Stressni yengish usullari


Download 104.88 Kb.
Sana22.09.2020
Hajmi104.88 Kb.
#130812
Bog'liq
Stressni yengish usullari


Stressni yengish usullari

Kundalik hayotda stress bizni doim ta’qib qiladi. Kechikish, vaziyat ustidan nazoratni yo‘qotish — bularning barchasi keskinlikning oshishiga sabab bo‘lishi mumkin. Stress bilan qay tarzda kurashish kerak?



  1. Oq-qora fikrlashdan voz keching

Narsalarni faqat oq va qoraga ajratmang. Bizda bu kabi fikrlash bolaligimizdan shakllanadi. Bunday fikrlashdan kattalarga xos “rangli” fikrlash foydasiga voz keching. U sizga vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlab topishga yordam beradi.

  1. Stressni ijobiy tajriba sifatida qabul qiling

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, stress sog‘liq uchun zararli ekanligi haqidagi qat’iy ishonch vaziyatni boshqara olish qobiliyatimizda aks etadi.

  1. Hamma narsani nazorat qila olmasligingizga ko‘niking

Hech qanaqasiga ta’sir ko‘rsata olmaydigan voqealarni oldindan aytish yoki rejalashtirishga urinib, juda ko‘p kuch sarflashingiz mumkin. Oxir-oqibatda bu sizni faqat holdan toydirib, o‘zingizga nisbatan ishonchsizlikni yuzaga keltiradi. Faqat o‘z-o‘zimizni nazorat qila olishimizni tan olish — stressdan qutulish uchun eng to‘g‘ri yo‘l.

  1. O‘tmishni unuting

“Nega bu aynan men bilan yuz berdi?” — har birimiz o‘zimizga shu savolni berib turamiz. Bu kabi salbiy fikrlarga to‘xtalmang. O‘tmishda o‘ralashib qolishingizga yo‘l qo‘ymang. Yaxshisi kelajakdan nimalarni kutayotganligingiz haqida xayol suring. Istagan natijalaringizga erishishingizni tasavvur qiling.

  1. Muloqot qiling

Stressni boshdan kechirar ekanmiz, o‘zimizni chetga tortib, muammolarimiz bilan yolg‘iz qolishni istaymiz. Biroq bu to‘g‘ri yo‘l emas. Odamlar bilan muloqot qilishdan qochmang, yordamingizni boshqalarga taklif qiling va boshqalardan ko‘mak so‘rashdan qo‘rqmang.

ПОСЛЕДНИЕ ДОБАВЛЕННЫЕ КЛИПЫ: Benom Guruhi - Yuragim ... Dildora Niyozova - Farz... Bunyodbek Saidov - Bol ... Rayhon - Yolg'onmi (Vid... Botir Qodirov - Yurak (... Munisa Rizayeva - Bir n... 1-9  A  B  C  D  E  F  G  G'  H  I  J  K  L  M  N  O  P  Q  R  S  T  U  V  W  X  Y  Z  Sh Главная Новости Клипы Филмы Тексты Песен Фотогалерея Форум Регистрация Меню SHOU-BIZNES DUNYO XABARLARI BOLLEWOOD EXCLUSIVE INTERVYU MAHALLIY YANGILIKLAR KINO YANGILIKLARI YULDUZLAR HAYOTI SPORT YANGILIKLARI SAYTLAR YANGILIGI MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI QIZIQARLI MA'LUMOTLAR TANQID va TAXLIL DOLZARB MAVZU FOTO TAQDIMOT SEVGI DUNYOSI MP3 AUDIO ALBOM SHERLAR OLAMI SMS SHERLAR MOBILE ALOQA TEXNOLOGIYA FIKR MULOXAZA SOG'LIK ComedyUz TANLOVLAR INTERNET TARMOG'I AVTO OLAM Поиск Поиск на сайте с помощью Google Реклама Фотоалбом Lola 2019 (6) To'qnashuv turk serial 2019 (4) To'qnashuv turk serial uzbek tilida 25, 26, 27 qismlar Munisa Rizayeva Смотреть все Фото Сундтреки  So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]  Qaxvaxona - soundtreck (Offical)  Yoz Ifori-Soundtreck  Qalbim Chechagi-soundtreck3  Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music  Tanho malagim - Soundtreck  Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях  Sevgi Iztirobi - Anlatamam  Великолепный Век-Soundtreck 3  Ishq Jodusi - Enticing Trick  O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love  Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)  O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye  Qalbim Chechagi-soundtreck2  Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial) Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR Tushkunlikdan chiqishning 13 usuli Ba’zida inson qanchalik olg‘a intilmasin, ishi ortga ketib, omadsizlikka uchraydi. AdMe.ru nashri qiyin vaziyatlardan chiqib ketishning bir necha usullarini sizga tavsiya etadi, asosiysi to‘xtab qolmay, hammasini yangidan boshlash lozim. 1. Sharoitni o‘zgartiring. Ba’zan o‘zingizga mutlaqo notanish, begona joyda bo‘lish ham hayotga boshqacha nazar tashlashingizga sabab bo‘ladi. Kim biladi deysiz, balki bu narsa biror muammoni hal qilishda qo‘l kelar?  2. Sport bilan shug‘ullaning. Ozgina “yaqin masofaga yugurish” ham insonning o‘ziga nisbatan ishonchini oshiradi. Bekorga xalqimiz “Sog‘lom tanda — sog‘ aql” demagan. 3. Keraksiz, eski buyumlardan voz keching. Uyingiz kengayadigan bo‘lsa, o‘ylash ham, nafas olish ham yengillashadi. 4.Yangi tanishlar orttirish. Atrofimizdagi odamlar fikrlashimizga ta’sir qiladi. Yoqimli, o‘zgacha fikrlaydigan odam bilan tanishish foydadan xoli bo‘lmaydi. 5. Biror kun “bekorchilik” bilan shug‘ullanib, o‘zingizga dam bering. Ba’zi-ba’zida ishni yig‘ishtirib, uyda dam olishga harakat qiling. Bir kun dam olganingizda hech nima o‘zgarmaydi, balki xotirjam bo‘lish va hamma narsani o‘ylab ko‘rish imkoniyati tug‘iladi. 6. Tashqi qiyofangizni o‘zgartiring. Sochingizni boshqa rangga bo‘yang, soch turmagingizni, makiyajingizni o‘zgartiring, liboslaringizni yangilang. Bu narsalar hayotga boshqacha ko‘z bilan qarashingizga yordam beradi.  7. Maslahat so‘rashdan tortinmang. Agar biror muammoli vaziyatga tushib qolsangiz, maslahat va yordam so‘rashdan uyalmang. Bu masalada onangizga murojaat qilganingiz ma’qul, chunki onalar har qanday vaziyatda ham farzandini tushunishga, qo‘llab-quvvatlashga harakat qiladi. 8. To‘g‘ri ovqatlanishga harakat qiling. Inson stressga tushganda turli fast-fudlarga ruju qo‘yadi, bundan sog‘ligingiz yomonlashishi mumkin. Asabiylashgan vaqtingizda ko‘proq meva va sabzavotlarni iste’mol qilishga kirishing. Ular inson kayfiyatini ko‘tarish xususiyatiga ega. 9. Biror kursga yoziling. Yangi hunar o‘rganish — yangi imkoniyatlar kalitidir.  10. Chet tilini o‘rganing. Bu olam cheksiz siz unda yashovchi yagona inson emasligingizni eslatishning eng yaxshi usullaridan biridir. Agar birorta xitoycha yoki inglizcha so‘zni o‘rganishga qurbingiz yetsa, hali kelajakdan umid qilsangiz bo‘ladi. 11. Bir oy mobaynida biror zararli odatingizdan voz kechishga harakat qiling. Hamma narsani birdan o‘zgartirishga intilmang, asta-sekinlik bilan amalga oshiring. Masalan, yarim tungacha internetda o‘tirmay, vaqtliroq yotishga harakat qiling. Bir oy mobaynida bunga ko‘niksangiz, keyingi oydan boshqa bir yomon odatdan qutulishga intiling.  12. Ilgari qo‘rqqan narsangizni bajarishga harakat qilib ko‘ring. Kichkina g‘alaba ham insonga ko‘p narsa berishi mumkin. Qo‘rquvni yengish ham insonning o‘z kuchiga ishonishiga sabab bo‘ladi.  13. Boshqalarni, o‘zingizni, Koinotni kechirishga harakat qiling. Agar bizni xafa qilgan qilgan odamlarni kechiradigan bo‘lsak, o‘tmish ortda qoladi, u biz uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Demak, kelajak sari qadam tashlashimiz, yashashimiz uchun imkon paydo bo‘ladi. Manba:darakchi.uz 0 12345 Категория: FOYDALI MASLAXATLAR Просмотров: 15370 | Рейтинг: 1| Рейтинг: 13 usul, tushkunlik, chiqish Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar: Kuniga 68 daqiqa smartfondan foydalanish tushkunlikdan dalolat beradi O‘zbekistonda chet elga chiqish tartibi o‘zgartirildi Tushkunlik va shirinlik: qomatga ta’siri bormi? Реклама Зрение можно улучшить за 7 дней! Каждый вечер делайте это! bioculist Зрение улучшится за 1 курс, если перед сном применять именно это! bioculist Egasiga baht, omad, boylik keltiradigan tumor topildi!! money amulet Bu uslub bilan xar qanday qiz 15 daqiqada sizniki! Bilib oling! shopuz У кого сахарный диабетпрочтите скорее, пока не удалили! diabetal Bu bilan xar qanday qiz 15 daqiqada sizniki bo'ladi! shopuz Всего комментариев: 0 Сизда Изоҳ қолдириш ва фикр билдириш хуқуқи мавжуд эмас. Фақат сайтимиздан руйхатдан ўтган фойдаланувчилар изоҳ қолдириш ва фикр билдиришлари мумкин. [ РЎЙХАТДАН ЎТИШ | САЙТГА КИРИШ ] Профил Время: 11:06 Добро Пожаловать, Mexmon   Логин: Пароль: запомнить Забыл пароль | Регистрация Реклама Новинка у нас  Alisher Zokirov - Onam    Kaniza - Va'da    Sharof Muqimov - Va'dalari Yolg'on Ekan    Tohir Sodiqov - Tanlagandim    Sardor Rahimxon - Sendan Keyin    Tohir Sodiqov - Yoshligimda    Tohir Sodiqov - Undan Nimam Kam (2019)    Dilso'z - Qaylardasan    Janob Rasul - 90-60    Alisher Zokirov - Yorim Mana Gul    Benom guruhi - Yuragim    Lola - Sevgingni Menga Ayt (Русская версия)    Farrux Xamrayev - Otamni Kasal Demang    Mavluda Asalxo'jayeva - Daryo Bo'yida    Manzura - Sababe Chi Bud    Vohidjon Isoqov - Havola    Shoxruz (Abadiya) - Jons    Hulkar Abdullaeva - Jarqi Kavish    Jamshid Abduazimov - Eski Shahar    Zohid ft. Kamola - Meni Emas   Смотреть все Музыка Мини-Чат Для добавления необходима авторизация Tarona.net Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email                     Самое Популярное  Ummon Guruhi - So'ngi Bor  Zohid - So'ramanglar  Jahongir Otajonov - Qaddi Baland (Remix)  Shoxrux (Ummon) - Meni Baxtim  Shoxruz (Abadiya) - Kecha  Shahzoda - Yana Yomg'ir  Zohid - Topi  Shoxrux feat. Timur Rakhmanov - Bexabar  Zohid - Sohibjamol  Ummon Guruhi - Bag'ishladim Copyright © Tarona.net Media 2011-2019 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |
Источник: http://www.tarona.net/news/tushkunlikdan_chiqishning_13_usuli/2016-06-23-7452

QO`RQUV HISSINI ENGISh UChUN 6 TA PSIXOLOGIK TAVSIYa

Бўлимлар: SUG'DIYONA

Теглар: Psixologiya



Добавлено: 21.09.2017, 09:36



Biror narsadan vahimaga tushmagan odam bo`lmasa kerak dunyoda. Kimdir buni his-hayajon bilan ifodalasa, kimlardir buning sababini ruhiy holatdagi o`zgarishlarda deb biladi. Vaholanki, irodani chiniqtirish haqida ko`p gapiriladi. Shunday bo`lsa-da, hayotiy muammolarga sabab bo`layotgan va o`zligimizni anglashga to`sqinlik qilayotgan qo`rquv hissi ta`qib etishini inkor qilolmaymiz. Agar bu his osoyishta hayot kechirishimizga mon`elik qilayotgan bo`lsa, uni engish mumkinmi?

Ayting: nimadan qo`rqasiz?

Aksariyat kishilar vahimaga tushadigan holatlarni inkor etgancha, qo`rquv hissini begonaday tutishga harakat qilishadi. Aslida esa bu o`z-o`zini aldashdir. Agar ruhiy osoyishtalikka erishishni istasangiz sizni nimalar vahimaga solishi va buning sababi nima ekanligini ovoz chiqargan holda so`zlab bering.



Qog`ozga tushiring

Deylik, siz chaqmoq chaqishidan qo`rqasiz. Tasavvuringizdan kelib chiqib, mana shu manzarani qog`ozda aks ettiring. Suratning har bir tarkibiy qismni chizar ekansiz qo`rquvni nazorat qilayotganday bo`lasiz. Ishni yakunlagach suratdagi “dushmanin”gizga yaxshilab qarang. Mana sizni dahshatga soladigan hodisa. Istasangiz uni g`ijimlab, yoqib yuboring yoki muzlatgich eshigiga yopishtirib qo`yib, har kuni u bilan yuzma-yuz keling-da, uni xayolan mahv eting.



Qo`quvni his eting!

Siz qo`rquvni tan oldingiz. Hatto u bilan yuzlashdingiz ham. Demak, sizni qo`rqitayotgan holatni his etishingiz qoldi. Avvallari qo`rquvdan qo`llaringiz titrab, ko`zlaringiz pirpirayotganini sezgansiz. Biroq bu qo`rquvga qarshi kurashayotganingiz, ya`ni noto`g`ri yondashayotganingiz belgisidir. Yuqorida biz bo`ron va chaqmoq chaqishini misol qildik. Keling, ana shu manzarani tasavvur etib, shu vaqtdagi qo`rquvni his etib ko`ramiz. Bu hisniqanday boshqarilishini tushunganingiz sari, bu faqat sizning muammongiz emasligini ham faxmlaysiz. Avvaliga chaqmoqning gumburlagan ovozi, so`ng shamol g`uvillashi va daraxt barglarini derazaga qattiq urilishini tasavvur qilamiz. Bu tovushlarni hayolan eshitib ham etingiz junjikadi. Shunda chuqur nafas olib, tanangizni bo`shashtiring. har safar mana shu qo`rquv bilan yuzlashsangiz, u bilan hayolan suhbatlashib, nafas mashqi yordamida tinchlanishga harakat qiling.



Har ishning hikmati bor!

Bizning qo`rquvlarimiz noaniq kelajakdagi voqea-hodisalarga qaratilgani bilan ham vahimaliroq ko`rinadi. Misol uchun, ishdan bo`shatib yuborishsa nima qilaman, turmush o`rtog`im boshqasini topib olgan bo`lsa holim nima kechadi kabi savollarning noaniqligi ham qo`rquvga sabab bo`lishi mumkin. O`ylab ko`rilsa aslida har qanday ishning bir hikmati bor. Ishdan bo`shatishsa, demak, qaerdadir siz uchun bo`sh ish o`rni bor...



Olishuvga tayyormisiz?

Siz musiqachi yoki notiqsiz. Biroq jamoatchilik oldida iqtidoringizni namoyish etishdan qo`rqasiz. Sizdagi qo`rquv hissi omadsizlikka uchrash bilan ifodalanadi. Xo`sh, uni engish uchun nima qilish kerak? Ketma-ket, tinim bilmay o`z ustingizda ishlash va mashq qilish! Shunda kunma-kun dadilligingiz ortib, o`z iste`dodingizni zavq bilan namoyish etasiz.



Olg`a boring!

Balandlikdan qo`rqadigan insonlar odatda ko`zlarini yumib olib, qo`rquvlarini yashirishga urinishadi. Vaholanki, o`shaodamga bildirmay, uni yuqori qavatga olib chiqsangiz, u buni hatto sezmaydi ham. Ammo aytishingiz bilan darhol vahimaga tushib qoladi. Bunday vaziyatlarda, muhimi, oldinga qadam tashlashdan cho`chimaslik. Bitta kichik qadam tashlab, qo`rquvinigizga tik boqsangiz, keyingi qadamlar o`z-o`zidan ulanib ketadi. Qo`rquv oldinga qo`ygan maqsadlaringizni amalga oshirishga to`sqinlik qilsa, u bilan kurashing va g`olib chiqing!
Download 104.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling