Sunniylikda diniy-huquq mazhablaridan


Download 68.75 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.05.2022
Hajmi68.75 Kb.
#676690
Bog'liq
Hanafiylik - Vikipediya



Hanafiylik
Hanafiylik — sunniylikda diniy-huquq 
mazhablaridan
biri. 
Imomi Aʼzam
asos solgan. Hanafiylik
qoidalari 
Abu Yusuf Yoqub
(795-yil), 
Muhammad ash-Shayboniy
(804-yil), 
Quduriy
(1036-yil) va
boshqa asarlarida ishlab chiqilgan. Bu mazhab tarafdorlari fiqhning 4 asosiy manbaini eʼtirof
etish bilan birga boshqa mazhablar vakillariga nisbatan fiqh talablariga rioya etishning qiyos va
ijtihod usullaridan kengroq foydalanadi. Bu mazhabning asosiy xususiyatlari quyidagilardan
iborat: Qurʼoni karimdan hukm olishda oyatlarning nosix va mansuxlarini obdon aniqlab olish;
hadisi shariflardan huquqqa doirlarini sharʼiy hukmlarga asos qilib olishda har bir hadisning
sahihligiga katta eʼtibor berish va ularning nosix, mansuxligini chuqur aniqlash; sahobalarning
ittifoqlik ila chiqargan qarorlari (ijmoʼ) hamda qiyos va ijtihod usullariga binoan huquqiy xulosa
chiqarishdan tashqari istihson deb ataluvchi qoʻshimcha manbadan ham foydalanish.
Hanafiylik mazhabi oddiy huquqdan (urf-odatdan) ham huquqning keng mustaqil yordamchi
manbai sifatida foydalanadi, bu hol hayotiy ehtiyojlarni va mahalliy odatlarni hisobga olib
huquqiy qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Bu mazhab qoidalari moʻʼtadilligi, birmuncha
yumshoqligi, qulayligi, xalqlarning mahalliy anʼanalarini eʼtiborga olganligi sababli XI asrdan


 
Soʻnggi tahrir 29 kun avval
 
Rtfroot
 tomonidan amalga oshirildi
boshlab shimol va sharqqa keng yoyilgan. Kichik Osiyo, Bolqon, Shimoliy Kavkaz, Qora dengiz,
Volga boʻyilari, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Afgʻoniston, Hindiston va Xitoyning olis
hududlariga tarqalgan. Hozirgi davrda dunyo musulmonlarining qariyb yarmi, shu jumladan,
Oʻzbekiston musulmonlari hanafiylik mazhabiga amal qilgan holda musulmonchilik qonun-
qoidalarini bajarib kelmoqda.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Hanafi
ylik&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Hanafiylik&oldid=2515839

dan olindi

Download 68.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling