Surxondaryo viloyati


Download 307.25 Kb.
Sana04.06.2022
Hajmi307.25 Kb.
#732273
Bog'liq
SITORA
6, TJA asosiy, баеннома, PIRAMIDALAR VA DAXMALAR 010520094753, PIRAMIDALAR VA DAXMALAR 010520094753, Mustaqil ish, Оралик назорат, asadbek ilhomov, asadbek ilhomov, Лаборатория иши 1, Tarqatma material, 10. Holat diagrammalari, uning texnologiyadagi ahamiyati, 3. jarayonlarni avtomatlashtirish, 7.ХАЛҚИМИЗ МАЪНАВИЙ ЮКСАЛИШИДА ДИНЛАРНИНГ ЎРНИ, 13. Sheraliyev Akmaljon patalogiya 13- mavzu


Surxondaryo viloyati - Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941-yil 6 martda tashkil etilgan (1925-yil 29 iyundan Surxondaryo okrugi boʻlgan).. Viloyat nomi vohadan oqib o'tuvchi "Surxon" (fors-tojik: "qizil" ) daryosi nomidan kelib chiqqan. (2020). Markazi — Termiz shahri.Biroq boy tabiiy resurslar bo’lishiga qaramay viloyatda sanoat o’tgan asrning 50-yillarga borib taraqqiy eta boshladi. Bunga viloyat hududida keng ko’lamda olib borilgan kon qidiruv ishlarining natijalariga ko’ra istiqbolli konlar topilganligi va paxtani birlamchi qayta ishlovchi yirik korxonalarning qurilishi sabab bo’ldi. Bu davrgacha esa qurilish materiallari sanoatining g’isht va ohak tayyorlash, yengil va oziq-ovqat sanoatining don yanchish, paxta tozalash va yog’ ishlab chiqarish sohalarigina mavjud bo’lgan, xolos.1927 yilda Termizda IES ishga tushirilgan bo’lsa, 1929-1941 yillar davomida Denov, Xayrobod, SHerobod paxta tozalash zavodlari, Termiz shahrida go’sht kombinati, non va yog’ zavodlari, Denov shahrida motor ta’mirlash va sharob zavodlari, «Xovdag», «Uchqizil», «Kakaydi» neft konlari ishga tushdi. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi tiklanishlar davri viloyatda sanoat tarmoqlarining rivojlanishiga to’sqinlik qildi.1971 yilda Qumqo’rg’on gidrouzeli, Uzun, Jarqo’rg’on, Angor va Muzrabot paxta tozalash zavodlari, Denovda yog’-ekstraktsiya, konserva, pivo zavodlari, shakarqamish davlat xo’jaligi hududida rom zavodi, Sariosiyoda g’isht va mayda shag’al saralash, Qumqo’rg’onda ta’mirlash-mexanika, temir-beton buyumlari ishlab chiqarish zavodlari, «Lalmikor» neft koni va boshqalar ishga tushirildi. Natijada, viloyat sanoatining asosini tashkil etuvchi yoqilg’i-energetika, mashinasozlik, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati kabi tarmoqlar barpo etildi. Sanoat tarmoqlari shakllanishining kech boshlanganligi hozirda viloyatda sanoat majmuasi, ichki tarmoqlar tuzilishi va hududiy tashkil etilishining takomillashmaganligiga sabab bo’lgan.. Sanoat tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish so’nggi yillarda eng past ko’rsatkichi 1993 yilda qayd etildi (99 %). Oldingi yillarda mavjud zahiralar asosida sanoat mahsulotlari ishlab chiqargan bo’lsa, bu yilda iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli ko’pgina korxonalar o’z ish faoliyatini to’xtatgan, ba’zilarida mahsulot ishlab chiqarish hajmi qisqargan. 1991-1996 yilgacha bo’lgan davrda viloyatda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 5 martaga ko’paygan bo’lishiga qaramay o’sish darajasi oldingi yillarga nisbatan past bo’ldi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra 1991 yil viloyatda 2130,7 mln. so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqargan bo’lib, bu ko’rsatkich respublika sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 3,3 foizini tashkil qilgan.Viloyatda mavjud sanoat tarmoqlarida 40ga yaqin turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ularning asosiy qismini xalq iste’mol mahsulotlari tashkil etadi. SHu bois, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish yildan-yilga ortib bormoqda. Sanoat markazlari asosan mintaqaning tekislik qismida joylashgan bo’lib, transport yo’llari yaqinidagi IGO’ qulay aholi manzilgohlarida shakllangan.Sanoat tarmoqlari orasida mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ko’ra qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan yengil va oziq-ovqat sanoatining hissasi katta. Ushbu sanoat tarmoqlarining rivojlanishi uchun viloyatda arzon xom ashyolar bilan birga mehnat resurslari ham yetarlidir. Yengil sanoatning asosiy tarmog’i paxta tozalash sanoati hisoblanadi. Bu tarmoq jami viloyat sanoat mahsulotining 47,1 va yengil sanoat mahsulotlarining 93,2 foizini ta’minlaydi. Mintaqa ilk sanoat korxonasi hisoblangan 1912 yilda qurilgan Termiz paxta tozalash zavodi ham shu tarmoqqa tegishli. Hozirda viloyatda 11 ta yirik paxta tozalash zavodlari mavjud bo’lib, SHerobod, Jarqo’rg’on, Denov paxta tozalash zavodlari eng yiriklari hisoblanadi. So’nggi yillarda xom ashyo miqdorining kamayib borayotganligi korxonalarning to’liq quvvat bilan ishlay olmayotganligiga sabab bo’lmoqda.Oziq-ovqat sanoati mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ko’ra viloyat sanoatida ikkinchi o’rinni egallaydi. Uning un va un mahsulotlari (SHo’rchi, Jarqo’rg’on), yog’ va sut mahsulotlari (Denov, Termiz), go’sht va go’sht mahsulotlari (Termiz), meva konservalari (Denov, Oltinsoy, Sariosiyo), sharob va sharob mahsulotlari, spirtli ichimliklar (Denov, Oltinsoy) kabi ishlab chiqarish sohalari mavjud. Ushbu sanoat tarmog’ining 20 dan ortiq sanoat korxonalari orasida SHerobod tuz zavodi, SHo’rchi un kombinati, Termiz go’sht kombinati, Denov sharob-aroq zavodlari mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ko’ra sezilarli salmoqqa ega.

Ma’lumki, Surxondaryo viloyatida neft va gaz qazib olinadi. SHu bilan birga mintaqa sanoatida o’ziga xos o’rin tutuvchi asosan maxalliy xom ashyolar asosida mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlardan biri yoqilg’i-energetika sanoatidir. Ko’mir asosan SHarg’un konidan yopiq usulda qazib olinib, respublikadagi asosiy toshko’mir koni hisoblanadi. Barcha tarmoqlarda bo’lgani kabi ushbu tarmoqda ham mahsulot ishlab chiqarish hajmi 1991 yilga nisbatan kamayib ketgan. Agar 1991 yilda 199 ming tonna ko’mir qazib olingan bo’lsa (bu respublika umumiy ko’rsatkichining 3,3% ni tashkil etadi), 2012yilga kelib bu ko’rsatgich 109 ming tonnani tashkil etdi (respublika umumiy ko’rsatgichining 3,6%). Bunday holat ko’mir qazib olish eskirganligi va toshko’mirni energiya oluvchi manbaa sifatida ishlatish maqsadga muvofiq emasligi natijasida yuzaga keldi.Hozirgi vaqtda davlat tamonidan «SHarg’un ko’mir koni» sho’’ba korxonasiga kiritilgan 1 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi investitsiya yordamida korxonani modernizatsiya qilinmoqda. SHu asosda mahsulot miqdorini 120 ming tonnaga yetkazish ko’zda tutilgan. Ko’mir koni yaqinida tashkil etilgan ko’mir briketlari ishlab chiqarish fabrikasini ham qayta ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Qazib olingan mahsulot yangi ishga tushirilgan temir yo’l liniyasi orqali Olmaliq tog’ kon metallurgiya kombinati va Angren IES iga olib boriladi.Angren (fors. Ohangaron, "temirchilar" atamasining ruscha buzilgan shakli) - Toshkent viloyatidagi shahar (1941 - 46 yillarda shaharcha). Jiga-riston, Jartepa, Teshiktosh, Qo‘yxona qishloqlari o‘rnida bunyod etilgan.

Demak, Toshg’uzor- Boysun- Qumqo’rg’on temir yo’lining ishga tushirilishi ushbu hududning IGO’ni qulaylashtirib qolmay, balki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, viloyatda To’da, Gurun, Angar kabi toshko’mir konlari ham aniqlangan bo’lib, ular kelajakda viloyatda ko’mir sanoatining rivojlanishiga yordam beradi.Neft qazib olish viloyat sanoat mahsulotlarining 2,1% ni ta’minlaydi va bu ko’rsatkich ham so’nggi yillarda keskin pasaymagan. Masalan, 1991 yilda 136,8 ming tonna neft qazib olingan bo’lsa, 2010 yilga kelib bu ko’rsatkich 142,4 ming tonnani tashkil etdi. 2010 yil ma’lumotlariga ko’ra viloyat respublikada qazib olingan neftning 2,9 % ni bergan. Umuman neft sanoati viloyat yoqilg’i-energetika majmuasida istiqbolli soha hisoblanadi. CHunki, aniqlangan neft konlari hozircha to’liq ishga tushirilmagan. SHu bilan birga xorijiy davlatlar bilan birga turli mintaqada neft konlarini qidirib topish ishlari olib borilmoqda.Tabiiy gaz qazib olish mustaqillikning ilk yillaridan boshlab keskin kamaya bordi. 2006 yilga kelib viloyatda gaz qazib olish ishlari to’xtatildi. Lekin hozirda Boysun gaz sarmoya blokida olib borilayotgan tekshirish ishlari ijobiy natija bersa, viloyat sanoat tarmoqlari orasida gaz sanoati yana o’z o’rniga ega bo’lishi mumkin.
Yoqilg’i energetika majmuasining elektrenergetika tarmog’i viloyatda juda past darajada rivojlangan. 2006 yilda To’polon daryosida barpo etilayotgan To’polon GES ning 2 energobloki ishga tushirilgan bo’lib, har bir energoblok 15 mVt. quvvatiga ega.
Qurilish materiallari sanoati mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ko’ra viloyat sanoatida 4 o’rinni egallaydi. Ushbu sanoat tarmog’ining 30dan ortiq korxonasi mahalliy hom ashyoga tayangan holda mahsulot ishlab chiqaradi. G’isht zavodlari viloyatning ko’pgina tumanlarida mavjud bo’lib, Sarosiyo, Jarqo’rg’on, Uzun tumanlaridagi zavodlar eng yiriklari hisoblanadi. SHuningdek, ohak tayyorlash (Qumqo’rg’on, Oltinsoy), temir-beton (Termiz, Qumqo’rg’on, Surxon, Denov), marmarga sayqal berish (Kampirtepa), shag’al tayyorlash (Sariosiyo) kabi tarmoqlari ham faoliyat ko’rsatmoqda.

Ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarida “Surxonpaxtasanoat” XAB tizimidagi korxonalarning ulushi 33,9 foizni (174,2 mlrd. so’m), “Jarqo’rg’on neftni qayta ishlash” Q.K.niki 13,7 foizni (70,4 mlrd.so’m), “Surxondonmahsulotlari” AJniki 3,2 foizni (16,5 mlrd.so’m), “SHo’rchidonmahsulotlari” XJniki 6,2 foizni (31,9 mlrd.so’m), “Surxonoziqovqatsanoati” XJniki 4,4 foizni (22,3 mlrd.so’m) tashkil qildi.Ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarining 70,4 foizini oziq-ovqat mahsulotlari, 18,4 foizini nooziq-ovqat mahsulotlari va 11,2 foizini alkogol ichimliklari tashkil qildi.Har qanday mintaqa iqtisodiy ijtimoiy rivojlanishini, odatda bir qancha ko’rsatkichlar orqali ko’rib chiqiladi. Yalpi milliy mahsulot, sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlarining umumiy hajmi, kapitall qo’yilmalar, aholiga pullik hizmat, investitsiya, eksport va import miqdori kabilar ana shunday asosiy ko’rsatkichlar hisoblanadi. Ushbu ko’rsatkichlar orqali mintaqalarning iqtisodiy rivojlanish darajasi qay holatda ekanligini aniqlash mumkin. Har qanday mintaqaning iqtisodiy-ijtimoiy Surxondaryo tahlil etilayotganda o’sha hududda rivojlanishiga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi hududiy (geografik) tafovutlar borligi aniqlanadi.viloyati ishlab chiqarish tarmoqlarini hududiy tashkil etishda xom ashyo, iqlim va suv sharoiti, mehnat resurslari, transport omillarining o’rni katta. Viloyat sanoat tarmoqlarining hududiy tarkibida ham o’ziga xos xususiyatilar mavjud. SHu o’rinda alohida ta’kidlash zarurki, o’rganilayotgan hududda sanoat rayonlari hozircha shakllanmagan. Viloyatda sanoat rayonlari tarkibiga kiruvchi tipik sanoat tugunlari va markazlari ham mavjud emas. Binobarin, hozircha bu yerda sanoatni rayonlashtirishning birlamchi pog’onalari yoki taksonomik birliklari, ya’ni sanoat korxonalari va sanoat punktlar mavjud, xolos. Biroq shunga qaramasdan, tizim-tarkib nuqtai nazaridan viloyat sanoatining hududiy tuzilishini shartli ravishda 2 sanoat rayoniga ajratib ko’rishimiz mumkin. Rayonning qolgan Qumqo’rg’on, Sariosiyo, Uzun tamanlarida sanoat ishlab chiqarish asosini paxta tozalash korxonalari tashkil etadi. Sariosiyo tumanida konserva mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi, Qumqo’rg’on tumanida esa xorijiy tadbirkorlar bilan hamkorlikda qurilgan sara urug’ ishlab chiqaruvchi “Oltin chigit” qo’shma korxonasi bor. Sariosiyo tumanida esa ko’mir (SHarg’un), Jarqo’rg’on tumanida esa neftь qazib chiqarish (Xovdak, Kakaydi) mavjud. Ayni vaqtda Termiz va Oltinsoy tumanlari tipik qishloq xo’jalik rayoni hisoblanadi. Viloyatning Oltinsoy tumani esa yagona uzumchilikka ixtisoslashgan tumandir. Bu yerda uzumchilik negizida vino ishlab chiqaruvchi korxona faoliyat olib boradi.
Qiziriq tumanida 97,2 va Muzrabot tumanida 75,1%ini paxta tozalash zavodlari ishlab chiqaradi. Boysun tumanida ipak gazlama ishlab chiqaruvchi “Ishonch” hissadorlik jamiyati, SHerobod tumanida respublika ahamiyatiga molik Xo’jaikon tuz koni, Boysun tumanida To’da ko’mir koni joylashgan Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish asosan Jarqo’rg’on,
Denov, SHo’rchi, Termiz shahri, SHerobod, Qumqo’rg’on, Angor,
Qiziriq, Muzrabot, Uzun, Sariosiyo tumanlari (90,9 foizi) hissasiga to’g’ri kelmoqda. Ayrim tumanlarning umumiy sanoat hajmidagi ulushi juda past bo’lib qolmoqda, misol uchun Termiz tumani (1,7 %), Boysun(1,6 foiz), Oltinsoy (0,8 %).
Download 307.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling