Sun’iy hujayrasini


Download 15.69 Kb.
Sana03.11.2021
Hajmi15.69 Kb.

O’simlik fizologiyasi fanidan 1-laboratoriya ishi

Mavzu: Traube “sun’iy hujayrasini” hosil qilish va unga suv kirishini hamda hujayraga moddalarning o’tishi va unda to’planishini kuzatish

1.Sun’iy ’’Traube’’ hujayrasi membranasi qanday o’tkazuvchanlikni namoyan etadi?

Sun’iy ’’Traube’’ hujayrasi membranasi yarim o’tkazuvchanlikni namoyon qiladi. “Traube” sun’iy hujayrasi membranasi orqali suv yaxshi o’tadi. Eritmadagi tuz ionlari esa sekin yoki butunlay o’tmaydi.

2. Nima uchun suv membrana orqali osonlik bilan o’tadi, eritmadagi tuz ionlari esa sekin yoki butunlay o’tmaydi?

Suv membrana orqali osonlik bilan o’tadi, eritmadagi tuz ionlari esa sekin yoki butunlay o’tmasligining sababi sun’iy ’’Traube’’ hujayrasi membranasi yarimo’tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Bu xususiyatni unga mis-temir sineroid birikmasi beradi.

3. Nima uchun vaqt o’tishi bilan sun’iy “Traube” hujayrasi yorilib ketadi?

Sun’iy ’’Traube’’ hujayrasining membranasi ya’ni hosil bo’lgan “qopcha” orqali suv o’tishi natijasida hujayraning hajmining oshishi ichki gidrostatik bosimning ham oshishiga olib keladi. Mana shu gidrostatik bosimga bardosh bera olmagan hujayra qobig’i ma’lum vaqtdan keyin yorilib ketadi.

4. Sun’iy ’’Traube” hujayrasini sariq qon tuzini kristalidan hosil qilinganda, sariq qon tuzi eritmasidan hosil bo’lgan sun’iy hujayradan nimasi bilan farq qiladi?

Sun’iy ’’Traube’’ hujayrasi hosil bo’lgandan keyin hujayra ichiga suv kira boshlaydi natijada hujayra hajmi kattalashadi. Hajmning kattalashuvi olingan sariq qon tuzining konsentratsiysiga bog’liq bo’ladi. Agar sariq qon tuzining eritmasi mis sulfat eritmasiga nisbatan 2-4 marta katta bo’lgan bo’lsa, sariq qon tuzini kristall holda olgan paytda esa, uning konsentratsiyasi bir necha o’n martalab yuqori bo’ladi. Shuning uchun ham tajriba sariq qon tuzi kristali bilan olib borilganda hajmning kattalashuvi ancha jadal bo’ladi. Sariq qon tuzining eritmasi bilan tajriba olib borilganda esa hujayra hajmining kattalashuvi sekinroq boradi.

5. Sun’iy ’’Traube’’ hujayrasida membrana vazifasini qanday birikma bajaradi?



Sun’iy ’’Traube’’ hujayrasida membrana vazifasini mis-temir sineroid birikmasi bajaradi. Bu birikma mis sulfat va sariq qon tuzi reaksiyasi natijasida hosil bo’ladi.

304-guruh talabasi: Nosirov Komiljon
Download 15.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling