SURUNKALI PANKREATIT
Surunkali pankreatit-oshqozon osti bezining sekin-asta avjlanib boruvchi yallig‘lanishi, segmentar yoki diffuzli fibrozga qo‘shilishib ifodalangan fokal nekrozlar bilan tavsiflanadi, uning ekzokrin va endokrin funksiyalarini buzilishi bilan kechadi, qaytalanish va remissiya davrlarini almashinib turishi, xarakterli bo‘ladi.
10-XKK: K86.0 Surunkali pankreatit alkogol etioliyali
K86.1 Boshqa surunkali pankreatitlar
K86.3 Oshqozon osti bezini nochin kistasi
Epidemiologiyasi
Surunkali pankreatit ko‘p uchrab turadigan kasalliklar qatoriga kiritiladi, xazm a’zolari xastaliklari orasida 5-9% ni tashkil qiladi. Tarqalishi chastotasi-Evropada 25,0-26,4 xolatni xar 100 ming axoliga, Rossiyada-27,4-50 ta xolatni xar 100 ming axoliga to‘g‘ri kelib tashkil etadi. Surunkali pankreatit (SP) rivojlangan mamlakatlarda xar 100 ming axoliga 5-10 ta xolatga to‘g‘ri kelib tebranib turadi. Oxirgi 30 yilda pankreatit bilan kasallanish sur’atini 2 barobarga ortganligi kuzatiladi. SPning tarqalishi Rossiyaning katta yoshdagi axolisi orasida oxirgi 10 yilda 3 barobarga, o‘smirlarda 4 martaga ko‘paygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |