Sulfanilamidlar amid sulfanil kislotaning unumlari bo’lib, turli mikroorganizmlarga qarshi ta’sir ko’rsatadigan, tibbiyot amaliyotida keng ishlatiladigan kimyoterapevtik preparatlardir


Download 0.73 Mb.
Sana11.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1189384
Bog'liq
Sulfanilamidlar


MAVZU___________________________________________________________________________
Sulfanilamidlar amid sulfanil kislotaning unumlari bo’lib, turli mikroorganizmlarga qarshi ta’sir ko’rsatadigan, tibbiyot amaliyotida keng ishlatiladigan kimyoterapevtik preparatlardir. Sulfanilamidlarning asosiy farmakologik xossasi turli mikroorganizmlarga, ko’p grammusbat, grammanfiy kokklarga va ayrim ichak kasalligi bakteriyalariga bakteriostatik ta’sir ko’rsatishidaniborat. Ya’ni sulfanilamid preparatlari ta’sirida bu mikroorganizmlarning bemor tanasida ko’payishi va o’sishi to’xtab qoladi, rivojlanishi susayadi. Ayniqsa, yiringli yallig’lanish jarayonini keltirib chiqaruvchi kokklar (strepto-, stafilo, meningo-, gono-, pnevmokokklar) va ayrim manfiy bakteriyalar (dizenteriya) sulfanilamidlarga sezuvchandir


Sulfanilamidlar kimyoviy tuzilishi bo’yicha, paraaminobenzoy kislotaga (PABK) o’xshaydi. PABK esa mikroorganizmlarning ko’payishi uchun zarur bo’lgan folat kislotaning sintezi uchun zarur modda hisoblanadi. PABK bilan sulfanilamidlarning o’zaro raqobati natijasida preparat kislota o’rniga o’tirsa, folat kislotadan mikroorganizmlar ko’payishi uchun zarur bo’lgan „o’sish omilining hosil bo’lishi to’xtaydi. Bu mikroblarning tuzilishi uchun kerak bo’lgan nuklein kislotalar sintezining buzilishi oqibatida mikroblar o’sishiga yo’l qo’ymaydi. Sulfanilamid bilan PABK orasidagi raqobatda preparatning ustunligini ta’minlash uchun uning miqdori PABKnikiga qaraganda 200300 marta ko’p bo’lishi kerak. Faqat shundagina sulfanilamidlarning bakteriostatik ta’siri namoyon bo’ladi. Umumiy ta’sir ko’rsatishga mo’ljallangan sulfanilamidlar me’da-ichak tizimi orqali yaxshi so’riladi va a’zo to’qimalarida baravar tarqaladi. Ularning bir qismi jigarda, sirka kislotaning qoldig’i bilan birikma hosil qiladi yoki atsetillanadi. Natijada preparat o’z faolligini yo’qotadi va peshob bilan chiqib ketadi. Atsetillangan birikma suvda yomon erigani uchun kislotali muhitda peshob chiqarish yo’llarida cho’kmaga tushib, tosh hosil qilishi mumkin. Sulfanilamidlar grammusbat yoki grammanfiy kokklar va grammanfiy bakteriyalar keltirib chiqargan yallig’lanishda ichak kasalliklariga davo qilishda keng qo’llaniladi. Bu xastaliklar qatoriga angina (tomoq kurtagining yallig’lanishi), bronxit, bronxopnevmoniya (nafas yo’lining yallig’lanishi), meningit (miya pardasining yallig’lanishi), gonoreya (so’zak), konyunktivit (ko’z shilliq pardasining yallig’lanishi), dizenteriya (ichburuq), terining yiringli yaralari (chiðqon, sezuvchan karbunkul va hakozolar) kiradi. Bemor ushbu preparatlarga sezuvchan bo’lganida, ya’ni (allergiya), buyrak kasalliklarida, og’ir ateroskleroz va yurak porogida tavsiya etilmaydi. Sulfanilamidlar qator nojo’ya holatlar ishtahaning yo’qolishi, ko’ngil aynishi, qonda leykotsitlar miqdorining kamayib ketishi, agranulositoz, gemoliz, eritrotsitlarning yemirilishiga sabab bo’lishi mumkin. Peshob chiqarish yo’llarida tosh hosil bo’lishi, terida qichima (allergiya), toshmalar bo’lishi mumkin. Bular bilan bir qatorda markaziy nerv tizimi faoliyatining susayishi bilan bog’liq o’zgarishlarni ham kuzatish mumkin. Sulfanilamidlar ta’sir etish muddati va ishlatilishi bo’yicha tasniflanadi. Ushbu tasnif preparatlarni to’g’ri qo’llashga yordam berib, muolaja natijasi yaxshi bo’lishini ta’minlaydi


Qisqa vaqt ta’sir qiluvchi sulfanilamidlar bilan davo qilishda preparat birinchi bor maksimal dozada (2 g), keyin o’rtacha (1 g) terapevtik dozada har 46 soatda beriladi. Yuqorida aytilganidek, sulfanilamidning qondagi konsentratsiyasi tezda ko’tarilib, yuqori miqdorda doimiy bo’lgandagina, uning PABK bilan raqobati preparat foydasiga hal bo’lib, kasallikni bartaraf etadi. Bu qoida boshqa guruh preparatlariga ham tegishli. Uzoq va o’ta uzoq muddat ta’sir etadigan sulfanilamidlar, asosan, surunkali yallig’lanish xastaliklarida (bronxit, uretrit, traxoma) tavsiya etiladi. O’tkir yuqumli kasalliklarda qisqa muddatli ta’sirga ega preparatlardan, keyin davolashni davom ettirishni maqsad qilib qo’yib, qo’llaniladi. Bundan tashqari, sulfanilamid preparatlari qabul qilinayotganda bemor ko’p miqdorda suv, yaxshisi, ishqoriy mineral suvlar (Borjomi, Òoshkent mineral suvi) iste’mol qilishi zarur. Shunda buyrak yo’llari orqali chiqib ketayotgan atsetillangan sulfanilamid muhitni kislotali muhitga o’tkaza olmaydi va cho’kmaga tushmaydi hamda tosh hosil bo’lmaydi. Preparatlarning ta’sir mexanizmini e’tiborga olgan holda davolash davomida bemor tanasini chiniqtirish, kasallikka nisbatan qarshiligini oshirish tadbirlari ko’riladi. Jumladan, sifatli va quvvatli taom kuniga 45 marta beriladi, vitaminlarga boy bo’lgan oziq-ovqatlar tavsiya etiladi. Sulfanilamid preparatlarining samarali davo ko’rsatishi ularning mikroblarga ta’sir etish spektriga va dorini to’g’ri tanlashga bog’liq bo’lib qolmasdan, dorilarning fizik-kimyoviy xossalariga, farmakokinetikasiga va tanaga yuborish yo’llariga ham bog’liq. Shularni e’tiborga olib, ular quyidagi guruhlarga ajratiladi: me’da-ichakdan yaxshi so’riladigan; to’qimalarda yuqori va doimiy konsentratsiyada hosil bo’ladigan; butun tanaga keng miqyosda tarqalib ta’sir etib, peshob bilan chiqib ketadigan sulfanilamidlar. Sulfapiridazin (Sulfapyridasinum) shular jumlasidan. 0,5 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi. Sxema bo’yicha buyuriladi. Sulfatsil natriy (Sulfacilum-natrium). 20% eritmasi 1,5 ml dan tomchi-tubiklarda, 30% li eritmasi 5 ml dan flakon va ampulada; ko’z tomchisi sifatida 10, 20, 30% li eritma va surtma holida ishlab chiqariladi. Baktrim (suspenziya) (Suspensi Bactrim). Òarkibida (5 ml da) sulfametoksazol-3 (p-aminobenzol-sulfamido)-5- metilizoksazol)-pirimidin 0,04 g bor. 100 ml dan flakonda ishlab chiqariladi. Ovqatdan keyin ichiladi, dozasi bolaning yoshiga qarab belgilanadi (6 haftadan 5 oylikkacha 12 choy qoshig’ida kuniga 2 marta; 6 oylikdan 5 yoshgacha 1 choy qoshig’idan kuniga 2 marta; 512 yoshgacha 2 choy qoshig’idan kuniga 2 marta). Biseptol (Biseptolum). Òarkibida trimetoprim 0,08 g, sulfametoksazol 0,4 g bor. 0,48 g, 0,12 g dan tabletkada, 9,6% li eritmasi 5 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Katta yoshdagilarga 2 tabletkadan kuniga 2 marta ovqatdan keyin beriladi. Bolalarga yoshiga qarab sxema bo’yicha buyuriladi. „Sulfaten (Sulfaton). Òarkibida sulfamonometoksin va trimetoprim (2,5:1) saqlaydi. 0,35 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi. Sxema bo’yicha beriladi (Biseptolning analogi hisoblanadi).
Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling