Surxondaryo viloyati jarqo'rg'on tumani kelib
Download 441.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Surxondaryo viloyati jarqo\'rg\'on tumani kelib chiqishi
Surxondaryo viloyati jarqo'rg'on tumani kelib chiqishi Jarqoʻrgʻon tumani Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan (1962- yil 24-dekabrda Shoʻrchi tumani bilan birlashtirilgan, 1964-yil 31-dekabrda qayta tuzilgan). Shimoliy da viloyatning Qiziriq va Bandixon tumanlari, sharqda Qumqoʻrgʻon tumani, janubi-gʻarbda Termiz va Angor tumanlari, sharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydon 1,14 ming km 2 . Aholisi 142,2 ming kishi (2000). Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Jarqoʻrgʻon. J. t.da 1 shahar (Jarqoʻrgʻon), 1 shaharcha (Kakaydi) va 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Dehqonobod, Jarqoʻrgʻon, Minor, Oqqoʻrgʻon, Surxon, Chorjoʻy, Sharq Yulduzi) bor. Markazi — Jarqoʻrgʻon sh. Tabiati. Relyefi, asosan tekislik boʻlib, Surxondaryo vodiysi boʻylab jan.ga tomon pasayib boradi. Qishi qisqa va iliq, yogʻin nisbatan kam, yozi uzoq, quruq va issiq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28—32°, yanvarniki 2,8—3,6°. Yiliga oʻrtacha 130-140 mm yogʻin tushadi, asosan qish va bahorda yogʻadi. Gʻarbiy, janubi-gʻarbiy, Shimoli-sharqiy shamollar koʻp esadi. Tumanning janubiy va sharqidan bir necha kun davom etadigan quyuq changtoʻzonli Afgʻon shamoli esadi. Surxondaryodan va AmuZang, Bobotogʻ kanallaridan sugʻorishda foydalaniladi. J.t.ning sharqiy qismida doimiy suv tanqisligiga barham berish uchun „Oqtepa“ suv ombori, Jarqoʻrgʻon gidrouzeli va b. irrigatsiya inshootlari qurilgan; yer osti suvlaridan ham foydalaniladi. J. t.da oq saksovul, cherkez, qandim, teresken, yantoq, daryo boʻylarida yulgʻun, jiyda, turangʻil, terak, qiyoq, qamish, tol, yongʻoq, bodom oʻsadi. Qir-adirlarda jayran, jayra, silovsin, boʻri, chiyaboʻri, tulki, qushlardan qirgʻovul, kaklik, mayna, chugʻurchiq, chumchuqlar yashaydi. Daryo va kanallarda oq amur, zogʻora baliq, laqqa baliqlar bor. Aholisi, asosan oʻzbeklar (90,2%), shuningdek, tojik, rus, tatar, turkman, qozoq, koreys va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km 2 ga oʻrtacha 124 kishi toʻgʻri keladi. Xoʻjaligi. Tumanda paxta tozalash, qurilish materiallari zavodlari, remont ustaxonalari, hunarmandchilik kombinatlari, „Surxontoʻqimachi“ kabi 10 dan ortiq sanoat korxonasi faoliyat koʻrsatmoqda. Kichik va oʻrta tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi korxonalar va qishloq xoʻjaligi korxonalarining yordamchi xoʻjaliklarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish koʻpaymoqda. Tuman hududidan neft konlari (Kakaydi, Lalmikor, Uchqizil) topilgan. Lalmikorda gaz koni bor. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, gʻallachilik, uzumchilik, bogʻdorchilik, tokchilik. Sugʻoriladigan yerlar 114,2 ming ga. 11,2 ming ga yerda paxta, 9,6 ming ga yerda gʻalla yetishtiriladi. Yaylovlarda qoramol, qoʻy boqiladi. Tumanda shirkat, fermer xoʻjaliklari, boʻrdoqichilik korxonasi bor. 1999/2000 oʻquv yilida 56 umumiy taʼlim maktabi, shu jumladan bolalar sanʼat maktabi, bolalar musiqa maktabi, litsey, kasb-hunar maktablarida 37,5 ming oʻquvchi taʼlim oldi. Tumanda 31 jamoat kutubxonasi (337 mingdan ziyod kitob), 14 klub, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, 3 xalq ansambli, xalq teatri bor. 4 kasalxona, 9 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 3 qishloq vrachlik punkta, 4 poliklinika, 4 feldsher-akusherlik punkti, 2 dispanserda aholiga 1400 dan ziyod tibbiyot xodimlari xizmat koʻrsatadi. 1932-yildan „Jarqoʻrgʻon haqiqati“ gaz. chiqadi (adadi 2000). Barottepa qishloq harobasi, Jarqoʻrgʻon minorasi (12-asr) bor. Tuman tarixi Jarqoʻrgʻon tumani 1926-yil 29-sentabr kuni tashkil etilgan [2] . 1938-yil Buxoro viloyatining Surxondaryo okrugi tarkibiga kiritilgan. 1941-yildan eʼtiboran Surxondaryo viloyati tarkibida. Tuman 1963-yil tugatilgan, 1964-yil qayta tiklangan [3] . E'tiboringiz uchun rahmat Download 441.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling