Strukturali bo’lakchalarning mexanik qattiqligi va suvga chidamligini aniqlash Tuproqning agregatlik holatini aniqlash


Download 23.77 Kb.
Sana29.04.2020
Hajmi23.77 Kb.

Strukturali bo’lakchalarning mexanik qattiqligi va suvga chidamligini aniqlash

Tuproqning agregatlik holatini aniqlash.

Tuproqning mexanik zarrachalari har xil organik kislotalar va karbonatli tuzlar yordamida bir-birlari bilan yopishib agregat bo’lakchalarni hosil qiladilar. Tuproqlarda mexanik zarrachalarni alohida-alohida juda kamdan-kam uchratish mumkin, ya’ni tabiatda tuproq u yoki bu darajada strukturali bo’lakchalarga ega bo’ladi. Har xil katta-kichiklikka, mexanik qattiqlikka, g’ovakka va suvga chidamlilikka ega bo’lgan agregatlar majmuasi tuproq strukturasini tashkil qiladi.



Tuproqning agregatlik holati, uning unumdorligini ko’rsatuvchi eng asosiy ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Agronomik nuqtai nazardan eng qimmatli struktura—deametri 0,25 mm dan 10 mm orasida bo’lgan agregatlar hisoblanadi. Bunday agregatlarning mavjudligi tuproqda suv harakatining, havo almashinuvini normal kechishi va va oziq moddalarning o’simlik uchun qulay bo’lishini taminlaydi. Quyida biz hozirgi vaqtda laboratoriyalarda eng ko’p tarqalgan tuproqning makro va mikro agregatlarini hamda agregatlarning suvga chidamliligini aniqlash metodlarini keltiramiz. Tuproq makrostrukturasining suvga chidamliligini N.I.Savvinov metodi yordamida aniqilash. Bu metod 2 qismdan iborat:

  1. tuproqni analizga tayyorlash;

  2. suvga chidamli agregatlarni aniqlash.

  1. Tuproqni analizga tayyorlash. Daladan analiz uchun olib kelingan tuproq namunasi (2000-2500 g) laboratoriya sharoitida havo quruqligi darajasigacha quritiladi. Agarda olingan o’rtacha namunada 2 sm dan katta bo’lgan tuproq agregatlari bo’lsa, ularni qo’l bilan sekin uvalash kerak so’ngra teshiklari 10, 7, 5, 3, 2, 1, 0,5, 0,25 mm li elakchalar to’plamidan (oxirgi 0,25 mm li elakcha osti bekilgan bo’lishi kerak) o’tkaziladi. Tuproq elakchalardan oz-ozdan (taxminan 159-200 g) o’tkaziladi. Bunda elakni bir oz silkitib elash maqsadga muvofiqdir. Analiz uchun olingan tuproq, batamom elangandan so’ng har qaysi elakchalarda qolgan agregat bo’laklari alohida-alohida o’lchanadi va ularning foiz miqdori quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi;

x — ma’lum kattalikdagi agregat miqdori, % hisobida ,

a—ma’lum diametrli elakchada qolgan agregat g hisobida,

b – analiz uchun olingan agregat, g hisobida. Masalan, olingan 2000 gramm tuproqda 10—7 mm li agregat 150 gramm bo’lsa, uning % miqdori esa quyidagicha topiladi.

2000 ─ 100

150 ─ X


Analizning bu qismida biz tuproq tarkibida uchraydigan har xil katta-kichiklikdagi agregatlarni ajratib olish bilan cheklanamiz. Bu ma’lumotlar asosida biz tuproqning tabiiy holatiga baho berish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Lekin biz hali agregatlarni agronomik nuqtai nazardan baholash uchun zarur bo’lgan suvga chidamlilik xossasi to’g’risida fikr yurita olmaymiz.



2.Suvga chidamli mikroagregatlarni aniqlash.

Buning uchun struktura analizidan so’ng tuproq agregatlarinnng proseptiga mutanosib ravishda analitik tarozida 50 g tuproq tortib olinadn. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:



bu yerda,

P— zarracha og’irligi, g hisobida,

a — strukturali analiz vaqtida (elashda) chiqqan agregat, foiz hisobida,

50 — analiz uchun zarur bo’lgan o’rtacha namuna, g hisobida.

Quyida o’rtacha namuna olishning taxminiy hisobi e’tiboringizga havola qilinadi:

8-jadval


Zarrachalar kattaligi,

mm da


Quruq elashda chiqqan zarrachalar, % hisobida

Analiz uchun olinadigan tuproq namunasi, g hisobida

> 10

2

1,0

10-7

16

8,0

7-5

10

5,0

5-3

8

4

3-2

8

4

2-1

10

5,0

1-0,5

6

3,0

0,5-0,25

12

6,0

< 0,25

28

14,0

Jami

100

50

Keltirilgan taxminiy hisobdan ko’rinib turibdiki, analizga o’rtacha namuna olish uchun har qaysi kattalikdagi agregatlarning foiz miqdori ko’rsatkichining teng yarmi olinadi. Mana shu tarzda analitik tarozida tortib olingan tuproq (agregatlar) namunasi 3/4 qismi suv bilan to’ldirilgan bir litrli silindrga sekin-asta solinadi va 10 minut davomida tinch qo’yiladi. Bu vaqt ichida tuproq agregatlaridagi havo batamom suv bilan o’rin almashadi. Shundan so’ng silindr suv bilan to’ldiriladi, og’zi shisha bilan bekitilib asta-sekinlik bilan 180° aylantiriladi. Bunda silindr tagidagi agregatlar batamom pastki qismga (silindr og’zi tomon o’tadi). Bu prosess 10 marta takrorlanadi. So’ngra silindrdagi butana chelakdagi suvga botirilib qo’yilgan elakchalarga tezda qo’yiladi. Suv yuqori elakchadan 5—7 sm ko’tarilib turishi va silindrga havo kirib qolmasligi lozim. Elakchalar chelakdagn suv ichida quyidagi tartibda 5, 3, 2, 1, 0,5 0,25 mm joylashtirilishi keraq. Silindr suvda 40— 50 sekund ushlab turilgandan so’ng qimirlatmay (og’zi yopiq holda) elakchalar to’plami ustidan olinadi. So’ngra elakchalarni bir-biridan ajratmasdan suvda turgan vaqtda yuqoriga ko’tarish va pastga tushirish yo’li bilan 10 marta chayqatiladi. So’ngra har qaysi elakchada qolgan agregatlarni ajratishga o’tiladi. Eng oldin 5 mm dan katta agregatlar aniqlanadi. Buning uchun esa bu kattalikdagi elakcha ostki elakdan asta (suv ichida) ajratib olinadi va unda qolgan agregatlar suv bilan katta chinni piyolaga yuvib tushiriladi. So’ngra ortiqcha suvi to’kilib tashlangach, agregatlar og’irligi aniq bo’lgan boshqa chinni piyolachaga yoki alyumin byuksga o’tkazilib, u bug’latnsh uchun qo’yiladi. Suyuqlik batamom bug’lanib bo’lgandan so’ng qoldiq termostatda quritiladi. (100—105°C atrofida) va analitik tarozida tortiladi. Shu yusinda qolgan elakchadagi agregatlar to’plab olinadi.

Silindrdagi bo’tqani diametri 0,25 mm dan kichik bo’lgan agregatlarni pipetka yordamida topish mumkin. Ishlash yo’li xuddi mexanik analiz usulida olib boriladi.

Agregatlarning foiz miqdori oddiy proporsiya yo’li bilan aniqlanadi. Masalan, 50 gramm tuproqda 2—1 mm li agregatlar 5 gramm bo’lsa, uning foiz mikdori quyidagicha bo’ladi:

50 g ─ 100 %

5 g ─ X %



D. G. Vilenskiy metodi orqali agregatlarning suvga chidamli holatini aniqlash.

Tuproqning agregatlik holatini o’rganish va uning suvga chidamlilik darajasiga qarab baho berish tuproqning yog’in-sochin suvlari ta’sirida yuvilish tezligini aniqlashda hamda ayrim agronomik tadbirlar ishlab chiqishga yordam beradi. Bunday ma’lumotlar ayniqsa sug’orilmay, faqat yog’in-sochin suvlari yordamida dehqonchilik qilinayotgan bahorikor zona tuproqlarini agronomik nuqtai nazardan baholashda juda katta rol o’ynaydi.

Keyingi vaqtda dehqonchilikda sug’orishning yomg’ir usulidan foydalanish tuproqning bu xususiyatini chuqur o’rganishni taqozo qiladi.

D. G. Vilenskiy metodining asosiy mohiyati ma’lum kattalikdagi ayrim olingan agregatni mikrobyuretka yordamida tomizilayotgan suv yordamida yuvilishiga asoslangandir. Har bir agregatni yuvish uchun sarf bo’lgan suv (millilitrda) mazkur tuproq agregatlarining suvga chi­damlilik darajasidan darak beradi. Ma’lumki, agarda agregat qancha mustahkam bo’lsa, uni yuvish uchun shu qadar ko’p suv sarf bo’ladi.



Ish tartibi. Analiz uchun olib kelingan tuproqdan o’rtacha namuna olib (50—100 g) teshiklari 5—3 yoki 2—3 mm li elakdan o’tkazamiz. So’ngra namunadan 50 dona agregat ajratib olinadi. Agregatlarni analiz qilishdan oldin mikrobyuretka suv bilan to’ldiriladi. So’ngra ag­regatlar (har qaysisi alohida-alohida) oralig’i 1 mm kenglikda qilib birlashtirilgan shisha tayoqchalar ustiga qo’yiladi va mikrobyuretkadan sekundiga 2 tomchi suv tomizilib turiladi. Shisha tayoqchalar bilan mikrobyuretka orasidagi masofa 5 sm bo’lishi kerak. Analiz shisha tayoqcha ustiga qo’yilgan agregat tomizilayotgan suv yordamida uning 1 mm li oralig’idan batamom yuvilib pastga o’tib ketishi bilan tamom bo’ladi. Agregatni yuvish uchun sarf bo’lgan suv miqdori yozib boriladi (ml hisobida). Mana shu yo’l bilan olingan 50 agregat analiz qilinadi. 50 agregatni yuvish uchun sarf bo’lgan suv miqdori qo’shiladi va topilgan yig’indi 50 ga bo’linib, bir agregatni yuvish uchun ketgan o’rtacha suv miqdori (ml da) topiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  1. Is'hoqova Sh.M., Kamilova D.S. Tuproq fizikasi fanidan laboratoriya mashg'ulotlari uslubiy qo'llanma Toshkent 2011 y.

  2. Orlov D.S. Ximiya pochvi. Izd. MGU, 1985.

  3. Sayfuddinova V.U.Tuproq kimyosidan amaliy mashg'ulotlar. Toshkent, Universitet, 1992.

  4. Tursunov L.T. Tuproq fizikasi. Toshkent, Mehnat 1988.

  5. Yuldashev G., Abdraxmanov T. Tuproq kimyosi. Toshkent, 2005.

Download 23.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling