Strategik menejment


Servis faoliyati ehtiyoj sifatida


Download 4.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/47
Sana21.12.2019
Hajmi4.87 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47

7.3. Servis faoliyati ehtiyoj sifatida 

  Odamlarni  ehtiyojlari,  umuman  olganda,  ehtiyoj  deyilganda  biror-bir  narsaga 

bo‘lgan zarurlik tushuniladi. Ushbu zarurlik, darkorlik o‘zini qondirilishini talab qilib 

odamlar tomonidan anglab etiladi. 

  Ehtiyoj  xo‘jalik  amaliyotida  qator  tushunchalarni  keltirib  chiqardi.  Ularni 

o‘rtasida  eng  asosiysi  “iste’molchi”  tushunchasi  bo‘lib,  tovar,  xizmat,  servis 

mahsulotini sotib olgan oxirgi iste’molchini, ya’ni u yoki bu kiyimni kiyib yuradigan, 

aniq  narsalardan  foydalanuvchi,  oziq-ovqatda  ma’lum  mahsulotlarni  ishlatuvchi 

odamni anglatadi. 

  Servis faoliyatini iste’molni oxirgi bosqichi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishi 

uni material ishlab chiqarishdan ancha farqlab turadi. Material ishlab chiqarish uchun 

bunday  bog‘liqlik  unchalik  darajada  xos  emas,  chunki  ko‘pgina  sanoat  tarmoqlari 

texnologik jarayonlarni yoki ishlab chiqarish vositalarini yaratish jarayonini dastlabki 

bosqichlarida jalb qilingan bo‘lishadi. Buni aksi sifatida servis faoliyatini sub’ektlari 

mijoz,  buyurtmachi  bilan  yuzma-yuz  uchrashadi  va  shu  orqali  iste’molni  yakuniy 

jarayonlarida ishlashadi. 

  Shuning  uchun  iste’molchilarga  xizmat  ko‘rsatish  jarayoni  ancha  noiqtisodiy-

ijtimoiy,  psixologik,  ma’naviy  boshlanishga  ega  bo‘lib,  bu  esa  servis  faoliyatini 

“narsalardan  uzoqlashish”  sifatida  tavsiflashga  imkon  beradi.  Xizmatlarni  ishlab 

chiqarish  va  iste’mol  qilinishi  ko‘pgina  hollarda  xizmat  ko‘rsatuvchi  va  mijoz 

o‘rtasidagi  bevosita  kontaktlar  yo‘li  bilan  kechadi.  Ular  o‘rtasidagi  kontaktlar  vaqt 

davomida uzilgan bo‘lsa ham, xizmat natijalari iste’molchi tomonidan qabul qilingan 

holda xizmat bajarilgan hisoblanadi. 

  Jamiyatda 

insoniy  ehtiyojlarni  mavjud  bo‘lishi,  shuningdek  uni 

transformatsiyasi ikkita muhim omillar bilan belgilanadi: 

 

Odamni  biotabiiy  kelib  chiqishini  qayta  ta’minlash  zarurligi.  Ushbu  omilni 



ta’sirida odamlarga birlamchi ehtiyojlar xos bo‘lib, ular o‘rtasida odam uchun dolzarb 

bo‘lgan  tug‘ma  va  o‘zgarmas  kabilari  anchagina.  Birlamchi  ehtiyojlarga  yashash 

muhiti xavfsizligini ta’minlash, ovqatlanish, ichish, dam olish, avlodni davom ettirish 

va boshqalar taaluqli. 

 

Odamni  ijtimoiy  va  ma’naviy-madaniy  sifatlarini  rivojlantirish  muhimligi. 



Ushbu  omil  katta  hajmdagi  ikklamchi,  shuningdek  ijtimoiy  va  madaniy  ehtiyojlarni 

yuzaga keltiradi. 



164 

Bu  ehtiyojlar  odamlarni  o‘zini  ijtimoiy  munosabatlar  sub’ektlari  sifatida 

tiklashga  intilishlari  va  dunyoni  o‘rganishni,  o‘zini  ma’naviy  mohiyatini 

rivojlantirishni, dam olishni hohlovchi fuqarolar bilan bog‘liq. O‘z mohiyatiga ko‘ra, 

shakllanish  mexanizmlariga  ko‘ra,  bu  ehtiyojlar  ancha  egiluvchan  va  dinamik 

hisoblanadi.  Odam  hayoti  davomida  ular  ham  intensiv,  chuqur  rivojlanishi,  ham 

degradatsiya qilinishi, so‘nishi mumkin. 

Yuqoridagi  tavsiflar  ehtiyojlarni  o‘z  genezisi  va  sifati  bo‘yicha  turli  tuman 

bo‘lishi mumkinligini taqozo etadi. 

Jismoniy va jismoniy plandagi ehtiyojlar. Ular odam organizmi strukturasiga 

shunchalik  kuchli  singib  borganki,  uni  hayoti  davomida  kunlik  qondirilishini  talab 

qiladi.  Bular  harakatlanishga,  tungi  uyquga,  ovqatlanishga,  ichishga  va  boshqalarga 

bo‘lgan ehtiyojlardir. 



Jamiyat va yakka ehtiyojlar. Jamiyat ehtiyojlari katta odamlar guruhi umuman 

mamalkat aholisiga xosdir. Ular o‘zini qondirilishi uchun o‘ziga xos sharoitlarni talab 

qiladi.  Ularni  ko‘pchiligini  bir  odam  amalga  oshiraolmaydi,  ular  faqat  jamiyat 

faoliyati,  davlat  yoki  mahalliy  hokimiyat  institutlari  tomonidan  amalga  oshirilishi 

mumkin.  Harbiy  xavfsizlikka,  jamiyat  tartibini  saqlash,  ijtimoiy  ta’minotga  bo‘lgan 

ehtiyojlar jamiyat ehtiyojlari hisoblanadi. 

Yakka  ehtiyojlar  shaxsiy,  shuningdek  o‘z  kombinatsiyasiga  ko‘ra,  aniq 

odamlarga xos bo‘lgan iste’mol xususiyatlarni aks ettiradi. Ularni anchagina qismini 

individ  mustaqil  ravishda  yoki  xizmatlar  sohasiga  murojaat  qilish  orqali  amalga 

oshiradi. 



Ijtimoiy va madaniy ehtiyojlar. Ular turli tuman bo‘lib, ko‘pgina hollarda o‘ta 

muhim  hisoblanadi  va  odamlarni  butun  ongli  hayotida  yo‘ldosh  bo‘ladi.  Ularni 

xususiyati  shundaki,  tug‘ma  etiyojlardan  farqli  o‘laroq,  ko‘pgina  hollarda  madaniy 

muhit ta’sirida shakllanadi va shaxsni ijtimioy statusi, ma’lumot darajasi va umumiy 

rivojlanishi bilan bog‘liq. 

SHuning  bilan  birga  ijtimioy  madaniy  ehtiyojlarni  ma’lum  qismi,  masalan 

fiziologik  ehtiyojlar  kabi  o‘ta  zarur  emas.  Bir  qism  ijtimoiy-madaniy  ehtiyojlar 

ko‘pgina  hollarda  boshqalarga  taqlid  qilish  yoki  ijtimioy  muhitni  maqsadli 

yo‘naltirilganligi ta’siri sababli paydo bo‘ladi. Xususan ko‘p hollarda odam ijtimoiy 

informatsiya, moda va reklama ta’siriga moyil. 

Servis  faoliyati  keng  spektrdagi  birlamchidan  (jismoniy,  fiziologik)  tortib  eng 

murakkab (bilish, ma’naviy rivojlanish) insoniy ehtiyojlarga hozir javob bo‘ladi. 

2012-2016  yillarda  xizmat  ko'rsatish  sohasini  rivojlantirish  dasturini  qabul 

qilindi.  

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012  yil  10  maydagi  "2012-2016 

yillarda  O'zbekiston  Respublikasida  xizmat  ko'rsatish  sohasini  rivojlantirish  dasturi 

to'g'risida"  qarori  doirasida  yaqin  besh  yil  mobaynida  barcha  xizmatlarning 


165 

solishtirma  og'irligi  YAIM  dagi  ulushini  55%  ga  yetkazish  belgilab  olindi. Hujjatda 

qayd  etilganidek,  xizmat  ko'rsatish  sohasining  yalpi  ichki  mahsulotdagi  ulushi  2005 

yildagi  38,7  foizdan  2011  yilda  50,5  foizga  o'sgan.  Buning  natijasida  avvalambor 

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda 1,1 mln. yangi ish joylari yaratildi. Axborot-

kommunikatsiya,  bank,  sug'urta,  lizing,  sayyohlik-ekskursiya  va  boshqa  zamonaviy 

yuqori  texnologik  va  bozor  iqtisodiyotiga  mos  xizmat  turlari  ildam  sur'atlar  bilan 

rivojlanishiga e'tibor qaratildi.  

Yangi  dastur  2016  yilgacha  mamlakatimizning  yalpi  ichki  mahsulotida  xizmat 

ko'rsatish  sohasining  ulushni  bosqichma  –  bosqich  oshirilishini  nazarda  tutadigan 

2012-2016  yillarda  O'zbekiston  Respublikasi  bo'yicha  xizmat  ko'rsatish  sohasining 

asosiy  turlarini  rivojlantirishning  maqsadli  parametrlarini  o'z  ichiga  qamrab 

oladi. Xizmat ko'rsatish sohasi respublikada 13 ta asosiy turlar bo'yicha taqsimlanadi. 

Ular: aloqa va axborotlashtirish, kompyuterni dasturlashtirish, moliya (bank, sug'urta 

xizmatlari  va  moliyaviy  lizing)  transport,  qurilish,  texnologik  uskunalarga  texnik 

xizmat  ko'rsatish va ularni  ta'mirlash  bo'yicha, qishloq xo'jalik  texnikalari, savdo  va 

umumiy  ovqatlanish  xizmatlari,  ta'lim  va  sog'liqni  saqlash,  turistlik,  maishiy  va 

boshqa xizmat turlari kiritilgan.  

Yaqin  kelajakda  kompyuterni  dasturlashtirish,  shuningdek  savdo  hamda 

umumiy  ovqatlanish  xizmatlari  bo'yicha  eng  yuqori  o'sish  sur'ati  2,4  barobar  ortishi 

kutilmoqda.  Sog'liqni  saqlash,  turistlik,  maishiy  va  texnologik  uskunalarga  texnik 

xizmat  ko'rsatish  va  ularni  ta'mirlash  bo'yicha  xizmatlar  sohasida  o'sish  2,3  barobar 

bo'lishi  prognoz  qilinmoqda. Dastur  shuningdek  O'zAAA  ko'rsatuvchi  yangi 

xizmatlar turlarini prognozlashtirilgan rivojlantirish parametrlarini ham qamrab oladi. 

Ular  qatoriga  kommunikatsiya  (kompyuter  va  abonentlik  terminallarini  ta'mirlash), 

interaktiv  televidenie,  videotelefoniya,  kompyuter  texnikasini,  mobil  telefonlarni  va 

boshqalarni ta'mirlash sohasidagi korxonalarda texnik xizmat servislari kiradi.  

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  "O'zbekiston  Respublikasida  2006-

2010  yillarda  xizmat  ko'rsatish  va  servis  sohasini  rivojlantirishni  jadallashtirish 

chora-tadbirlari to'g'risida" 2006 yil 17 apreldagi qarorida belgilangan mikrofirmalar 

va  kichik  korxonalar  uchun  foyda  solig'i  hamda  yagona  soliq  to'lovi  bo'yicha 

imtiyozlarning  amal  qilish  muddati  2017  yilning  1  yanvarigacha  uzaytirildi.  Shu 

munosabat bilan yangi xizmatlar ro'yxati tasdiqlangan bo'lib, unga ko'ra ko'rsatilgan 

soliq imtiyozlari ta'sir qiladi.  

2012  yilning  II  choragidan  boshlab  qishloqjoylardagi  mahallalar  hududida 

maishiy  xizmat  ko'rsatish  bilan  shug'ullanuvchi  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar 

(sartaroshlar,  tikuvchilar,  poyafzal  maishiy  texnika  ta'mirlash  bo'yicha  ustalar  va 

boshqalar)  qat'iy  belgilangan  soliq  to'lashdan  3  yil  muddatga  ozod  etiladi.  Qarorga 

muvofiq "Mikrokreditbank" OATB mablag'lari hisobidan 2012-2016 yillarda xizmat 

ko'rsatish  sohasini  rivojlantirishga  yo'naltiriladigan  imtiyozli  kreditlar  189,9  mlrd. 



166 

so'm  deb  belgilandi.  Ajratiladigan  imtiyozli  kredit  resurslari  xizmat  ko'rsatish 

sohasining  yangi  obyektlarini  barpo  etishga,  shuningdek  xizmat  ko'rsatishga 

ixtisoslashtirilgan  amaldagi  tadbirkorlik  sub'ektlarini  texnik  va  texnologik 

jihozlashga (qayta jihozlashga) maqsadli tarzda yo'naltiriladi.  

Davlat statistika qo'mitasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, 2012 yilning I choragida 

iqtisodiy  faoliyatning  barcha  turlari  bo'yicha  bozor  xizmatlarining  umumiy  hajmi 

10,8  trln.  so'mni  tashkli  etgan  bo'lib,  bu  o'tgan  yildagi  davrga  qaraganda  12,5  % 

o'sishga  ega  bo'lgan. Mazkur  sohaning  bozor  islohoti  tahlili  transport  sektoridagi 

xizmatlarning eng yuqori joylashuvini ko'rsatmoqda. Joriy yilning I choragida uning 

solishtirma og'irligi umumiy hajmda 29,5% ni tashkil etdi. Ekspertlar buni davlatimiz 

Prezidentining  2010  yil  21  dekabr  sansidagi  "2011-2015  yillarda  infratuzilma, 

transport  va  kommunikasiyalar  qurilishini  rivojlantirishni  jadallashtirish  dasturi 

to'g'risida  "  gi  qarorining  O'zbekiston  transport  tizimini  rivojlantirishga  qo'shimcha 

impuls  deya  baholamoqdalar.  Transport  infratuzilmasiga  kiritilishi  rejalashtirilgan 

($6,9 mlrd.) qo'yilmaning 48,9%  - avtotransport infratuzilmasini, 22,9%  - temir  yo'l 

infratuzilmasini  va  9,4  %  -  aviasion  transportni  modernizatsiyalashga  sarflanishi 

prognozlashtirilgan.  

Hukumat 

qarori 


doirasida 

avtomobil 

va 

temir 


yo'llari, 

ko'priklar 

modernizatsiyalanmoqda, avtotransport vositalari parklari, temir yo'l lokomotivlari va 

vagonlar  parklari  yangilanmoqda,  yangi  o'rta  va  uzoq  masofaga  parvoz  etuvchi 

yo'lovchi  kemalar  o'zlashtirilmoqda. I  chorakda  19,5%  ulushga  ega  transport, 

shuningdek  savdo  va  umumiy  oqatlanish  xizmatlariga  O'zbekistonda  ko'rsatilgan 

bozor  xizmatlarining  qariyb  yarimi  to'g'ri  keldi. 2012  yilning  I  choragida  chakana 

tovar  aylanmasi  hajmini  11%  oshirilishi oziq  – ovqat  mahsulotlari, kundalik  extiyoj 

mollariga bo'lgan talabning ortishi bilan izohlanadi.  

Davlat statistika qo'mitasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan yilda respublikada 

98,4  ta  chakana  savdo  ob'ekti  hiobdan  o'tgan.  Supermarket,  do'kon  va  savdo 

pavilonlarining soni 32 dan 35 ortgan. Chakana savdo obyekti va umumiy oqatlanish 

sohasiga  65  mingdan  ortiq  korxona  va  tashkilotlar  jalb  etilgan. Ekspertlarning  qayd 

etishicha  mamlakatda  chakana  savdo  hajmining  ortib  borishining  yana  bir  omili 

sifatida  plastik  kartalar  orqali  to'lovlarni  amalga  oshirish  tizimi  dinamik  sur'atlari 

bilan rivojlanishi bilan izohlamoqdalar.  

Bandlikning  dinamik  rivojlanishi  saqlanib  qolgan  soha  –  aloqa  va 

axborotlashtorish  xizmatidir.  I  chorakda  ko'rsatilgan  bozor  xizmatlaridagi  umumiy 

hajmining  6,8%  ni  tashkil  etdi.  O'sish  esa  2011  yildagi  muvofiq  davrga  nisbatan 

33,2% ni tashkil etgan.  

 

Xizmat ko'rsatish va servis (2017 yil I-chorak)  



 

167 



Хизматлар номлари

 

млн.сўм

 

жумладан; қишлоқ 

жойларида* 

(млн.сўм)

 

жумладан; қишлоқ 

жойларида* 

(улуши, %)

 

ўсиш 

суръати, %

 

  

 



 

 

 



 

Хизматлар ҳажми - 



жами 

657061.1 

171504.4 

26.1 


113.4 

Алоқа ва 



ахборотлаштириш 

хизматлари 

40127.9 

393.3 


106.2 


3  Молия хизматлари 

74723.3 


13368.3 

17.9 


126.7 

4  Транспорт хизматлари  170634.2 

69759.89999999999  40.9 

113.6 


Яшаш ва овқатланиш 

хизматлари 

26799.8 


4350.9 

16.2 


111 

6  Cавдо хизматлари 

223495.8 

65204.7 


29.2 

110 


Кўчмас мулк билан 

боғлиқ бўлган 

хизматлар 

15298.8 

2024.1 


13.2 

108 


8  Таълим хизматлари 

30918.4 


2731.8 

8.800000000000001  2731.8 

Соғлиқни сақлаш 



хизматлари 

4222 


770.7 

18.3 


117.1 

10 


Ижара ва прокат 

хизматлари 

7759.4 

1233.2 


12.2 

110.1 


11 

Компьютерларни ва 

маиший товарларни 

таъмирлаш 

хизматлари 

6374.7 


4648 

72.90000000000001  110.4 

12 Шахсий хизматлар 

17451.4 


5162.3 

29.6 


5162.3 

13 


Меъморчилик, 

мухандислик 

изланишлари, техник 

синовлар ва таҳлил 

соҳасидаги хизматлар 

4253.8 


413.2 

9.699999999999999  110 

14 

Бошқа турдаги 



хизматлар  

35001.6 


1441 

4.1 


133.7 

Aholiga  keng  ko‘lamli  xizmatlar  ko‘rsatish  va  yurtdoshlarimizning  turmushi 

darajasini yaxshilash yuzasidan mamlakatimizda ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. 

.  Jumladan,  xalqimiz  farovonligini  yuksaltirish  maqsadida  2009  yil  -  “Qishloq 

taraqqiyoti  va  farovonligi  yili”,  deb  e’lon  qilinib,  qishloqlarimiz  infratuzilmasini 

tubdan  yaxshilash,  zamonaviy  uy-joylar  barpo  etish,  qishloq  aholisining  turmush 

darajasi  va  sifatini  yangi  bosqichga  ko‘tarishga  qaratilgan  alohida  davlat  dasturi 

tasdiqlandi. Ana shunday ulkan o‘zgarishlarning tashabbuskori bo‘lgan Prezidentimiz 

Islom  Karimovning  2012yilda  mamlakatimizni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish 

yakunlari  hamda  2013yilga  mo‘ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor 

yo‘nalishlariga  bag‘ishlangan  Vazirlar  Mahkamasi  majlisidagi  ma’ruzasida  ushbu 

sohani  rivojlantirishga  yana  bir  bor  e’tibor  qaratilib,  2013yilda  qishloq  joylarda 



168 

namunaviy  loyihalar  asosida  yakka  tartibdagi  uy-joylarni  qurish  ko‘lamini  yanada 

kengaytirish alohida o‘rin tutishi zarurligi alohida ta’kidlandi. 

Qabul qilingan Davlat dasturi asosan quyidagilarga yo‘naltirilgan: 

  qishloq  aholi  punktlarining  arxitekturaviy  rejalashtirilishini  tashkil  etish, 

qishloqda  turar-joy  va  ijtimoiy  soha  ob’ektlari  barpo  etilishini  loyihalashtirish 

tizimini tubdan takomillashtirish; 

  qishloq  joylarda  ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy  infratuzilmani  yanada 

rivojlantirish asosida qishloqdagi turmush sifatini oshirish; 

  mamlakatimizning  o‘zida  qurilish  materiallari  ishlab  chiqarishni 

kengaytirish,  yig‘ma  konstruksiyalar  va  mahalliy  materiallardan  foydalangan  holda, 

qishloqda ob’ektlar qurilishining industrial va yig‘ma texnologiyalarini joriy etish va 

boshqalar. 

"Qishloq  taraqqiyoti  va  farovonligi  yili"  Davlat  dasturiga  muvofiq  qishloq 

qiyofasini  va  qishloq  aholisining  uy-joy  sharoitlarini  sifat  jihatidan  yaxshilash, 

qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy 

qurilishida  uzoq  muddatli  imtiyozli  kreditlash  tizimini  keng  joriy  etish  maqsadida 

2009  yil  30  martda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  PQ-1083-sonli  qarori 

bilan “Qishloq qurilish bank”i tashkil etildi. 

Namunaviy  loyihalar  asosida  uy-joy  qurilishiga  oid  normativ-huquqiy  hujjatlar 

quyidagilar hisoblanadi: 

  “Qishloq  taraqqiyoti  va  farovonligi  yili”  Davlat  dasturi  to‘g‘risida 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2009  yil  26  yanvardagi  PQ-1046-sonli 

qarori; 


  «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 martdagi PQ-1083-sonli qarori; 

  «Qishloq  qurilish  bank»  aksiyadorlik  tijorat  bankining  faoliyatini  tashkil 

etish  va  moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlash  chora-tadbirlari  to‘g‘risida 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2009  yil  31  martdagi  90-sonli 

qarori; 


  «Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha 

chora-tadbirlar  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2009  yil  3 

avgustdagi PQ-1167-sonli qarori; 

  «Tasdiqlangan  namunaviy  loyihalar  bo‘yicha  yakka  tartibdagi  uy-joy 

qurilishi  uchun  «Qishloq  qurilish  bank»  aksiyadorlik  tijorat  banki  tomonidan 

imtiyozli  ipoteka  krediti  berish  tartibi  to‘g‘risidagi  nizomni  tasdiqlash  haqida»gi 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2009  yil  25  maydagi  148-son 

qarori; 


  «Qishloq  joylarda  namunaviy  loyihalar  asosida  «Qishloq  qurilish  invest» 

injiniring  kompaniyasi  ishtirokida  uy-joylar  qurishni  tashkil  etish  chora-tadbirlari 



169 

to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2009  yil  26 

oktyabrdagi 280-sonli qarori; 

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida 

"Qishloq  joylarda  uy-joy  qurilishini  rivojlantirish"  loyihasini  ko‘p  martalik  transh 

bo‘yicha moliyalashtirish dasturini amalga oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-

tadbirlar to‘g‘risida" gi 2012 yil 11 yanvardagi PQ-1683-sonli qarori; 

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 14 yanvardagi “2012 yilda 

qishloq  joylarda  namunaviy  loyihalar  bo‘yicha  yakka  tartibdagi  uy-joylarni  qurish 

dasturi to‘g‘risida”gi PQ-1687-sonli qarori; 

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 12 oktyabrdagi 

“2013  yilda  qishloq  joylarda  namunaviy  loyihalar  asosida  yakka  tartibda  uy-joylar 

qurilishi bo‘yicha dasturni tayyorlash choralari” to‘g‘risidagi 291-sonli qarori; 

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 4 yanvardagi “2013 yilda 

qishloq  joylarda  namunaviy  loyihalar  bo‘yicha  individual  uy-joy  qurilishi  bo‘yicha 

dastur to‘g‘risida”gi PQ-1902-sonli qarori.  

Mamlakatimizdagi "Qishloq qurilish invest“ injiniring kompaniyasi O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  2009  yil  3  avgustdagi  PQ-1167-sonli  qaroriga  muvofiq 

qishloq  joylarda  uy-joy  qurilishini  tashkil  etish  bo‘yicha  yagona  buyurtmachi 

tashkilot hisoblanadi.  

"Qishloqqurilishloyiha"  MCHJ  esa  qishloq  aholi  punktlarini  arxitekturaviy 

jihatdan  rejalashtirishni  tashkil  etish  va  qishloq  qurilishini  loyihalashtirish  tizimini 

tubdan  yaxshilash,  shu  asosda  qishloq  qiyofasini  tubdan  o‘zgartirish  maqsadida 

tashkil qilingan korxona hisoblanadi. 

O‘zbekistonda  namunaviy  uy-joy  qurilishini  tashkil  qilishning  namunaviy 

loyihasi  "Qishloqqurilishloyiha"  loyiha  instituti  tomonidan  ishlab  chiqilgan  va 

tasdiqlangan  uy-joy  loyihasi  bo‘lib,  zamonaviy  qurilish  materiallari  va 

texnologiyalarini  yurtimiz  mintaqalarining  tabiiy  iqlim  sharoitlarini  va  joylarning 

relefini, ijtimoiy demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda tayyorlanadi. 

Namunaviy uy-joy qurilishi fuqarolarga kredit berish yo‘li bilan iste’molchilarga 

sotiladi va fuqarolarga kredit ajratish shartlari quyidagicha: 

  murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan; 

  kreditga  layoqatli qishloq fuqarolariga; 

  namunaviy  loyiha  bo‘yicha  uy-joy  qiymatining  25  foizdan  kam  bo‘lmagan 

miqdorda boshlang‘ich badalini to‘plaganlaridan so‘ng; 

  eng  kam  ish  haqining  1000  barobarigacha  (shuningdek,  uy-joy  smeta 

qiymatining 75 foizigacha); 

  imtiyozli foiz stavkasi bilan; 

  asosiyqarzniqaytarishbo‘yichabiryilmuddatgaimtiyozlidavrbilan; 

  15 yil muddatgacha kredit ajratiladi. 



170 

Aholi tomonidan kredit olish esa quyidagicha belgilangan:   

1.  Qishloq qurilish injiniring kompaniyasining  tegishli filialiga murojaat qilib, 

namunaviy loyihani tanlaydi va dastlabki shartnomani tuzadi. 

2. Loyiha qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi mablag‘ni omonatga qo‘yib, 

kredit olish uchun tegishli hujjatlarni bankka taqdim etadi.  

3. Bank tomonidan dastlabki badal qo‘yilgani va kredit ajratishga ijobiy xulosa 

berilganidan  so‘ng  QQI  IK  xududiy  filiali  bilan  uy-joy  qurilishi  uchun  asosiy 

shartnoma imzolanadi.  

4.  QQI  IK  bilan  tuzilgan  shartnoma  asosida  qurilish  bosqichma-bosqich 

moliyalashtiriladi.  Bunda  avval  25  foiz  avans  to‘lovlari,  ular  moliyalashtirilganidan 

so‘ng kredit, keyin yakuniy to‘lov amalga oshiriladi. 

5. Ob’ekt davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va uy-joy egasiga 

topshiriladi. 

 

Nazorat uchun savollar: 

1. 


Servis  faoliyati  qanday  xizmat  ko‘rsatish  sub’ektlari  tomonidan  ishlab 

chiqiladi? 

2. 

Xizmat sohasidagi mehnat qanday farqli jihatlarga ega? 



3. 

Xizmatlarga qanday belgilar xos? 

4. 

Servis mahsuloti nima? 



5. 

Davlat  statistika  hisobida  ishlatiladigan  yondashuvdav  xizmat  sohasini 

umum xo‘jalik mexanizmidagi o‘rni qanday? 

6. 


Qanday jihatlar servisni ishlab chiqarish bilan yaqinlashtiradi? 

7. 


Ehtiyojlarni yuzaga kelishi qanday omillar bilan belgilanadi? 

8. 


Qanday ehtiyoj turlari mavjud? 

 

 




Download 4.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling