Sublimatsiya quritish texnologiyasi


Download 1.81 Mb.
Sana12.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1699217
Bog'liq
Sublimatsiya quritish texnologiyasi asosida maxsulot quritish

Sublimatsiya quritish texnologiyasi asosida maxsulot quritish .


REJA:



  1. Sublimatsiya quritish texnologiyasi .

Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi haqida tushuncha





Oʻzbekoziqovqatxolding” koʻmagi bilan Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida meva-sabzavot mahsulotlarini sublimatsiya usulida quritishga ixtisoslashgan “SUB DRY”masʼuliyati cheklangan jamiyati ishga tushirilmoqda. Bu haqda “Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi Axborot xizmati xabar berdi.
Ayni vaqtda korxona Xitoy davlatidan keltirilgan asbob uskunalar bilan jihozlangan. Ishlab chiqarish jarayoni sinovdan oʻtkazilib,tayyor mahsulotlarning ilk namunalari olingan.
Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibidagi “SUB DRY”MCHJ mamlakatimizda meva-sabzavot mahsulotlarini sublimatsiya usulida quritish texnologiyasiga ega yagona korxona hisoblanib, kuniga 20 tonna tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Maʼlumot oʻrnida, sublimatsiya texnologiyasida meva-sabzavot, poliz mahsulotlari vakuum ostida, past haroratda sovitilib, quritiladi. Natijada mahsulotning mazasi va foydali elementlari boshqa quritish texnologiyalariga qaraganda yuqori darajada saqlab qolinadi. Shu boisdan jahon bozorida sublimatsiya usulida tayyorlangan mahsulotlarga talab yuqori. Kosmonavtika sohasida ham aynan sublimatsiya usulida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalaniladi.

Sublimatsiya — bir holatning ikkinchi holatga o‘zgarishi. Bir so‘z bilan aytganda o‘zimizda tayyorlanadigan qo‘lbola meva qoqilar ham sublimatsiyaga misol bo‘la oladi.


Meva-chevani qayta ishlanadigan maydoni 1 gektar bo‘lgan "Subdry" korxonasi ushbu jarayonni yuqori texnologiyalar yordamida amalga oshirmoqda. Korxonada tayyorlangan meva-chevalar asl holatini 95-98 foizgacha saqlab qoladi. Mahsulot tayyor holatga kelgunga qadar bir nechta bosqichdan o‘tadi. Korxona kuniga 2-4 tonna mevani qayta ishlab, 500 kilodan 1 tonnagacha tayyor maxsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. 100 foiz eksportga yo‘naltiriladigan qadoqlangan mevalarning asosiy xaridori — Ispaniya, Xitoy, Isroil, Germaniya va Rossiya davlatlaridir.

E’tiborli tomoni “Subdry” korxonasi mevalar chiqindisidan foydalanishning optimal usulini tatbiq etishni rejalashtirgan. Unga ko‘ra, o‘rik danagi va qovun urug‘idan yog‘ olish ko‘zda tutilgan. Biroq mazkur korxonaning ishlab chiqarish quvvati ayrim sabablarga ko‘ra bir muddat o‘z faoliyatini to‘xtatgan edi.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev va tegishli mas’ullar korxonada bo‘lib uning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. Tashabbuskor tadbirkor bilan muloqot davomida mavjud muammolarni o‘rganish, korxona faoliyatini qayta tiklash, buning uchun esa barcha amaliy yordamlar ko‘rsatilishi ta’kidlandi.
Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling