Stress holati diagnostikasi


Download 16.96 Kb.
bet1/3
Sana27.03.2022
Hajmi16.96 Kb.
#616098
  1   2   3
Bog'liq
мавзу 1
2 5271880847543239124, Administration and management Ro'zmamatov Abbos 171 Iqtisod, MAQOLA, 17.05. Mamanazarov Sardorbek(IO'TL).doc, 17.05. Mamanazarov Sardorbek(IO'TL).doc, PDV.17.05MAMANAZAROV SARDORBEK , PDV.17.05MAMANAZAROV SARDORBEK , A, Chigʻatoy ulusi, dasturlash 2-laboratoriya, Labaratoriya(1), 15-18.04 Speakout Intermediate Student s Book 2015 2nd 175p.pdf filename, Kapital joylashtirish jarayoni, Grafik tasvirlarning formatlari, ikkita vektorning skalyar va vektor kopaytmalari va ularning xossalari (1)

1-mavzu. “Stress holati diagnostikasi” trening dasturi


Maqsad: Trening ishtirokchilarining stress holatini diagnostika qilish va stress haqida bilimlarni berish.
Vazifalar:

  • Trening ishtirokchilariga ishonchli munosabatlarni oʻrnatishga yordam berish;

  • Ishtirokchilarning stress va uning turlari haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishga yordam berish.

Stress — inson organizmining haddan tashqari zoʻriqish, salbiy emotsiyalar yoki oddiygina zerikishga boʻlgan javob reaksiyasidir. Stress chogʻida inson organizmi yechim izlashga undaydigan adrenalin gormoni ishlab chiqaradi. Kichik miqdordagi stress hamma uchun kerak, chunki bu kishini fikrlashga, muammodan chiqish yoʻlini topishga undaydi, stressiz hayot zerikarli boʻlar edi. Boshqa tomondan, agar stress juda koʻp boʻlsa, tana zaiflashadi, kuchsizlanadi va muammolarni hal qilish qobiliyatini yoʻqotadi. Ushbu muammoga bir qancha ilmiy tadqiqotlar bagʻishlangan. Stressning paydo boʻlish mexanizmlari batafsil oʻrganilib chiqilgan va juda murakkabdir: ular bizning gormonal, asab va qon tomir tizimlarimiz bilan bogʻliq.
Shuni taʼkidlash kerakki, ogʻir stresslar sogʻliqqa taʼsir qiladi. Stress immunitetni pasaytiradi va koʻplab kasalliklarga sabab boʻladi (yurak-qon tomir, oshqozon-ichak va boshqalar). Shuning uchun stressli vaziyatga qarshi tura olish va hayotga ijobiy qaray olishni oʻrganishga toʻgʻri keladi.
Stress alomatlari
Amaliy nuqtai nazardan stress nima? Buni tushunish uchun stressning asosiy alomatlarini koʻrib chiqamiz:

  • Doimiy bezovtalik, tushkun holatda yurish, baʼzida bu holatlar hech qanday sabablarsiz yuzaga keladi.

  • Yomon, notinch uyqu.

  • Depressiya, jismoniy zaiflik, bosh ogʻrigʻi, charchoq, biron narsa qilish yoqmasligi.

  • Diqqatni kamayishi, bu oʻqish yoki ishlashni qiyinlashtiradi. Xotiradagi muammolar va fikrlash jarayonining sekinlashishi.

  • Dam olish, ish va muammolarni bir chetga surib qoʻya olmaslik.

  • Boshqalarga, hatto eng yaxshi doʻstlarga, oila va yaqin kishilarga qiziqishning yoʻqligi.

  • Doimiy paydo boʻladigan yigʻlash, koʻz yosh toʻkish, xafagarchilik, umidsizlik, oʻz-oʻziga achinish hissi.

  • Ishtahaning pasayishi — baʼzida esa aksincha: oziq-ovqatni ortiqcha yeb yuborish.

  • Koʻpincha asabiy odatlar rivojlanadi: kishi labini tishlaydi, tirnoqlarini tishlaydi va hokazo.

  • Kishida befarqlik, odamlarga ishonchsizlik paydo boʻladi.

  • Agar siz stress holatda boʻlsangiz, bu bir narsa demakdir: sizning organizmingiz qandaydir tashqi taʼsirga javob reaksiyasini qaytardi.

Stress turlari
Baʼzi holatlarda «stress» ning taʼrifi qoʻzgʻatuvchining oʻziga tegishlidir. Masalan, jismoniy — bu kuchli sovuq yoki chidab boʻlmaydigan issiqlik, atmosfera bosimining pasayishi yoki oshishi.

  • Kimyoviy stress tushunchasi ostida barcha toksik moddalarning taʼsiri tushuniladi.

  • Ruhiy stress oʻta salbiy yoki ijobiy his-tuygʻular natijasi boʻlishi mumkin.

  • Jarohatlar, virusli kasalliklar, mushaklarning ortiqcha yuklanishi — biologik stressdir.

Natijasiga qarab psixologiyada quyidagi turdagi stresslar ajratiladi:

Download 16.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling