Sug’urta kompaniyalari. Ularning asosiy funktsiyalari. Sug‘urta kompaniyalari


Download 155.33 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi155.33 Kb.
#1411461
Bog'liq
Sug\'urta kompaniyalari


Abdurafikov Sobir 95-2 guruh





Sug’urta kompaniyalari. Ularning asosiy funktsiyalari.


Sug‘urta kompaniyalari asosan sug‘urta polislarini sotish bilan shug‘ullanadi. O‘z mablag‘larini sanoat kompaniyalari obliga-siyalari, aksiyalari hamda davlat qimmatli qog‘ozlariga qo‘yadilar.
Sug‘urta faoliyati jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini himoya qilish, ularning risklar yuz berishi oqibatida ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararlarini qoplashning zaruriy vositasi sifatida paydo bo‘ldi hamda rivojlandi. Shunday anglanilgan zarurat - aniq sug‘urta manfaatlari negizida sug‘urta munosabatlari yuzaga keldi.
Sug‘urta munosabatlari, ularning tashkiliy shakllari qandayligidan qat’i nazar, sug‘urta fondini yaratish va undan foydalanish jarayonidir. Ta’kidlash lozimki, sug‘urta munosabatlari - murakkab va keng qamrovli moliyaviy-pullik iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, ular yuzaga kelishi uchun o‘zaro bog‘liq shart-sharoit majmuasi mavjudligi ham muhimdir.
O‘zbekistonda tadbirkorlikning rivoj topishi jarayonida turli risklarning yuz berishi ehtimoli mavjudligi, shuningdek, ijtimoiy hayotning o‘zida namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklar sub’ektlarning sug‘urta faoliyatiga, xususan, risklar transferiga bo‘lgan munosabatlarini ijobiy tomonga o‘zgartirdi.
Sug‘urta faoliyati bozor munosabatlarining eng muhim unsuriga aylandi. «Sug‘urta faoliyati deganda sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati tushuniladi»[1]. «Shu narsa aniqki, bugungi kunda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar... sug‘urta tizimisiz samarali ishlash, investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanish, kredit olish imkoniyatiga ega emas»[2].
Shu o‘rinda, ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish)da uzluksizlikni ta’minlash imkoniyatini yaratish maqsadiga yo‘naltirilgan, mulkchilik shakllariga ko‘ra, maxsus qayta taqsimlash munosabatlari tizimi mavjudligi iqtisodiyot sub’ektlari ravnaqiga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda ularning mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda daromad olishlari kabi manfaatlari yuzaga chiqadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda sug‘urta faoliyatida talab darajasidagi risk transferi shakllanishi va rivojlanishi hamda uni ilmiy asosda o‘rganish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, iqtisodiyot sub’ektlarining erkinliklari kengayib borayotgan, ular tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish)ning yangi turlari o‘zlashtirilishi sug‘urta faoliyatida risk transferining ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish va takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyojni orttirmoqda.
Sug‘urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini to‘liqroq ochib berish uchun ilmiy adabiyotlarda bu masalaga bo‘lgan yondashuvlarni o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Ularda «sug‘urta-xizmat ko‘rsatish industriyasi»[3] ekanligi qayd etilgan, shunga asoslanib, keyingi yillarda xalqaro iqtisodiy atamashunoslikda «xizmatlar iqtisodiyoti nazariyasi» qaror topayotganligini ta’kidlash mumkin.
Sug‘urta faoliyatida o‘z mohiyati nuqtai nazaridan, aynan «xizmat» tushunchasi fundamental hisoblanadi. Sug‘urtachi tomonidan taklif etilayotgan «xizmat» o‘zida dastlab moddiylikni aks ettirmaydi, ya’ni u o‘z mijoziga faqat «va’dani sotadi». Shu nuqtai nazardan xalqaro savdoda unga «ko‘rinmaydigan faoliyat»1 deb ham tasnif beriladi. Sug‘urtalanuvchiga shartnoma tuzilganligini tasdiqlovchi dalil-hujjat sifatida «polis»2 beriladi xolos. Sug‘urta shartnomasida sug‘urtalanuvchiga sug‘urta voqeasiga ko‘ra, ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararining ekvivalent qiymatidagi pul to‘lovi (ayrim hollarda mol-mulk ko‘rinishida) ta’minlanishi nazarda tutiladi. Shartnomaning bajarilishi unda qayd etilgan ma’lum davr oralig‘ida amalga oshiriladi.
Sug’urta kompaniyalari Sug’urta qiluvchilar uchun moliyaviy himoyani taklif qilish bilan birgalikda, sug’urta kompaniyalari Sormoya, kopital kompaniyalarihamdir. Sug’urta qiluvchilardan yig’ilgan sug’urta pullari,turli xil shikoyatlar uchun sug’urta kompaniyalari to’laydigan haqlardanfond hosil qilib boradi. Bu pullarni kompaniya sarflaydi.Bu sarflardan hosil bo’lgan qo’shimcha pul miqdori komponiyalarga, da’vo, shikoyatlarni bartaraf etish jarayonida foyda qilish imkonini yaratadi. Sug’urta himoyasi bir necha yillar davomida yuzaga keladi.Har bir shaxs sug’urta kompaniyalaridan,sug’urta to’g’ridan to’g’ri sotib olishi mumkin. Ish beruchilar sug’urtani ish oluvchilar foyda sifatida ta’minlashi mumkin.Professianal tashkilotlar va boshqa guruhlar azolariga sug’urta matbuotlarini taklif qilish mumkin.Tadbirkorlikda ko’pincha sug’urta tavakkalaridan foydalanganda haridorlar kiridet chekini talab qilishadi.Maxfiy kompaniyalar o’g’rincha sug’urtalarni taklif qilishi mumkin.Ko’pgina odamlar sug’urtani sug’urta agentliklaridan sotib olishadi.Sug’urta agentligi sug’urta kompaniyalarni ifodalaydi, va shaxslarga va tadbirkorlarga ishonchli sug’urtanisotadi.Sug’urta agentligining 2 ta asosiy turi bor. irik kompaniyalar uchun ulardan biri: bir necha kompaniyalar narx-novosi, foydasi jihatdan bir-biri bilan taqqoslanishi kerak. Ikinchi yo’li esa ,agar yo’qotish sodir bo’sa bu omil kompaniya tomonidan taminlangan hizmatdir. Yo’qotish bo’ganda sug’urta qilganlar, sug’urta kompaniyalarni ularni yordam bilan ta’minlash uchun tezroq harakat qilishlarga ishonch hosil qila olishni xohlaydi.Bu narsa kompaniya bilan aloqa qilishni osonlashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida sug‘urta mukofotlari hajmidan kelib chiqib, bozorda 1-o‘rinni "O‘zagrosug‘urta" AJ (19 foiz), 2-o‘rinni "O‘zbekinvest" (13,5 foiz) va 3-o‘rinni "Kafolat sug‘urta kompaniyasi" (10,1 foiz) egalladi.
Shuni ta'kidlash joizki, mazkur kompaniyalar uzoq vaqt davomida bozorda yetakchilik qilib kelmoqda. 

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlardan "Alfa Invest" (7,7 foiz) hamda "Alskom" (5,5 foiz) sug‘urta kompaniyalari joy olgan.
O‘z navbatida keyingi o‘rinlarni "Kapital Sug'urta", "Gross Insurance", "Asia Inshurans", "O'zbekinvest Hayot" sug‘urta kompaniyalari zabt etgan. Ilg‘orlarning birinchi o‘ntaligiga "Ingo-O‘zbekiston" kompaniyasi yakun yasaydi.
Bozordagi uch yetakchi sug‘urta kompaniyasining konsentratsiya darajasi 43,6 foizni tashkil etadi. Ilg‘or beshta kompaniya bo‘yicha mazkur ko‘rsatkich 55,7 foiz, yetakchi o‘nta kompaniya bo‘icha esa 78,4 foizdan iborat.
Download 155.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling