Sudlar faoliyatini moddiy va texnik jixatdan ta’minlash departamenti
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR VA INTERNET SAYTLARI
Download 153 Kb.
|
Adliya vazirligi va sud faoliyatining tashkiliy va moddiy-texnik
Parpieva Rano 2 guruh, 1-тема. топшириқлар (1), 3 MAVZU NAZARIY, alpomish dostoni haqida, alpomish dostoni haqida, 5. Tasks Motivation and Inspiration (1), 2-bilet matatika, Tijorat banklari tomonidan chakana xizmatlar ko`rsatish xolati taxlili, Симпл усул презент, Primov Safarova ouq uz c28f9, Primov Safarova ouq uz c28f9, Primov Safarova ouq uz c28f9, Оралиқ назорат, Оралиқ назорат
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADLIYa VAZIRLIGI VA SUD FAOLIYaTINING TAShKILIY VA MODDIY-TeXNIK TA`MINOTI
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR VA INTERNET SAYTLARI
ROYXATI …………………………………………………………. . bet KIRISH
ADLIYa VAZIRLIGI VA SUD FAOLIYaTINING TAShKILIY VA MODDIY-TeXNIK TA`MINOTI
Sud faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnik ta`minlash — huquqni muhofaza qilish faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biridir. Bu tushuncha ostida sud faoliyatini kadrlar, tashkiliy va moddiy ta`minlash shart-sharoitlarini yaratish faoliyatini tushunish mumkin. "Sudlar to`g`risida"gi qonunning 11-modasida huquqni muhofaza qilish faoliyatining aynan shu sohasi haqida so`z boradi. Ushbu faoliyat yuqorida ko`rsatib o`tilgan qonundan tashqari, sud hay`atlarining malaka hay`atlari to`g`risidagi Nizom, O`zR Vazirlar Mahkamasining "O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish to`g`risida"gi 27.08.2003. qarori, "O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to`g`risida"gi Nizom 07.08.2003., O`zR Vazirlar Mahkamasining 22.09.2001 yili qabul qilingan №383 sonli "O`zbekiston Respublikasi sudlari faoliyatining takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida"gi qaror, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sud faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnik ta`minlash departamenti Nizomi bilan tartibga solinadi. Sud hokimiyati uning uchun xizmat qiluvchi qator yordamchi funktsiyalarni bajaruvchi yordamchi kuchlarga bog`liq bo`lgan murakkab huquqiy institutdir. Bu tizimning o`z faoliyatini amalga oshirmasligi sud tizimining har qanday vakolatlarini amalga oshirishni qiyinlashtiradi, ularni keraksiz qilib qo`yadi. Sud faoliyat yuritishini ta`minlovchi va uning qarorlarining ijro etilishini ta`minlovchi uch asosiy funktsiyalar mavjud: 1) Kadrlar tanlash funktsiyasi: — sud tizimi uchun kadrlarni tanlash va ularni tayyorlash, malakasini oshirish, sud`yalar mustaqilligi va ularning shaxsiy xavfsizligini ta`minlash; — sudlar moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta`minlash hamda ularning faoliyati uchun zarur shart sharoitlar yaratish ishlarini tashkil qilish; — Protsessual xarakterga ega bo`lgan faoliyat bilan shuQullanuvchi organlar va shaxslar bilan tashkiliy aloqalarni o`rnatish: 2) Odil sudlovni amalga oshirishga ko`maklashuvchi shaxslar (guvohlar, ekspert, mutaxassis davlat boshqaruv organlarining vakillari va boshqalar)ni jalb qilish, ularning xavfsizligini ta`minlash; — sud majlislarida tartibni saqlash; — sud ishlarini o`z vaqtida hal qilinishini ta`minlash. 3) Ishlarni ko`rish natijasida qabul qilingan qarorlarning ijrosini tashkiliy jihatdan ta`minlash funktsiyasi. Yuqorida ko`rsatib o`tilgan vazifalarni amalga oshirish sudning mustaqillik va faqat qonunga bo`ysunish tamoyiliga zid bo`lmasligi lozim. "Sudlar to`g`risida"gi qonunning 11-moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, harbiy sudlar, Qoraqalpog`iston Respublikasi xo`jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo`jalik sudlari faoliyatini tashkiliy ta`minlash sud`yalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo`ysunishi tamoyiliga qat`iy rioya qilgan holda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sud`yalarni tanlash va lavozimga tavsiya qilish bo`yicha Oliy malaka komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. O`ay`at to`g`risidagi Nizom belgilangan tartibda tasdiqlanadi. O`ay`at sud`yalar, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari, sud`yalar malaka hay`atlarining, jamoat birlashmalarining vakillaridan hamda huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislardan tarkib topadi. O`ay`atning tarkibi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sud`yalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo`yicha Oliy malaka komissiya zimmasiga sud`yalarni tanlash va joy-joyiga qo`yishning demokratik asoslarini takomil-lashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, sud kadrlarini tanlash va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiQiga tavsiya etishda qonuniylikni ta`minlash, ularning mustaqilligini mustahkamlashga va ijtimoiy himoya qilinishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari yuklatilgan. O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi nizomi bilan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan maxsus vakolatli organ: — sudlarni moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta`minlash hamda ularning faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish ishlarini tashkil qiladi; — sud qarorlarini ijro etish ishlarini tashkil qiladi. Bunday organ sifatida sud qarorlarining ijrosini ta`minlash va sud faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta`minlash departamenti faoliyat yuritadi. Biz tanishayotgan ushbu funktsiyani amalga oshirish avvalo adliya organlarining zimmasiga yuklatiladi. Bu organlar xususida darslikning shu bobining boshqa paragraflarida batafsil to`xtalamiz. Lekin ular sud faoliyatini ta`minlovchi yagona organ hisoblanmaydi. Bu sohada ko`pgina vakolatlarni amalga oshirish O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga, sud raislari, mahalliy hokimiyat organlari zimmasiga yuklatiladi. Bu organlarning sud organiga ko`maklashish borasidagi o`rni adliya organlaridan kam ahamiyatga ega emas. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, xo`jalik sudlarining faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnika jihatidan ta`minlash tegishli tartibda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi tomonidan amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikkinchi chaqiriq, oltinchi sessiyasida sud hokimiyatini ijro hokimiyatidan ajratish borasida hal qiluvchi qadam qo`yildi. Gap "Sud qarorlari va boshqa organ qarorlarining ijro etilishi to`g`risida"gi qonun haqida bormoqda. Ushbu qonunga muvofiq, Sud va boshqa davlat organlari qarorlarini majburiy ijro ettirish funktsiyasi suddan olinib, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish va sud faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta`minlash departamentining joylardagi ijrochilari zimmasiga yuklatildi. Lekin, yuqorida eslatib o`tilgan huquqni muhofaza qilish faoliyatining alohida sohasidagi faoliyatlarni amalga oshirish uchun belgilangan vakolatlarning o`zgartirilishi ehtimoldan holi. Ko`p yillik tajriba shuni ko`rsatadiki, sud hokimiyati uning faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta`minlovchi, kadrlar tanlash va ularning malakasini oshirishga xizmat qiluvchi ijro hokimiyatiga ehtiyoj sezgan va bundan keyin ham ularga bog`liq. Xalqaro va o`z milliy tajribamizga ko`ra bunday organlar sifatida adliya organlari faoliyat yuritishi maqsadga muvofiqdir. Sud faoliyatini tashkil etish bilan bog`liq masalalarga oid vakolatlarni hayotga tatbiq qilish shu organ tomonidan amalga oshiriladigan omil va uslublarga bog`liq. O`ozirgi kunda bunday omil va uslublar ichida adliya organlari tomonidan chiqariladigan qonunlarga zid bo`lmagan normativ aktlar muhim o`rin tutadi. Bunday normativ aktlar jumlasiga, sud muayyan faoliyatining tartibga soluvchi instruktsiyalar, tushuntirish va buyruqlar kiradi. Masalan, sudda ish yuritish to`g`risida, hisobot statistikasi yuritish to`g`risida, qonun va boshqa huquqiy normalarni ro`yxatga olish va ularni tizimlashtirish to`g`risida, fuqarolarning ariza va shikoyatlarini ko`rib chiqish tartibi to`g`risida, xalq maslahatchilari bilan ishlash to`g`risidagi instruktsiyalar. Bunday normativ huquqiy hujjatlar asosan O`zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan chiqariladi. Sud tizimini moddiy-texnik jihatdan ta`minlash, sud`yalarning mustaqilligini yanada takomillashtirish, sud qarorlarining o`z vaqtida va sifatli ijro etilishi borasidagi islohotlarni amalga oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 22.09.2001 yili "O`zbekiston Respublikasi sudlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi №383 qarorni qabul qildi. Ushbu qarordan kelib chiqqan holda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari malaka hay`atlari zimmasiga quyidagilar yuklatildi: — sud`ya-kadrlar zahirasini yaratish, shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga sud`yalarni tavsiya qilish; — xalq maslahatchilari saylovini o`tkazish ishida ishtirok etish. Sud`yalar malaka hay`atlariga tegishli tartibda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar sudlari raislari rahbarlik qiladilar. Sud shtatlar ro`yxatiga malaka hay`ati kotibi lavozimi joriy qilingan bo`lib, sud`yalar zahirasini yaratish yoki muayyan bo`sh ish joylariga sud`yalarni tavsiya qilish masalasini malaka hay`atlari tomonidan ko`rilishi uchun tayyorlaydi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sud`yalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya qilish Oliy malaka komissiyasi quyidagi faoliyatlarni amalga oshiradi: — O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari sud`yalari lavozimiga sud`yalarni tavsiya qilish; — fuqarolik, jinoyat va harbiy ishlar bo`yicha viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va tumanlararo sudlarga sud`yalarni tavsiya qilish; — sud faoliyatini tashkiliy ta`minlash. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sud`yalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya qilish Oliy malaka komissiyasi zimmasiga sud`yalarni tanlash va joy-joyiga qo`yishning demokratik asoslarini takomillashti-rish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, bu sohada mansab lavozimini suiiste`mol qilish hollariga yo`l qo`ymaslik kabi vazifalar yuklatiladi. Bajarilishi lozim bo`lgan ishlarning ko`payib borishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sud`yalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya qilish Oliy malaka komissiyasida 7 inspektordan iborat kotibiyat tashkil qilingan. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sud`yalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya qilish Oliy malaka komissiyasi kotibiyati: — komissiya faoliyatini moddiy-texnik ta`minlaydi; — sud`yalarning malaka hay`atlariga taqdim etiladigan tavsiyalarni umumlashtiradi va tahlil qiladi; — sud statistikasi va sud amaliyotining tizimli tahlilini amalga oshiradi; — hujjatlarining haqiyqiyligini tekshirib, ularni ko`rib chiqish uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sud`yalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya qilish Oliy malaka komissiyasiga taqdim etadi. Komissiya kotibiyati xodimlarining kasbiy majburiyatlari Komissiya Reglamenti bilan belgilanadi. O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sud faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan ta`minlash departamenti (Keyingi o`rinlarda "departament" deb yuritiladi). Departament O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga bo`ysunuvchi yuridik shaxs hisoblanadi. Departament O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan direktor-adliya vaziri o`rinbosari tomonidan boshqariladi. Departamentning asosiy vazifalari jumlasiga quyidagi-lar kiradi: — sud va boshqa organlar tomonidan chiqariladigan qarorlarning ijro etilishini ta`minlash; — sud ijrochilari kadrlarini tanlash, ularni joy-joyiga qo`yish ishini tashkil qiladi; — sudlarni moddiy-texnika jihatdan ta`minlash hamda ularning faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish ishlarini tashkil etadi; — sud binolarini ta`mirlash uchun ajratilgan mablaQlarning lozim darajada sarflanishini tashkil etadi; — sud majlislari va sud`yalar xavfsizligini ta`minlash ishlarini tashkil etadi. Sudlar faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan ta`minlash respublika byudjeti va adliya muassasalari hamda sudlarni rivojlantirish Fondi hisobidan amalga oshiriladi. Fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarini navbatdagi moliya yili uchun moliyaviy jihatdan ta`minlash O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o`rnatilgan tartibda departament direktori tomonidan taqdim etiladi. Departament tomonidan byudjetdan ajratilgan mablaQlarni O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o`rnatilgan tartibda sudlarga etib borishini ta`minlaydi. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili byudjetni shakllantirish vaqtida sud va departament faoliyatini moliyaviy jihatdan ta`minlash uchun zarur mablaQlarni ajratishni nazarda tutishi lozim. Joylarda sud va boshqa davlat organlari normativ aktlarining ijrosini va sudlarni moddiy texnik jihatdan ta`minlash, joylardagi departament hududiy bo`limlari tomonidan amalga oshiriladi. Departament hududiy bo`limlarining asosiy faoliyati quyidagilardan iborat: — sud va boshqa davlat organlari qarorlarining ijro etilishi ishlarini tashkil etadi, sud ijrochilari tuman va shahar bo`limlari faoliyati ustidan nazorat qiladi; — sud binolarini ta`mirlash ishlarini tashkil etish va bu maqsadga ajratilgan mablaQlarning maqsadli ishlatilishini ta`minlash; — sudni texnika jihozlari, mebel`, avtotransport va boshqa zaruriy moddiy texnik vositalar bilan ta`minlash va boshqalar; — sudlar faoliyati uchun tegishli sharoitlarni yaratish yuzasidan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish. Sud amaliyoti va sud statistikasini tizimli tahlil qilish, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat, Toshkent shahar fuqarolik va jinoiy ishlari bo`yicha sudlar tomonidan amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining 17 kishidan iborat Harbiy hay`ati O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 22. 09. 2001 y. № 383 sonli O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga №3 sonli ILOVA
Download 153 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling