Surxondaryoda ziyorat turizm imkoniyatlarini kengaytirish hamda xorijiy sayyohlar uchun qulayliklar yaratish


Download 15.16 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi15.16 Kb.
#1384168
Bog'liq
Surxondaryoda ziyorat turizm imkoniyatlarini kengaytirish hamda xorijiy sayyohlar uchun qulayliklar yaratish maqola


Surxondaryoda ziyorat turizm imkoniyatlarini kengaytirish hamda xorijiy sayyohlar uchun qulayliklar yaratish
Bugungi kunga turizm so’zi ancha ommalashib insonlar hayotiga yanada joziba baxsh etmoqda. Bilamizki, qadimdan insonlar dunyo ko’rishga, o’zga mamlakatlarning urf-odatlari, yashash tarziga qiziqib kelishgan hamda turli xil joylarga sayohatlar uyushtirishgan, bazi bir xollarda esa yangi joylarni kashf etishgan. Turizm bugungi kunga kelib ham biznes ham hordiq uchun juda qulay bo’lib qoldi. Jahon mamlakatlari miqiyosida olsak, ular shuni tushunib yetishdiki, turizmdan yaxshigina foyda kelaydigan hamda mamlakat yalpi ichki mahsulotiga sezilarli darajada o’sitiraydigan faoliyat turlaridan biridir. Shuning uchun so’ngi yillarda Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Turizm sohasiga katta e’tibor qaratyapti. Kuni kecha bo’lib o’tgan Prezidentning Turizm sohasiga bag’ishlangan “Turizm xizmatlari ko’lamini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlantirish” bo’yicha vidioselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda qator masalalar ko’rib chiqildi, jumladan: dunyoda pandemiya cheklovlari yumshayotgani natijasida turizm industriyasi tiklanishni boshlanayotgani qayd etildi. Shuningdek, yurtboshimiz Surxondaryo viloyati o’zining turizm salohiyatidan to’liq foydalana olmayotganliklari to’g’risida qattiq tanqid qildilar. Misol uchun Boysundagi dunyodagi eng chuqur g’orlardan hisoblangan Boybuloq, (Osiyodagi eng chuqur, 1ming 415 metr), yonidagi, Vishnevskiy (715 metr), Neandartal odam qoldig’i topilgan Teshiktosh g’orlari, Darband darasi, qadimiy ellin madaniyati yodgorligi Uzundara qal’asi butun dunyodan sayyohlarni o’ziga jalb qiladi. Termiz mamlakatimizning eng janubiy shaxrida joylashgan bo’lib, Amudaryoning o’ng tomonida karvon yo’lida asos solingan asosiy port vazifasi sifatida 2500 yildan buyon shu vazifani bajarib kelmoqda.
Eramizning boshlarida Termiz Markaziy Osiyoning asosiy buddizm markazi bo’lgan. Qora-tepadagi toshga o’yilgan budda monastiri, Fayoz-tepadagi Budda ibodatxonasi, ko’plab ohakli loydan qilingan qilingan budda haykallar qoldiqlari sayyoh va budda sig’inuvchilar uchun uchun maxsus joy va shunga o’xshash bir qancha joylar mavjudligi.
Termiz nafaqat o’zining budda dini yodgorliklari bilan bundan boshqa o’rta asrlar boshiga tegishli bo’lgan bir qancha YUNESCO ro’yxatiga kiritilgan tarixiy yodgorliklar ham mavjud. Ularning orasida Hakim at- Termiziy qabri, Sulton Saodat (X-XVII asrlar), afsonaviy Qirq-Qiz qal’asi (IX asr), Kokildor ota yodgorliklari ham mavjuddir.
Download 15.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling