Surxondaryo viloyati Denov tumani G'afur G'ulom nomidagi 79- sonli umumiy o’rta ta’lim


Download 83 Kb.
Sana28.07.2020
Hajmi83 Kb.
#124982
Bog'liq
Muhammadova.Onatili.D.I


Surxondaryo viloyati Denov tumani

G'afur G'ulom nomidagi

79- sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining

ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi

Muhammadova Munisaning

5- sinflarda “Nutq tovushlarining ma'no farqlash vazifasi mavzusidagi bir soatlik

Dars ishlanmasi

Sinf:5

Fan:Ona tili

Sana:

Mavzu: Nutq tovushlarining ma’no farqlash vazifasi

Darsning maqsadlari:

Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga nutq tovushlarining ma’no farqlash vazifasi haqida ma’lumot berish, ularni yozuvda bexato qo’llay bilish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi : O’quvchilarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash.Odob-axloq tushunchalarini singdirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini oshirish mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o’stirish, muloqat madaniyatini rivojlantirish.

Dars jihozlari: Darslik ,slayd, rag’bat kartochkalari, plakatlar, marker, mavzuga oid ko’rgazmalar,tarqatma savollar.

Dars turi: Noan’anaviy, yangi pedagogik texnologiya asosida.

Dars metodlar: "Aqliy hujum" , "T" sxemasi (jadvali) ,“Davom ettiring”, “Topqirlar” o’yini, Guruhlar bo'yich intellektual viktorinalar

Dars shakli : O’quvchilar bilan hamkorlikda guruhda ishlash.

Dars shiori : Kelib metma- bilib ket,

O’qib ketma-uqib ket

Dars bosqichlari yuzasidan vaqt taqsimoti




Darsning texnalogik xaritasi

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni va uyga vazifani so’rash

12 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O’quvchilar bilimini baholash va rag’batlantirish

3 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa


Tashkiliy qism:

-Assalomu alaykum. bolalar!

-Vaalaykum assalom!

-Good morning, dear children!

-Good morning, teacher

-Bugun darsda kim navbatchi?

-Bugun darsda men navbatchi

Tavyor barcha o'quvchi.

-Hozir qanday dars?

-Ona tili darsi(Jo’r bo’lib Mirtemirning "Ona tilim " she'd o’qiladi )


Оnа tilim ,onajonim tili bu,

Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa.

El-u yurtim, xonumonim tili bu,

Qadimlikda o'xshar ona tuproqqa.



Sinf o'quvchilari uch guruhga bo’linadi:

I-guruh -"Boychechak”

II-guruh –“Binafsha”

III-guruh-“Lola”

O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini nazorat qilish:

O’tilgan mavzularni mustahkamlash uchun guruhlarga tezkor savollar beriladi:

"Aqliy hujum"

Tezkor savollar I - guruh

1)Burun tovushlari deb nimaga aytiladi?

2)Til undoshlari qanday turlarga bo’linadi?

3)Bitta tez aytish aytib bering?

4) Burun tovushlarini qatnashtirib bir so’z ayting?

5)Farzandimning so’zida nechta burun tovushi bor?



Tezkor savollar II- guruh

1)Tovushlar tizimini qaysi bo’lim o’rganadi?

2)Burun tovushlarining nechtasi harfiy birikma?

3)Harflar yozilishini qaysi bo’lim o’rganadi?

4)Uchta burun tovushlarini qatnashtirib bitta so’z ayting?

5)M harfi bilan boshlanuvchi 3 ta ism ayting?



Tezkor savollar III-guruh

  1. Burun tovushlariga qaysi undoshlar kiradi?

  2. Insonning so’zida nechta burun tovushi qatnashgan

  3. Bosh harfi m oxirgi harfi n bilan tugagan bir so’z ayting?

  4. B, m, p undoshlari ishtriok etgan 3 ta so’z yozing

  5. Til undoshlari qanday turlarga bo’linadi?

Yangi mavzu bayoni:

O’qituvchi nutq tovushlarining ma’no farqlash vazifasi yuzasidan kirish so’zi qiladi. O’quvchilar mavzu yuzasidan berilgan 1-topshiriq asosida nuqtalar o‘rniga tegishli tovushlarni qo‘yib so‘zlar hosil qilinadi. So'zlami farqlashda nima xizmat qilayotganini aytini aytadi (o’qituvchi yordamida)

1-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga tegishli tovushlarni qo‘yib so‘zlar hosil qiling. So'zlami farqlashda nima xizmat qilayotganini ayting. to... bo...

O’qituvchi bir varaq qog’ozga to.. so’zini yozib, bolalarga ko’rsatildi. O’quvchilardan nuqtalar o’rniga turli tovushlar qo’yib bir necha so’z hosil qilish talab etiladi. O’quvchoilar qaysi tovushlarni qo’yib qanday so’zlar hosil qilganoini aytadilar.

Masalan,

tosh, tom,toy, top, tor,…

boy, bosh, bod, bol, bor,…

O’quvchilar keltirgan misollar asosida o’qituvchi tovushlarning qanday vazifani bajarishini izohlaydi.

Nutq tovushlarining asosiy vazifasi so‘zlarning ma’nolarini farqlashdir.

Darslikda berilgan savol va topshiriqlar o’quvchilarning darsni qanchalik o’zlashtirganini tekshirishga yordam beradi.

Tovushlarning so’z tarkibida qanday vazifa bajarishi yuzasidan bilimlarini mustahkamlash uchun mashqlar bajartiriladi.

Yangi mavzuni mustahkamlash:

371-mashq. Tagiga chizilgan so'zlarda qaysi tovushlar ma’noni farqlash uchun xizmat qilayotganini ayting.

1. Xush kelibsiz, mehmonlar 0‘zbekning diyoriga, xalqimizning quchog‘i ochiq do‘st-u yoriga (Miraziz A'zam) 2. Mevasini ko‘tarol magan shox qarsillab sindi. 3. Navoiyning g‘azallaridan birini yod oldini 4. 0‘rtog‘idan hol-ahvol so‘ragani kirdi.

Davom ettiring” o’yini.



372-mashq. Mato, fol, qo’y, mis, po’k, mot so’zlarini o’ngdat chapga qarab o’qing. Shu so’zlar ishtirokida gaplar tuzing va daftaringizga yozing.

Mato – otam, fol – lof, qo’y – yo’q, ….

373-mashq. Bir kuni 5-sinf o’quvchisi Umida uyiga borsa, eshigida shunday yozuv bor ekan. Uni o’qishga siz yordam bera olasizmi?

K

I

O’

I

Z

A

T

Sh

M

D

L

Q

N

I

A

Maqolni davom ettir” o’yini. Bu shartda o’quvchilar maqolarni davom ettiradilar.

Ona bilan bola …….

Onaning ko’ngli bolada ….

Ona borki ……………………

Jannat ……………….

"T" texnologiyasi asosida har bir o'quvchining individual tarzda yangi mavzuni tushunganlik darajasini bilib olamiz!

"T" texnologiyasini mashq daftariga chizing ! Ikki ustunga esa tarkibi bir tovush bilan farqlanuvchi so'zlarga misol toping va ularning ma'nolarini sharhlang!



Nutq tovushlarining ma'no farqlash vazifalariga misol: sud – sut



Sud- bu ijro etuvchi organ hisoblanib , insonlarning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi davlat organi: fuqarolik sudi

Sut- jonzotlar, xususan, insonlar uchun ham foydali, ularning yashashiga xizmat qiluvchi ichimlik vositasi: sigir suti







V.O’quvchilarni baholash.

O`quvchilarni baholash:

O'quvchilarni baholashda ularning uyga vazifalarini qanday bajarganliklarini hisobga olish, yangi mavzuni qay darajada o'zlashtirgani va mustahkamlash topshiriqlarida qanchalik faol qatnashganliklarini, o'z fikrini izchil va tezlikda bayon qila olayotganliklarini hisobga olish lozim.

O'quvchilarni guruh bo'yicha baholab olish, so'ngra esa guruhdagi faolliklariga qarab baholash kerak.

Yaxshi javob berganlarga o'quvchilarga "a'lochi"

O'rtacha javob bergan ammo faol qatnashgan o'quvchilarga esa "faol"

Yaxshi javob bera olmagan guruh faoliyatida yaxshi darajada qatnashgan o'quvchilarga "yaxshi" deb nomlangan kartochkalar beriladi va ular quyidagicha baholanadi:

A'lochi -5

Faol - 4

Yaxshi - 3

Guruhning faolligini, yutug'ini hisobga olgan holda yutuqli kartochkalar qo'shib beriladi.

VI. Darsni yakunlash

Uyga vazifa: 374-mashq. Tovushlarni o’rni-o’rniga qo’yib gapni daftringizga to’g’rilab yozing.
Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling