markazi  va  uning  filiallari,  dezinfektsiya 

stantsiyalari) 

8. Tibbiyot statistikasi byurosi 

II. Umumiy profilli statsionar tibbiyot muassasalari va boshqalar 

9. Ilmiy-tekshirish institutlari va oliy tibbiyot o’quv yurtlari klinikalari 

10. Respublika kasalxonalari, tibbiyot-sanitariya qismlari 

11. Respublika (viloyat, shahar) perinatal markazi 



153 

12.  Viloyat,  shahar  va  tuman  kasalxonalari,  jumladan,  tug’ruqxonalar, 

tug’ruqxona majmualari 

13. Shahar va tuman markaziy kasalxonalari, qishloq uchastka kasalxonalari 

14. Sud-tibbiy ekspertiza byurosi va uning filiallari 

15. Patologoanatomik markazlar va ularning filiallari 

16. Qon quyish stantsiyalari 

17. Sanatoriylar 

III. Ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalar 

18. Ixtisoslashtirilgan kasalxonalar, klinikalar, dispanserlar va markazlar: 

18.1. Sil kasalliklari 

18.2. Yuqumli kasalliklar 

18.3. Onkologik kasalliklar  

18.4. Teri-tanosil kasalliklari 

18.5. Endokrinologik kasalliklar 

18.6. Ruhiy kasalliklar 

18.7. Ruhiy-asab kasalliklari  

18.8. Narkologik kasalliklar 

19.  Respublika  neyroxirurgiya,  onkologiya  (jumladan  xospislar),  allergologiya, 

suyak  xastaligi  va  jarohat  oqibatlarini  davolash,  yiringli  xirurgiya  va  qandli  diabet 

asoratlarini davolash, bolalar ortopediyasi tibbiyot markazlari 

20.  Ftiziatriya  va  pulmonologiya,  epidemiologiya,  mikrobiologiya  va  yuqumli 

kasalliklar, virusologiya, endokrinologiya va parazitologiya ilmiy-tadqiqot institutlari 

klinikalari 

21. OITSni davolash markazi va uning filiallari 

22. Bolalar kasalxonalari va poliklinikalari 

23. Bolalar uylari 

24. Leprozoriylar  

IV. Shoshilinch va tez tibbiy yordam markazlari, tez yordam stantsiyalari 

25.  Respublika  shoshilinch  tibbiy  yordam  markazi  -  uning  viloyatlardagi 

filiallari, tumanlar (shaharlar) markaziy kasalxonalaridagi shoshilinch tibbiy  yordam 

bo’limlari 

26. Tez tibbiy yordam stantsiyalari 

4.  Xarajatlarni  rejalashtirishdagi  asosiy  ko’rsatkichlar,  ularni  aniqlash 

tartibi.  Turg’un  davolash  muassasasi  xarajatlar  smetasini  tuzish  va  ularni 

boshqarish. 

  Ijtimoiy  sohalar  faoliyatini  rejalashtirishning  bir  necha  o’n  yilliklar  davomida 

shakllangan  tartiblarga  muvofiq,  sog’liqni  saqlash  muassasalari  faoliyatini 

rejalashtirish odatda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 



154 

1.  Aholi soni va aholining tibbiyot muassasasidagi o’rinlarga ehtiyoj me’yorlari 

asosida tibbiy muassasaning ishlab chiqarish quvvatlari (u yoki bu profil yo’nalishlari 

bo’yicha o’rinlar - koykalar soni) ni aniqlash; 

2.  Mazkur  muassasa  uchun  o’rnatilgan  namunaviy  shtat  normativlari  bo’yicha 

zarur shtat normativlari sonini hisoblab topish; 

3.  Koykalar  soni  va  tuzilishi  (terapevtik,  xirurgik,  nevrologik)ga  ko’ra  ish 

hajmini rejalashtirish; 

4.  Shtatlar  jadvali,  ishlab  chiqarish  quvvatlari  va  koykalar  ishining 

ko’rsatkichlari (koyka-kunlar soni) ga asoslanib tibbiyot muassasasini saqlash uchun 

moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash. 

Demak, sog’liqni saqlash sohasidagi har bir muassasaning ishi operativ tarmoq 

ko’rsatkichlari, masalan:  

 



kasalxonalardagi  o’rtacha  yillik  o’rinlar  soni  (jami  va  o’rinlar  profillari 

bo’yicha),  

 

bir yilda o’rinlarning ishlash kunlari soni,  



 

o’rin-kunlar miqdori,  



 

barcha toifadagi xodimlar bo’yicha o’rtacha yillik shtatlar birligi soni,  



  ambulatoriya-poliklinikalarda  vrach  qabullari  (kasalni  ko’rish)  soni  bilan 

tavsiflanadi.  

Xarajatlarni  rejalashtirishda  shu  narsa  muhimki,  davolash-profilaktika 

muassasasi  aholiga  tibbiy  yordamni  asosan  ikki  shaklda  ko’rsatadi.  Kasalxonaga 

muqim  yotqizib  «statsionar»  (turg’un)  davolash  va  ambulatoriya-poliklinikada 

yordam ko’rsatish. Turg’un davolash muassasalarining asosiy ko’rsatkichlaridan biri 

-  o’rin-kunlar  soni  bo’lsa,  ambulatoriya-poliklinika  muassasasining  asosiy 

ko’rsatkichini  vrach  lavozimlari  soni  va  vrach  qabullari  soni  tashkil  qiladi.  Shunga 

qarab xarajatlarni hisoblash usuli tanlanadi. 

Kasalxonaning joriy saqlash xarajatlarini hisoblashda o’rinlarning o’rtacha yillik 

soni  asos  qilib  olinadi.  Bu  miqdor  yangi  o’rinlar  ochilishi  muddatlariga  qarab 

quyidagi formula bilan aniqlanadi: 

Ko’r=Kb+(Ko-Kb)/O 

bu erda: 

Ko’r - o’rinlarning o’rtacha yillik soni

Kb - yil boshidagi o’rinlar soni; 

Ko - yil oxiridagi o’rinlar soni; 

O - yangidan ochilgan (tashkil etilgan) o’rinlarning ishlash oylari soni. 

Albatta, barcha davlat tibbiyot muassasalari xarajatlari budjet tashkiloti sifatida 

budjetdan  moliyalashtirishning  o’rnatilgan  tartiblariga  rioya  qilgan  xolda  mablag’ 

bilan ta’minlanadilar. 

 


155 

Nazorat savollari 

1.  Sog’liqni  saqlash  tizimi  xarajatlarini  moliyalashtirish  manbalari  qanday 

moliyalashtiriladi? 

2.  Sog’liqni  saqlash  tizimi  mussasalarini  saqlash  va  rivojlantirishda  davlat 

budjetining ahamiyati va ularni boshqarish yo’llari qanday ? 

3.  Davlat  sog’liqni  saqlash  muassasalarining  tarkibi,  ular  xarajatlarini 

rejalashtirish va budjetdan moliyalashtirishning xususiyatlari qanday? 

4.  Xarajatlarni  rejalashtirishdagi  asosiy  ko’rsatkichlar,  ularni  aniqlash  tartibi 

qanday amalga noshiriladi?  

 

Tayanch iboralar: 

Smeta, sanitariya-epidemiologiya, ilmiy-tekshirish institutlari, tibbiyot statistikasi 

byurosi, sanatoriylar, sud-tibbiy ekspertiza byurosi, patologoanatomik markazlar. 

 

 



 

11-MAVZU. SERVIS XIZMATLARI MENEJMENTI 

 

Reja: 

 

1. 

Servis faoliyati tushunchasi. 

2. 

Servis faoliyatini xo‘jalik amaliyotidagi o‘rni 

3. 

Servis faoliyati ehtiyoj sifatida 

 

Mamlakatimizda  xizmat  ko‘rsatish  va  servis  sohasi  rivojlanishiga 



mustaqillikning  dastlabki  yillaridan  boshlab  davlat  siyosatining  ustuvor  yo‘nalishi 

sifatida qaralmoqda. Mamlakatimizda xizmatlar bozori xizmatlarning yangi istiqbolli 

turlari  –  turizm,  bank–moliya,  sug‘urta,  axborot-kommunikatsiya  va  boshqa 

xizmatlarni  rivojlantirish  hisobidan  takomillashib  bormoqda.  Oilalarni  murakkab 

maishiy  texnika,  kompyuter  va  shaxsiy  avtotransport  bilan  ta’minlashni  keskin 

oshirish  ularga  ko‘rsatilayotgan  xizmatlarning  tobora  ko‘payishiga  imkon 

yaratdi.SHu  bilan  birga,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  mazkur 

yo‘nalishga  taalluqli  qonun  va  kodekslari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

turizmga oid qator farmonlari ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Mamlakatimizda 

turizm  sohasiga  katta  e’tibor  berilib,  ko‘plab  ommaviy  axborot  vositalarida  ham 

turizm  to‘g‘risida  ko‘rsatuv  va  materiallar  berilayotganiga  guvoh  bo‘lishimiz 

mumkin. 


Ayniqsa,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012  yil  10  mayda  qabul 

156 

qilingan  "2012-2016 yillarda  O‘zbekiston Respublikasida xizmat  ko‘rsatish  sohasini 

rivojlantirish  dasturi  to‘g‘risida”  gi  qarori  ushbu  sohani  yanada  rivojlantirish  va 

kuchli  turtki  bo‘ldi.  Prezidentimiz  Islom  Karimovning  2012yilda  mamlakatimizni 

ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  hamda  2013yilga  mo‘ljallangan  iqtisodiy 

dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo‘nalishlariga  bag‘ishlangan  Vazirlar 

Mahkamasining  majlisidagi  ma’ruzasida  2012-yilda  xizmat  ko‘rsatish  sohasi  ham 

yuqori sur’atlar rivojlani va ushbu yilda aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi qariyb 

15  foizga  o‘sgani,  sohaning  mamlakatimiz  yalpi  ichki  mahsulotidagi  ulushi  esa 

bugungi kunda 52 foizdan ziyodni tashkil etgani ta’kidlab o‘tildli. 

Rivojlangan  mamlakatlar  tajribasidan  ma’lumki,  turizm  taraqqiyoti  uchun 

faqatgina  jozibador  maskanlarning  mavjud  bo‘lishining  o‘zi  etarli  emas.  Mahalliy 

turistik infratuzilmani ham etarli rivojlantirish lozim, ya’ni hududda ichki turizmning 

ham o‘rni katta bo‘lib, undan daromad olish, mahalliy aholi talablarini qondirib, unga 

xizmat  ko‘rsatish,  aholining  saviyasini  oshirish,  odamlarni  ish  o‘rinlari  bilan 

ta’minlash imkoniyatlarini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. 

Davlat  miqyosida  amalga  oshirayotgan  chora-tadbirlar  tufayli  O‘zbekiston  yil 

sayin  turizm  o‘lkasiga  aylanmoqda.  Bu,  o‘z  navbatida,  xalqaro  aloqalarni 

rivojlantirish, xalqimizning boshqa millatlar bilan hamkorligini kuchaytirish imkonini 

bermoqda.  O‘zaro  hamkorlikning  kuchayishi  esa  mamlakatimizga  jalb  etilayotgan 

xorijiy investitsiyalar hamda turistik xizmat eksportining o‘sishiga xizmat qiladi.  

Servis faoliyati iqtisodiy faoliyati turi bo‘lib, bozor munosabatlari doriasida va 

ishchilarni malakaviy tayyorgarligi asosida jamiyat ne’matlarini yaratishga, xizmatlar 

ko‘rsatishga,  servis  mahsulotlarini  ishlab  chiqarishga  qaratilgan.  Servis  faoliyati 

ixtisoslashgan  xizmat  ko‘rsatish  strukturalari,  ya’ni  uni  sub’ektlari  tomonidan 

generatsiya  (ishlab  chiqariladi,  sotiladi)  qilinadi.  Bu  sub’ektlar  jamiyat  ehtiyojlari 

masshtab  va  xususiyatini  baholagan  holda    hamma  hohlovchilarga  o‘z  xizmatlarini 

taklif etish va ularni qondirishga intilishadi. Sub’ektlar sifatida aniq tadbirkorlar yoki 

servis  tashkilotlari  jamoalari  bo‘lishlari  mumkin.  Bunday  tashkilotlar  ro‘yxatini 

keltiramiz 

 firmalar, jumladan ixtisoslashganlar uchun, sayyohlik, mehmonxona, davolash 



firmalari; 

 



korxonalar, jumladan ixtisoslashganlar transport, aviatsiya, ta’mirlash, savdo; 

 byuro, kontoralar – yuridik, informatsion – reklama, uy-joy foydalanish; 



 muassasalar  (huquqni  muhofaza  qilish,  madaniy  muassasalar  va  boshqalar)  – 

militsiya bo‘linmalari, kinoteatrlar, teatrlar, muzey, kutubxonalar; 

 tashkilotlar – prokat, bank, omborxona, sug‘urta, muhofaza, san’at sohasidagi 



va boshqalar. 

Servis  faoliyati  sub’ektlarini  faoliyati  to‘liq  yoki  qisman  bozor  almashinuvi 

tomoyillariga asoslangan, shuningdek huquqiy va adminstrativ-tashkiliy xarakterdagi 


157 

ko‘rsatmalarga  buysindirilgan.  Xizmatlar  sohasidagi  biznes  ko‘pgina  hollarda 

kommersiya  (tijorat)  asosida  amalga  oshirilib  yuqori  mehnat  unumdorligiga,  past 

tannarh  va  xizmat  raqobatbardoshligiga  erishish  maqsad  qilib  qo‘yiladi.  Ayni  shu 

vaqtda  ko‘pgina  davlat  tashkilotlari  aholiga  aralash  asosda  (qisman  tijorat  asosida; 

qisman jamiyat ne’matlarini bepul taqsimlash mexanizmi asosida) xizmat ko‘rsatadi. 

Umuman olganda servis faoliyati keng jamiyat va shaxsiy ehtiyojlarni qondirilishini 

ta’minlaydi  va  zamonaviy  iqtisodiy  va  ijtimoiy  munosabatlarni  samarali 

rivojlantiradi. 

Xizmat ko‘rsatishdagi mehnat qator bozorga xos bo‘lmagan elementlarga boy. 

Xizmat  ko‘rsatishdagi  mehnat  foydali  qazilmalar  qazib  olish  yoki  sanoat  va 

qishloq  xo‘jalik  ishlab  chiqarish  mehnatidan  farq  qiladi.  Keyingi  holatda  ishchi 

fizikaviy materiallarni qayta o‘zgartiradi yoki bioresurslar bilan ishlaydi. Tabiiy xom-

ashyolarni qazib olishda, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirishda, sanoat tovarini 

yaratishda odam ancha energiya sarflaydi, bu sarfni esa oson hisoblash va mehnatga 

to‘lov  sifatida  qoplash  mumkin.  Bu  jarayonda  ishchi  boshlang‘ich  materialni 

o‘zgartirib oxirida tovar sifatiga ega bo‘lgan yangi xom-ashyo yoki mahsulot (yarim 

tayyor mahsulot, hosil, mashina, maishiy predmetlar yoki kiyim-bosh) oladi. Olingan 

mahsulot  shakl,  og‘irlik,  hajm  va  boshqalarga  ega  bo‘lib,  uni  narh  sifatlarini 

aniqlashni osonlashtiradi. 

Xizmat sohasidagi mehnat ko‘p hollarda boshqacha tavsifga ega. Bu erda ishchi 

eng  avvalo  odam,  uni  ehtiyojlari  va  hohishlari  bilan  ish  ko‘radi.  Xizmatlar  o‘rab 

turgan  dunyoda,  odamni  qiyofasida  yoki  uni  ongida  ma’lum  o‘zgarishlarni  sodir 

etsada, ammo bu o‘zgarishlar yaqqol seziluvchan predmet  – moddiy xarakterga ega 

bo‘lmaydi. Xizmat ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari harakat qilyotgan vaziyat, 

ularni birgalikdagi tirishishlarisiz amalga oshmaydi. 

Servis  xizmatchisi  xizmatni  amalga  oshira  turib,  aniq  narsalarni  o‘ta  nozik 

xususiyatlari,  ijtimoiy  aloqalar,  odamlarni  psixologiyasi  va  ongi  bilan  ish  ko‘radi. 

Xizmatlar ishlab chiqarishdagi harakatlar xarakteri ob’ektiv sifati(strukturasi)ga ko‘ra 

murakkab bo‘lib, bu esa uni natijalarini baholashni qiyinlashtiradi. 

SHunga qaramasdan xizmat bilan bog‘liq mehnat o‘zini bozor narxiga ega. 

Servis faoliyatini ko‘rsatkichlari milliy statistikani, to‘laqonli komponentni deb 

tan olingan. 

Servis faoliyatiga o‘ziga xos xususiyatlar bag‘ishlovchi xizmatlar belgilari: 

 xizmat  ko‘rsatish  jarayoni  shunday  faoliyatki,  unda  ishlab  chiqaruvchi  va 



iste’molchini  sheriklik  o‘zaro  ta’siri  xos;  ushbu  faoliyat  natijasi  sifatida  xizmat 

iste’molchisi uchun muhim bo‘lgan foyda, ne’mat yaratiladi va shu sababli u xizmat 

ishlab chiqaruvchisi mehnatini bozor narxlarida to‘laydi; 


158 

 



ko‘rsatiladigan  xizmatlar  sezilmaydigan,  nomoddiy  xarakterga  ega,  ammo 

xizmatlarni  amalga  oshirish  uchun  material  resurslar,  moddalar,  texnika,  maxsus 

jihozlar zarur bo‘ladi; 

 



xizmatlar ular ko‘rsatilgunga qadar mavjud bo‘lmaydi, ularni saqlash va taxlab 

qo‘yish  mumkin  emas.  Xizmatlarni  ishlab  chiqish  jarayoni  ularni  iste’mol  qilinishi 

bilan bir vaqtda kechadi; 

 



iste’molchi  ko‘p  hollarda  xizmat  ko‘rsatish  jarayonida  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

ishtirok  etadi.  Ammo  qator  xizmatlarni  ishlab  chiqish  iste’molchini  ishtirokisiz 

boshlanishi  mumkin,  iste’molchi  esa  xizmat  ko‘rsatishni  ma’lum  bosqichida  paydo 

bo‘lishi  mumkin.  Iste’molchi  xizmat  ko‘rsatish  jarayonida  albatta,  paydo  bo‘lishi 

kerak, chunki u siz xizmat yakuniy tavsifiga ega bo‘lmaydi; 

 



xizmat  iste’molchisi  uni  mulkdori  bo‘la  olmaydi.  Ammo  bu  xizmat 

ko‘rsatilayotgan narsalarga tegishli emas (ta’mirlangan dazmol, tikilgan kiyim); 

 

xizmat ko‘rsatish faoliyatdir, shuning uchun iste’molchi tomonidan to‘lanmay 



turib baholanishi mumkin emas; 

 



aniq  xizmat  o‘zini  iste’mol  qiymatiga  ma’lum  vaqt  davomida  aynan  shu 

yo‘nalishga ega bo‘ladi, bu esa uni bozorda almashinishi imkoniyatini chegaralaydi. 

Bu  xususiyatlar  xizmatlar  va  servis  faoliyatini  ishlab  chiqaruvchidan  mahorat, 

hayotiy tajriba, tashabbuskorlikni, odamlar bilan ishlay olishni talab etuvchi iqtisodiy 

faollik bo‘lishini ta’minlaydi. 

SHu  bilan  birga  turli  xizmatlar  bir-biriga  nisbatan  o‘zaro  to‘ldiruvchilik 

xarakterida  bo‘lishadi,  busiz  servis  faoliyati  amalga  oshmaydi.  Misol  uchun, 

metropolitendagi  transport  xizmatlari  doimiy  ravishda  elektr  toki  berilishi  bilan 

(energetiklar  xizmati),  informatsion  xizmatlar,  stansiya  va  o‘tish  yo‘llaridagi 

tozalikni  saqlash  xizmatlari,  birinchi  tibbiy  yordam  ko‘rsatish,  savdo  xizmatlarini 

mavjud bo‘lishi bilan kechadi. 

Servis  sub’ektlari  o‘zaro  ta’sir  etishib  va  bir-birlarini  faolligini  to‘ldirib  servis 

mahsulotini yaratishadi. Servis mahsuloti aniq xizmatga nisbatan ancha murakkab va 

hajmli hodisalar. Ushbu mahsulot quyidagi komponetlarni harakati yig‘indisi sifatida 

qaraladi: 

 ushbu  xizmat  turini  ishlab  chiqarishga  aloqador  barcha  servis  faoliyati 



sub’ektlari mehnati (aniq servis korxonalari va qo‘shni korxonalar); 

 mahsulot yaratishga jalb etilgan yordamchi mexanizmlar, texnologik jihozlarni 



ishi; 

 xizmatda foydalaniladigan material moddalar, predmetlar va tovarlar. 



Qator  servis  mahsulotlari  ishlab  chiqarishda  tabiiy  resurslar  (sayyohlikda, 

sanatoriyada)  qo‘lda  barpo  etilgan  ob’ektlar  (ekskursion  xizmat  ko‘rsatishda) 

foydalaniladi  va  ularsiz  odamlarni  o‘ziga  xos  talablarini  qondirish  mumkin  emas. 


159 

Servis mahsulotni yaratishda xizmatga sezilmaydigan komponentlarni (iste’molchiga 

nisbatan  firmada  yaratilgan  umumiy  muhit,  aniq  ishchilarni  kayfiyati,  xizmat 

ko‘rsatish  xonasidagi  shinamlik)  ahamiyati  katta  bo‘lib,  aniq  korxonani  servis 

mahsulotini shakllantiradi. 

Umuman servis mahsuloti servis faoliyatini kompleksli tabiatini, shuningdek uni 

turli yo‘nalishlari va turlarini o‘zaro to‘ldiruvchanlik xarakterini aks ettiradi. 

Turli  servis  mahsulotlari  nafaqat  tashkilot  va  firma  darjasida,  balki  tarmoq, 

region,  milliy  amaliyot  darajasida  ham  ishlab  chiqarilishi  mumkin.  Masalan,  milliy 

turistik mahsulotni yaratilishi. 



 

7.2. Servis faoliyatini xo‘jalik amaliyotidagi o‘rni 

Sobiq  ittifoq  davrida  xo‘jalik  iqtisodiy  amaliyoti  ishlab  chiqarish  va  noishlab 

chiqarish sohalariga bo‘linar edi.  Oxirgisini doirasida xizmatlar sohasi (yoki xizmat 

ko‘rsatish sohasi) ajratilar edi. 

  Sobiq  ittifoq  iqtisodini  xizmat  ko‘rsatish  sohasi,  chegaralari  aniq  bo‘lgan  bir 

butun  tarmoq  sifatida,  davlat  tomonidan  nazorat  qilingan  va  aholiga  ma’lum 

xizmatlarni  ko‘rsatish  bilan  band  bo‘lgan  davlat  korxonalari  va  tashkilotlarini  o‘z 

ichiga  qamrab  olgan.  Ushbu  korxonalar  va  tashkilotlar  qatoriga  asosan  aholiga 

maishiy va shaxsiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lganlari tegishli edi (turar joy, 

kommunal  idoralar,  maishiy  te’xnika  va  shaxsiy  transportni  ta’mirlash  tashkilotlari, 

sartaroshxonalar  va  boshqalar).  Ushbu  soha  ne’matlarni  jamiyat  qayta  taqsimlash 

prinsiplari asosida faoliyat yuritar edi, ya’ni ko‘pgina xizmatlar iste’molchilar uchun 

pulsiz edi, ammo xizmatlarni qisman to‘lash amaliyoti ham mavjud edi.  

  O‘sha 


vaqtda  jamiyat  xizmat  ko‘rsatishlini  meditsina  va  sanitar 

sog‘lomlashtirish  tashkilotlari,  ta’lim  tizimi,  madaniyat  tashkilotlari  va  boshqalar 

xizmatlar sohasiga tegishli emas edi. 

  Zamonaviy  amaliyotda  xizmatlar  sohasi  (yoki  “servis  sohasi”)  xizmatlar 

iste’molchilari  va  servis  tashkilotichilarini  kontaktli  ro‘y  beradigan  iqtisodiy  va 

ijtimoiy o‘zaro ta’sirlarni keng oblasti sifatida namoyon bo‘ladi.  

  Demak, xizmatlar  sohasi  servis  faoliyatini  amalga  oshirishning  keng  maydoni 

hisoblanadi. 

  Bugungi  kunda  xo‘jalikni  sohalarga  bo‘lishni  ba’zi  prinsiplari  faoliyat 

yuritayotgan bo‘lib, ular milliy iqtisodni rivojlanishini kuzatish imkonini beradi.  Bu 

tarmoqlar strukturasi quyidagi birliklarni o‘ziga qamrab oladi: 

 birlamchi tarmoqlar: qazib olish, sanoat va qishloq xo‘jaligi; 



 ikkilamchi sohalar – ishlov beruvchi sanoat; 

 uy-joy  qurilishi,  transport,  savdo,  huquqni  himoyalash,  ishlab  chiqarish  va 



aholiga xizmat ko‘rsatish; 

 boshqaruv, fan va fan xizmatlari. 



160 

Xo‘jalikni geoterritorial joylashuvi doirasida ko‘rib chiqilishida qishloq xo‘jaligi 

va sanoatdan tashqari yana ikkita infrastruktura bo‘g‘inlari ajratiladi:  

 



ishlab  chiqarish  infrastrukturasi,  ya’ni  ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy  sohalarni 

faoliyatini  ta’minlovchi  xo‘jalik  ob’ektlarini  majmuasi  (trasnport,  aloqa,  energiya 

ta’minoti, material-texnik ta’minoti va savdosi, kapital qurilish va boshqalar): 

 



ijtimoiy  infrastruktura,  ya’ni  odamlarni  jamiyat  va  yakka  ehtiyojlarni 

qondirishga qaratilgan xo‘jalik ob’ektlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar majmuasi. 

Bunga mehnat resurslari, aholi, odamlarni hayot darajasi va ularga xizmat ko‘rsatish 

(uy xo‘jaligi, savdo va boshqalar tegishli. 

Xo‘jalik  amaliyotini  bo‘linishining  ikkala  variantlari  zamonaviy  xizmatlar 

sohasini chegaralari haqida ma’lumot bermaydi. 

Servis sohasining u yoki bu davlat umumxo‘jalik mexanizmidagi o‘rnini yanada 

aniqroq belgilashida davlat statistik hisobida ishlatiladigan yondoshuv ishlatiladi. 

Milliy hisoblar tizimiga ko‘ra: 

 



birlamchi sektorga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarilishi, baliq ovlash, ovchilik, 

o‘rmonchilik  tegishli.  Bu  erda  ishchilar  biotabiiy  resurslar  bilan  o‘zaro  ta’sirga 

kirishib  jamiyat  uchun  zarur  bo‘lgan  bioxom-ashyo,  o‘simlik  materiallari  va 

mahsulotlarini etkazib berishadi; 

 ikkilamchi  sektorga  industrial  tarmoqlar  tegishli,  ya’ni  qazib  oluvchi,  sanoat, 



shuningdek  qurilish  industriyasi,  elektr,  suv  va  gaz  resurslarini  ishlab  chiqarish  va 

jo‘natish.  Bunda  ishchilar  qator  tabiiy  boyliklarni  ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy 

ehtiyojlar  uchun  tayyorlash  va  o‘zgartirish  bilan  ish  ko‘rishadi,  sanoat  ishlab 

chiqarilishida ishtirok etib, mexanizmlar, kundalik talab tovarlarini yaratishadi, oziq-

ovqat  mahsulotlari  ishlab  chiqarishadi,  turli  texnik  inshootlar,  sanoat  komplekslari 

qurishadi va boshqalar; 

 uchlamchi  sektor  –  xizmatlar  sohasi.  Bu  erda  ishchilar  odamlar  va  ishlab 



chiqarish kollektivlari bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lishadi, ishlab chiqarish bilan bog‘liq 

bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan o‘ziga xos ehtiyojlarni qondirishga mo‘ljal olishadi. Bu 

holda  uchlamchi  sektorga  quyidagilar  tegishli:  transport  va  aloqa,  savdo,  davlat 

ma’muriyati,  ta’lim,  huquqni  himoyalash,  muxandislik  maslahat  xizmatlari,  aholiga 

ko‘rsatiladigan maishiy xizmatlar va boshqalar. 

Servis  faoliyatini  ba’zi  segmentlarini  xarakteri  noma’lum  bo‘lib,  ularni  ham 

uchlamchi, ham ikkilamchi sektorga tegishli deb topish mumkin. Masalan, transport, 

qurilish,  elektr  va  suv  ta’minoti,  aloqa  kabi  infrastruktura  bo‘g‘inlarini  tasniflash 

murakkab  muammo  bo‘lib,  ular  ham  ishlab  chiqarishda,  ham  ijtimoiy  xizmat 

ko‘rsatishda bir xil muhim ahamiyatga ega. 

Oxirgi  yillarda  xizmat  ko‘rsatish  amaliyoti  uchlamchi  sektorni  kengayishi,  uni 

deferensiatsiyalanishi,  unda  yangi  segmentlar  paydo  bo‘layotganligidan  dalolat 

bermoqda. Bu sektorni kengayishi natijasida 4 va 5 sektorlar ajratilmoqda. 


161 

To‘rtlamchi  sektor  -  ilmiy-tadqiqot,  informatsion,  telekommunikatsion 

xizmatlar. 

Beshlamchi sektor – yuqori intellektual ijodiy mehnat bilan bog‘liq. 

SHunday  qilib,  iqtisodi  rivojlangan  zamonaviy  jamiyat  iqtisodiy  amaliyotidagi 

servis faoliyati qator yirik yo‘nalishlar, segment va guruhlarga bo‘linadi va ulardagi 

mehnat o‘z xarakteri va boshqa sifatlariga ko‘ra sezilarli farqlanadi. Masalan, bank, 

pochta,  uy-joydan  foydalanish,  tibbiyot  tashkilotlari  yoki  dafn  marosimlarini 

o‘tkazish  kontoralari  ishchilari  mehnati  bir-biridan  shunchalik  farqlanadiki,  ular 

faoliyatini  yaxlit  kasb,  mehnat,  ijtimoiy  yoki  ma’naviy-psixologik  sifatlardan  kelib 

chiqqan  holda  o‘zaro  taqqoslash  juda  qiyin.  Ammo  yuqorida  sanab  o‘tilgan  har  bir 

mehnat turlarini farqli xususiyati shundaki, u fuqarolar va mehnat jamoalariga xizmat 

ko‘rsatish  bilan  bog‘liq,  ya’ni  avvalo  jamiyat,  guruh  va  yakka  ehtiyojlarni 

qondirishga yo‘naltirilgan. 

YUqorida aytib o‘tilganlar, servis faoliyatini sinflar, yo‘nalishlar, turlar bo‘yicha 

bo‘lish murakkabligidan dalolat beradi. Quyida servis faoliyatini yanada aniqroq va 

mantiqan jiddiy tasniflash sxemasini keltiramiz. Ammo ushbu tasniflash varianti ham 

hamma turli-tuman servis mashg‘ulotlarini qarab olaolmaydi: 

 ishlab chiqarish servisi (texnikani  ta’mirlash xizmatlari, yuqori texnologiyalar 



asosidagi xizmatlar, jumladan sotuv oldi va sotuvdan keyingi xizmatlar ham); 

 jamiyatni  qurish  sohasi  servisi  (himoyalash,  jamiyat  tartibini  saqlash,  milliy 



moliya tizimini rivojlantirish va boshqa xizmatlar); 

 ijtimoiy-madaniy  servis  (jamiyat  ahamiyatidagi  va  shaxslar  uchun  zaruriy 



darajalarda bo‘lishi mumkin). Bularga maktabgacha tarbiya, sayyohlik, badiiy-estetik 

va boshqa xizmatlar tegishli; 

 

intellektual servis (ta’lim sohasidagi yuridik, moliyaviy, informatsion servis va 



boshqalar); 

 tovar  va  xizmatlarni  aylanishi  sohasidagi  servis  (savdo,  umumiy  ovqatlanish, 



kommunikatsion va transport xizmatlari, omborxona xo‘jaligi xizmati va boshqalar); 

 



xo‘jalik-maishiy  servis  (shahar  xo‘jaligi,  aholiga  maishiy  xizmat  ko‘rsatish, 

jumladan fuqarolarni yakka ehtiyojlarini qondirish xizmatlari). 

Servisni ishlab chiqarish bilan yaqinlashtiradigan qator xususiyatlar mavjud: 

 



servis  faoliyati  sub’ektlarini  iste’molchilarga  nisbatan  amalga  oshiriladigan 

mehnat va foydali intilishlari ularni tovar ishlab chiqarish darajasidagi xizmat ishlab 

chiqaruvchilarga aylantiradi

 



xizmat  ishlab  chiqaruvchilarni  foydali  intilishlari  servis  iste’molchilariga 

qaratilgan  bo‘lib,  ularga  ma’lum  ne’mat,  foyda,  qulaylik  beradi.  Bunda  ishlab 

chiqarilgan  xizmatlar  iste’mol  qiymatiga  ega  bo‘lib,  u  jamiyat  mehnatiga  teng.  Bu 

holda  xizmatlar  tovar  sifatida  namoyon  bo‘lib,  servis  faoliyatini  muhim  elementi 

hisoblanadi; 


162 

 



zamonaviy  jamiyatdagi  servis  faoliyatini  turli  turlari  va  yo‘nalishlari  sanoat 

ishlab chiqarilishini natijalari bilan juda yaqin birlashadi. CHunonchi, servis faoliyati 

sub’ektlari  quyidagilarni  iste’molchilarga  etkazishadi  (sotishadi),  so‘ngra  esa  ko‘p 

hollarda ularni ta’mirlashadi va ularga xizmat ko‘rsatishadi: 

- maishiy texnika, shaxsiy transport vositalari; 

- kiyim-kechak, interer predmetlari; 

- sanoat mollari; 

- o‘qitish va shaxsni rivojlantirish uchun foydalaniladigan tovarlar   

  (kitoblar, kompyuterlar); 

-  ko‘ngil  ochish  va  dam  olish  uchun  tovarlar  (kompakt-disklar,  musiqa 

sintezatorlari, o‘yin avtomatlari) va boshqalar. 

SHuning  bilan  birgalikda  ikkilamchi  sektor  ishlab  chiqarilishini  (qurish  ishlari, 

elektr-, suv va gaz ta’minoti) yakuniy bosqichi, shuningdek oziq-ovqat, engil sanoat, 

avtomobilsozlik  va  boshqalarda  yaratiladigan  tovarlar  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  xizmatlar 

sohasi bilan bog‘langan. 

 



Servisni  sanoat  bilan  bog‘liqligi,  yuqorida  sanab  o‘tilgan  tovarlarni  sotish, 

ularga  xizmat  ko‘rsatish  va  ta’mirlash  bilan  chegeralanib  qolmasdan,  xizmat 

sohasidagi  mehnat  ham  ko‘p  hollarda  texnik  moslamalar  va  avtomatlar  majmuasi 

vositasida  amalga  oshiriladi.  Oxirgi  o‘n  yilliklarda  xizmatlar  sohasi  tadbirkorlari 

servis  ishlab  chiqarilishi  ishchilari  mehnatini  tashkil  etishida,  shuningdek  servis 

korxolnasini  boshqaruvida  sanoat  ishlab  chiqarilishini  mehnat  elementlari  va 

menedjmentini joriy etish borasida ko‘pgina ishlar qilishdi. 

YUqorida  ta’kidlanganlarni  hammasi  sanoat  ishlab  chiqarilishi  va  xizmatlar 

o‘rtasida yaqin aloqalarni shakllantiradi va srevis korxonalaridagi mehnat va xizmat 

ko‘rsatishni ko‘pgina hollarda industrial ishlab chiqarish tipida tashkil etilishiga olib 

keladi.  Bunday  industrial  ishlab  chiqarilishi  yirik  sanoat  komplekslari  doirasida 

amalga oshiriladi va ulardagi mehnat yuqori texnikaviy qurollanganlik darajasi bilan 

farqlanib  turadi.  Bu  esa  mehnat  unumdorligini  bir  necha  marotaba  oshirish  va 

ommaviy talablarni qondirish imkonini beruvchi katta hajmdagi ishlab chiqariladigan 

mahsulot olinishiga imkon yaratadi. 

Aholiga  xizmat  ko‘rsatish  bilan  bog‘liq  industrial  ishlab  chiqarishlar  misollari 

sifatida shaxsiy kottedjlarni va ko‘p xonali uylarni ommaviy qurilishi, yo‘lovchilarni 

havo,  temir  yo‘l,  avtotransportda  tashishni  va  boshqalarni  ko‘rsatish  mumkin.  Bu 

barcha xizmatlar turlari sanoat ishlab chiqarilishi bilan taqqoslanishi mumkin bo‘lgan 

muhim  parametrlarni:  texnik-texnologik  tavsiflar,  material  va  yoqilg‘ini  sarfi, 

moliyaviy harajatlar va boshqalarni o‘zida mujassam etgan. 

Shunday qilib, zamonaviy servis faoliyati shaxsiy xarakterga ega bo‘lmoqda va 

iste’molchilarni  yakka  va  guruh  ehtiyojlarini  qondirishga  yo‘naltirilgan.  Bularni 

hammasi rivojlangan davlatlarda servis xizmatini ishlab chiqarish haqida yoki ularda 



163 

servis  industriyasi  mavjud  ekanligi  haqida  gapirish  imkonini  beradi.  Hozirgi  vaqtda 

“tashish industriyasi”, “sayyohlik industriyasi”, “ko‘ngil ochish industriyasi”, “ta’lim 

olish  industriyasi”  haqida  haqli  gapirish  mumkin.  Bu  ko‘rsatilgan  servis  faoliyati 

yo‘nalishlari  texnika  va  mehnatni  sanoat  ishlab  chiqarilishi  tipi  bo‘yicha  tashkil 

etishga  tayangan  holda  qisqa  muddat  ichida  minglab  va  millionlab  iste’molchilarga 

xizmat ko‘rsatishga qodir. 



Download 4.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling