8. Professor-о‘qituvchi tayanch ma’lumotining (mutaxassisligi yoki ixtisosligining) muvofiqligi bо‘yicha, minimal talablar kо‘rsatkichida dars beradigan faniga mos bо‘lishi zarurligi kо‘rsatib о‘tilgan, amaldagi kо‘rsatkich bо‘yicha professor-о‘qituvchilarning tayanch ma’lumoti dars beradigan faniga mos keladi. Jumladan, Bugungi kunda “Intellektual muxandislik tizimlari” kafedrasida 15 nafar professor-o‘qituvchilar, jumladan 1 nafar fan doktorlari, professorlar, 1 nafar fan nomzodlari, dotsentlar, 1 nafar falsafa doktori (PhD), 5 nafar katta o‘qituvchilar, 7 nafar assistentlar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. “Intellektual muxandislik tizimlari” kafedrasining ilmiy – pedagogik salohiyati – 30 foizni tashkil etadi.
О‘quv-metodik ta’minotiga qо‘yiladigan talablar.
9. Har bir bakalavriat ta’lim yо‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun malaka talablari mavjudligi bо‘yicha, minimal talablar kо‘rsatkichida davlat ta’lim standarti, kasb standarti, mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablariga muvofiq bо‘lishi kо‘rsatib о‘tilgan, amaldagi kо‘rsatkich bо‘yicha bakalavriat ta’lim yо‘nalishi va magistratura mutaxassisligi uchun malaka talablari mavjud.
10. Har bir bakalavriat ta’lim yо‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun о‘quv reja mavjudligi bо‘yicha, minimal talablar kо‘rsatkichida о‘quv fanlari, kreditlar miqdori, mashg‘ulot turlari, muddatlari kо‘rsatilgan va fanlarning uzviyligi ta’minlangan bо‘lishi kо‘rsatib о‘tilgan, amaldagi kо‘rsatkichda bakalavriat ta’lim yо‘nalishi va magistratura mutaxassisligi uchun о‘quv reja mavjud, belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va о‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi.
11. О‘quv rejadagi har bir fanning о‘quv dasturlari mavjudligi bо‘yicha, minimal talablar kо‘rsatkichida, davlat ta’lim standartlari va malaka talablarida belgilangan bilim, malaka, kо‘nikma va kompetensiyalarning talabalarda tо‘liq shakllantirish imkonini yaratadigan darajada bо‘lishi kо‘rsatib о‘tilgan, amaldagi kо‘rsatkichda rejadagi har bir fanning о‘quv dasturlari mavjud, belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va о‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |