Suruvchi va reversiv registrlarni tadqiq qilish


Download 43.15 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi43.15 Kb.
#350348
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI 17
202-gr. Tolibaeva H. 1-tema, 202-gr. Tolibaeva H. 1-tema, 202-gr. Tolibaeva H. 1-tema, Sugʻurta fondlari, mpdf (2), O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi B, O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi B, DMTFzNH7Q8bYJjt2E58HJITqQwJnmIOOld2PX2ys, DMTFzNH7Q8bYJjt2E58HJITqQwJnmIOOld2PX2ys, 1. filtraciya teoriiyasi tuwrisinda tiykarg’i tu’sinikler, Birinchi jahon-WPS Office, Birinchi jahon-WPS Office, grammatika irregular verbs, 11-oʻzbek test, otkir hoshimov asarlarida frazeologizmlar

LABORATORIYA ISHI 13
SURUVCHI VA REVERSIV REGISTRLARNI TADQIQ QILISH
ISHDAN MAQSAD: Registrlar va ularning asosiy vazifalari o’rganish
NAZARIY QISM
Raqamli yoki diskret axborotlarni murakab sistemalarda qayta ishlashda alohida elementlar operatsiyalarni ketma-ket bajarish orqali erishiladi. Bunday elementar operatsiyalarni EHMlarning operatsion elementlari yoki uzellari bajaradi. Raqamli qurilmalarning operatsion elementlari yoki uzellari kombinatsion va ketma-ket tuzilgan mantiqiy elementlardan tashkil topgan. Operatsion elementlar tomonidan bajariladigan elementar operatsiyalarga quyidagilar kiradi:

O‘rnatish-ma’lum konstantali ikkilik kodni operatsion elementga yozish. Misol: hisoblagichning barcha razryadlariga «0» ni o‘rnatish, yoki tezkor xotiraga «1» ni yozish.

Uzatish va qabul qilish – bitta operatsion elementdan ikkilik kodni boshqa operatsion elementga qayta yozish.

Siljish - kod razryadining holatini oldingisiga nisbatan o‘zgartirish.

Hisob - ikkilik kodni operatsion elementning kirish yo‘liga impuls berish yo‘li bilan oshirish yoki kamaytirish.

Qayta ishlash - sonning kodini bitta kodlashtirish tizimidan boshqasiga o‘zgartirish.

Taqsimod – signallarni adres bo‘yicha ko‘p ma’nbalardan bittasiga yoki bittasidan ko‘p ma’nbalarga uzatish.

Qo‘shish-ikkilik kodda ifodalangan sonlarning yig‘indisini topish.

Ushbu elementar operatsiyalar EHMlarning asosiy uzellari yoki operatsion elementlari tomonidan bajariladi. Ularga registrlar, hisoblagichlar, kod o‘zgartirgichlar, multipleksorlar, demiltipleksorlar, summatorlar kiradi.
2. Registrlar va ularning asosiy vazifalari

Registrlar - axborotlarni saqlash va ular ustida ayrim amallarni bajarish uchun xizmat qiladigan EHMlarning uzeli yoki operatsion elementidir.

Registrlar odatda triggerlar asosida quriladi. Triggerlarning soni registrning razryadiga bog‘liqdir.

Registrlar quyidagi amallarni bajaradi:



  1. Registrni nol yoki bir ( 0 yoki 1) holatga o‘rnatish.

  2. Boshqa qurilmadin kodni qabul qilish.

  3. Boshqa qurilmaga kodni uzatish.

  4. Kerakli razryad sonigacha kodni chapga yoki o‘ngga siljitish.

  5. Ketma-ket kodni parallel kodga o‘zgartirish va aksincha.

  6. To‘g‘ri kodni teskari yoki qo‘shimcha kodga o‘zgartirish va aksincha.

  7. Mantiqiy amallarni bajarish.

Registrlar parallel, ketma-ket, ketma-ket - parallel va parallel- ketma-ket turlarga bo‘linadi.


  1. Axborotlarni qabul qiluvchi va uzatuvchi registrlar

Axborotlarni qabul qiluvchi va uzatuvchi ikki taktli registrning sxemasini ko‘rib chiqamiz. Bunday registr asinxron RS- triggerlardan hamda «VA» mantiqiy elementlardan tashkil topgan. Axborotni registrga yozish uchun a1, a2,..., an shinalardan ikkilik kod registrga uzatiladi va «Priyom informatsii» boshqaruvchi signal berilgan taqdirdagina ushbu ikkilik kod registrga yoziladi. Registrga axborotni yozishdan oldin «Ustanovka 0 Sbros» nomli boshqaruvchi signal yordamida registr tozalanadi. Registrning chiqish yo‘llaridan to‘g‘ri kodni olish uchun «Vыdacha pryamogo koda» boshqaruvchi signal beriladi. Registrning chiqish yo‘llaridan teskari kodni olish uchun «Vыdacha inversnogo koda» boshqaruvchi signal beriladi.



Ushbu chizmada registrning vaqt diagrammasi ifodalangan. Unda kirish va chiqish signallarining taktlar bo‘yicha o‘zaro bog‘liqligi hamda boshqaruvchi signallarning ta’siri ko‘rsatilgan.

4. Siljitish registlari

Siljitish regitrlari so‘zdagi axborotni siljitish, ya’ni barcha razryadlarni kattadan kichikka qarab va aksincha kichikdan kattaga qarab siljitish uchun qo‘llaniladi. Registrlarda sonni k razryadga siljitishda k takt sarflanadi yoki k siljitish mikrooperatsiyasi bajariladi. Siljituvchi registrlarning triggerlari murakkab bo‘lishi kerak. Agar siljituvchi registrlarda oddiy triggerlar, masalan RS-triggerlar ishlatilsa, unda siljitish jarayonida axborotni saqlash uchun qo‘shimcha yana bitta registr ishlatish kerak bo‘ladi. SHuningdek, bog‘lanishlar sonini va qurilmalar sonini kamaytirish maqsadida siljituvchi registrlarni D-triggerlar asosida qurish tavsiya etiladi. Quyidagi sxemada D-triggerlar asosida qurilgan universal siljituvchi registrning sxemasi keltirilgan.



Ushbu registrni «0» holatga o‘rnatish S1 signali orqali amalga oshiriladi. Parallel kodlar a1, a2,…..,a4 kirish yo‘llari orqali beriladi. Parallel kodni yozish uchun S2 kirish yo‘liga impuls berish orqali bajariladi. Ketma-ket kod «Sdvig» kirish yo‘liga beriladi.



Siljitish registrining vaqt diagrammasi quyidagi ko‘rinishga ega:

5. Reversiv siljituvchi registr



Reversiv so‘zi ham chapga silchitish ham o‘ngga siljitish ma’nolarini anglatadi. SHu nuqtai nazardan reversiv siljituvchi registrlar universal hisoblanadi. Quyidagi sxemada reversiv siljituvchi registrning sxemasi keltirilgan. Sxema D-triggerlar asosida qurilgan. SHuningdek, unda «2VA-YOKI-YO‘Q» mantiqiy elementlar majmuasi qo‘llanilgan.

Ushbu reversiv registr quyidagi rejimlarda ishlaydi:

- 0-ni o‘rnatish (sbros);

- Axborotlarni ketma-ket kiritish;

- So‘zni chapga siljitish;

- So‘zni o‘ngga siljitish.

Reversiv registrning vaqt diagrammasi quyidagi ko‘rinishga ega:



TOPSHIRIQ



    1. PROTEUS dasturi yordamida axborotlarni qabul qiluvchi va uzatuvchi ikki taktli registrning sxemasini tuzing

    2. PROTEUS dasturi yordamida reversiv siljatuvchi registrning sxemasini tuzing


NAZORAT UCHUN SAVOLLAR

1. Registrlar asosini nima tashkil etadi?

2. Registr qanday qurilma?

3. Registrlarning qanday turlari bor?



4 .Parallel siljituvchi registr?
Download 43.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling