Sun’iy intellekt fanidan 213-17-guruh talabasi


Download 311.3 Kb.
Sana03.11.2020
Hajmi311.3 Kb.
#140109
Bog'liq
1 ON Qudratov Jahongir


Sun’iy intellekt fanidan
213-17-guruh talabasi

To’rayev Azizbekning



1-Oraliq Nazorat ishi






Variant-19

Sun’iy intellekt fanidan 1-oraliq nazorat savollari

1.Robototexnika soxasi qachondan boshlab rivojlana boshladi(misol)

2.Birinchi tartibli predikatlar. Ular bilan ishlash jarayoni qoidalari

3.Ekspert tizimidagi qantashuvchilarga ta’rif bering(ekspert, instrumental vosita, ETning o’zi, Bilimlar muxandisi, BB, foydalanuvchi)

4.Mantiq termini qaysi 3 ta fanni o’z ichiga oladi(tarifini keltirib tushuntiring)





1. Hozirgi kunda sun’iy intellekt xaqidagi tasavvur va bu sohadagi izlanishlar — «aqliy mashinalar» ishlab chiqarishga ilmiy yondoshish birinchi bo’lib Stanford universitetining (AQSH) professori Djon Makkarti tashabbusi asosida 1956-yili tashkil topgan ilmiy to’garakda paydo bo’ldi. Bu to'garak tarkibiga Massachuset (AQSH) texnologiya oliygoxi «Elektronika va xisoblash texnikasi» fakultetining faxriy professori Marvin Minskiy, «masalalarni universal xal qiluvchi» va «mantiqiy nazariyotchi» intellektual (aqliy) programmalar bunyodkori — kibernetik Allen Nyuell va Karnegi-Mellen dorilfununining (AQSH) mashxur psixologi Gerbert Seyman, xisoblash texnikasining ko'zga ko’ringan mutaxassislari Artur Semuel, Oliver Selfridj, Manshenon va boshqalar kirar edilar. Aynan shu to’garakda «Sun’iy intellekt» tushunchasi paydo bo’ldi. Mavzuimizning asosiy mazmuniga kirishishdan avval «sun’iy intellekt» (SI), umuman «intellekt» xaqidagi tushunchani aniqlab olishimiz kerak. Bu tushunchani oddiy qoida asosida tushuntirish mumkindek tuyuladi, lekin bu qiyinroq Bu tushunchani turli fan soxalarida ijod qiluvchi olimlarning turlicha talqin qilardilar. «Intellekt» so’zi lotincha «intellectus» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, u bilish (aniqlash), tushunish yoki faxmlash (aql) ma’nosini beradi. «Intellekt» so’zini aniqlovchi, psixologlar tuzgan uchta tushunchasini (Katta sovet entsiklopediyasi va Vesterning amerika lug’atidan olingan) keltiraman. Bu tushunchalar «intellekt» tushunchasi mazmunini aniqlash uchun yordam beradi. Intellekt — fikrlash qobiliyati, ratsion`al bilish va shunga o’xshash. Umumiy xolda esa fikrlash, shaxsni aqliy rivojlanishi sinonimi bo’lib xizmat qiladi. Intellekt (aql) — o’z xulqini sozlash yo’li bilan xar qanday (ayniqsa yangi) xolatga yetarli baxo berish qobiliyati. Intellekt — turmushdagi dalillar o’rtasidagi o’zaro bog’liklikni tushunish qobiliyatidir. Bu qobiliyat belgilangan maqsadga erishishga olib boruvchi xarakatlarni ishlab chiqish uchun kerak bo’ladi. Yuqorida aniqlangan «intellekt» tushunchasidan shunday xulosa chiqarish mumkinki, ya’ni intellekt faqat insonlarga tegishli va odam aqliy qobiliyatining o’ziga xos o’lchovidir. Psixologlar shunday maxsus usullar yaratdilarki, bu usullar yordamida tajriba orqali odamning intellektual (aqliy) darajasini aniqlash mumkin bo’ldi. Natijada shu narsa aniqlandiki, intellektning individual darajasi o’rtasidan surilishi odamning fizik imkoniyatlari darajasi kabidir. Agar o’rtacha aqliy qobiliyat 100 ball deb qabul qilinsa, u xolda o’ta qobiliyatli insonlarda bu ko’rsatkich 150, 180, xattoki 200 ballga yetishi mumkin. Amerikalik shaxmatchi, jaxon eks-chempioni Robert Fisherning bu ko’rsatkichi 187 ball bo’lgan, XIX asr yarmida yashagan angliyalik mantiqchi Djon Styuart Mill uch yoshidayok qadimgi yunon tilida gapira olgan va uning ko’rsatkichi 190 ballgacha borgan. Shuni qayd qilish lozimki, evolyutsiya davrida intellekt birmuncha bir tekis, inqilobiy rivojlanish davridan toki zamonaviy inson intellekti paydo bo’lgunga qadar bo’lgan davrni bosib o’tgan. Intellektning evolyutsion rivojlanishi berilgan bosqichdan birmuncha yuqori printsipial, a’lo darajadagi tashkil topgan bosqichga o’tish bilan davom etadi. Shuning uchun jamiyatning turli rivojlanish bosqichlarida yashagan insonlarning intellektini bir-biriga solishtirib bo’lmaydi. «Sun’iy intellekt» tushunchasiga turlicha ma’no kiritish mumkin.

Quyida sanab o’tilgan yillarda juda ko’plab yangilik va o’zgarishlar kiritildi.

a. Alan T`yuring (1950) muammoni va uni yechish usullarini aniqlash uchun kup urindi

b. Djon Makkarti o'yinchilarni koordinatsiyalashga ko'maklashdi (1956)

c. Alan N`yuell va Gerbert Saymon (1956) birinchi yechimlarni taqdim etishdi

d. Marvin Minski (fon Neyman talabasi) (1951) neyron to'rini qurdi. (B-24 bomba otuvchi "avtopilot" uchun 3000 vakuumnix trubali).


2. Birinchi tartibli predekallar suniy intellect tizimini ishlab chiqishda qoidalar tizimini ishlab chiqish uchun kerak bo’ladigan vositalar hisoblanadi. Suiy intellekt mantiqiy modellarini tuzishda birinchi raqamli predekallar hisoblash tilidan foydalanadilar. Birinchi raqamli predekalga boshqacha qilib munosabat nomi ham berilgan. Dalillarga esa obyektlar nomi berilishi mos tushadi. Ish joylarida birinchi raqamli predekallarni qo’llash muhim sanaladi. Bunda birinchi raqamli predekallar qoidalariga amal qilish kerak bo’ladi. Bazi bir qoidalarni keltirib o’tamiz. Dalillar tartibi har doim berilgan predmet sohasida qabul qilingan predekat bilan mos holda berilishi kerak. Ya’ni bunda dasturchi dalillarni fikserlangan tartibi haqidagi qarorni qabul qiladi va boshidan oxiigacha unga amal qiladi. Bunda dasturchiga dasturni boshidagi qarorlari katta yordam beradi. Keyingi qoidaga ko’ra predikat dalillarning istalgan miqdoriga ega bo’lishi mumkin bo’ladi. Bunda birinchi tartibli predikatda ustunlik bo’ladi. Keying qoidaga ko’ra predekatdan tashkil topgan va u bilan dalillar orqali bog’langan alohida fikrlar, murakkab fikrlarga mantiqiy bog’lanmalar orqali bog’lanishi mumkin.

Birinchi raqamli predekat bir necha xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin.

Deterministik va stoxastik – muhitning keying holati joriy holat bilan aniqlanadi. Bu yerda aniq aniqlovchi deterministik aks holda tasodifiy ya’ni stoxastik deb nomlanadi.

Epizodik va izchillik – harakatning sifati uning boshqa epizodlariga bog’liq emas. Xozirdagi harakat kelajakdagi qarorlarga ta’sir qilishi mumkin.

Turg’un va faol – faol muhit vaqt o’tishi bilan doim o’zgarib turadi. Turg’un muhit esa yarim faol muhit hisoblanadi. Muhit vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydi lekin ish bajarishni qayd etadi.
3. Ekspert tizimlar – bu aniq fan soxasidagi mutaxassislarning bilimlari to'plovchi va kam ixtisoslashgan foydalanuvchilarga konsul`tatsiya uchun empirik tajribasini tirajlashtiruvchi (nusxasi yozish) murakkab dasturlar kompleksi. Ekspert tizimlar uchun bilimlarni qabul qilishda shu fan soxasidagi ekspertlar xizmat qiladi.

Ularning asosiy xususiyatlari:

1. Ekspert tizimlar masalani yechish uchun yuqori sifatli tajriba va bilimni qabul

qiladi;


2. Ekspert tizimlardagi bilimlar doim to'planib va yangilanib boriladi;

3. Ekspert tizimlar oldindan aytib berish qobilyatiga ega bo'ladi.

4. Ekspert tizimlar ishchilarga va mutaxassislarga o'quv qo'llanmasi sifatida

foydalanilishi mumkin.

Ekspert tizimlarni loyixalashda va ishlab chiqish jarayonida quyidagi

qatnashuvchilarni aytib o'tish mumkin:

1. Ekspert tizimlarni loyixalash instrumental muxitini ishlab chiquvchilar;

2. Ekspert tizimlarni yaratishdagi instrumental muxit(IM);

3. Ekspert tizimlarning o'zi;

4. Ekspert;

5. Bilimlar injeneri va bilimlar bazasi(BB) administratori;

6. Foydalanuvchi.

Bilimlar injeneri – bu Suniy Intellekt tizimini ishlab chiqishdagi ko'nikmaga ega va Ekspert tizimlarni qanday tuzishni biladigan odam. U ekspertdan so'raydi va Bilimlar bazasidagi bilimlarni tashkillashtiradi.

Instrumental muxitni loyixalashga ET dasturlash tili va qo'llab quvvatlovchi muhit(u orqali foydalanuvchi ET bilan o'zaro ta'sirlashadi)dan iborat.



ET qatnashuvchilarining o'zaro aloqasi:

Ekspert tizimlarning tarmoqlanishi



4. Bilimlarni taqdim etishning bir necha modellari mavjud. Ularning ichida keng qo’llaniladigani mantiqiy modellar hisoblanadi. Mantiqiy modellar asosida formal nazariya ya’ni formal mantiq yotadi. Mantiqiy modellarda alohida bilimlar, faktlar birliklari asosida mavjud bo’lgan munosabatlar, formal nazariyaning sintaktik bilimlari orqali ifodalanadi. Mantiqiy modellarda qiymatlar rost va yolg’on qiymatlarga bo’linadi. Mantiqiy modellar o’zaro mantiqiybog’lamlar orqali bog’lanishi mumkin. Ularga misol qilib VA, YOKI, EMAS kabilarni keltirishimiz mumkin. Mantiqiy modellarga misol qilib masalan metrodagi kirish qismini hisobga olsak bo’ladi. Ya’ni Agar tanga tashlansa rost qiymat oladi va ochiladi aks holda yolg’on qiymat oladi fa ochilmaydi. Hayotimizda bunaqa mantiqiy modellar juda ham ko’p uchraydi.



Mantiqiy modellardan farqli o’laroq , evristik modellar u yoki bu muammoli sohaga spetsifik xususiyat beradigan turli xil vositalar to’plamiga ega. Shundan kelib chiqib, evristik modellar mantiqiy modelllardan ustun turadi va imkoniyatlar yoki qobiliyatlarni xolis namoyon etishdan kelib chiqadi, ya’ni, muammoli sohanitaqdim etish va xulosa chiqarish mexanizmidan samarali foydalanayotganini ko’rsatadi. Evristik modellar :

  1. Tarmoqli.

  2. Freymli.

  3. Maxsuliy.

Turlarga bo’linadi.
Download 311.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling